Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️ Dekanatdagilarning joniga tegib ketgandan keyin shunaqa e'lonlar ilib qo'yishmoqda.😁😁

Green Card natijalari e'lon qilingandan keyin ko'plab murojaatlar boshlansa kerak😅

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#sŏrovnoma

❗Prezidentlik saylovlariga 13 kun qoldi. Siz saylovda qatnashasizmi?
Anonymous Poll
74%
Ha
18%
Yo'q
8%
Bilmayman
❗️ Bugundan Farg'ona davlat universitetiga xorijdan super-kontrakt asosida o'qishini ko'chirish istagini bildirgan talabalar uchrashlari mumkin

2021-2022 o'quv yilida xorijdan o'qishga ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmay super kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan talabalar 12-oktabr sanasidan boshlab universitet marketing bo'limiga quyidagi hujjatlar bilan uchrashlari so'raladi:

👉 Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (Talabanining shaxsan o‘zi pasporti bilan kelishi shart)
👉
T-kontrakt.edu.uz sayti orqali topshirgan arizadan 1 nusxa
👉 Vaksina to‘liq olgan bo‘lsa sertifikat


❌ Aloqa xatlari talabaning oila a'zolariga berilmaydi
📍 Marketing bo‘limi Rektorat binosi (asosiy binoda) joylashgan

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu Guanchjou. Trassa o’rtasidagi uy Liang xonimniki. U uyini sotmaslikka qaror qildi. Hukumat bu qarorni ibobatga oldi. Xonim o’z uyiga sodiq holda istiqomat qilib kelmoqda…

Inson qadri seziladi…

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil

Universtitet binosidagi e’lon:
-"Planshet sotaman. Arzon bahoda".
E’lon tagidagi birinchi izoh:
-"Mavluda Azizovna, darsdan keyin qaytarib beraman degandingiz-ku!!!"

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#kitobdan

"Vaqtning barakasi yo'q. Bir ishga ulgurib bo'lmaydi", deb nolishadi. Nazarimda, hozir vaqtdan barakani ketkazadigan narsalar ko'payib ketdi. Avvallari vaqt bunchalik behuda sovurilmasdi. Boshqa tarafdan qarasak , qadriga yetilmagan ne'matdan baraka olib qo'yiladi.

© Ziyovuddin Rahim "Dildagi gaplar"

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
“Zakovat” Grand Final musobaqasi yakuniga yetdi!

Misli koʻrilmagan darajada boʻlib oʻtgan tadbirga bilimdonlarni shaxsan qo’llab-quvvatlash uchun davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev shaxsan tashrif buyurdi.

Hal qiluvchi super-final oʻyinida Xorazm viloyati jamoasi Navoiy jamoai ustidan gʻalaba qozondi va super-chempionga aylandi.

Super-chempionlarga Shavkat Mirziyoyev kutilmagan syurpriz qildilar. Sahnaning o’zida, hammaning ko’z o’ngida chempionlarning 3 nafarini “Kelajak bunyodkori”, 3 nafarini “Shuhrat” medali bilan taqdirlash haqidagi Farmonga imzo chekdi va shaxsan o’zlari g’oliblar ko’ksiga taqib qo’ydilar.

Bundan tashqari Xorazm jamoasiga 6 dona Chevrolet Lacetti avtomobili sovg’a qilindi.

Shubhasiz, bugun “Zakovat” uchun tarixiy kun bo’ldi!!!

Ⓜ️ Zakovat

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Andijon davlat tibbiyot instituti o'z hodimlaridan ariza yozdirib olishyapti ekan. 300.000 so'mni ish haqidan ushlab qolgandan, ariza yozdirib o'z xohishi bilan o'tkazgani ma'qul deb o'ylashgan shekilli))) Qonuniy korrupsiya deb shuni aytishsa kerak!!!…
Andijonda tibbiyot instituti o‘qituvchilarining oyligidan shanbalik uchun pul ushlab qolindi

Andijon davlat tibbiyot institutida 743 nafar xodimning ish haqidan 100–300 ming so‘mdan pul hashar uchun deb ushlab qolingan. Institut bu ma'lumotni “feyk” deb atagan edi, biroq adliya organining aralashuvi bilan holat tasdiqlandi va pullar qaytarildi.

Sentyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat tibbiyot institutida o‘qituvchilar ish haqidan 300 ming so‘mdan ushlab qolingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Adliya vazirligi bu ma'lumotni tasdiqladi.

Ta'kidlash kerak, 7 oktyabr kuni OTM o‘z saytida bayonot chiqarib, holatni rad etgan edi.

“2021 yil 21 avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi, lekin institut xodimlarining birortasining ish haqidan olib qolingan emas. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu xabar asossiz bo‘lib, feyk xabar hisoblanadi”, deyilgandi institut raddiyasida.

Biroq Andijon viloyat adliya boshqarmasining aniqlashicha, Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining 2021 yil 15 sentyabrdagi buyrug‘i bilan xodimlarning ish haqlaridan pullar ixtiyoriy ravishda shanbalik uchun ushlab qolish belgilangan.

Shu asosda 743 nafar xodimning sentabr oyi uchun oylik ish haqidan 100–300 ming so‘mdan, jami 150 mln so‘m mablag‘lar avgust oyida o‘tkazilgan hashar munosabati bilan, shundan 221 nafar xodimning ish haqidan ularning roziligisiz pul mablag‘lari ushlab qolingan.

“O‘rganish yakunida 150 mln so‘m pul mablag‘lari institut xodimlariga to‘liq qaytarildi hamda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan institut mansabdor shaxslari intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortildi”, – deyiladi adliya xabarida.

Mehnat kodeksining 164-moddasiga muvofiq, ish haqidan ushlab qolishga xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

“Adliya vazirligi ogohlantiradi — xodimning ish haqidan noqonuniy ushlab qolishlar qonunga zid hisoblanadi hamda bunga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar albatta javobgarlikka tortiladi!” – deya yakunlangan vazirlik bayonoti.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Byurokratiyaga yo‘l qo‘ygan 38 nafar amaldorga intizomiy chora ko‘rildi.

Aholini ortiqcha ovora qilgan 9 ta vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Adliya vazirligi tashkilotlarning nomini ochiqladi.

Bizni jonajon Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligimiz ham bor ekan 😄

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Germaniyada ba’zi qariyalar uylari yaqinida soxta avtobus bekatlari mavjud.

Ular Alsgeymer kasalligiga chalinganlar uchun qurilgan. Keksalar ba’zida toʻsatdan gaz pechini oʻchirish yoki uzoq vaqtdan beri yashamayotgan kvartirasida kechki ovqat tayyorlash uchun ketishni xohlab qolishadi.

Bunday hollarda, odamlar ularga bekatni koʻrsatishadi. Ular u yerda biroz oʻtirishadi, nima uchun kelganliklarini unutishadi va ortiga qaytishadi.

Germaniya kabi davlatlarda hattoki Alsgeymerlar uchun ham shunday qaygʻurishadi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Green Card dasturiga ariza topshirish va natijalarni tekshirish — qo‘llanma

Green Card dasturiga onlayn anketa qanday to‘ldiriladi? Green Card anketasi uchun fotosuratlar bo‘yicha talablar qanday? Green Card natijalarini qayerda va qanday tekshirsa bo‘ladi? “Gazeta.uz” o‘quvchilar talabiga binoan Green Card dasturiga onlayn ariza topshirish va ariza natijalarini tekshirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.

Har yili, AQSh hukumati “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV” dasturi (Green Card) doirasida 50 ming ta doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi.

Vizalar so‘nggi besh yil ichidagi AQShga immigratsiya ko‘rsatkichlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi. Bunda AQShga immigratsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarga ko‘proq viza miqdori belgilanadi. O‘zbekiston fuqarolari ushbu dasturda qatnasha oladi.

Batafsil...

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg