Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Yangi Oʻzbekiston universitetida 5 ta yoʻnalishda taʼlim beriladi !

📃 Universitetda taʼlim jarayoni dunyoning eng nufuzli oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Masalan, Kembrij universiteti qabul imtihonlarini oʻtkazadi. Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda oʻquv reja va dasturlar ishlab chiqiladi.

Universitetda 5 ta fakultetlari boʻladi:

✅ Muhandislik;
✅ Tabiiy fanlar;
✅ Boshqaruv;
✅ Agrotexnologiyalar;
✅ Axborot texnologiyalari

🔺 Darslar oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi. Kredit-modul tizimi joriy etilib, oʻqish davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

❗ Ilk oʻquv yili shu yil sentyabrdan boshlanadi. Yangi bino qurilguncha darslar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining boʻsh binolarida vaqtinchalik oʻtib turiladi.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
To‘rt sabab. Biz nega ilmda kundan kunga orqada qolyapmiz?

Zangiotadagi koronavirusga ixtisoslashgan 2-klinik shifoxonaning Radiologiya bo‘limi mudiri, Buyuk Britaniyaning Aberdin universiteti magistri Ma'rufjon Salohiddinov Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida oliy ta'lim va ilmiy sohadagi muammolar haqida so‘z yuritib, qator yechimlarni taklif qiladi.

O‘zbekistonda istalgan soha o‘rganib ko‘rilsa, keragidan ortiq muammolar borligi ko‘rinadi. Shulardan biri – ilmiy faoliyat va tadqiqotlar. Biz bu borada kundan kunga orqaga qolib boryapmiz.

Xorijda PhD shunchalik qadrliki, bitta ibora bilan «Everything is impossible until it is done» (Bajarmaguningcha imkonsiz bo‘lib qolaveradi) deb ta'rif berishadi.

O‘z vaqtida Mariya Kyuri, Jon Nesh, Svante Arrenius, Kerol Greyder kabi mashhur kashfiyotchilar PhD davridayoq Nobel mukofotiga sazovor ko‘rilgan bir paytda, biz plagiatlar domiga tushib qoldik.

Ayni vaqtda o‘zim ham PhD tadqiqotchisi sifatida ilmiy izlanishlarimni olib boryapman. Bundan tashqari, bir muddat oliy ta'limda ham ishlaganman. Shu sababli sohadagi mavjud muammolar begona emas.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Navoiy davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi A.X., fuqaro S.ni “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish amaliy imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishini tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga yaqin qarindoshi T. orqali 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Qurbon hayitida – ketma-ket uch kun dam

▪️Prezident farmoniga binoan, haftada 5 va 6 kun ishlovchilar uchun dam olish kunlari bir xil:

▫️17-iyul (shanba) – ko'chirilgan ish kuni
▫️18-iyul (yakshanba) – dam olish kuni
▫️19-iyul (dushanba) – ish kuni
▫️20-iyul (seshanba) – dam olish kuni
▫️21-iyul (chorshanba) – dam olish kuni
▫️22-iyul (payshanba) – dam olish kuni
▫️23-iyul (juma) – ish kuni
▫️24-iyul (shanba) – ish kuni
▫️25-iyul (yakshanba) – dam olish kuni

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​📚 DTM namunaviy testlar - 2021

Davlat test markazi 2021-yilda tushadigan namunaviy test topshiriqlarini e’lon qildi!


🎓 OLIYGOH.UZ ta'lim portali orqali barcha fanlardan DTM testlarini yuklab oling:

👉 YUKLAB OLISH

💁🏻‍♂️ Ushbu testlarda har bir fan bo‘yicha:

–
30 tadan test topshirig‘i;
– test topshirig‘ining yechilishi;
– to‘g‘ri javoblar keltirilgan.

▪️Yuklab olish: https://oliygoh.uz/abituriyent/dtm-testlar

☝️Eng muhim ma'lumotlarni OLIYGOH.UZ ta'lim portali orqali muntazam kuzatib boring.

❗️Barcha abituriyentlarga tarqating. Yaqinlaringizni ham xabardor qiling.


Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
13.07.21-davlattestmarkazi.pdf
1.2 MB
#Statistika

⚡️Qabul rekordi yangilandi: Oxirgi 24 soatda salkam 60 ming abituriyent roʻyxatdan oʻtdi

13-iyul 18:00 holatiga koʻra, jami roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 337 004 nafar.

✅ Taʼlim shakli boʻyicha:

👉 Kunduzgi taʼlim shakli – 201 060 nafar;
👉 Sirtqi taʼlim shakli – 126 527 nafar;
👉 Kechki taʼlim shakli – 9 417 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 Oʻzbek tili – 286 322 nafar;
👉 Rus tili – 40 836 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 8 341 nafar;
👉 Boshqa tillar – 1 505 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng koʻp tanlanayotgan OTMlar:

👉 Oʻzbekiston milliy universiteti – 11 663 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti – 11 598 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 10 860 nafar;
👉 Jizzax davlat pedagogika instituti – 10 576 nafar;
👉 Urganch davlat universiteti – 10 014 nafar.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
💡 FIKRLAR

Faqat
ILM orqaligina siz o'zingizni, atrofingizni, atrofingizdagi insonlarni o'zgartira olasiz! Har qanday rivojlanishning asosi - ILM!

©️ Jahongir Pulatov

Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ 2021-yil 1-sentabrdan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi (14 foiz) miqdorida imtiyozli taʼlim kreditlarini berish joriy etiladi.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#savol

❗️ TDTU magistraturasiga onlayn hujjat topshirdim. Hujjatlarimni boshqa mutaxassislikka qaytadan topshirishim mumkinmi?

#javob
- Mumkin, buning uchun siz hujjat topshirgan OTMga ro‘yxatdan o‘tkazilganingizni bekor qilish to‘g‘risida murojaat qilasiz va bekor qilingach, boshqa OTM yoki mutaxassislikka topshirasiz.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ transfer.edu.uz sayti ishga tushdi. O‘qishingizni ko‘chirish va tiklash uchun arizalarni jo‘natish imkoniyati mavjud.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Maktab o'quvchilari va talabalar uchun foydali kanalni tavsiya qilamiz - http://t.me/grantscholar (rus tilida).
Bu yerda siz xalqaro stipendiyalar, grantlar, amaliyotlar va boshqa ko'plab foydali ma'lumotlarni topishingiz mumkin.
--
Рекомендуем полезный канал для школьников и студентов - http://t.me/grantscholar.
Здесь вы сможете найти информацию о международных стипендиях, грантах, стажировках и много другой полезной информации.
❗️​​​​Rasman! Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi!

✅ Xorijiy davlatlarning akkreditasiyaga ega bo‘lgan OTMlaridan O‘zbekiston OTMlariga o‘qishni ko‘chirish O‘zbekiston ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

• ariza
• reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi
• pasport nusxasi

Birinchi kursni tamomlagandan so‘ng o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha 15-iyuldan 5-avgustga qadar www.transfer.edu.uz sayti orqali ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Imtihonlar test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida topshiradi.

Sinov natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shaklidagi guruhlarga kontrakt asosida ko‘chiriladi.

❌ Xorijiy OTMlarning magistratura bosqichida o'qiyotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tadbirda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi va uning sherigi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.A. Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi B.O‘. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro R.ni vakolatli tanishlari orqali ushbu ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga boshqa bir fuqaro Sh.orqali 4 000 AQSH dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❓ Harbiy qism tavsiyanomasini olgan abituriyent. Shu tavsiyanoma bilan sirtqi ta’lim shakliga ham topshira oladimi?

❗️ 2021/2022 o‘quv yiliga harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun oliy ta’lim muassasalari hamda ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) kesimida alohida qabul ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyent sirtqi ta’lim shakli uchun ajratilgan qabul ko‘rsatkichiga da’vogar bo‘lishi mumkin.


Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​​«Qorako‘l maktabi» asoschisi To‘xtamurod Jumayev vafot etdi

O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi, «Qorako‘l maktabi» asoschisi To‘xtamurod Jumayev 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

To‘xtamurod Jumayev 1945 yilda Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan. 1967 yilda Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1967).

1963 yildan Olot tumanidagi 3-maktab, keyinroq Qorako‘l tumanidagi 8-maktabda matematika fani o‘qituvchisi, maktab direktori o‘rinbosari sifatida ishlagan.

U 1990-2015 yillarda Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktab-internati direktori vazifasida ishlagan.

To‘xtamurod Jumayev tashkil qilgan Qorako‘l maktabida o‘ziga xos ta'lim olish tizimi joriy qilingan. Natijada maktab o‘quvchilarining 90 foizi oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan. Bundan tashqari, ushbu maktab o‘quvchilari matematika fanidan Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, ko‘plab medallarni qo‘lga kiritgan. Hozirgi kunga qadar matematika olimpiadasida qo‘lga kiritilgan medallar soni 36tani tashkil etadi. Shulardan 23tasi Jumayev maktabi o‘quvchilariga taqdim etilgan.

Jumayev ta'lim berishda zamonaviy o‘quv qurollari va kompyuterlar asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan, matematika bo‘yicha bir necha didaktik qo‘llanmalar muallifi.

1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi bo‘lgan. Shuningdek, «Buyuk xizmatlari uchun» va «Mehnat shuhrati» ordenlari sohibi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil sentyabrida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida To‘xtamurod Jumayevning xizmatlarini e'tirof etgandi.

«To‘xtamurod domla ham, jadid bobolarimiz kabi, tinimsiz va fidokorona mehnat qilib, hozirgi davrning yangi usul maktabini yaratishga erishdi. Mana, bugungi kunimizning haqiqiy ma'rifatparvari, davrimizning Avloniysi, Behbudiy domlasi, Munavvarqorisi!» – degandi prezident.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️"Yangi O‘zbekiston" universiteti boylarning farzandlari uchun ochilganmi?

▪️"Yangi O‘zbekiston" universitetida 1 yillik o‘qish mahalliy talabalar uchun qariyb 50 mln so'm (1 semestr – 24 mln 850 ming so‘m), xorijiy talabalar uchun $10 ming qilib belgilandi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkentda talabani kaltaklab, komaga tushirib qo‘ygan abituriyentga sud hukmi o‘qildi

Toshkentdagi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi kursdoshining ukasi bilan janjallashishi oqibatida tan jarohati olib koma holatiga tushib qolgani haqida xabar berilgandi. Ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaroga sud qonuniy chora ko‘rdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea sodir bo‘lgan kun amaliy dars jarayonlari paytida kiyinish xonasida poyabzal ustidan tortishuv kelib chiqadi. Tushunmovchilikni darsdan so‘ng hal qilishni kelishib olgan yigitlar ta’lim dargohidan chiqib aholi yashaydigan xonadonlar tomon yo‘l oladi.

Janjal oqibatida 20 yoshli J.A. ismli yigit tan jarohati olib kasalxonaga yotqiziladi.

Jabrlanuvchining otasi aytishicha, o‘g‘lini 3 kishi urgan. Biroq ayblanuvchining advokati himoyasidagi shaxs bu ishni bir o‘zi sodir qilganini ma’lum qilgan.

“Aybimdan pushaymonman. Agar o‘sha kun qaytib kelganida u bola bilan urishmasdim. Kechirim so‘rayman”, – deydi 18 yoshli ayblanuvchi.

Ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e”,“k” bandlari (bezorilik oqibatida bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topildi va unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

* Tushunyapsizmi? 1ta poyabzalni deb…

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Prezident stipendiyasini olish uchun 4 ta shart

▪️Shavkat Mirziyoyev talabalar uchun Prezident grantini ta’sis etdi.

↗️ telegra.ph/scholarship-07-14

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
11 yoshli bolakay bir yil ichida universitetni tamomlab, hech kimning xayoliga kelmagan rejalar tuza boshladi

Belgiyalik 11 yoshli bola Antverpen universitetini tugatib, fizika bo‘yicha bakalavr darajasini qo‘lga kiritdi. Loran Simons (Laurent Simons) akademik daraja olish uchun atigi bir yil sarfladi. Odatda buning uchun uch yil kerak bo‘ladi.

Endi vunderkind bola Flaman universiteti magistri bo‘lish haqida o‘ylayapti. Shundan keyin hech kimning xayoliga kelmagan rejalarini amalga oshirmoqchi.

«Men imkon qadar ko‘proq a’zolarimni sun’iysiga almashtirishni xohlayman», — dedi Simons

Avvalroq u Bryugge maktabida bir yarim yil ichida to‘liq kursni tamomlagan.

Bola 2019-yil oxirida 9 yoshida Eyndxoven Texnologiya Universitetini elektrotexnika ixtisosligi bo‘yicha o‘qishni tugatishi kerak bo‘lganida dunyoga tanildi. Universitet ma’muriyati va ota-onasi o‘rtasida bitiruv sanasi bo‘yicha kelib chiqqan nizo tufayli Simons maktabni tark etishiga to‘g‘ri kelgan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg