Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining 63 nafar 4-kurs bitiruvchi kurs talabalari savollar noto'g'ri tuzilganligi sababli imtihondan qolib ketayotgani aytilmoqda...

Aytishlaricha, talabalar magistraturaga hujjat topshirishlari kerak...

Nima deb tushunish mumkin? Talabalarni qiynab, soqqasini shilishmikan yoki kursdan kursga qoldirishmikan?🤔

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
SIZ BU YERDAGILARNI XATONIYAM CHUNMIDI DEB O'YLAMANG.docx
262.5 KB
❗️Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalaridan.

Ingliz tili fanidan xatoliklarni ko'rsatib o'tgan.

Talabalarni savodsiz va farosatsizga chiqarayotgan Institut yoshlar yetakchisi Orifjon Olimjonov talabalarning tarafini olishni o'rniga, odamlarning fikrini o'zgartirish uchun harakat qilayapti.

Uning aytishicha, talabalar farosati va savodi bo'lsa appelyatsiyaga berish kerak ekan.

❗️Vaholanki, yiqilgan talabalarning appelyatsiyasi qabul qilinmagan...

Bunaqa talabalarni yomon otliq qilayotgan yoshlar ittifoqi yetakchisi institutda bu lavozimda ishlashga haqlimikan?

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Davlat test markazidagilar oxirgi kunlar qanday hunar chiqarayapti?

Abituriyentlardan kelgan rasmlar. Imtihon uchun to'lov qilingan, lekin haligacha to'lanmadi deb chek chiqarib turibdi.

Avvaliga ishonmadik, keyin o'zimiz kirib ko'rib guvoh bo'ldik.

Bunaqa muommoga oxirgi kunlarda ko'p abituriyentlar duch kelishyapti.

Ikki marta to'lov qilaverish kerakmi? Teshib chiqmasmikan? Shundog'am saytlaringiz "inqillab" qolgan.

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​❗️DTM o'yinlari davom etadi...

Xabaringiz bor ertaga qabul tugaydi. DTM dagilar esa Bilogiya fanidan milliy sertifikat natijalarini hali ham e'lon qilgani yo'q.

Qiziq, atigi bir kun qolgan bo'lsa, saytda texnik nosozliklar bo'layotgan bo'lsa sertifikat kutayotgan abituriyentlar qachon hujjat topshirishadi? Buni o'ylab ko'rishdimikan DTMdagilar?

Natijalar adashmasak, 20 kunda chiqish kerak edi, necha kun bo'lib ketdi? Qabul tugagach abituriyentlar boshiga uradimi sertifikatni?

Milliy sertifikatga topshirgan har bir talabgordan 367.000 so'mdan yig'ishdi. Menimcha har bir talabgorga pullari qaytarilishi shart... Bu o'yinlar hech tugamadi tugamadida. Uyat, uyat, uyat...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❓Men joriy yilda oʻqishni tamomladim. Diplom fayllarini qanday yuklab olishim mumkin ?

Javob: Joriy yildan boshlab OTMlarda “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish - HEMIS” axborot tizimi joriy etilmoqda. Ushbu axborot tizimi orqali talaba tomonidan diplom fayllarini yuklab olishning ikkita yoʻli mavjud:
1) Agar talabaga personal kabinet ochilib unga login va paroli berilgan boʻlsa u holda talaba oʻz personal kabinetidagi Talaba maʼlumoti/ Diplom maʼlumoti menyusi orqali diplom faylini yuklab olishi mumkin.
2) Login va paroli boʻlmagan talabalar uchun har bir OTM tizimining talaba qismida alohida havola ochilgan, masalan: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti http://student.uzswlu.uz/dashboard/ Talaba shu havolaga kirib fuqarolik pasportidagi yoki ID-kartasida koʻrsatilgan JSHSHIR-kodini kiritish orqali diplom faylini yuklab olishi mumkin. (yuqoridagi rasm)

Diplom fayllarini yuklab olish uchun OTMlar domenlari

Manba: Raqamli oliy ta'lim

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
​​​❗️DTM o'yinlari davom etadi... Xabaringiz bor ertaga qabul tugaydi. DTM dagilar esa Bilogiya fanidan milliy sertifikat natijalarini hali ham e'lon qilgani yo'q. Qiziq, atigi bir kun qolgan bo'lsa, saytda texnik nosozliklar bo'layotgan bo'lsa sertifikat…
❗️Biologiya fanidan test natijalari yuzasidan DTMning rasmiy munosabati:

2021-yil 9-10-iyun kunlari kimyo, matematika, biologiya hamda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazilgan edi.

Mazkur imtihonlar o‘tkazilishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda biologiya fanidan test savollari chiqib ketganligi, turli o‘quv markazlari tomonidan test savollari ma’lum miqdor evaziga sotilganligi to‘g‘risida turli fikrlar bildirilganligi sababli Davlat test markazi murojaatiga asosan mazkur holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Shu sababli biologiya fanidan test natijalari huquqni muhofaza qilish o‘rganlari tomonidan tegishli o‘rganish ishlari yakunlangandan so‘ng, ularning xulosasi asosida e’lon qilinadi.

Bunda, milliy sertifikat natijalari oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘xatga olish jarayoni yakunlangandan so‘ng e’lon qilingan taqdirda ham, biologiya fanidan sertifikatga ega bo‘lgan va oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga sertifikatdan foydalanishni tasdiqlash imkoniyati beriladi.— deyiladi DTM xabarida.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Diplom fayllarini yuklab olish uchun OTM domenlari.pdf
616.7 KB
#Diplom_olish

OTMlarni 2020/2021 o‘quv yilida tamomlagan bitiruvchilari ilovada ko‘rsatilgan domenlar asosida diplom fayllarini yuklab olishlari mumkin.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Diplom fayllarini yuklab olish uchun OTM domenlari.pdf
Diplomni aniqlashda sizga JShShIR so'rashadi.

Uni siz shaxsiy fuqarolik passportingiz orqali aniqlab olasiz. Rasmdagiga o'xshab siz ham 14 xonali raqamni kiritasiz

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️ Bugun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi

📆 2021-yil 22-iyul oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishning so’nggi kuni bo’lib, 22-iyul kuni (bugun) soat 23:59 da abituriyentlarni onlayn ro’yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar mazkur muddat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishlari, o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va test sinovi uchun to’lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

📌 Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so’nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro’yxatdan o’tishlarini hamda ta’lim yo’nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo’lishlarini tavsiya qilamiz.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
2021-2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2021-yil 21-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 924 788 nafar.

✅ Ta’lim shakllari bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 472 978 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 420 020 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 31 790 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 784 619 nafar;
👉 Rus tili – 106 979 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 30 332 nafar;
👉 Boshqa tillar – 2 858 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 O‘zbekiston milliy universiteti – 31 979 nafar;
👉 Jizzax davlat pedagogika instituti – 29 543 nafar;
👉 Urganch davlat universiteti – 29 476 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti – 29 132 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 28 434 nafar.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlari to‘g‘risida ma’lumot

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida), ya’ni 1-bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini o‘tkazish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qish uchun to‘lovlarni teng ulushlarda 4 (to‘rt) bo‘lib, quyidagi muddatlarda amalga oshirishlari mumkin:

➖ belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha;

➖ belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha;

➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Karantin choralari qo'llanilishi munosabati bilan Bucheon universiteti hujjatlarni qabul qilishni 30 iyulgacha uzaytirishga qaror qildi.

Hujjatlarni qabul qilish odatiy va onlayn tarzda amalga oshiriladi:
Abituriyentlar hujjatlarni universitetning o'zida dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha topshirishlari mumkin. Shuningdek, siz www.bucheon.uz saytida onlayn yuborishingiz mumkin. Yuborilgan hujjatlarni qayta ishlash dushanbadan jumagacha soat 10:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.
⠀
☎️ +998 78 150 40 02
📱 @bucheon_uz
📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko'chasi 2, 38A uy
✉️E-mail: info@bucheon.uz
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javoblar:

#abituriyent

❓ testga kirishda abituriyentning tana harorati baland bo‘lsa, unda nima bo‘ladi?

Javob: isitmasi borlar testga qo‘yilmaydi, ular uchun barcha test jarayonlari tugagandan keyin, 4 kun o‘tib, qayta test o‘tkaziladi.

❓ agar abituriyentda koronavirus aniqlansa, unda ular nima qiladi?

Javob: agar test kunigacha tegishli tashkilot uning sog‘ayganligi haqida ma’lumot bersa, testga qo‘yiladi. Yo‘qsa, testga kiritilmaydi.

❓ abituriyent ayrim sabablarga ko‘ra, karantinga olinib qolsa, unda nima bo‘ladi?

Javob: agar o‘zining test kunida karantinda bo‘lsa, barcha testlar yakunlangandan 4 kun o‘tib bo‘ladigan qo‘shimcha testga kirishi mumkin. Agar qo‘shimcha test kunida ham karantinda bo‘lsa, unda testdan qolib ketadi.

❓ koronavirusga chalingani yoki karantindaligi uchun testga kira olmay qolgan va o‘tgan yillarda bitirgan abituriyent tomonidan qilingan to‘lov qaytariladimi?

Javob: yo‘q, qaytarilmaydi. Chunki unga baribir tegishli xarajatlar qilib qo‘yilgan bo‘ladi.

Abituriyentlarga yuboring 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yangi OTM: Zangiotada Farmasevtika texnik universiteti ochiladi

▪️
Tegishli qaror loyihasiga ko'ra, qabul keyingi o‘quv yilidan boshlanadi. Universitetda ta’lim pullik-kontrakt asosida kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shaklida ingliz va boshqa tillarda olib boriladi.

OTMda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, farmasevtika, biotexnologiya, tibbiyot, kosmetologiya, menejment, biznes boshqarish va boshqa tarmoqlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Tarix fani o‘qituvchisi o‘quvchidan:
— Falon yili Angliyani kim olgan? - deb so‘rabdi.
O‘quvchi:
— Ustoz, men olganim yo‘q, - debdi.
Bundan asabiylashgan o‘qituvchi:
— Dadangni olib kel, - debdi.
Bolani otasi kelibdi. O‘qituvchi vaziyatni tushuntiribdi. Shunda otasi o‘g‘liga:
— Olgan bo‘lsang, qaytarib ber, - debdi.
Jahli chiqqan ustoz maktab direktorini oldiga ota-bolani olib kiribdi.
Hamma gapni eshitgan direktor o‘ylanib turib:
— O‘zi qaysi biring olgansan? Joyiga qo‘ymaysanlarmi!? - degan ekan.

Angliyani olmaganlarga ulashamiz 😉👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qabul jarayoni tugashiga sanoqli daqiqalar qolmoqda

Qabul tugashini bilgan my.dtm.uz sayti ta’tilga chiqqan chamasi yoki uxlab qolganmi bilmadik.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg