Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Bu yil qaysi OTM filiallari va qanday yangi yo‘nalishlar ochiladi?

▪️2021/22-o‘quv yilida:

▫️Milliy universitetda gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi.

▫️Toshkent viloyatida TATU filiali ochiladi.

▫️ Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi.

▫️ O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida o‘quv jarayoni boshlanadi.

▫️ “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash boshlanadi.

▫️Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlari ochiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Abituriyentlarga

2021/2022-o‘quv yili uchun test sinovlarida 1,6 mln. nafar abituriyent ishtirok etishi kutilyapti. Hujjatlar onlayn qabul qilinadi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev ma’lum qildi.

2021 yilda abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Hozirda my.dtm.uz sayti takomillashtirilib, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish uchun tayyorlanmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Milliy test tizimi savollari sotilayotgani aytilmoqda. Bu nimasi bilan xavotirli?

Tibbiyot yo‘nalishiga hujjat topshirishni niyat qilgan abituriyentlar xavotirga tushib qolishdi. Milliy test tizimi doirasida kimyo va biologiyadan o‘tkazilgan imtihon savollarining tarqalib ketgani ko‘pgina abituriyentlarning hafsalasini pir qildi.

O‘zi nima bo‘ldi?

Davlat test markazi 9 iyun kuni kimyo, 10 iyun kuni biologiyadan milliy test tizimi uchun imtihonlar o‘tkazgan.

11 iyun kuni anonim tarzda yuritiluvchi Tentakminds kanali imtihonlarda tushgan kimyo va biologiya savollari respublikaning turli o‘quv markazlari tomonidan 500-1000 dollar atrofidagi narxga sotilayotgani haqida yozdi. Ko‘p o‘tmay, kanalda tarqatilgan savollar namunalari paydo bo‘ldi.
Batafsil

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😞 Joni uzilgan insonni emas, uning farzandlari holiga achindim

Ota olamdan o'tsa-yu, farzandlari facebookda o'tirsa. Bu qanday ko'rgilik? Farzandlarimizga qanday tarbiya beryapmiz?

🎙 Abduqodir Toshqulov - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri.

Ko'rsatuvni to'liq qismini quyidagi havola orqali tomosha qiling

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Yangi olimpiada: Unda g‘olib bo‘lganlar OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadi

▪️Keyingi o‘quv yilidan boshlab, kimyo va biologiya bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi OTMlar maktablarning bitiruvchi sinflari o‘rtasida tuman, shahar va viloyat miqyosida o‘z olimpiadalarini o‘tkazadi.

Olimpiadada 1–3-o‘rinni olgan o‘quvchilar OTM mablag‘i hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#talabalardan

"Men ushbu fikrlarim yuqori tashkilotlarga yetib borishini xoxlardim. Kanallarda e'lon qilinsa boshqalar ham fikr bildirishsa derdim.

❗️Sirtqi ta'lim nima? Diplomni pulga sotib olishmi? Chunki talaba kontrakt tólayapti. Bu qismi davlatga. Onlayn imtihondan ótish uchun esa yana allakimga. Bu talabalar qachon haqqoniy ilmga ega bólishadi? Sirtqi talimda " tahsil olayotgan" lar, masalan pedagogika sohasidagilar bolaning oldiga kirib qanday dars beradilar vaholanki bir kun ham ózlari dars olmagan bólsalar? Modul tizimida kim bilandir ishlagan topshiriqlariga qóyilgan baholar asosida olingan diplomlar. Bizda oliy ta lim qayerga qarab ketyapti?

Super muper tólab óqishga kirganlarni qarang bular kelgusida jamiyat taraqqiyotiga qanday hissa qósha oladilar? Ózining faoliyatida yana superchilarni tayyorlaydilar bu aniq.

Sirtqi talimda bilim olayotgan talaba kam!
Uyida ótirib diplom olayaotganlar bu diplomlar nimaga yaraydi hayron qolasan kishi. Bular faqat yuqori tashkilotlarda ishlasa ketak. Iltimos talim tizimidagilar bu " sirtqi" larga ham ozgina ilm olishlariga imkon beringlar. Zero kelajagimiz faqat soxta diplomlilar qólida qolmasin."


https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#RASMAN

❗️Hukumat qarori (372-son, 15.06.2021 y.) bilan Baxtiyor Shuxratovich Maxkamov Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​TDYUda talabalar fan o‘qituvchilarini tanlashlari mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.

Hujjat prezidentning 29.04.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5987-son farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish maqsadida qabul qilingan.

Toshkent davlat yuridik universitetida hamda Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta'limning kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

TDYU hamda Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta'limning kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etishning quyidagi tizimi joriy etiladi:

o‘quv rejasi majburiy va tanlov fanlari asosida ishlab chiqiladi hamda ta'lim oluvchiga o‘zining ta'lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyati yaratiladi;

ta'lim oluvchi tomonidan muayyan modul (fan) bo‘yicha o‘zlashtirilgan o‘quv yuklamasi kreditlar asosida hisoblanadi;

Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida o‘quv yili (semestr) boshida o‘quvchilarning shaxsiy ta'lim trayektoriyasi shakllantiriladi, o‘quvchilar fan (modul) va o‘qituvchilarni tanlash bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda akademik guruhlar shakllantiriladi;

har o‘quv yilida o‘quv rejasiga muvofiq dars jadvali shakllantiriladi va o‘quv jarayoni amalga oshiriladi hamda doimiy ravishda ta'lim natijalari bo‘yicha talabaning kreditlari hisoblanadi.

2021–2022 o‘quv yilidan boshlab TDYUda ta'limning kredit-modul tizimi to‘liq joriy etiladi, bunda TDYU ta'lim dasturi katalogi va o‘qitish sharoitlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar hamda dolzarb axborotlar uning rasmiy veb-saytida ta'lim beriladigan barcha tillarda o‘quv yili boshlanishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi va doimiy ravishda yangilab boriladi.

Xorijiy oliy ta'lim muassasalarida o‘qishni davom ettirgan va uni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslarga xorijiy oliy ta'lim muassasalarining belgilangan shaklda berilgan diplomlari (bakalavriat, magistratura) qo‘shimcha ma'muriy tartib-taomillarsiz oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.

TDYU Kengashi qaroriga muvofiq talabalarga fan doirasida professor o‘qituvchilarni tanlash imkoniyati beriladi. Bunda talabalar ta'lim jarayonini boshqarish axborot tizimi portali orqali o‘quv semestri boshida tanlangan professor o‘qituvchining mashg‘ulotida ishtirok etish uchun onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tadi.

TDYU o‘quv jarayonida kredit-modul tizimi Kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa modeliga (ECTS) muvofiq tashkil etiladi. O‘quv yili uchun ta'lim dasturi bir yoki bir nechta moduldan iborat bo‘ladi hamda TDYU Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25–30 soatlik o‘quv yuklamasiga teng bo‘ladi. Ya'ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun ma'lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur.

O‘quv yuklamasi quyidagicha taqsimlanadi:

bakalavriatda – 40–50 foiz auditoriya soati, 50–60 foiz mustaqil ish soatiga;

magistraturada – 30–40 foiz auditoriya soati, 60–70 foiz mustaqil ish soatiga.

Shuningdek, o‘quv dasturiga muvofiq, bitiruvchilarning amaliyotni o‘tashi va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tishi uchun kreditlar ajratiladi.

Kreditning soatlardagi miqdori va o‘quv yuklamasi miqdori TDYuU kengashi tomonidan belgilanadi hamda TDYuU veb-saytida joylashtiriladi. Talaba bir semestrda 30 kredit hamda bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi talab etiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 10.06.2021 yildan kuchga kirdi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TURDOSH YO'NALISHLAR .pdf
538.6 KB
❗️ O'qishni ko'chirish bo'yicha turdosh yo'nalishlar ro'yxati(2019).

Tushuntirish
: Faqat bir guruh ichida yozilgan fakultetlar aro o'qishni ko'chirish mumkin xolos. Ya'ni 1-guruhni ichidagi fakultet talabalari boshqa guruhda yozilgan fakultetlarga ko'chira olmaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Zamonamiz olimlaridan Yorqinjon domla rohimahulloh Qirg‘izistonda avto halokatga uchrab vafot etdilar.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.

Taziya shom namozidan soʻng Qoʻqon shahar Madrasai Mir jome masjidida.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Keyingi yillarda Mudofaa vazirligi tizimida qizlar ham o‘qishi mumkin bo‘ladi

▪️"Dastlab, harbiy tibbiyot akademiyasiga, undan keyingi yillarda esa oliy harbiy ta’lim muassasalariga qizlarni kursant sifatida qabul qilish ko‘rib chiqiladi", dedi Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Mamadaliyev.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Rasman: Oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni onlayn qabul qilish 20-iyundan boshlanadi.

Bu yil OTMlarga qabul ko‘rsatkichi o‘tgan yilgidan 13 foiz oshib, 181 ming bo‘lishi kutilmoqda. Nodavlat OTMlar uchun ham 500ta grant beriladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Psixologiya ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi

O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida psixologiya ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi.

Adliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida:

oliy ta'lim tizimida fizika fanlari sohalarga moslashtirilgan holda o‘qitiladi;

respublika oliy ta'lim muassasalari biologiya yo‘nalishlarining 3- va 4-kurslarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tarkibidan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

psixologiya sohasidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi;

kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta'lim muassasalari maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – OTM) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazadi va 1—3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta'lim muassasasining mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qiladi.


Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Xalqaro Islom akademiyasida "Islom moliyasi va iqtisodiyoti" yo‘nalishi ochiladi

Ayni kunlarda Muftiy hazratlari boshchiligidagi bir guruh ulamolar Farg‘ona vodiysida bo‘lib turibdi. Kuni kecha Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumani, «Said Ahmadxon hoji» jome masjidida ushbu guruh va mahalliy aholi o‘rtasida suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasining rektori Muzaffar Muratovich Kamilov Islom moliyasi bo‘yicha berilgan savolga javob berar ekan, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida Islom moliyasi bo‘yicha yangi yo‘nalish ochilayotganini ma’lum qildi.

«Islomiy moliya bo‘yicha Prezidentning 4 ta qarori va yana ikkita boshqa hujjatlar qabul qilindi. Umumiy hisobda Islom moliyasini amaliyotga joriy etish bo‘yicha oltita normativ-huquqiy hujjat imzolandi. Banklarga ham bu bo‘yicha topshiriq berilgan. Hozir ularning Islom moliyasi bilan bog‘liq operatsiyalarni qanday amalga oshirish bo‘yicha boshi qotgan. Chunki ularda bu bo‘yicha tajriba yo‘q. Ular Islom akademiyasi, Musulmonlar idorasidan mutaxassis so‘rashyapti. Xudo xohlasa kadr masalasi hal bo‘ladi.
Shuningdek, bu yil O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida magistratura bosqichi uchun «Islom moliyasi va iqtisodiyoti» mutaxassisligi bo‘yicha yangi yo‘nalish ochilyapti»
— dedi Muzaffar Kamilov.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Endi OTMlarning bakalavriat va magistraturasiga kirish imtihonlari internetda jonli efirga uzatiladi

▪️Prezident farmoni bilan, o‘qishni ko‘chirish va xorijda olingan diplomni tan olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlar ham internetda jonli efirga uzatiladi.

Shu yilgi imtihonlargacha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan imtihon.uz veb-platformasi ishga tushiriladi.

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
OTMlar murojaat markazlari.pdf
415.6 KB
Davlat oliy ta’lim muassasalari qo‘ng‘iroqlar (koll) markazlari raqamlari

❗️Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!

2021-2022-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul test sinovlari o‘tkazish muddati tobora yaqinlashib kelmoqda. 20-iyundan boshlab, onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Shuningdek murojaatlar oqimi keskin ko‘payib bormoqda.

Shularni hisobga olib, abituriyentlarga yordam sifatida davlat oliy ta’lim muassasalarining qo‘ng‘iroqlar (koll) markazlari raqamlari ro‘yxati e’lon qilindi. Barcha tegishli masalalar yuzasidan ro‘yxatda keltirilgan telefon raqamlari orqali bevosita bog‘lanishingiz va savollaringizga to‘liq javob olishingiz mumkin.

*O'tgan yilgi raqamlar, orasida o'zgargan raqamlari bo'lishi mumkin!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​#bolalikka_chipta

— Salom, menga chipta bering. Bir tomonga, faqat uyoqqa.
— Bir tomonga bo‘lmaydi. Borish-kelish.
— Xo‘p, bo‘lmasa borish-kelishga bering. Bugunga!
— Bugunga yo‘q.
— Bo‘lmasa qachonga bor? Eng yaqin vaqtga juda kerak!
— Eng yaqini... Kechiring, o‘n yil keyinga bor.
— Bering. To‘la bir kunga!
— Bir kunga yo‘q!
— Iltimos, hech bo‘lmasa bir soatga.
— Faqatgina bir minutga bor.
— Mayli, bir minutga bera qoling.
— Mana ushlang. Sizning bolalik davringizga chiptangiz!
— Katta rahmat!
— Hmm... So‘rasak maylimi?
— Albatta.
— Bor-yo‘g‘i bir minutda siz bolaligingizda nima qilmoqchisiz? Nima qilishga ulgurasiz?
— Men ota-onamni qattiq-qattiq quchoqlayman, ikkovini, bir vaqtda!!!


Sizchi? Agar 1 daqiqa bolalikka qaytsangiz nima qilishga ulgurasiz? Kommentariyada o‘z fikringizni qoldiring.👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤲🏻💫 Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki:

Afv tilagan avfsiz, shifo tilagan shifosiz, farzand tilagan farzandsiz, ofiyat tilagan ofiyatsiz, jannat so’ragan jannatsiz, hidoyat so’ragan hidoyatsiz, najot tilagan najotsiz, sabr so’ragan sabrsiz, ilm tilagan ilmsiz qoldirilmasin! 🤲🏻💫

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi sizlarga boʻlsin 😌

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Soliqchi va iqtisodchilar tayyorlovchi Fiskal institutida o‘qitish tartibi belgilandi

▪️Institutga qabul shu yildan boshlanadi. Hukumat qaroriga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish 4 yil, sirtqi shaklida esa 5 yil bo‘ladi.

Magistratura kunduzgi ta’limda 1 yil, sirtqi va kechki ta’lim shaklida 2 yil bo‘ladi.

Iqtisod sektorida kamida 5 yil rahbar bo‘lib ishlaganlar OTMning magistraturasiga imtihonsiz shartnoma asosida sirtqi yoki kechki ta’limga qabul qilinadi. Bakalavrni imtiyozli tugatganlar 3 yil soliq organlarida ishlab berish majburiyati bilan 50 foiz to‘lov bilan magistraturaga olinadi. Ular imtihonsiz va kvotadan tashqari qabul qilinadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Bu yilgi test imtixonlariga kirish uchun 122 ming 500 soʻm toʻlanadi.

Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (122.500 soʻm) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Yig‘im undirilmaydigan (to‘lovni amalga oshirmaydigan) abituriyentlar:

- Ta'lim muassasalari (maktab, litsey va kollejlar)ni 2021-yilda tamomlaganlar.
- Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor shaxslar.
- Toʻliq davlat ta’minotidagi shaxslar.

Mazkur toifadagi abituriyentlar abitur.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tganida ularga invoys shakllantirilmaydi.

O'tgan yili ushbu summa 111 500 so'mni tashkil etgan.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg