Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Ikkinchi mutaxassislikka o'qishga topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar diqqatiga!

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining ikkinchi mutaxassisligiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish tizimi ( ikkinchitalim.edu.uz ) test rejimisiz ishga tushirildi.

Endi siz ikkinchi mutaxassislikka ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali muommosiz hujjat topshirishingiz mumkin!

Abituriyentlarga yuboring
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Yotoqxonada yashagan talabalar diqqatiga

Oxirgi so'zim: Sen yo'q payting xonangni qo'ldan kelgancha asradim. Agar karantin ochilib, xonaga kelib ushbu xatni o'qiyotgan bo'lsang men sizlarni orangizda yo'qman. Mendan keyin boshqa tarakanlar meni joyimni egallamasin senga oxirgi vasiyatim shu...😁

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️ Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun test sinovlari 23-avgust kuni o‘tkaziladi

📆 Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 2021-yil 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

✅ Unda quyidagi toifadagi abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi:

👉 test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan abituriyentlar;

👉 16-avgustga qadar koronavirusga chalinganligi sababli qo‘shimcha test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga chalinganligi tasdiqlangan abituriyentlar.

📌 Qayta tashkil etilgan test sinovlarida ham tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan yoki koronavirusdan to‘liq sog‘aymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.

⏳ Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish hududi sifatida o‘zlari tanlagan hududda test sinovida ishtirok etadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tegishli ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng 21-avgust kunidan boshlab my.dtm.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Abituriyentlar diqqatiga

Talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Bu bo'yicha Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarorida ko'rsatib o'tib ketilgan!

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/7Z_1mjjuuf1iZjMy
Kitobxonlar uchun... )))

Qaysi asar qahramon(lar)i bilan uchrashishni xohlagan boʻlar edingiz?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Mandat qachon chiqarkin?

Goh yig‘ladik, goh kuldik,
Toqatni ham toq qildik,
Soniya o‘tar yildek,
Mandat qachon chiqarkin?

SMSlar mum yutgan,
Click bizni unutgan,
Bizlar intiqib kutgan
Mandat qachon chiqarkin?

Mandat bugun chiqarmish,
Yo‘g‘ey indin chiqarmish,
Hamma yoq emish-emish,
Mandat qachon chiqarkin?

Juftimni toq etdi-ey,
Toqatim toq etdi-ey,
Uff, cho‘zilib ketdi-ey,
Mandat qachon chiqarkin?

Javob chiqmasdan oldin,
Hamma bo‘ladi "folbin",
"Fol ochmaysanmi?", Yolqin,
Mandat qachon chiqarkin?

Yurak ham taka-puka,
Hayeee boriga baraka,
Ayting, Dtm aka,
Mandat qachon chiqarkin?

©️ Yolqin Muqimov

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Magistratura_noroziliklari
#UzDJTU

❗️O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida magistratura imtihoni jarayonida "o'yin" bo'lganligi sababli bir guruh talabalar appelatsiya bilan murojaat qilishgani to'g'risida video kelib tushdi

"Ichkariga telefon bn qo'yishmayapti, haqliklarini isbotlashga imkon qoldirishmayapti. Hatto imtihonga kirishda ham bunaqa qattiq tekshiruv bo'lmagandi.

Mas'ullar esa savollarga javob berishdan bosh tortishyapti."


Mas'ullarga yuboramiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Rossiyaga xorijlik talabalarning kirishiga tez orada ruxsat beriladi

▪️Xorijlik talabalarning Rossiyada o‘qishni davom ettirishi bo'yicha qoidalar ishlab chiqilgan va yaqin kunlarda e'lon qilinadi, deb ma'lum qildi RF Fan va ta'lim vazirligi.

Rossiyadagi deyarli barcha OTMlarda yangi o'quv yili an'anaviy shaklda boshlanadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#E'LON

DIQQAT!!!

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari kunlari ma'lum bo‘ldi

🔰O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23–25-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi ma'lum qilindi.

➡️Tez orada my.dtm.uz sayti orqali ruxsatnomani ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi. Ruxsatnomada kim qayerda va qachon test topshirishi yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan bo‘ladi.

⏩Testlar butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi, kim qaysi hududda test topshirishni tanlagan bo‘lsa, o‘sha yerda topshiradi.

O‘qishni ko‘chirishda talaba o‘zi tanlagan yo‘nalishga mos 2 ta mutaxassislik fanidan test topshiradi. Har bir fandan 30 ta, jami 60 ta savol beriladi.

2 ta fanga jami 3 soat vaqt ajratiladi.

Ⓜ️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Ota-onasini yo'qotgan talabalar uchun Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 50 foizga oshirilgan miqdorda stipendiya (amaldagi 517 ming so‘mdan 775 ming so‘mga oshiriladi) to‘lanadi — Prezident qarori.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bir arab hikoya qiladi:
(hazil lavha)
- Men demokratiyadan 1988 yildayoq qo‘limni yuvib, qo‘ltig‘imga urganman.. O‘shanda payshanba kuni bo‘lib, barchamiz - aka-ukalarim, dadam, oyim kechki ovqat ustida suhbat qurayotgan edik.
Dadam:
- Nima deysizlar, ertaga amakinglarnikiga borsakmi yo tog‘anglarnikiga? - deb qoldi.
Bolalar hammamiz bir ovozdan amakimnikiga borishni tanladik. Oyimdan boshqa. Oyim tog‘amlarnikiga borishni tanladi.
Ko‘pchilik ovoz amakimnikini tanlagani uchun ish bitgan, biz g‘alaba qozongan edik.
Juma kuni ertalab turib oyimning xursand, kulib yurganini ko‘rdik. Bizga: "Tezroq hozirlaninglar, bolalar, tog‘anglarnikiga ketamiz" der edi..
Dadam esa yerga qarab olgan, qo‘liga gazeta olib, go‘yo o‘zini gazeta o‘qiganga olar edi.. 😊
O‘shanda bilganman: "demokratiya", "shaffoflik", "xalq irodasi" degan narsalar uxlab yotgan bechora "xalq" ovozidan uzoqda - qorong‘i pana joylarda, kuch orqali amalga oshirilar ekan. 😃
(c) Facebook

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👉 @TalabaUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bitiruvchilar Sog‘liqni Saqlash Vazirligidan norozi...

O'zlarini aldanganliklarini his qilgan bitiruvchi talabalar Prezident va Vazirlikga murojaat bilan chiqishdi

Murojaat mazmunida aytilishicha, Tibbiyot oliygohlaridagi "Oliy hamshiralik ishi" talabalariga o‘qishni davom ettirish uchun imkoniyatlar so‘rashganda "Bizga Sog‘liqni Saqlash vazirligidagi R.Kamilovna "Bu fakultet yopilmaydi, balki bu yildan rivojlantiriladi" deya quruq va'dalarni berib ketgan edi, ammo buning aksi bo‘ldi" deya ta'kidlaydi TTA ning bitiruvchilari.

Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti talabalari SSVga Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha murojaat qilib, sarson bo‘lib javob xatini olgan, bunda SSV bu murojaatni ijobiy hal qilish haqida javob xatini ham yuborgan. Ammo buni amalda isbotlamagan.

"Fakultet bitiruvchilariga Tibbiyot oliygohlarida ikkinchi mutaxassislik ochilishi kerak, chunki ular ayni o‘qib o‘rganadigan vaqti!" deydi talabalardan biri.

Mas'ullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Tabaqalashtirilgan.pdf
106.1 KB
#arxiv

2020/2021 o‘quv yili uchun tabaqlashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari

O‘zR ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 5-son bayoni bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari.

Mazkur miqdorlar kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 baldan ortiq yetmagan va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yili uchun qo‘llaniladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ushbu ta’lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qo‘llangan holda hisoblanadi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Dunyo ta'lim tizimidagi o'ziga xos qoidalarni bilasizmi?

Ajoyib audio 🎧

Biz bilan bo'ling😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#diqqat #tezkor

O'zbekistonda yangi kasallik qayd etildi. Mandatvirus deb nomlangan. Ushbu kasallikka qariyb 1 mln kishi chalingan. Alomatlari bosh og'rig'i, sabrsizlik, jizzakilik. Iloji boricha abituriyentlardan uzoqroq yurishlariz so'raladi. Yuqish tezligi haqida aniq ma'lumot yo'q.

Eh mandatvirus 😄

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
⚡️ Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun test sinovlari 23-avgust kuni o‘tkaziladi 📆 Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 2021-yil 23-avgust kuni bo‘lib…
❗️Ertaga, tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan 110 nafar abituriyentlar uchun test sinovlari o'tkaziladi.

24-avgust kuni bu abituriyentlarning imtihon natijalari e'lon qilinadi.

Keyin esa, shunchaki taxminan erinmasdan hisoblab chiqsangiz ham kirgan yo kirmaganingizni bilsangiz bo'ladi😉

❗️Eslatma

Talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Bu bo'yicha Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarorida ko'rsatib o'tib ketilgan!

Demak, 30-31 avgust mandatlar to'liq e'lon qilinadi.

Ertangi imtihonga kiradigan abituriyentlarga omad tilaymiz✊

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​❗️ Abituriyentlar diqqatiga

mandat.dtm.uz saytiga xotin-qizlar,
nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

DTM xabariga ko‘ra, mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgan abituriyent mandat.dtm.uz saytining «Imtiyozli» bo‘limidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi va imtiyoz doirasida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ko‘rsatiladi.

Xotin-qizlar uchun beriladigan imtiyoz abituriyent qaysi oliy ta’lim muassasasiga topshirganidan qat’iy nazar uning doimiy ro‘yxatda turgan manzili asosida qo‘llaniladi va kunduzgi ta’lim shakli uchun o‘rinli hisoblanadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyoz esa har bir ta’lim shakli uchun oliy ta’lim muassasasi kesimida qo‘llaniladi.

Qayd etilishicha, imtiyoz doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ham ishtirok etadi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Andijon davlat universiteti talabasi fuqaroning o‘qishini ko‘chirib berishini aytib, undan 1,5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

🎓Talabalar kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Endi akademik ta’til olgan talabalar o‘qishni «sirtqi», «kechki», «onlayn» shakllarga o‘zgartirishi mumkin.

🎓Talabalar kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Endi akademik ta’til olgan talabalar o‘qishni «sirtqi», «kechki», «onlayn» shakllarga o‘zgartirishi mumkin. 🎓Talabalar kanali👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Joriy o‘quv yilidan boshlab, akademik ta’til olgan talabalar o‘qishni «sirtqi», «kechki», «onlayn» shakllarga o‘zgartirishi va davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

✅ Qaramog‘ida/xonadonida bemorga qarashi lozim bo‘lgan talabalar;

✅ sog‘ligi tufayli o‘qishga kelish imkoniyati bo‘lmagan talabalar;

✅ sog‘ligiga ko‘ra uyda qolishi kerak bo‘lgan homilador ayol talabalar;

✅ chaqalog‘i bor yosh talaba onalar;

✅ harbiy xizmatni o‘tamoqchi bo‘lgan talabalar va boshqa asosli sabab ko‘rsatgan talabalar akademik ta’til olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘tgan davrdagi akademik ta’tildan hozirgisining farqi talaba o‘qishdan chetlatilmaydi.

Buning uchun talaba tahsil olayotgan oliygoh rektori nomiga akademik ta’til olishga sabab bo‘lgan omilni ko‘rsatgan holda ariza yozadi va ma’lumotnoma (spravka) taqdim qiladi.

P.s: Sodda qilib tushuntiramiz😉

Hullas, siz sharoitingizni yo'qligini yoki homiladorligingizni (qizlar uchun) isbotlovchi hujjatni ariza bilan rektorga taqdim etasiz. Sizning arizangiz 1 hafta ichida ko'rib chiqiladi.

Siz bir yil umringizni yo'qotmaysiz. Onlayn, kechgi yoki sirtqi davom ettirishingiz mumkin bo'ladi.

Hullas ajoyib yangilik desak adashmaymiz😉

🎓Talabalar kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg