Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
CHАNGLI HAVODA NIMA QILISH KERAK?

Kecha yurtimizda kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron hodisasi kuzatildi. Havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik - derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirdi. Nima qilish kerak?

• Ko‘chaga iloji boricha kamroq chiqish;
• Ishga, o‘qishga, xarid uchun ko‘chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;
• Ko‘chadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-ko‘zlarni yaxshilab yuvish);
• kalit, ko‘zoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;
• ko‘chaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish; ustki kiyimlarni (kostyum, plaщ, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish.
• nim ta’sir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;
• ko‘proq suyuqlik (iliq) ichish, iloji bo‘lsa ko‘k choy, na’matak damlamasini ichish;
• yog‘li, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, sho‘r, achchiq taomlarni cheklash; suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotalari (qatiq, kefir va boshqalar), ko‘katlarni iste’mol qilish.

Changni ko‘p to‘planishini oldini olish va uyni hamda yuzalarni to‘g‘ri tozalash kerak:

• uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;
• chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan hamma narsalarni chang yutgich yordamida tozalash kerak (kovrolin, gilam, yumshoq mebel, yumshoq o‘yinchoqlar va boshqalar); yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan o‘ralishi tavsiya etiladi.
• chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;
• oyoq kiyimlarini eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qo‘yish kerak;
• xona havosi optimal namligini ta’minlash: ho‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yish.

Feruza Ibodullayevna Salomova, Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi mudiri, professor

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qani matematiklar bormi? 👀

Ozgina mantiqiyroq:


 5+3+2 = 151012
 9+2+4 = 183662
 8+6+3 = 482466
 5+4+5 = 202504

 7+2+5= ? ? ?


Do'stlaringizga ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Qani matematiklar bormi? 👀 Ozgina mantiqiyroq:  5+3+2 = 151012  9+2+4 = 183662  8+6+3 = 482466  5+4+5 = 202504  7+2+5= ? ? ? Do'stlaringizga ulashing👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ko'pchilik yuqoridagi misolni ishlolmay GOOGLE amakiga murojaat qilishibdi))) Shunda ham xato chiqarishgan😁

To'g'ri javobni kommentariyada Sharipov Oxunjon yozgan.

Javob quyidagicha:

a+b+c=(a∗b)(a∗c)(teskari(b∗(a+c))) formula asosida

5+3+2 = (5*3)(5*2) (teskari (3(5+2))=151012

 9+2+4 = 183662
 8+6+3 = 482466
 5+4+5 = 202504

7+2+5=(7∗2)(7∗5)(teskari(2∗(7+5)))
= 14 35 42
Javob => 143542 bo'ladi

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun chet tilidan o‘tkaziladigan test sinovlari yuzasidan

Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilayotgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida chet tillari (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, dariy, uyg‘ur, urdu, hindiy – jami 15 ta chet tili) dan qo‘llaniladigan test topshiriqlari lingvistik kompetensiya asosida til materialidan leksika va grammatikaga oid bilimlarni, nutq faoliyati turlaridan esa o‘qib tushunish, shuningdek, abituriyentlarning tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini tekshirishga qaratilgan. Davlat test markazi test savollari mazmuni va formatini ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda takomillashtirib bormoqda.

Test sinovlarida abituriyentlarning chet tili bo‘yicha real hayotda qo‘llaniladigan bilimlarini baholash maqsadida o‘qib tushunish ko‘nikmasini baholashga qaratilgan test topshiriqlarida ilmiy-ommabop matnlar va badiiy asarlardan olingan parchalar bilan bir qatorda yangiliklar, e’lonlar, eslatmalar va yo‘riqnomalardan foydalanilmoqda. Grammatika va leksikaga oid test topshiriqlarini shakllantirishda esa kundalik hayotda ko‘p qo‘llaniladigan so‘z va iboralardan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Batafsil…

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ta'limga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar qaysilar?

Ma'lumotlarga ko‘ra, ta'limga eng ko‘p pul sarflaydigan davlat Norvegiya bo‘lib, ularda YaIM (yalpi ichki mahsuloti)ning 6,7 foizi yo‘naltiriladi.

Qaysi davlatlar qancha miqdorda?

Norvegiya — (YaIMning) 6,7 foizi;
Yangi Zelandiya — 6,2 foiz;
Buyuk Britaniya — 6,1 foiz;
AQSh —6,0 foiz;
Kanada — 5,8 foiz;
Fransiya — 5,2 foiz;
OECD (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) — 4,8 foiz;
Ispaniya — 4,3 foiz;
Germaniya — 4,3 foiz;
Italiya — 4,1 foiz;
Yaponiya — 4,0 foiz;
Rossiya — 3,4 foiz.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​#talabalardan_murojaat

❗️Muommolar ko'pligi bo'yicha birinchilikni hech kimga bermay kelayotgan Jizzax davlat pedagogika instituti talabalaridan yana bir murojaat.

"Murojaatim shundan iboratki, Jizzax davlat pedagogika instituti, fizika va texnologik ta'lim fakulteti tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi talablari institutda kvota soni ko'payib talabalar sig'mayotgani tufayli shahardan chetroq joyga Kuyovboshi MFY dagi eski kollej binosiga 3 oy muddatga deb, 2021-yil fevral oyida jo'natilgan.

Ammo kollejdagi sharoit juda og'ir bino eski, isitish tizimi ishlamaydi, devorlar nurab ketgan, yomg'ir mavsumida birinchi qavat "koridori" ko'lmak bo'lib ketadi. Tasviriy san'at fakulteti talabalariga amaliy darslar uchun ustaxona ajratilgan. Ajratilgan bino poli betondan bo'lib, ham katta, binoda xonalarda har soatda tomdan turli qum va chiqindilar tushib turadi va bino ichkarisini kabutarlar o'zlariga uy qilib olgan.

Talabalar sovuq kunlarda isinish uchun ko'chaga chiqadi. Qish mavsumida 4 soatlab bu sovuq xonalarda dars o'tiladi. Xona sovuqligidan ko'p ayol- qizlar shamollash, buyrak va ichki a'zolar shamollashiga uchradi va bu hol hozirgacha davom etmoqda.

O'quv joyi shahardan, institutdan uzoqda bo'lgani uchun dars jarayonini tekshirish bo'lmaydi va kafedra mudirining sustligi, darslarda talabalarga e'tiborsizligi tufayli talabalar uquvsiz bo'lib chiqmoqda.

Bu borada ota-onalar rektorga farzandlarini yaxshi sharoitga ko'chirilishini so'rab murojaat qilib chiqgan. Ammo ota-onalarning ham murojaatlari o'rganilmadi.

Sovuq xonalar, bee'tibor o'qituvchilar, darslar bo'lmasligi, kasal talabalar, og'ir sharoit va boshqa juda ko'p muammolar... Bular bilan hech kim shug'ullanmayapti.

Yordam beringlar! So'ngi ilinjimiz sizlardan."

Institut ma'sullari tanqidiy postlarga faqat raddiya qilib bermasdan, ijobiy yechim ko'rsatsa yaxshi bo'lardi.

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabalar uchun prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qo‘shimchalarga ko‘ra, bakalavriat va magistratura talabalari uchun prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi alohida tasdiqlandi.

Prezident stipendiyasi har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi. Boshqa davlat stipendiyalari oxirgi ikki kursda o‘qiyotgan talabalarga to‘lanadi.

Stipendiyalar uchun nomzodlarni ko‘rsatish OTM kengashlari tomonidan talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.

OTM kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar “stipendiya.edu.uz” tizimiga har yili 1-15 avgust kunlari kiritiladi. Stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni berish 10-30 sentabr kunlari ko‘rib chiqiladi. Stipendiyalar 1 sentyabrdan tayinlanadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlayotgan fuqarolar suhbat asosida OTMga o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori (675-son, 04.11.2021 y.) bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

☑️ Nizomga ko‘ra, kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma beruvchi vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati har yili 1 iyulgacha tasdiqlanib, OAVda eʼlon qilinadi.

📝 Vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari har bir o‘quv yili uchun markaziy va hududiy tuzilmalari hamda tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin.

🖥 Tegishli tavsiyanomaga ega fuqarolar har yili 20 iyuldan 10 avgustgacha Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

🗓 Suhbat jarayoni har yili 20 avgustdan 30 avgustgacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.

➡️ Natijalarga ko‘ra 100 ballik baholash mezonida 55 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar OTM rektori (direktori) buyrug‘i bilan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

❕Tavsiyanomalar faqatgina berilgan o‘quv yili uchun amal qiladi.

⚠️ Nizom oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

❗️Mazkur tartib 2022 yil 1 maydan kuchga kiradi.

Ⓜ️ Huquqiy axborot

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul uchun ruxsat berildi

▪️Talabgorlar o‘z OTMga 9-noyabrdan murojaat qilishi mumkin. Bunda mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ballni toʻplagan bo‘lish shart.

Kontraktning kamida 50 foizini to‘lash uchun oxirgi muddat 20-noyabr. — Oliy ta'lim vazirligi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️2022/2023-o‘quv yilidan Oliy sport mahorati instituti tashkil qilinadi

▪️Institutda faqat olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarini bitirgan, olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari bo‘lganlar o‘qiydi.

Ular sport natijalariga qarab, seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida qabul qilinadi. Saralash 2022-yil 1-avgustdan boshlanadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️ Talaba qaysi hollarda OTMdan chetlashtiriladi?

✅ Talaba oliy ta'lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin;
✅ o'z xohishiga binoan;
✅ o'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan;
✅ salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);
✅ o'quv intizomini va OTMning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
✅ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
✅ o'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to'lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar uchun);
✅ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
✅ sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
✅ vafot etganligi sababli.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Defos bilan 4 yil emas 4 oy o'qing!

👨🏻‍🎓 Talabasiz va o'z sohangizda faoliyat yuritishingiz uchun yillab o'qishingiz kerak. Ammo, ungacha o'z sohangizni yanada chuqurroq o'rganishingiz yoki qo'shimcha daromadli kasb egasiga aylanib, moliyaviy mustaqil bo'la olishingiz uchun sizda qo'shimcha tanlovlar mavjud.

🔥 Defos Buxgalterlar Maktabi sizga aynan shunday tanlovlardan birini taklif qiladi. Biz bilan atigi 4 oy ichida 0 dan mustaqil buxgalter darajasigacha chiqishingiz mumkin. Har qanday kasbni o'rganishda va tajriba orttirishda amaliyot katta ahamiyat kasb etadi.

💼 Kurs yakunida ishlab turgan korxonalar asosida 1 oy amaliyot ham mavjud va siz bu amaliyotdan so'ng to'g'ridan-to'g'ri ishga joylashish imkoniyatiga ega bo'lasiz

📌 Kelajak uchun harakat bugundan boshlanadi.

🔗 Oylik to'lov narxi 990.000 so'm. Talabalarga 20% chegirma mavjud.

✓ Ro'yxatdan o'tish

❗️Shoshiling qabul boshlandi. Joylar soni cheklangan!

👨🏻‍💻 Admin

☎️ Tel: +998931210909

🗺 Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Oybek metrosi
#eslatma

❗️ Bugun Green card lotoreyasi uchun ariza berish vaqti tugaydi

Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Green Card lotoreyasiga ro'yxatdan o'tish o'z yakuniga yetadi.

Natijalar esa may oyida e'lon qilinishi aytilmoqda

Xabarni Green card o‘ynamoqchi bo‘lgan do‘stlaringizga yuboring

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy navli aroq “Yangi Oʻzbekiston” 😁

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​#BILASIZMI

❓“Universitet” va “institut” oʻrtasidagi farqlar nimalardan iborat?

🔰 Talaba yoshlarimiz orasida “universitet” 🆚 “institut” oʻrtasida nima farq bor degan savollar koʻp uchraydi. Hozirgi kunga qadar quyidagi xalqaro amaliyot asrlar davomida shakllangan…

🏛 Universitet bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti sanaladi. Ayrim mamlakatlarda, kamida 7 ta yoʻnalish boʻlishi kerak.

🏢 Institut esa maʼlum bir taʼlim yoʻnalishiga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtidir.

❇️ “Universitet” tushunchasi “institut” tushunchasidan koʻra kengroq. Ta’lim imkoniyatlari va oʻquv kurslari jihatidan dunyoning barcha mamlakatlarida universitet eng yuqori taʼlim muassasasi hisoblanadi.

✅ Universitet ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi.

✔️ Gʻarb mamlakatlarida odatda institutlar universitet tarkibida boʻladi. Universitetlar institutlarga qaraganda kengroq akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega.

🌐 Shuni e’tiborga olish zarurki, zamonaviy dunyoda ish beruvchilarning aksariyati universitet va institut oʻrtasidagi farqlarga ahamiyat berishmaydi. Eng muhim omil – bu bitiruvchi tomonidan oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalar, samara va ishga ishtiyoq.
Ⓜ️ Sardor Usmanov

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
📣Yevropa tibbiyot Universiteti talabasi bo'lishning oxirgi imkoniyatini qo'ldan boy bermang‼️

EMU - oʼz taʼlim xizmatlari sifatini Yevropa standartlariga muvofiqligini tasdiqlab kelayotgan Universitet

EMU - talabalar uchun innovatsiyalarni joriy etayotgan, shuningdek, birinchi kursdanoq universitet qoshidagi eng zamonaviy klinikada amaliyot o'tashni tadbiq etayotgan Universitet

❗️Qabul imtihonlarsiz, DTM imtihon javoblari asosida amalga oshiriladi

🇺🇿 Oʼqishni tugatgandan soʼng davlat na'munasidagi diplom beriladi

Аbiturientlar quyidagi fakultetlarga hujjat topshirishlari mumkin:
➰Stomatologiya - 5 yil;
➰Farmatsiya - 5 yil;
➰Davolash ishi - 6 yil.

Shoshiling, qabul muddati cheklangan‼️

📌Bizni kuzating :
🔹Instagram
🔹Telegram
🔹Web-site

Batafsil ma'lumot:
+998781470007

Bizning manzil:
🚩Yakkasaroy tumani, Muqimiy koʼchasi 7/1.
⚡️ Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi

Kuni kecha 2021/2022-oʻquv yili qabulida kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun Davlat test markazi tomonidan test sinovlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

DTM maʼlumotiga koʻra, 2021/2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga kirish test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

❗️ Test sinovlari kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va tarix)dan o‘tkaziladi.

⏳ Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 20 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,15 balldan (jami 126 ball), majburiy fanlar bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 63 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

❕ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Ⓜ️ OO’MTV

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Forwarded from Magistrlar Official
​ГулДУни маркетинг бўлимига 3-4та саволим бор эди. Берсам майлими?

1. Бугун магистратурани қўшимча контракт суммаси эълон қилинди.
ГулДУда:
Энг кам: 15,542,540 сўм;
Ўртача: 16,901,200 сўм;
Юқори: 20,977,180 сўм
қилиб белгиланган (2баравар ва ундан юқори).

1-савол: бу фақат биринчи йил учун белгиланган суммами, иккинчи йилда одатдагидек контракт тўлови амалга ошириладими?

2-савол: қўшимча контракт учун рухсат 8.11.2021 санасида чиққанлиги боис ўқилмаган сентабр ва октабр ойи учун тўлов чегириб олинадими ёки кутилган икки ой учун ҳам тўлов қилиш керакми? Ҳисоблашимча умумий суммани 12га бўлиб, 2га кўпайтирсак сентабр ва октабр ойлик тўлови чиқаркан.
Унга кўра:
Энг кам: 2,590,423 сўм
Ўртача: 2,816,866 сўм
Юқори: 3,496,196 сўм.


Баъзи университетилар билан солиштириб кўрамизми? Тўғри контракт тўловини ҳар бир университет/институтлар ўзлари белгилайди. Лекин барибир қизиқда.

Чирчиқ давлат педагогика институтида 1,5баравар: 11,019,000 сўм. 40 баллдан 56 балгача тўплаганлар учун эса 2 баравар.

Тошкент давлат шарқшунослик университети 13,896,000 сўм.

Қўқон давлат педагогика институти 11,500,000 сўм бўлиши кутилмоқда экан.

3-савол: қўшимча контракт тўлови суммасини белгилашда қандай талаб, меъёрларга эътибор қаратилади?

©ГулДУ собиқ талабаси, бўлажак магистрант.

@magistrlarofficial
👍1
#hazil_time

Talaba o‘g‘ilga maktub:
-"O‘g‘lim biz senga so‘ragan 30 ming so‘mingni jo‘natyapmiz. Faqat bilib qo‘y, 30 mingda to‘rtta nol bo‘ladi. Sen beshta nol yozibsan! Xato qilmay yoz!"

Talabalarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​Assalomu Alaykum!

“Facebook Targeting" oflayn kursimizning 1-guruh o’quvchilari to’liq kursni tamomlashdi.

Biz navbatdagi guruhga start berdik!

Facebook Targeting kursida siz nimalarni o’rganasiz?

1
. Facebook Ads haqidagi barcha ma'lumotlar (vositalar, strategiyalar, analiz).
2. 70% amaliy va 30% nazariy darslar.
3. Hayotiy Case'lar.
4. $100 bilan real eksperiment o'tkazilib, uni natijalarini birgalikda tahlil qilinadi.
5. Mijoz topish, xizmatingizga narx qo’yish kabi foydali darslar.
6. BONUS DARS (hali O’zbekistonda hech kim o’rgatmagan sirli platforma bilan tanishuv).
7. Barcha o’quvchilar uchun Meraki Marketing Agency ishlash tizimi bilan yaqindan tanishish imkoniyati.
8. Kursni muvaffaqiyatli tugatgan o'quvchilarga setifikat beriladi.
9. Eng yaxshi bitiruvchilar bazasi shakllantiriladi va bizdan mutaxassislarni so'ragan kompaniyalarga aynan shu o'quvchilar tavsiya qilinadi.
10. Kursni tugatgandan keyin ham o'qituvchidan tekin konsultatsiya olish imkoniyati.

O’qituvchi: Muhammadjon Abdualimov (Meraki Marketing Agency bosh Targetologi)
Loyihalari: Murad Buildings, NRG, Limonaria, Nest One, Tiara
Kurs davomiyligi: 2 oy (24 ta dars)
Vaqt: 18:00 (dars davomiyligi 1,5 - 2 soat)
O’quvchilar soni: 12 ta (maximal)
Kurs narxi: 1.500.000 so'm (1 oy uchun)

11-12 Noyabr kunlari soat 18:00 da bepul ochiq darslarimiz bo’lib o’tadi. Ochiq darsga yozilish uchun ushbu link orqali ro'yxatdan o'ting!