Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❓ Texnikum va kollejlarda sirtqi ta’lim shaklida o‘qish imkoniyati mavjudmi?

Texnikum va kollejlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qish imkoniyati mavjud. Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladigan ta’lim muassasalari ro‘yxati (kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha) 2021/2022 o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni boshlanguniga qadar e’lon qilinadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Magistratura qabul parametrlari.pdf
1 MB
Magistraturaga qabul tugab bormoqda.

▪️Abituriyentlar 30-iyulgacha magistr.edu.uz veb-sayti orqali hujjat topshirishi mumkin.

Magistratura uchun bu yil jami 12,9 mingta kvota ajratilgan. Mutaxassislik imtihonlarini OTMning o‘zi, chet tili imtihonini esa DTM oladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❓ Davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarning qaysi toifalariga stipendiya berilmaydi?

Fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30% va undan ortiq qismi «qoniqarli» baho bo‘lgan talabalarga navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
“Ona”

- Necha yoshda edilar?

Men aytaman…. Aytamanu o’ylayman: onaning yosh qarisi bo’ladimi ? Mehrning yosh qarisi bo’ladimi ? Shafqatning-chi? Sadoqatning-chi ?

Ilgarilari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo’lmaydi. Endi yana bir haqaqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta kichigi bo’lmas ekan.

Ona - ona ekan. Unga boshqa sifat kerakmas.

Ⓜ️ “Dunyoning ishlari” kitobidan

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
@TalabaUz 2021.pdf
2.6 MB
❗️ Rasman! Klinik ordinatura qabul kvotalari tasdiqlandi!

✅ Sog‘liqni saqlash vazirligi 2021-2022 o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura) qabul kvotalarini e’lon qildi.

Izoh: Klinik ordinatura bosqichiga faqatgina tibbiyot oliygohining bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarigina hujjat topshira oladi. Bu bosqichda tor mutaxassislar tayyorlanadi!

Bir yillik to‘lov-kontrakt narxi o‘tracha 27 mln so‘m atrofida.

2021-2022-o‘quv yili qabulida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda:

👉 birinchi bosqichda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari;

👉 ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​​❗️Rasman! 29-iyuldan boshlab ​​«Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz sayti orqali yuklab olish mumkin

Bu haqda Abituriyentlarga my.dtm.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish jarayonida eslatib o‘tilgan. (pastdagi rasmga qarang)

✅ Abituriyentlar «Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz saytidan elektron shaklda yuklab olgach, printer orqali oq qog‘ozga chiqartirgan holda imtihonga pasport bilan birga olib kelishlari kerak.

❗️Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.

👉 Test savollari soni karantin sabab qisqarishi mumkin!

Barcha tanish abituriyentlarga tarqating!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#taziya

Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Umurzakov O‘ktam Pardayevich vafot etibdilar.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un. O‘ktam Pardayevich fidoyi olim, ilm-fan va ta’limning haqiqiy jonkuyari edilar.

Ustozning barcha oila a’zolari, yaqinlari va shogirdlariga, jumladan farzandlari Bosh vazir o‘rinbosari — investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovga hamdardlik bildirib qolamiz.
©xushnudbek

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qaysi abituriyent shu savolga javob topsa o'qishga grand kirib ketadi😅

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Abituriyentlar diqqatiga.

Ertaga abituriyentlar uchun shaxsan kanalimiz admini, so'nggi kunlarda barchamizga o'z bilimini ayamasdan berib kelayotgan motivator ustozimiz Muhammadali Eshonqulov bilan audio chat tashkil qilganmiz...

Imtihon oldi o'zingizni ruhan tayyorlang✊

Audio chatning vaqtini ertaga e'lon qilamiz...

❗️Barcha abituriyentlarga yuboring

Audio chat ushbu kanalda bo'lib o'tadi👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
RO'YXATDAN O'TGAN ABITURIYENTLAR SONI

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#kayfiyat

Miriqib futbol ko‘rib o‘tirgan otasini yoniga qizi kelib:
— Ada, bir daqiqa vaqt ajrata olasizmi?
— Gapir qizim!
— Tibbiyot akademiyasining qaysi fakultetiga hujjat topshirishni bilmayapman?! Stomatologiyami yoki kardiologiyami?
— Odamda nechta tish bor?
— O‘ttiz ikkita!
— Yurak-chi?
— Bitta!
— Hisob 32:1! Stomatologiya g‘olib!!!

Do'stlarga ulashing😄👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️DIQQAT E’LON !!!

Vazirlik tizimidagi OTMga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali 66.1 ball etib belgilandi

🔰 2021/2022 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha 2020/2021 o‘quv yili uchun tasdiqlangan fanlar majmuasiga muvofiq 2 ta fandan o‘tkaziladigan maxsus sinovlar (test, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga ko‘ra o‘tish bali to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 35 foizi (66,1ball) etib belgilandi.

☝️Eslatib o‘tamiz, 2021/2022 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar natijasiga ko‘ra to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.

👉 OO‘MTV tizimidagi OTM ro‘yxat

©Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️"Perevod" uchun hujjat topshiruvchilarning adashish holatlari ko‘p bo‘lyapti — vazirlik

▪️O‘qishni ko‘chirish imtihonlari uchun 2ta platforma orqali hujjat topshirish mumkin:

– respublikadagi 1 OTMdan boshqa OTMga o‘qishni ko‘chirmoqchi va o‘qishni tiklamoqchi bo‘lganlar uchun – transfer.edu.uz;

– xorijdagi OTMdan respublika OTMsiga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar uchun – – transfer.dtm.uz.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hujjat topshirayotganlar manzilda adashib ketayotganini, ehtiyotkor bo‘lish lozimligini eslatdi. Qabul 5-avgustgacha davom etadi.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Qabul tugadi, imtihon yaqin

▪️22-iyul kuni OTMlarning bakalavriatiga hujjat topshirishning oxirgi kuni edi. Jami hujjat topshirishgan abituriyentlar soni 1.237.904 nafarni tashkil qiladi.

▫️Imtihon avgust oyida bo‘lishi xabar qilingan. Avgustga juda oz qoldi. Lekin abituriyentlar aniq qaysi sanada imtihon boshlanishini hali bilmaydi.

▫️Maxsus komissiya imtihonlar ochiq havoda o‘tishi haqida qaror chiqargan. DTM direktori Majid Karimov bu yilgi imtihon 3,5 soat davom etishini, ochiq maydonlarda abituriyentlarga qiyinroq bo‘lishini aytgandi.

▫️Kecha, 26-iyul kuni 789 kishida koronavirus, 521 kishida pnevmoniya aniqlandi. Koronavirus yoki pnevmoniyaga chalingani sabab imtihonlarda qatnasha olmaydigan abituriyentlar masalasiga ham aniqlik kiritilishi kutilmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Qabul tugadi, imtihon yaqin ▪️22-iyul kuni OTMlarning bakalavriatiga hujjat topshirishning oxirgi kuni edi. Jami hujjat topshirishgan abituriyentlar soni 1.237.904 nafarni tashkil qiladi. ▫️Imtihon avgust oyida bo‘lishi xabar qilingan. Avgustga juda oz…
❗️ RASMAN: Kirish imtihonlari 5-avgustdan boshlanadi

O‘zR ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 26 iyuldagi 2-son qaroriga ko‘ra, pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021/2022 o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 5-avgustdan (qoida tariqasida, kuniga ikki smenada: 1-smena 07:00 dan, 2-smena 19:00 dan) boshlanishi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Rasman:Test topshiriqlari soni qisqartirildi

📌 Davlat komissiyasining 2-son bayoni test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi belgilandi.

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan
Maksimal ball – 21 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 63 ball.

👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 20 ta savol
.
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

2-fan - 20 ta savol.
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 126 ball.

Umumiy holda, 2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 70 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
💎💎💎💎💎💎💎💎💎💎💎💎
💻Ingliz_tili_ONLINE_kurslar

📕 Kurs Kimlar uchun:
▪️Ingliz tili grammatikasini mukammal o'rganmoqchimisiz?
▪️Bu kursda Abituriyentlar har kuni grammatika+reading va DTM test+ tahlil bilan shug'ullanish imkoniga ega!
▪️Kurs IELTS, CEFR, TOIFA testlariga tayyorlanmoqchi bo'lganlar uchun grammatika va lug'at baza hosil qilishga imkon beradi!

♦️Ingliz tilini uyda-onlineda
ortiqcha harajatlarsiz , qulay sharoitda o'rgan!!!
☝️Darslar individual tarzda!

💳 Qabul 29-iyulgacha
💰Kurs to'lovi-150.000
Kursga
ro'yhatdan o'tish:
🟡
@EnglishMaster_N1
🟡 Birinchi 10 ta dars bepul!

IELTS/DTM/TEST Baza:
🔴
@ICEBERG_ACADEMY
🔴
@EnglishLeaders_Uz
👍1
​❗️Sportchi abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi o‘zgartirildi

Endilikda sport chempionatlarining oxirgi uch yilgi sovrindorlari umumiy tanlovdan tashqari grant va kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi.

2021/22 o‘quv yili qabulida sport turlari hamda paralimpiya sport turlari bo‘yicha Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda joriy yilda faqat sport faoliyati va jismoniy madaniyat yo‘nalishlariga hujjat topshirgan sportchi abituriyentlarga istisno tariqasida quyidagi imtiyozlar belgilandi:

— Ikkinchi mutaxassislik fani (umumiy jismoniy tayyorgarlikni nazarda tutgan holda) hamda majburiy uchta fan – ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha test sinovlaridan ozod etgan holda maksimal ball beriladi

— Kirish imtihonlari (kasbiy, ijodiy) natijalariga ko‘ra, ushbu toifadagi abituriyentlarning to‘plagan ballariga muvofiq ular umumiy tanlovdan tashqari davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi.

Bunda, ushbu toifadagi abituriyentlarni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish uchun minimal o‘tish bali Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq belgilanadi;

— Sirtqi ta’limga topshirgan mazkur abituriyentlarning imtihonlar natijalariga ko‘ra, faqat to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilishi mumkin;

— Jismoniy madaniyat yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlarga o‘zi g‘olib bo‘lgan sport xususiyatidan kelib chiqib, birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha imtihon o‘tkaziladi;

— Imtihonlar maxsus komissiya tomonidan onlayn videotranslyasiya qilingan holda o‘tkaziladi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Forwarded from Oliygoh.uz | rasmiy
​​🇺🇿 Respublika "Ingliz tili fan olimpiadasi" g‘oliblari munosib taqdirlanishdi🥳

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va yoshlarning ingliz tili savodxonlik darajasini oshirish maqsadida OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi va “REGISTON” o‘quv markazi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Respublika Yosh olimlar Kengashi hamkorligida Respublika miqyosida 3 bosqichli "Ingliz tili fan olimpiadasi" tashkil etildi.

💪 Ushbu olimpiadaga O‘zbekistonning turli viloyatlaridan ilmga chanqoq 17 ming 800 nafar yoshlar ro'yxatdan o'tdilar va g'oliblik uchun kurash olib bordilar.

Ishtirok etgan nomzodlar orasidan eng kuchlilar saralandi va 27-iyul sanasida eng munosib mutlaq g‘oliblar “REGISTON” o‘quv markazining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan zalida tantanali ravishda taqdirlanishdi.

🏆 Olimpiada g‘oliblariga noutbuk kompyuter, maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, I,II va III darajali QR-kodli DIPLOMLAR topshirildi.

▪️BATAFSIL: https://oliygoh.uz/post/olimpiada-goliblari

😊 Olimpiadada ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga, ularning ota-onalariga hamda ular bilan hamroh bo‘lib kelgan yaqinlariga Olimpiadaning tashkiliy qo‘mitasi nomidan minnatdorlik izhor qilamiz.

✅ Ushbu tashkil etilgan fan olimpiadasi “REGISTON” o‘quv markazi va OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi hamkorligidagi tashkil etilgan dastlabgi olimpiadalardan biri bo‘lib, yangi o‘quv yilidan boshlab millionlab yoshlarni qamrab oladigan FAN olimpiadalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📹 Taqdirlash marosimi: https://youtu.be/KlN15JG-KnY