Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dubayda dunyodagi eng baland charxpalak ochildi.

Shu charxpalakda bo'lib qolishni istarmidingiz?😉

🎓Talaba.uz |rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Talabalar turar-joyiga joylashishning qanday talablari, ijarada yashaydigan talabalar uchun OTMning qanday shartlari mavjud?

Bu haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ullari va soha mutaxassislari hamkorligida tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob olish mumkin.

Shuningdek, sohadagi mavjud muammolarning yechimi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar beriladi.

🎓Talaba.uz |rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​«Tibbiyotda juda ko‘p xato qildik, bilim yo‘q» – Shavkat Mirziyoyev

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi uchrashuv chog‘ida tibbiyot sohasidagi muammolarga to‘xtaldi.

“Endi tibbiyot bo‘yicha ta'limni mutlaqo boshqacha qilamiz. Dastlabki kurslardagi matematika, fizika kabi tibbiyotga aloqador bo‘lmagan fanlarni qisqartiramiz. Eski ittifoq tizimidan voz kechib, O‘zbekiston uchun maxsus dastur yaratamiz.

Eng muhimi – 4-kursni bitirgan talabani bir yil o‘z hududiga amaliyotga jo‘natamiz. Mana shu amaliyot chog‘ida o‘sha talaba o‘zini anglaydi, haqiqiy shifokor bo‘ladimi, yo‘qmi, aniq bo‘ladi. Agar amaliyotdan o‘tsa, bemor bilan ishlay olsa, uni bepul o‘qitishga ham tayyormiz. Lekin agar buni eplay olmasa, u bilan shartnoma bekor qilish ham mumkin. Chunki hozir qatorlashtirib diplom beryapmiz, ammo bitirib borgan mutaxassis bemordan qo‘rqadi. Qo‘rqadi!

Tibbiyotda juda ko‘p xato qildik, bilim yo‘q! Endi mana shu xatolarni tuzatishimiz lozim. Yangi tashkil qilinayotgan universitetlar ana shu vazifani bajarishi lozim.

Pandemiya bizga ko‘p narsani o‘rgatdi – sog‘ligiga befarqlar, ortiqcha vaznlilar, qand kasalliklari bo‘lganlar og‘ir o‘tkazishdi, hatto ko‘pchiligini yo‘qotdik ham. Endi boshqacha ishlaymiz”
, – deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Samarqand davlat universitetiga Sharof Rashidov nomi beriladi

Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidov nomi beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

“Barchamizga yaxshi ma'lumki, qadimdan ilm-fan markazi sifatida shuhrat qozongan Samarqand bugungi kunda ham o‘zining nufuzli oliygohlari bilan mashhur.

Ayniqsa, Samarqand davlat universiteti, Samarqand tibbiyot instituti ular orasida alohida o‘rin tutadi. Bu oliygohlarning mamlakatimiz ta'lim tizimidagi o‘rni va salohiyatini yanada oshirish maqsadida sizlar bilan o‘z takliflarimni o‘rtoqlashmoqchiman.

Samarqand davlat universitetiga ushbu qutlug‘ maskanda tahsil olgan, shu yerda ishlagan, respublikamizda ilm-fan, ta'lim, madaniyat, adabiyot va san'at rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidov nomini bersak, nima deysizlar?

Shuningdek, Samarqand tibbiyot institutiga universitet maqomini berish haqida alohida qaror qabul qilsak, o‘ylaymanki, ushbu yirik oliygohning mavjud salohiyati va kelgusi rivoji uchun yanada puxta zamin yaratgan bo‘lamiz. Faqat nom bilan cheklanmaslik kerak, katta-katta korpuslar, yotoqxonalar qurishimiz kerak. Universitetga yangi sharoitlar yaratishimiz zarur. Nom bilan emas, maqom bilan nufuzini oshiramiz. Bu tibbiyot universiteti menga juda yaqin. Har bir tumanda bu universitetning kafedralarini ochamiz va haqiqiy xalq universitetlariga aylantiramiz. Men joriy qilayotgan birlamchi tibbiyotga haqiqiy namunaga aylanadi. Bu universitet tibbiyot sifati bo‘yicha xalqqa manfaat keltirsin.

Bo‘lg‘usi universitetning rahbariyati, professor-domlalari o‘zlarining bilim va tajribasini to‘la safarbar etib, viloyatning barcha tuman, shahar va qishloqlarida aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish ishiga munosib hissa qo‘shadilar, deb ishonch bildiraman”
, dedi amaldagi prezident.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qoyil

Bu suratni olish uchun bir inson 18 ta kamera bilan 62 kun vaqtini sarflagan.

Bir marta qarang va keyin telefoningizni teskari aylantiring.

Haqiqiy san’at asari!!!

🎓Talaba.uz |rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga qabul kvotalari 3600 taga oshirildi

2022 yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga qabul kvotalari 3600 taga oshirildi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, sun'iy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta maqsadli kvotalar ajratildi, jumladan, tayanch doktoranturaga 14 ta, stajyor-tadqiqotchilikka 14 ta. Shundan, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt ixtisosligi bo‘yicha 4 ta tayanch doktoranturaga, 6 ta stajyor-tadqiqotchilikka maqsadli kvotalar ajratildi.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatida joylashgan oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish uchun respublikaning yetakchi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot institutlarida 2022 yilda maqsadli doktoranturaga jami 67 ta qabul kvota ajratildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Joriy yilda doktorantura imtihonlari an'anaviy tarzda o‘tkaziladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovaning brifingda ma'lum qilishicha, bu yilgi imtihonlar onlayn emas, odatdagidek an'anaviy tarzda bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini videokuzatuv ostida (onlayn translatsiya) o‘tkazish choralari ko‘riladi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘yicha topshiriladigan birinchi fan (mutaxassislik yoki chet tili) umumiy ballining 50 foizidan kam ball to‘plagan talabgorlar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi.

Shuningdek, ma'lum qilinishicha, tayanch doktoranturaga kirish imtihonlaridagi savollar bir ixtisoslikdan boshqa ixtisoslikka to‘g‘ri kelmagani sababli ko‘chirish mumkin emas.

Bildirilishicha, normativ-huquqiy hujjatlarda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan shaxs tayanch doktoranturaga hujjat topshirishi mumkinligi va mumkin emasligi to‘g‘risida normalar berilmagan. Shu munosabat bilan, hujjat topshirishda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan ilmiy yoki ta'lim tashkilotlarining ruxsatiga asosan topshirish maqsadga muvofiq.

Stajyor-tadqiqotchilik esa ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli hisoblanib, ushbu shaklda o‘qigan shaxsga hech qanday imtiyoz berilmaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️1-noyabrgacha koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangan talabalarning toʻlov-kontraktiga 10 foiz chegirma beriladi.

✅ Chegirma faqat vaksinaning hamma dozalarini olib, maxsus sertifikat olganlargagina beriladi. Shu tomonini ham hisobga olishingizni eslatib o'tamiz!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​Huddiki hafta davomida butun dunyo yumishlarini bajarib tashlagandek yakshanba kuni "ertalab meni uyg‘otmanglar, rosa charchaganman" deb dag‘dag‘acha qilib qo‘yadigan talabalar, xayrli tong!😁

Bugun yakshanba, bozorga borib bahonada shashlik yeb kelaman deb, ro‘zg‘or xarajatlaridan pul orttira olmay perashka yeb qaytib keladigan kun!

Talabalarga ulashamiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
💭 BILASIZMI...?

📘Kembrijdagi oʻquv mashgʻulotlari vaqtida, shahzoda Charlz bilan qiziq holat yuz bergan. Barcha mashgʻulotlarga u bilan yonida tan soqchisi ham boradi va u bahs-munozaralarda qatnashadi. Oʻquv yili oxirida, oʻqituvchilar unga ham imtihon topshirishni taklif qilishadi. Natijada u shahzodaning oʻzidan ham koʻp bal toʻplaydi va diplom oladi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Endi talabalar ijara shartnomasini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz rasmiylashtirishi mumkin

▪️Olmazor tumani Davlat soliq inspeksiyasi va “Yoshlik” shaharchasi hokimiyati hamkorligida talabalarga qulaylik yaratish, uy-joy ijarasini rasmiylashtirishda koʻmaklashuvchi ishchi guruh shtabi tashkil etildi.

🔰Ijara shartnomasini tuzish uchun kerakli hujjatlar:

1️⃣ Ijarachi (uy egasi)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va uy kadastri;
2️⃣ Ijara oluvchi (talaba)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va talabalik guvohnomasi yoki (1-kurslar uchun) talabalikka qabul qilinganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma.

✔️ Maʼlumot uchun, talabalar turar-joyi bilan qamrab olinmagan talabalarga ijara haqining 50 foizi miqdorida Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish may oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilgan.
Ⓜ️ OO’MTV

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Pojalusta nenado tak"😂🤦‍♂

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (605-son, 24.09.2021 y.) bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

☑️ Nizomga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida yashaydigan ariza beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

🚫 Ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyi doirasida (tuman, shahar miqyosida) ariza beruvchilarga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish amalga oshirilmaydi.

❕Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

✅ Mazkur tartib davlat OTMning faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalariga nisbatan tatbiq etiladi.

📂 Bunda ariza beruvchi tegishli ma’lumot yoki hujjatlarni o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi dekan o‘rinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshiradi.

🔎 Mas’ullar 1 hafta davomida ariza beruvchi ma’lumotlarining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini o‘rganadi.

➡️ So‘ng ma’lumotlarni umumlashtirib, ko‘rib chiqish va xulosa berish uchun navbatdagi haftaning birinchi kunida talabgorlarni tanlab olish komissiyasiga taqdim etadi.

📌 Komissiya bir ish kunida talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, qaror qabul qiladi.

🧾 Shunga ko‘ra, davlat OTM rektori (filial direktori)ning buyrug‘i rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan talabgorlar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar va ularning ro‘yxati to‘lovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.

💰 Arizasi ijobiy hal etilgan talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ular ariza bergan sanadan boshlab qoplab beriladi.

🔰 Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish:

➖ o‘quv yili davomida (har yili 1 sentyabrdan 1 iyulgacha) yoki o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘quv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi;
➖ ariza beruvchi tomonidan har oyning 7-sanasigacha arizalar mas’ullarga taqdim etilganidan so‘ng amalga oshiriladi.

❌ Ushbu muddatlar tugagandan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan oshmasligi lozim.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️2-mutaxassislik bo‘yicha o‘qish tartibi tasdiqlandi

▪️Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar olishi mumkin.

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2-mutaxassislik uchun qabul kvotasini OTM kengashi tasdiqlaydi. 1-iyulgacha qabulga oid ma’lumotlar, 30-avgustgacha imtihon javoblari e’lon qilinishi kerak. O‘qishga qabul qilinadiganlar 2-kursdan o‘qishni boshlaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Maksimal tarqating❗️

Bugun juda ko'pchilikka rasmdagi havola kelib tushmoqda. Qizig'i buni profil egasi yubormagan!!!

Ogohlantiraman, ochmanglar... Ochganingizdan so'ng sizda ro'yxatdan o'tish so'raladi. Qarab turibsizki, telegramingiz begonaning qo'liga o'tib qoladi...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Profilingizni tekshiring!

Agar profilingizda begona akkountlar mavjud bo'lsa ushbu videoda o'rgatgandek barcha faollarni chiqarib yuboring!!!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Audio
#lirik_chekinish

🎼 Men uyga qaytguncha onamni asra!

Musofir yurtda (viloyat, shaharda) o'qiyotgan talabalarimiz uchun maxsus😊

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​⚡️ Oktabr oyi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

✅ Oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 27-sentabrdan 7-oktabrga qadar amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

⏳ Test sinovlari 26-oktabr kunidan boshlab, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, pushtu va hindiy tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

🔖 Test sinovlari yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslar 2 yil muddatga amal qiluvchi sertifikatga ega bo‘ladi.

📚 Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar 4-oktabrdan 8-oktabrga qadar o‘zlari tanlagan test topshirish hududidagi Davlat test markazining hududiy bo‘limiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishi lozim!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️“Farg‘onada yetakchi xorijiy universitetlar bilan birga 4 ta yangi oliygoh tashkil etiladi."

Talabalarni uchun qo‘shimcha 10 ming o‘rinli yangi yotoqxonalar
qurib bitkaziladi.

Kelgusi yildan So‘xdagi yoshlar uchun oliygohlarga kirishda berilgan imtiyoz Rishtonning Cho‘ng‘ara, Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon va Hosilot mahallalari yoshlari uchun ham tatbiq etiladi.

Oltiariq tumanining uzumchilik, bog‘dorchilik va meva-sabzavotchilikdagi tajribasini inobatga olib, Agrar universitetning “Bog‘dorchilik va uzumchilik” fakulteti tashkil etiladi” — Shavkat Mirziyoyev.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg