Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❓Abituriyent ruxsatnomasi qanday yuklab olinadi?

📑 Ruxsatnomani yuklab olish tartibini OLIYGOH.UZ orqali bilib oling

▪️ BATAFSIL: https://oliygoh.uz/post/abituriyent-ruxsatnomasi

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim bilan kelishlari mumkin

📌 Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

✅ Test sinovlari kuniga ikki smenada:

1️⃣-smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2️⃣-smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

❇️ Test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazilishini inobatga olgan holda abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim (kepka, panama) bilan kelishlari mumkin.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yiqilgan abiturientlarga
L. Erkinzoda | Talaba.uz
❗️Mabodo o'qishga kirolmasangiz...

Koinot harakatlanishdan to'xtab qolgani yo'q! Balki bu so'zlar siz uchun hozir keraksizdir lekin ayni haqiqatni tan olish vaqti keldi.

Tinglang 🎧

Ba'zi abituriyentlarimiz uchun maxsus!

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ TEZKOR: Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

👨🏻‍💻 2021-2022-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

🔖 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqaminiki kiritgan holda olishlari mumkin.

📥 Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud.

✅ Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish mumkin bo‘lgan botlar:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

📆 Test sinovlari 5-avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4-avgust sanasiga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

❕ Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport (ID-karta) bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

Abituriyentlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️ TEZKOR: Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi 👨🏻‍💻 2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.…
❗️Ko'pchilik abituriyentlar "abituriyent ruxsatnomasi"ni olishda muommoga yuz kelayapti.

JSHSHIR raqamini kiriting degan joyga passportingizda raqamlarni kiritasiz. Rasmda ko'rsatib o'tilgan eng pastidagi belgilangan raqamlar joyini kiritasiz!

Abituriyentlarga yetkazing!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Ko'pchilik abituriyentlar fuqarolik passporti ID KARTA ko'rinishida bo'lgani uchun tushunmayotgan ekan.

Batafsil rasmda ko'rsatib o'tib ketdik.

Passport sseriya(ikki harfli kod)
Passport raqam (ikkita harfni yonidagi raqamlar)

JShShIR kodini esa ID KARTANING orqa tarafidan topishingiz mumkin. Rasmda u joyi ham ko'rsatib o'tganmiz.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ DTM dagilarning saytlari yana qotishni boshladi. Bot orqali yuklab olishning ham iloji bo'lmay qoldi.

Zo'rg'a ma'lumotlarini kiritgan abituriyentlar qayta qayta kiritishga to'g'ri kelyapti.

DTMdagilarni nima deyishini yaxshi bilamiz. "Bir vaqtning o'zida millionlab abituriyentlar harakat qilayotgani uchun server ko'tarolgani yo'q" deyishadi🙃.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Yuridik universitet uchun o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali belgilandi

Xorijiy OTMlar, shuningdek, O‘zbekistondagi filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 56 foizi (104,16 ball) etib belgilandi. Bu 3 bahoning eng past ko‘rsatgichi degani.

ℹ️ O‘tgan yili Toshkent davlat yuridik universiteti fakultetlarining kirish ballari o‘zbek guruhlariga 170 balldan hamda rus guruhlari 150 balldan yuqori bo‘lgan.


Ⓜ️ Xushnudbek

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ko‘pchilik odamlar jonsiz deb bilgan kitob, ularga qanchalik savodsiz ekanliklarini isbotlab bera oladi.

©️ Oskar Uayld

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Hozirda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzu: “Qabul-2021/2022: ochiq, shaffof va korrupsiyadan holi”

Jarayon “O‘zbekiston 24” hamda “UzReport” telekanallari orqali efirga uzatilmoqda.

🌐 https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston-24

👉 https://www.facebook.com/uzreport.tv/videos/495982428166251/

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😉 Biologiya milliy sertifikati natijalarini kutayotganlar havotir olmanglar mas’ullar ham ter to’kib ishlashyapti!

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Kelasi yildan magistratura imtihonlarini DTM o‘tkazadi. Hujjat topshirish uchun jiddiy talab qo‘yiladi

Kelasi o‘quv yilidan magistraturaga kirish uchun mutaxassislik fanidan imtihonlar Davlat test markazi tomonidan olinadi. Bu haqda bugun, 31 iyul kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Xalqaro press klubning OTMlarga qabul mavzusiga bag‘ishlangan sessiyasida aytib o‘tdi.

“Magistraturaga qabul jarayonida adolatsizliklarning oldini olish uchun bir qadam qo‘yildi. Magistraturaga qabulning bosqichlari bor. Birinchisi, to‘rt yil o‘qilgan bakalavr diplomining o‘rtacha bali olinadi. Ikkinchisi, barcha mutaxassisliklar bo‘yicha chet tilidan imtihon bor. Ana shu imtihon oliy ta’lim muassasasining o‘zida olinar edi, Davlat test markaziga o‘tkazildi. Endi ular ham DTM orqali test topshiradi”, deydi Toshqulov.

Vazir so‘zida davom etib, mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni ham DTMga o‘tkazish uchun tashkilotning imkoniyatlarini ham inobatga olish kerakligini ta’kidladi.

“Mutaxassislikka kelganda DTM imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Vaqt qisqaligi uchun mutaxassislik fanlarini o‘tkazishga ulgurmadik. Kelasi o‘quv yilida, mana bu yil bitiruvchi bakalavrlarimiz buni bilishi kerak, mutaxassislik fanlaridan imtihonlar ham DTMga o‘tkaziladi”, dedi vazir Toshqulov.

Vazir kelasi o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lishi majburiy etib belgilanishini aytdi. Shunday sertifikat olmasa, xorijdagidek hujjat topshira olmaydi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha

👨🏻‍💻 Ma’lumki, 15-iyuldan transfer.dtm.uz sayti orqali xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

📌 Hozirda onlayn ariza topshirgan talabalarning ma’lumotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:

ℹ️ Onlayn ariza berilganda – “Yangi”.

✅ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelsa – “Qabul qilindi”.

❌ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelmasa – “Rad qilindi”.

🖥 Ariza rad etilgan taqdirda, buning sababi ham ko‘rsatiladi va talabalar qayta onlayn ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.

☎️ Agar arizaning rad etilganlik holati bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa bevosita Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ⓜ️ Davlat test markazi

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ehtiyot bo’ling vaksina orqali chiplashtirmoqchi ekan 🤭

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ DTM beradigan kepkaga ishonib qolmang! Abituriyentlarga imtihonlarga bosh kiyimda kelishga ruxsat berildi

✅ 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada:

➖ 1-smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;
➖ 2-smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazi test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazilishini inobatga olgan holda, abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim (kepka, panama) bilan kelishlari mumkinligini ma’lum qildi.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Graaaaaant🥳

Mehnat qilib tayyorgarlik ko'rgan barcha abituriyentlarga GRANT nasib qilsin😅🤲 (sirtqi topshirganlar kontrakt bo'lsayam kirvolsin😉)

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Testsiz o‘tayotgan 1 avgust!

Vah-vah-vah... Bundan bir necha yil oldin ushbu kunda butun O‘zbekiston «qaynar» edi.

Barcha mobil operatorlar bir xil yolg‘on bahona, ya’ni «texnik profilaktika ishlari» tufayli mobil internetni o‘chirishardi. Ammo nima uchun o‘chganini yosh bola ham bilardi. Lekin ular bizni ahmoq qilishardi go‘yo... Mobil internetning bir necha soat ishlamasligi ortidan biznesga bir necha millionlab zarar yetardi, ammo mas’ullar boshqacharoq zamonaviy yo‘lni qidirib ko‘rmas, xuddi hech narsani bilmaganday o‘sha ibtidoiy yo‘ldan borishardi...

Hamma imtihonga shoshgan, yuz minglab taqdirlar shu 2-3 soat ichida hal bo‘lardi. O‘zbekiston kelajagi shu 3 soatlik qum soat ichiga qamab qo‘yilgan edi go‘yo...

Minglab insonlar shu birgina kunni kutishar, shu birgina kun ortidan yuz minglab dollar (balki bir necha million dollardir, kim bilsin) ishlab olishardi...

Ehheyeyeye, yana qanchadan-qancha xotiralar bilan qoldi, bu 1 avgustdan.

Bugun esa 1 avgust — oddiy kun. Avgust oyining birinchi sanasi xolos. Mana ketma-ket 2 yildirki 1 avgustda hatto test sinovlari ham bo‘layotgani yo‘q. Hamma xotirjam. Hech narsa o‘chmagan (mabodo oy oxirida abonent to‘lovini qilmagan bo‘lsangiz, o‘chgandir balki). Hammasi bip-binoyiday ishlab turibdi.

Aytmoqchimanki, o‘zgarishlar o‘z qo‘limizda. Faqat ozzzzgina xohish va ozzzzgina siyosiy iroda bo‘lsa yetarli. Boshqa sohalarga ham mana shu ozzzzgina xohishdan ozzzzgina berishsa, gullab ketardi ko‘p narsa.

Sizda ushbu kun bilan bog‘liq qanday xotiralar qolgan?

Keling, yana bir bor 1 avgust - test sinovlari bilan bog‘liq balki shirin, balki achchiq, balki quvnoq, balki qayg‘uli xotiralarni yodga olamiz.

©️ Xushnudbek

Izohlarda fikrlaringizni kutamiz.

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amerika, Rossiya va Oʻzbekiston.

— Isming nima isming?
— Oybek.
— Oybek deb belgilab chiqaman hammasini 🤭


Nima haqida gapirayotganimizni menimcha ko'plab abituriyentlar tushundi) Tushunmasangiz ushbu linkni ustidan bosing😁😁

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ummatga yaxshi bo'lishi sizning qo'lingizda

📖 Ilm olish har bir inson uchun ham qarz, ham farz. Uning erta-kechi yo‘q. Ilm olishdan, o‘rganishdan hech qachon to‘xtamaslik lozim. O'g'lingizga ilm berishingiz o'zingizga yaxshi, qizingizga ilm berishingiz esa ummatga yaxshidir. Chunki ilm ona tomonidan ko'proq yuqadi. Ilmli ona o'z farzandini ma’rifatga va ma’naviyatga chorlaydi.

©️ Osmondagi bolalar loyihasi mehmoni Umidjon Ishmukhamedov

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg