Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Qozogʻistondagi 2 ta OTM litsenziyasi toʻxtatildi

☝️Taʼkidlash lozim, oʻz davlatida litsenziyaga ega boʻlmagan va akkreditatsiyalanmagan xorijiy OTMlar diplomlari Oʻzbekistonda tan olinmaydi.

▪️ BATAFSIL:
https://oliygoh.uz/abituriyent/qozogistondagi-2-ta-otm-litsenziyasi-toxtatildi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️TEZKOR: Qozogʻistondagi 2 ta OTM litsenziyasi toʻxtatildi

Qozogʻiston Taʼlim va fan vazirligining yozishicha, “Orda” (avvalgi “Silkway” xalqaro universiteti) va “Miras” universitetlari litsenziyasi toʻxtatildi.

Maʼlum qilinishicha, 2020 yilda universitetlarda oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida bir qator qonun buzilishi holatlari aniqlangan. Mazkur kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar mazkur OTMlar faoliyati toʻxtatilgan edi.

💬 “OTMlar oʻtgan 8 oy mobaynida taʼlim muassasalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish emas, qoʻmita qarori ustidan shikoyat qilish bilan oʻtkazgan. Ammo Chimkent shahrining tumanlararo ixtisoslashtirilgan maʼmuriy sudi qaroriga koʻra, qoʻmita qarori oʻz kuchida qoladigan boʻldi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, vazirlik xabarida keltirishicha, avvalroq mamlakatning Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha mustaqil agentlik ushbu universitetlar akkreditatsiyasini toʻxtatgan. Qozogʻiston qonunchiligiga koʻra, bu OTMlarning bitiruvchilarga diplom bera olmasligini anglatadi.

💬 “Qozogʻiston Respublikasining «Taʼlim toʻgʻrisida» gi Qonuniga binoan, taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyani bekor qilish yoki taʼlim tashkilotini tugatish bilan muassisi talabalarni boshqa taʼlim tashkilotlariga oʻtkazish choralarini koʻradi”, – deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.

Taʼkidlash lozim, oʻz davlatida litsenziyaga ega boʻlmagan va akkreditatsiyalanmagan xorijiy OTMlar diplomlari Oʻzbekistonda tan olinmaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Rasman. Bugundan "Yangi O‘zbekiston" universitetiga qabul boshlandi!

✅ Universitetdani ta’lim eng so‘nggi innovasion dasturlar asosida amalga oshiriladi va ularda xalqaro toifadagi o‘qituvchilar dars berishadi.
(AQSH Massachusets universiteti)

🟥 Minimal talab: IELTS 6.0 band score

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Toshkent davlat yuridik unversiteti magistraturasiga qabul boshlandi

✅ Toshkent davlat yuridik unversitetining magistratura bosqichiga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlandi.

👨🏻‍💻 Hujjatlarni onlayn qabul qilish Davlat test markazining magistr.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Toshkent davlat yuridik unversitetining magistratura bosqichida tahsil olish istagini bildirgan talabgorlar 30-iyul kuniga qadar (30-iyul kuni ham) hujjatlarini onlayn topshirishi mumkin.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️ Ertaga Respublika "Ingliz tili fan olimpiadasi" ning 1-bosqichi bo'lib o'tadi!

🔥 Ishtirok etganlarning barchasiga maxsus sertifikat beriladi.

👨🏻‍💻 OLIMPIADAGA RO'YXATDAN O'TISH

🏆 Olimpiada g‘oliblari noutbuk, mobil telefonlar, maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar va QR-kodli diplomlar bilan taqdirlanadi, shuningdek olimpiada barcha ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar beriladi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT

Tashkilotchilar: OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi jamoasi va “REGISTON” o‘quv markazi

Hamkorlar: Innovatsion rivojlanish vazirligi, Respublika yosh olimlar Kengashi

✅ Qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing va maxsus mukofotlarga ega bo‘ling.

👉 RO'YXATDAN O'TISH
Magistraturaga qabul imtihonlari yuzasidan rasmiy bayonot

🔰 Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori bilan 2021-2022-o‘quv yili qabulida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda:

👉 birinchi bosqichda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari;

👉 ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

🎙 2021-yil 8-iyul kuni Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash telegram kanalida magistraturaga kirish bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatda mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihonlarning test savollari Davlat test markazidan chiqib ketgani haqida fikr bildirilgan.

📌 Qayd etish kerakki, 2021-yilda bo‘lib o‘tadigan magistraturaga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi, ya’ni, mutaxassislik fani bo‘yicha imtihonlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilmaydi va mutaxassislik fanidan test topshiriqlari Davlat test markazi tomonidan tuzilmaydi. Umuman olganda bu jarayonda Davlat test markazi ishtirok etmaydi.

✅ Faqatgina ikkinchi bosqich imtihonlari, ya’ni, chet tili bo‘yicha imtihonlar 2021-yilda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

⏳ Hozirga qadar esa magistraturaga kirish imtihonlarining biror bosqichi (chet tili imtihoni ham) Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilmagan (Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga kirish imtihonlaridan tashqari) va Davlat test markazi magistraturaga qabul jarayonlarining biror bosqichida ishtirok etmagan.

❕ Davlat test markazi barcha ommaviy axborot vositalari, blogerlar va kanal administratorlaridan Davlat test markaziga oid ma’lumotlarni berishda Davlat test markaziga murojaat qilishlarini va ularga aniqlik kiritib olishlarini so‘raydi va ular bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi.

©Davlat test markazi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’tmishda ajdodlarimiz nima uchun dunyoni lol qoldirishgan bilasizmi? Sababi ular yeyish uchun emas, yashash uchun yeyishdi. Bizchi? Biz bo’lsak yeyish uchun yashayapmiz.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?

Joriy yilda abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

❗️ Tanlov abituriyent tanlagan taʼlim yo‘nalishlarining qatʼiy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlarini so‘raymiz, deyiladi DTM xabarida.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma:
https://youtu.be/zaSXZDFte00

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
DTM markaziy binosida elektr uzilishlari kuzatilmoqda. OTMlarga onlayn qabulda texnik muammolar bo‘lishi mumkin

Davlat test markazi tashkilot joylashgan Yunusobod tumanida elektr energiyasida uzilishlar bo‘layotgani sabab abituriyentlar onlayn hujjat topshirishda muammoga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, – deyiladi markaz axborotida.

OTMlarga onlayn hujjat topshirish 20 iyundan boshlangan. Lekin hozirga qadar hujjat topshirish jarayonlari sust ketyapti. 10 iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, 206 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirgan. Qabul 22 iyulgacha davom etadi.

Bu yil 1,6 mln abituriyent hujjat topshirishi prognoz qilingandi. Qabulning sekin borayotganiga kvotaning tillar kesimida tasdiqlanishi kechikkani ham ta'sir qilgan bo‘lishi mumkin.

Endi elektr energiyasi uzilishlari sababli hujjatlar topshirishda uzilishlar bo‘lishi va jarayonlar kechikishi mumkin.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Bugun soat 20:00 da Respublika "Ingliz tili fan olimpiadasi" ning 1-bosqichida ishtirok eting!

🔥 Ishtirok etganlarning barchasiga
maxsus sertifikat beriladi.

▫️Olimpiadaning 1-bosqichi OLIYGOH.UZ paltformasida onlayn bo'lib o'tadi!

👨🏻‍💻 OLIMPIADAGA RO'YXATDAN O'TISH

👉 Olimpiada bo'yicha barcha savollarga mana bu yerda batafsil ma'lumot berganmiz.

🏆 Olimpiada g‘oliblari noutbuk, mobil telefonlar, maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar va QR-kodli diplomlar bilan taqdirlanadi, shuningdek olimpiada barcha ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar beriladi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT

Tashkilotchilar: OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi jamoasi va “REGISTON” o‘quv markazi

Hamkorlar: Innovatsion rivojlanish vazirligi, Respublika yosh olimlar Kengashi

✅ Qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing va maxsus mukofotlarga ega bo‘ling.

👉 RO'YXATDAN O'TISH

🙋🏻‍♂️ Olimpiadaning uchinchi saralash bosqichi 25-iyul kuni “REGISTON” o‘quv markazining maxsus imtihonlar tashkil qilinadigan auditoriyasida bo‘lib o‘tadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O'zbekiston Milliy universitetining yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori Kamoliddin Mirzaahmedov komissiya uchun dekan o‘rinbosarlaridan pul yiqqani aytilmoqda.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️​​​Test imtixonlarida qatnashish uchun 122 ming 500 so‘m to‘lashingiz kerak!

✅ Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun BHM (bazaviy hisoblash miqdorining) yarim baravari, ya’ni, 122.500 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Kimlar to‘lov qilishmaydi?

👉 Ta’lim muassasalarini 2021-yilda tamomlaganlar;
👉 1-2 guruh nogironligi bor shaxslar;
👉 To‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar.

Mazkur toifadagi abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tganida ularga to‘lov qilish uchun invoys shakllantirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu summa 111 ming 500 so‘mni tashkil etgan va Davlat test markazi tomonidan o‘tgan yili 100 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar to‘plangan va uning 20 mlrd so‘mdan oshiqrog‘i test sinovlarini tashkil etish uchun sarflangan.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekiston oliygohlari dunyo reytingida nechchi mingtalikka kiradi?

Google akaning aytishicha, O‘zbekiston bo‘yicha "nomer odin" oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan O‘zMU dunyo bo‘yicha 4080-o‘rinda ekan.

Ikkinchi o‘rinda JDPI 5510-o‘rinni egallagan.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 OLIMPIADA BOSHLANDI!

Respublika
"Ingliz tili fan olimpiadasi" ning 1-bosqichi boshlandi.

👉 OLIMPIADADA ISHTIROK ETISH

🔥 Ishtirok etganlarning barchasiga maxsus sertifikat beriladi.

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va yoshlarning ingliz tili savodxonlik darajasini oshirish maqsadida OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi jamoasi va “REGISTON” o‘quv markazi hamkorlikda Respublika miqyosida 3 bosqichli "Ingliz tili fan olimpiadasi"ni o'tkazmoqda.

Olimpiadaning 1-bosqichi bugun soat 20:00 da boshlanadi va 21:00 da hamma uchun yopiladi. Ro'yxatdan o'tgan va tizimga kirgan barcha ishtirokchilar shu vaqt oralig'ida test topshirishlari mumkin.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT

🔥 Barcha olimpiada ishtirokchilariga omad tilaymiz!
❗️2021-2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2021-yil 11-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 230 254 nafar.

Ta’lim shakli bo‘yicha:
👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 140 576 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 83 630 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 6 048 nafar.

Tillar kesimida:
👉 O‘zbek tili – 194 640 nafar;
👉 Rus tili – 29 429 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 5 036 nafar;
👉 Boshqa tillar – 1 149 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 8 328 nafar;
👉 O‘zbekiston milliy universiteti – 7 957 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 7 295 nafar;
👉 Jizzax davlat pedagogika instituti – 7 082 nafar;
👉 Urganch davlat universiteti – 6 584 nafar.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Respublika "Ingliz tili fan olimpiadasi" ning 1-bosqichidan muvafaqqiyatli o'tgan barcha ishtirokchilar sertifikatlarni o'zlarining "Shaxsiy kabinet"i yoki olimpiada oynasi orqali yuklab olishi mumkin

✅ Shuningdek, ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali o'z natijalarini ko'rishlari hamda olimpiadada ishtirok etganlik maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

❗️Agar kimdadir ism-familiya noto'g'ri joyga tushib qolgan bo'lsa sertifikatni qaytadan yuklab olsin.

👉 https://oliygoh.uz/test/respublika-ingliz-tili-fan-olimpiadasi

📍 Ikkinchi bosqich 18-iyul kuni bo'lib o'tadi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️DTM binosida ham "svet" o‘chayotgani sabab abituriyentlar hujjat topshirishida uzilish bo‘lishi mumkin

▪️DTM tashkilot joylashgan Yunusobod tumanida elektr energiyasida uzilish bo‘layotganini bildirdi.

Do'stlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ajoyib motivatsiya va "SIGARET" haqida qisqacha:)

Barcha yaqinlaringizga ulashing, 3 daqiqa vaqtingizni ayamasdan ko'ring

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​#Rasman

❗️Sarvar Babaxodjayev Toshkent Xalqaro Ta'lim Universitetiga (TIUE) rahbarlik qila boshladi.
⠀
TIUE ning yangi rektor lavozimiga Sarvar Najimovich Babaxodjaev tayinlandi. Bundan oldin turli ta'lim muassasalari va idoralarda rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan edi.
⠀
🎓 Sarvar Babaxodjayev 1978 yilda Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat Texnika universiteti va Yaponiya Xalqaro universitetini bitirgan.
⠀
✔️ 2009-dan 2013-yilgacha Toshkent shahridagi Singapur universitetining moliyaviy ma'muriy masalalarini boshqargan va 2013-yildan boshlab ushbu institut rektori vazifasini bajargan.
✔️2016 - 2018 yillarda u Toshkentdagi INHA universitetini boshqargan.
✔️ 2018-2019 yillarda xalq ta'limi vazirining o'rinbosari lavozimida ishlagan va keyinchalik prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligiga rahbarlik qilgan.
✔️ Tiue rektori etib tayinlangunga qadar Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga rahbarlik qilgan.
⠀
Katta tajriba, yuqori darajadagi malaka, yangiliklarga ochiqlik, ijodkorlik va fantastik ish olib borish qobiliyati yangi TIUE rektoriga, albatta jamoa ko'magida, deyarli yosh universitetni ta'lim sohasida jahon yetakchisiga aylantirishga va eng yaxshi ta'lim amaliyotlarini maksimal darajada universitetga olib kirishga, samarali rivojlanish tizimini yaratishga imkon beradi. ❗️ ️

TATUda qisqa vaqt ichida ham ancha o'zgarish qila olgan rektor sifati bilishar edi TATU talabalari. Sarvar Nadjimovichning kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#kulgu_vaqti

Atrofingdagi hamma yozni issiq pallasida dam olishga ketishsa-yu, sen esa imtihon yaqinligi sabab dars qilish uchun uyda qolsang.

☹️ Sen avval o'qishga kirib ol, keyin...

* Mazzami sizlarga, mazzami?

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg