Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️ RASMAN: Magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlariga 56dan past ball to'plaganlar ham qo'yiladi.

📆 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkaziladi.

✅ Test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 09:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 17:30 dan 18:30 ga qadar;
3️⃣-smenada 20:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

⏳ Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi va 1 soat vaqt ajratiladi.

📌 Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qaroriga muvofiq test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️❗️❗️DIQQAT, DIQQAT❗️❗️❗️

Abituriyentlarga qulaylik keltirish maqsadida yaxshi bir ish qildik😉

1). @TalabaUz rasmiy kanalining guruhiga a'zo bo'ling:👇
@TalabaUz_group

2). Guruhga "Abituriyent ruxsatnomasi"dagi ID raqamingizni yuboring.

3) Sizga nechanchi o'rindaligingiz haqida to'liq ma'lumot kelib tushadi.

Guruhga kiring va ID raqamingizni yuboring:👉 @TalabaUz_group
❗️ "56balldan kam to'plaganlar chet tili imtihonlariga qo'yilmaydi" — DTM call markazi mutaxassisi. (Chuchvara "отмен")

Bizga DTM call markazi mutaxassisi va abituriyent o'rtasidagi yozib olingan audio suhbat yetib keldi. Unda aytilishicha Davlat test markazi OTMlar tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra barcha uchun ruhsatnoma shakllantirishgan. Lekin testga faqat 56 va undan yuqori ball to'plaganlar kiritiladi deyilgan.

P/S: Agar 56dan past to'plaganlar kiritilmasa ularni umidvor qilib ruhsatnoma chiqarmaslik kerak edi. Masalan viloyatlik ayrim abituriyentlar ruhsatnoma chiqqanidan keyn imtihonga kiraman ekan deb Toshkentga yo'lga chiqqan. Tezroq bu masalada rasmiy ma'lumot berib barchasiga oydinlik kiritishsa yaxshi bo'lar edi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Samarqand_veterinariya_Nukus_filiali_yirik_shoxli.xlsx
9.5 KB
❗️Samarqand veterinariya instituti Nukus filiali Veterinariya meditsinasi (yirik shoxli mollar kasalliklari)" yo'nalishiga katta ehtimol bilan o'qishga kirgan abituriyentlar ro'yxati. (Kunduzgi va maqsadli kvota ham bor)

Ushbu tahlil natijalari sun'iy intellekt orqali aniqlangan!

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali pinned a photo
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️❗️❗️DIQQAT, DIQQAT❗️❗️❗️ Abituriyentlarga qulaylik keltirish maqsadida yaxshi bir ish qildik😉 1). @TalabaUz rasmiy kanalining guruhiga a'zo bo'ling:👇 @TalabaUz_group 2). Guruhga "Abituriyent ruxsatnomasi"dagi ID raqamingizni yuboring. 3) Sizga nechanchi…
Abituriyentlar diqqatiga!

Siz topshirgan 5 OTM bo'yicha sun'iy intellekt tomonidan qilingan botimiz orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

✅ Umumiy to'plagan ballingiz
✅ 5 ta OTM qabul kvotasi
✅ Kvota bo'yicha oxirgi kirish ballini bilib olasiz.

Shunchaki, guruhga qo'shilib "Abituriyent ruxsatnomasi" dagi ID raqamingizni kiriting!

Guruhga qo'shiling👇
@TalabaUz_Group
Guruhga "Abituriyent ruxsatnomasi"ning ID raqamini yuborayotgan abituriyentlar diqqatiga!

Ushbu guruhga yuborasiz: @TalabaUz_Group
❗️Ko'pchilik ID raqamni qayerdan olamiz deb yozishyapti.

Abituriyent ruxsatnomangizning eng yuqorisda turgan raqam sizning ID raqamingiz bo'ladi.

Adashib boshqa raqam kiritmang!!! 30-31 avgust kuni test natijalar e'lon qilinganda sizga kerak bo'ladi!

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Abituriyentlar diqqatiga! Siz topshirgan 5 OTM bo'yicha sun'iy intellekt tomonidan qilingan botimiz orqali ma'lumot olishingiz mumkin. ✅ Umumiy to'plagan ballingiz ✅ 5 ta OTM qabul kvotasi ✅ Kvota bo'yicha oxirgi kirish ballini bilib olasiz. Shunchaki…
❗️ Eslatma

Sizga bot orqali berilayotgan natijalar yuz foiz aniqlikdagi natijalar emas.

Bu yerda faqat siz topshirgan OTMga ayni vaqtda oxirgi kirish ballari ko'rsatib o'tilgan.

Bu o'zgarishi mumkin. Sababi, misol uchun siz topshirgan OTMda 50 ta kontrakt oladi, siz esa 60- o'rindasiz. Agar sizdan oldingi turgan abituriyentlar birinchi tanlagan yo'nalishiga kiradigan darajada balli bo'lsa, u o'sha yo'nalishga ko'tariladi va shuning evaziga siz ham yuqoriga ko'tarilasiz.

Ertaga, kanal ma'muriyati sizlar uchun bu bo'yicha batafsil video joylashtiradi. E'tiboringiz uchun tashakkur!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Qiblaga yuzlanib shodlansa yurak,
Shu onda rahmatin yog'dirsa falak,
Ulug' zot bormi Allohdan bo'lak,
Мusulmon ahliga juma muborak!

Kunlarning shohidur "Juma" ayyomi,
Shu sabab ulug'dur bu kunning nomi.
Bugun sizga tilayman oltindan bir taxt,
Allohim nasib etsin ilohiy bir baxt...

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Mandat e'lon qilinmoqda!

✅ Harbiy bilim yurtlarining yakuniy mandat natijalarni e'lon qilmoqda. Ushbu rasmda Chirchiq oliy tank qo'mondonlik bilim yurtining mandat natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

Eng qiziqarli joyi, ushbu bilim yurtiga o'tish chegara balli 126 ballni tashkil etmoqda. Bu juda past natija! Bu yil kirish ballari tushadigan ko'rinadi?

❗️Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, boshqa universitetlarda ham mandat vaqtliroq chiqishi ham mumkin!

Ertaga kechgacha sabr qilingchi, balkim chiqib qolar😉

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Apellatsiya shikoyati mandat e'lon qilingandan 3 kundan keyin DTM sayti orqali qabul qilinadi

▪️Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, uning shikoyati ko'rib chiqilmaydi.

Test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.

Barafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​❗️“Smart kampus”da turizm sohasida MAGISTRATURAga hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti magistratura bosqichida tahsil olishni xohlovchi talabgorlarning taklifiga binoan, magistratura mutaxassisliklari boʻyicha hujjatlarni qabul qilish muddati 2021- yil 10-sentabrga qadar uzaytirildi.

Test sinovlari 2021-yil 14-15-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Hujjatlarni qabul qilish universitet rasmiy saytining https://admissions.univ-silkroad.uz/index.php havolasi orqali 2021- yil 10-sentabrga qadar amalga oshiriladi.

Eslatma: “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Oʻqishga kirish uchun IELTS (6,5 dan yuqori), TOEFL (79 balldan yuqori), CEFR (B2 darajasidan yuqori) sertifikati talab qilinadi. Hozirda muayyan sertifikatga ega bo‘lmagan abituriyentlarga talabalar safiga qabul qilinishi uchun sertifikatni 2021-yil 1-oktabrgacha taqdim etish imkoni beriladi.

Agar abituriyent 2021-yil 20-avgustdan 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat bo‘yicha imtihonlarni topshirib, tegishli ball toʻplagan boʻlsa, mazkur abituriyentlarning til boʻyicha imtihon topshirish xarajatlari universitet tomonidan qoplab beriladi.

Ta’lim tili ingliz tilida olib boriladigan xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, ta’lim tili ingliz tilida olib boriladigan mamlakatimizdagi nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilaridan universitetning magistratura mutaxassisliklariga ro‘yxatdan otishda ingliz tilini bilish darajasi boyicha milliy yoki xalqaro sertifikat talab etilmaydi.

Universitet magistratura mutaxassisligiga kirish uchun talabgorlar ingliz tilidan tegishli sertifikatga ega bolishlari bilan birga, mutaxassislik fanidan test sinovini topshirishlari shart. Ushbu test sinovi sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan Examus onlayn proktoring tizimi orqali amalga oshiriladi.

Talabgor onlayn testni universitetda imtihon uchun ajratilgan xonada yoki o‘ziga qulay joyda (uyida, ishxonasida) zarur texnik talablarga javob beradigan internet va shaxsiy kompyuter mavjud bo‘lganda topshirishi mumkin. Agar talabgor testni o‘ziga qulay joyda shaxsiy kompyuteri vositasida topshirsa, internetga barqaror ulanishini ta’minlash uning o‘z zimmasidagi majburiyat hisoblanadi.

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun universitet rasmiy sayti yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
+998973978285 (Telegram, WhatsApp)
+998662406770
+998662408616
+998662408606
+998662406786

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
BOJXONA ISHI ( O'ZBEK TILI ).pdf
4.6 MB
❗️Bojxona institutiga topshirganlarning natijalari e’lon qilindi!

✅ Xabar berilishicha, imtiyozlar hamda Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalarini inobatga olgan holda, 2021/2022 o‘quv yili uchun Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar ro‘yxati tez orada tuziladi.

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hurmatli abituriyentlar!

Ichki sezgingizga va to'plagan balingizga tayangan holda o'qishga kirdim deb hisoblaysizmi?
Anonymous Poll
30%
Ha, albatta "Grant"🤗
28%
Ha, faqat kontrakt😎
12%
Yo'q, menimcha kirolmadim🥺
30%
Talabaman🎓
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana hozirgina DTM hodimi bilan telefonda gaplashildi.

Aytishlaricha...😁😁😁

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Magistratura_2021

⚡️Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar chet tili imtihonida qatnashishi mumkin

🔰 2021/2022-oʻquv yili qabulida magistraturaga oʻqishga kirish uchun magistr.edu.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtgan va birinchi bosqichda oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkazilgan mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlarida qatnashganlarga (toʻplagan balidan qatʼiy nazar) ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan chet tilidan test sinovlarida ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.
©Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

Abituriyentlarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Eshitgan edingizmi?

Joriy yildan boshlab xorijiy OTM va ularning filiallarida ham davlat granti asosida oʻqish imkoniyati yaratiladi


✅ 2021/2022 oʻquv yili qabulida Oʻzbekistondagi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha 500 oʻrin ajratiladi.

Umumiy hisobda 19 ta oliy taʼlim muassasalarida nechtadan grant kvotalar berilayotgani ushbu jadvalda keltirilgan.

Izoh: Bunda oʻqishni tamomlagandan soʻng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam boʻlmagan muddat davomida ishlab berish istagini bildirgan abituriyentlar bilan uch tomonlama (kadrlar buyurtmachisi–talaba–oliy taʼlim tashkiloti) shartnoma tuziladi

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg