Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️O'qishga hujjat topshirishga ulgurmagan qizlar! To'ylar muborak bo'lsin😁😁😁 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Abituriyentlardan

"Qonun bo'yicha sayt 22.07.2021 soat 23:59 gacha ishlashi kerak edi. DTMdagilar sizlarni sudga beraman!"

Abituriyentlar ogohlantirilganmi yoki yo'q qonun bo'yicha soat 23:59 gacha ishlashi shart edi. Lekin DTM vakillari har doimgidek biz sizlarni ogohlantirgandik deyishdan nariga bormaydi.

Hech bo'lmasa atigi 100.000.000 so'mini saytni (kuchli serverlar) rivojlantirish uchun ishlatganingizda edi...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Buguncha sabr qilinglar hurmatli abituriyentlar!

DTMdagilar bugun yana bir bor imkon berishiga ishonamiz.

Hujjat topshirishga ulgurmaganlar bugun 122.500 so'm bilan hujjatlarni tayyorlab qo'ying.😉 Yaxshi xabar eshitamiz degan umiddamiz...

Xayrli tun hammaga:)
Diqqat sayt ishlamoqda (qotib) yana!!!

Topshirishga ulgurmaganlar tezroq ro'yxatdan o'tib topshirib oling

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Qiblaga yuzlanib shodlansa yurak,
Shu onda rahmatin yog'dirsa falak,
Ulug' zot bormi Allohdan bo'lak,
Мusulmon ahliga juma muborak!

Kunlarning shohidur "Juma" ayyomi,
Shu sabab ulug'dur bu kunning nomi.
Bugun sizga tilayman oltindan bir taxt,
Allohim nasib etsin ilohiy bir baxt...

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Qabul tugadi

Vaqt qo'shib berilmadi...

▪️Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. Endi bakalavriatga hujjat topshirganlar avgust oyida o‘tadigan imtihonga tayyorgarlikka bor diqqatlarini qaratishi mumkin.

Hozir:
▫️Magistratura va "perevod" imtihonlari uchun qabul davom etyapti.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Forwarded from Oliygoh.uz | rasmiy
​​❗️DTM ga jiddiy taklifimiz bor: Istasangiz OLIYGOH.UZ platformasi onlayn qabulni mukammal darajada tashkil qilishga yordam beradi! Bepulga!

Bu yilgi qabul jarayonlari o'tgan yilgidan ham ko'ra sifati ancha past tashkil etildi! Buni anglash uchun atrofga bir nazar tashlash kifoya. Juda ko'pchilikda bu yilgi DTM ishlab chiqqan tizimda nimadir muammo chiqdi. Yo tizim serverlari ishlamay qoladi, yoki to'lov tizimlarida, yoki boshqa masalada!

Buning asosiy kaliti qayerda?

Asosiy kalit tizimda! Onlayn qabul tizimi mukammal to'g'ri ishlab chiqilmagan. Serverda bo'layotgan kuchli yuklanishlar sabab emas, bu shunchaki "yosh bolalarni aldagandek aytiladigan" bahona!

Davlat test markazi uchun OLIYGOH.UZ platformasidan o'ta jiddiy taklif bor!

Onlayn qabul tizimini to'g'ri yo'lga qo'yishda va serverlarda qilinayotgan xatoliklarni to'g'irlay olmasangiz, keyingi yillardan onlayn qabul tizimini biz tashkil qilib berishimiz mumkin. Taklifimiz shunchaki quruq gap emas. Butun boshli tashkilot qila olmagan yechimni bizning platforma va serverlarimiz amalga oshirishga kuchi hamda qurbi yetadi. Platforma xavfsizlik tizimi anchagina mukammal va foydalanuvchilar kabineti sodda shaklda yaratilgan. Biz uni yanada optimallashtirgan holda onlayn qabul tizimiga moslay olamiz.

☝️Eng asosiysi bu ishni BEPULga qilib berishga tayyormiz!

🎓 OLIYGOH.UZ jamoasi ushbu taklif bo'yicha har taraflama kelishuvga tayyor. Eng muhimi xalqdan yig'ib olingan milliardlar hisobiga emas, hech qanday haq olmasdan BEPUL'ga ushbu tizimni tashkil qilib berishga tayyorligini bildiradi!

❗️Davlat test markazi xalqdan yig'ib olgan milliardlarga va uddalay olmagan har bir ishga javobgar! Qila olmadingizmi tan oling va qila olishga qurbi yetganlarga yo'l bering. DTM ning bir necha yillik tarixi davomida xatolarsiz yil bo'lganmi? Xatolaringizni hech tan olasizmi? Yoki aybni yana sistemaga yuklaysizmi yoki boshqa narsaga? Tizimni tashkilot qurgan va tashkilot bunga javobgar hisoblanadi.

👉 https://oliygoh.uz/post/dtm-ga-jiddiy-taklifimiz-bor
❗️Magistraturaga onlayn qabul jarayoni magistr.edu.uz veb-sayti orqali 31-iyul kuniga qadar amalga oshiriladi.

Qabul imtihonlari ikki bosqichda, mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangan tartib boʻyicha va chet tili fanidan DTM tomonidan test sinovlari oʻtkaziladi.

▪️1-bosqich: mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangan tartib boʻyicha 3-15-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

▪️2-bosqich: chet tili fanidan test sinovlari DTM tomonidan belgilangan tartib avgust oyining ikkinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qo‘shma ta'lim dasturlari asosida o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta'lim tashkilotlarining qo‘shma ta'lim dasturlari asosida ta'lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

2022 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shma ta'lim dasturlarini Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi va faqat ijobiy ekspertiza xulosasiga ega bo‘lgan qo‘shma ta'lim dasturlari asosida ta'lim faoliyatini tashkil etishga ruxsat beriladi.

Qo‘shma ta'lim dasturlari asosida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

I bosqichda xorijiy hamkor oliy ta'lim tashkiloti bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan qabul qilish tartibiga muvofiq kirish imtihonlari o‘tkaziladi;

II bosqichda O‘zbekiston oliy ta'lim tashkilotining buyurtmasi asosida Davlat test markazi tomonidan kelishilgan muddatlarda qo‘shma ta'lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihoni o‘tkaziladi.

Bunda:

birinchi bosqichda kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 30 foizini to‘plagan abituriyentlar ikkinchi bosqichda o‘tkaziladigan imtihonda ishtirok etishga haqli bo‘ladi;
ikkinchi bosqichda chet tili bo‘yicha kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plagan abituriyentlar qo‘shma ta'lim dasturi bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etadi hamda qabul parametrlaridan kelib chiqib, o‘qishga qabul qilinadi. Chet tili bo‘yicha bakalavriatda kamida V1 darajadagi, magistraturada kamida V2 darajadagi milliy va unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan o‘tkaziladigan imtihondan ozod etiladi va ularga mazkur bosqich uchun maksimal ball beriladi.
Qo‘shma ta'lim dasturlari asosida o‘qishga qabul qilish natijalarini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tashkiloti tomonidan xorijiy hamkor oliy ta'lim tashkiloti bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Qo‘shma ta'lim dasturlari asosida oliy ta'lim tashkilotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga xorijiy hamkor oliy ta'lim tashkiloti joylashgan davlatda tan olinadigan hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tashkilotining davlat namunasidagi diplomi taqdim etiladi.

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yangihayot tumanida fuqaroning o‘qishini ko‘chirtirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.T. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahrida joylashgan tibbiyot institutining 1-bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib berib, keyinchalik o‘qishini tanishlari orqali Samarqand Davlat tibbiyot institutiga ko‘chirtirib berish evaziga 5 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ OO’MTVning CALL CENTER xizmati telefon raqami yangilandi

☎️ Fuqarolar 71-230-64-64 telefon raqami orqali CALL CENTER xizmati bilan bog‘lanib, OTMda tashkil etiladigan ijodiy imtihonlar, respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida o‘qishni ko‘chirish, kasb-hunar maktablari va magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonlariga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

❗️ Dushanbadan Shanbagacha soat 9:00dan 17:00ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Insitutga kirolmadim, endi nima qilaman?

1. O'kinma. Biz bu dunyoga faqatgina diplomli bo'lish uchun kelmaganmiz.

2. Tasavvur qil, o'qishga qabul qilinding. Har kuning soat 9 dan 14.00 gacha band.
Darslar davomida orqa partada video ko'rib o'tirgandan ko'ra, aynan shu vaqtni Ingliz tilini o'rganishga sarfla. Uyingda o'rganma, kutubxona yoki kovorkingga bor.

3. Kovorking (kafe, kutubxona) da bekorchilik bilan shug'ullana olmaysan. Chunki puling ketyapti. 1 yilga qolmay tilni o'rganib olasan.

4. Tilni o'rgangach o'zingga oson bo'lgan sohada kurslarga yozil.
LinkedIN learning, EDx, Udemy, Coursera, Lynda. 500$ atrofida sarflab bitta kasbli bo'lib olasan. O'zbek tilida o'rgansa bo'lmaydimi? Bo'ladi. Lekin katta ehtimol bilan baribir yuqoridagi manbaalardan qilingan tarjimalar asosida o'qiysan.

5. Biznes boshlasang ham bo'ladi. Qilinadigan ishlar ketma-ketligi xuddi shunday.

6. O'rtacha 2 yilgan so'ng yaxshi natijalarga erishgach insitutga kirging kelmay qolar ham balki.

7. Eng muhimi 3 yildan so'ng, ko'tarilib ketgach, jamoaga chaqirganimda kelsang bo'ldi. Mensimay qo'ymasang albatta).

P.s sansirab yozganimga e’tibor berma, men oliy ta’limni tamomlaganman

©️ Aziz Raximov

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Kerakli

Transfer.dtm.uz - xorijdan o'qishini O'zbekistonga ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun onlayn platforma. Hujjat qabul qilishning oxirgi kuni 5-avgust.

Transfer.edu.uz - O'zbekistondagi davlat OTMlari aro o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun onlayn platforma. Hujjat qabul qilishning oxirgi muddati 5-avgust.

Diplom.edu.uz - Diplomlarni elektron shaklini yuklab olish uchun onlayn platforma.

Magistr.edu.uz - Magistraturaga onlayn hujjat topshirish uchun platforma. Hujjat qabul qilishning oxirgi muddati 30-iyul.

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Mushuklar ham jazirama issiqda yaratilgan qulay shart-sharoitlardan unumli foydalanmoqda 🤪

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓ Biz nimada oldinlab ketdik?

- Balki shuncha yechilmay qolgan muammolarni kaliti sizdirsiz? Yana bir o’ylab ko’ring.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Ajoyib xushxabar!

🥇🥈🥉 O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro olimpiadalarda medallarni qo‘lga kiritmoqdalar

Sport bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari bo‘layotgan bir paytda fan olimpiadalari ham o‘tkazilmoqda va ularda o‘quvchi uka-singillarimiz sovrindor bo‘lishyapti.

Xususan, 62-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 5-ixtisoslashgan matematika maktabi o‘quvchisi Diyorbek Tolipov kumush 🥈va Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi Olimjon Olimov bronza 🥉 medali bilan taqdirlandi. Oxirgi marta Xalqaro matematika olimpiadasida 5 yil oldin kumush olgandik.

Bundan tashqari, Biologiya fanidan bo‘lib o‘tgan Xalqaro olimpiadada hamyurtlarimiz 2 ta oltin 🥇 va 1 ta kumush 🥈medali sohibiga aylanishdi. Bular:

🥇 Humoyun Norbekov -JDPI akademik liseyi 2-bosqich o‘quvchisi- oltin medal;
🥇 Aziza Abduvaliyeva -TPTI akademik liseyi 1-bosqich o‘quvchisi-oltin medal;
🥈 Yorqinbek Turdiboyev -Navoiy viloyati 11-IDUM o‘quvchisi-kumush medal.

O‘tgan yili biologiyadan 1 ta oltin va 2 ta kumush bo‘lgandi.

Quvonarli tomoni vanihoyat fizika fanidan ham medal oldik. Toshkent shahridagi 71-maktab o‘quvchisi Rail Xashayev bronza medali oldi va maktab o‘quvchilari orasida Xalqaro fizika olimpiadasida medal olgan birinchi o‘zbekistonlikka aylandi. O‘zi shu paytgacha fizika bo‘yicha Xalqaro olimpiadadan O‘zbekiston faqat bittagina medal olgandi xolos, bu ikkinchisi bo‘ldi.

Endi navbat kimyogarlarimizga. Xalqaro kimyo olimpiadasi kelgusi haftada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ulardan ham yuqori natijalarni kutib qolamiz.

©️ Xushnudbek

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Men yo‘qolib, topilganimda onam sevinmaganlar...

Internetda yoyinlangan bir videoda xorijlik bir odamning yo‘qolib, keyin topilgan itini mahkam quchoqlab o‘payotganini ko‘rsatishyapti.
- U nimaga itini o‘pyapti? – so‘raydi besh yoshli bolakay (bir hamkasbimning o‘g‘li).
- Yo‘qolib qolgan ekan, topilganiga sevinganidan o‘pyapti, - deyman.
- Men yo‘qolib, topilganimda onam sevinmaganlar...
- Iye... Nega unaqa deyapsan?
- Qishloqdagi buvimnikida mehmonda ekanimizda, tog‘amning uylariga boraman deb, adashib qolganman. Qaytib kelganimda onam meni o‘pmaganlar... Baqirib, chimdilab-chimdilab olganlar... «Yana shunaqa qilsang, o‘ldiraman», deganlar... Chet eldagilar itlarini rosa yaxshi ko‘risharkan-a, xola?..

Dilfuza Komil

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❓ Magistraturaga hujjat topshirganlar arizani qabul qilinganligini qanday bilsa bo‘ladi?

Ariza qabul qilish jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Barcha jarayonlarni magistr.edu.uz profilingizdagi «Ariza holati» bo‘limi orqali kuzatib borishingiz mumkin. Agar onlayn onlayn ariza topshirishda kamchiliklar mavjud bo‘lsa quyidagi hollarda rad qilinadi:

Ariza rad qilindi – abituriyent hujjat topshirgan OTM tomonidan ariza rad qilingandagi holat. Bunda, rad qilish sabablari izohda qoldiriladi. Ariza rad qilinganda abituriyent tomonidan arizani tahrirlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Diplom rad qilindi - abituriyent tomonidan kiritilgan diplom ma’lumotlarini bakalavr diplomini bergan OTM tomonidan sabablar ko‘rsatilgan holda rad qilinadi. Ariza rad qilinganda abituriyent tomonidan arizani tahrirlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Rasman: “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga qabul 1-avgustga qadar davom etadi!

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

✅ Qabul sayti: https://admissions.univ-silkroad.uz/

Yo‘nalishlar:
🔹 Amaliy tillar (Applied languages);
🔹 Smart turizm (Smart Tourism);
🔹 Turizmda media va kommunikasiya (Media and Communication in Tourism);
🔹 Menejment (Management);
🔹 Turizm (Tourism);
🔹 Gid – hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (Guidance of gid and translation).

Abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati yaratilgan.

Ta’lim ingliz tilida olib borilib, o‘qishga kirish uchun quyidagi sertifikatlardan biri talab qilinadi:

◾️ IELTS — 5,5+
◾️ TOEFL — 72+
◾️ CEFR — B2 +

Sertifikatga ega bo‘lmagan abituriyentlarga sertifikatini 10-sentyabrgacha taqdim etish imkoniyati beriladi.

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️2021/2022 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda:

➡️ respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar – transfer.edu.uz;

➡️ xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish bo‘yicha arizalar – transfer.dtm.uz.

❗️Ayrim talabalar xorijiy yoki nodavlat OTMdan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha (adashgan holda) transfer.edu.uz elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tishganligi aniqlanmoqda. Ushbu toifadagi arizalar qabul qilinmasligini eslatib o‘tamiz.

❗️Unutmang, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni 2021 yil 5 avgust (shu kuni ham)
Manba

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg