#Talabaga_yengillik
DIQQAT! MUHIM‼️
⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi
🔰Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.
✔️Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.
@eduuz
🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

Qo‘ng‘iroq…
Shanba kuni ishxonamdan chiqish oldidan uyga qo‘ng‘iroq qildim. Odatda, uyga ketayotib xotinimga qo‘ng‘iroq qilib qo‘yardim. Soat tungi o‘nni ko‘rsatar, ayolim doim meni uyg‘oq kutardi. Raqamlarni terdim va javob kutdim. Lekin hech kim ko‘tarmadi. Havotir oldim: rafiqam bu payt telefonning yonida, televizor ko‘rib o‘tirar va bittada qo‘ng‘irog‘imga javob berardi. Raqamlarni yana terdim. Tezda javob bo‘ldi:
– Allo...
– Yaxshimisan? Band edingmi, boya ko‘tarmading?
– Boya jiringlamagan edi. Qo‘ng‘iroq qilishingiz bilan go‘shakni oldim, doimgidek...
– Ha, mayli. Borayapman, azizam...
Uyga borib ayolimni o‘pib qo‘ydimda, uyquga yotdim. Hafta juda charchatgan edi. Yakshanba kuni to‘yib dam olib, dushanba yana ishga chiqdim. Odatiy hayot tarzi...
Ishga kirishishim bilan ish telefonim kuy taratdi. Go‘shakni ko‘tardim.
– Kechirasiz... Shanba kuni kechqurun shu raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lgan ekan, – dedi notanish kimsa.
Shanba kunni xotirladim... Lekin kechki payt ayolimdan boshqa odamga qo‘ng‘iroq qilmagan edim.
– Telefonim jiringladi, ammo men ko‘tarmadim. Ekranchada shu raqamlar saqlanib qolgan ekan... – davom etdi u.
– E, ha... – dedim barchasiga tushunib, – o‘sha kuni uyga qilaman, deb adashib sizga qo‘ng‘iroq qilgan ekanmanda! O‘zim ham hayron bo‘lgandim. Biror raqamni bilmay bosvorgandirman, uzr, birodar! Kechki payt bezovta qilgan bo‘lsam kerak. Angloshmovchilikda...
– Anglashmovchilik emas, do‘stim… Sizdan juda minnatdorman. O‘sha shanba kechasi men og‘ir gunohga qo‘l urmoqchi bo‘lib turgandim: o‘z jonimga qasd qilish niyatida. Nazarimda, Yaratgan men uchun faqat omadsiz kunlarni atagan, hayotimda maza yo‘q edi. Oxir oqibat bariga qo‘l siltab dor tayyorladim. Stulga chiqib endi mudhish ishga qo‘l urmoqchi bo‘larkanman, Yaratganga nola qildim:
“Ey, Xudo, agar chindan ham mavjud bo‘lsang, menga belgi ber! Yashashim uchun biror sabab bo‘lsa, bildir shuni!”
Shu onda telefonim jiringlab ketsa bormi! Yuragim qinidan chiqqudek bo‘lib telefon sari yurdim. Ammo ko‘tarishga jur’atim yetmadi. Nazarimda, Ko‘kdan menga qo‘ng‘iroq qilishayotgandek tuyuldi. Yig‘lab yubordim… Shu lahzalarda fikrimdan qaytib, tirikligim uchun shukrona keltirdim.
Uning so‘zlaridan ta’sirlanib, notanish birodarimga yaxshi tilaklar bildirdim.
©️ Nodirabegim tarjimasi
* Unutmang hayotingizdagi hech bir ish o’z o’zidan yoki tasodif bo'lmaydi. Barchasini o'z sababi bor. “Tasodiflar tasodifan bo‘lmaydi”.
Doʻstlarga ulashing 👇👇

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil
Kontraktda o'qiydigan talaba o'zini ovutish usuli😁
Talabalarga ulashing👇👇

Sizlarga bir savol bilan murojaat qilamiz...
Bir kasb egasi bo‘lish uchun ko‘p yillar o‘qib-o‘rganamiz, bir guvohnoma olish uchun kurslarga qatnaymiz, lekin o‘ylab ko‘ring: yaxshi ota-ona, yaxshi aka-uka, yaxshi doʻst va yoki yaxshi farzand bo‘lish uchun nechta kitob o‘qidik? Harakat qildikmi oʻzi?
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bir kasb egasi bo‘lish uchun ko‘p yillar o‘qib-o‘rganamiz, bir guvohnoma olish uchun kurslarga qatnaymiz, lekin o‘ylab ko‘ring: yaxshi ota-ona, yaxshi aka-uka, yaxshi doʻst va yoki yaxshi farzand bo‘lish uchun nechta kitob o‘qidik? Harakat qildikmi oʻzi?
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
2_5321422719776986164.ogg
855.7 KB
❗️Ushbu audioda dilni xira qiluvchi gaplar o'rin olgan.
Jizzax Davlat pedagogika institutining ayrim ma'sullari bo'lmish Sunnatilla Soyipov, Abduvaliyeva Ziyoda va Latofat ismli "insonlar" o'zbek tili va adabiyoti fakultetining qizlariga majlis qilgan.
Majlis: Hijob va namoz masalasida.
Audioni eshitar ekansiz, badaningizni sovuq ter bosishi hech gap emas. Bu ma'sullarga nafratingiz oshishi aniq.
Shaxsan Vazirimizning o'zlari ro'molga ta'qiq qilayotganlarni qoralab o'tib ketgan edilar.
S. Soyipov: "Bu padarla'natini yechib kiringlar, o'qishdan ketayotganda yana kiyib ketaverasizlar" (hijobni nazarda tutgan)
❗️Agar bu qizlarga qandaydir muommo qilishadigan bo'lsa, biz oxirgacha boramiz...
Balkim bu yuqoridan bo'layotgan topshiriqdir bunisi qorong'u, lekin hech kimning haqqi yo'q haqorat qilib, dinni oyoq osti qilishga❗️
Audioning to'lig'i bizda bor.
Ma'sullarga yuboring

Talaba.uz | Ta'lim portali
2_5321422719776986164.ogg
❗️Qisqa vaqt ichida o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlaydigan "shaxslar" paydo bo'lishni boshlashdi.
"Ustoz otangdek ulug'" deyishadi, lekin bular arzimidi. Tepadan buyruq bo'lganmi yo boshqasi, haqqi yo'q edi hijobni, dinni oyoq osti qilishga!

Ariza Ro'mol bo'yicha.pdf
129.8 KB
❗️Mabodo, qaysi maktab yoki o'quv yurti mansabdor shaxslari ro'molni ta'qiqlaydigan bo'lsa, ularni shu arizaga asosan sudga berishi mumkin.
Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Arxiv
“Biz ta’limdan islomni sug‘urib oldik, islom ma’rifatini faqat imomlar gapirsin, dedik. Poraxo‘rlik rivojlanib ketdi”
Hozir bu inson Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov bo'ladilar😊
Hijobni, ro'molni gapirgan o'qituvchilarga Vazirning bu gaplarini yetkazib qo'yinglar✊
Do'stlaringizga ulashing👇👇

👍2
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!
Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari aloqalarini mustahkamlash uchun 2022 yilga diplomatik nom berishdi. Bu «O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili» bo‘ladi.
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❤1
Kitobni hammaga o'xshab yashab, hammaga o'xshab xotima topishni xohlamaganlar o'qiydi.
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
2_5321422719776986164.ogg
#SOS
❗️Xabaringiz bor kecha kanalimizda Jizzax davlat pedagogika institutidagi holatni e'lon qilgan edik.
Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, audiodagi o'qituvchilardan biri, qizlarga chora ko'rishini va qizlarni sirtqi ta'limga o'tkazib yubormoqchi ekani aytilgan.
Qizlar yolg'on gapirmagan. Ular institut sha'niga dog' tushirishni istamagan, ular shunchaki o'z e'tiqodini himoya qildi.
Bu qizlar ayrim erkaklarga qaraganda mardni ishini qildi. Lekin, biz ularni himoya qilolmayapmiz.
Qani ma'sullar? Nega Jizzaxdagi vallomatlarga chora ko'rmaysizlar? Yoki hijobda institutga kelgani ularning aybimi?
❗️Qizlarga chindan ham chora ko'rishsa, @TalabaUz ma'muriyati umuman ochiqlanmagan va ko'pchilikni ishdan oladigan materialni e'lon qiladi.
Mayli, Vazirlikni qo'lidan chora ko'rish kelmas. Ular ham kimningdir buyrug'iga qarshi ish qilolmayotgandir. Lekin, bizni yo'qotadigan narsamiz yo'q✊
O'zini musulmon deb biladigan Jizzax davlat pedagogika instituti yigitlari, muslimalarni xafa qildirib qo'ymang!!!
Barchaga tarqating, himoya qiling

❗️Navbat Qo'qon davlat pedagogika institutiga...
Institutda o'rangan qizlarni birma-bir yig'ib xonadan olib chiqib ketishmoqda.
Rosa avj olib ketdi shekilli ro'molga yopishish. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining xabari bormikan? Yoki.... Ishqilib gumonimiz to'g'ri bo'lib chiqmasin.
Ma'lumot o'rnida aytib o'tib ketishni joiz deb bilamiz. Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga bir ranjida qiling, hijob yoki ro'molda keladigan qizlar ko'p. Rahbariyat tomonidan shu vaqtgacha hech qanday ta'qiq qo'yilmagan.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 RO'MOL, Qisqa metrajli badiy film
* Mana shunday insonlar qani? E’tiqod erkinligi ta’minlangan davlatda shunday ishlar bo’lib tursa…
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
* Mana shunday insonlar qani? E’tiqod erkinligi ta’minlangan davlatda shunday ishlar bo’lib tursa…
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📷 “Choynakning Qopqog‘i” "TROLL.UZ" "Pakapak" kanallari kontent-meykeri Akmal Abdullayevning “Videomontaj noldan” oflayn kursi boshlanish arafasida!
Kursda siz videomontaj nazariyasi, Premiere Pro da to‘liq ishlash va bilimlarni amalda qo‘llab, daromad qilishni o‘rganasiz.
Bundan tashqari Akmal Abdullayev sifatli kontent yaratish bo‘yicha 11 yillik tajribasi bilan bo‘lishadi.
Kurs oflayn (jonli) bo'lib o'tadi.
Start 21-dekabr, soat 19:00
Manzil: Toshkent sh, BIY-metro yonida
⚡️ Joylar soni chegaralangan.
📱 Tel: +998977097889
👉 Murojaat uchun: @akmalabdullayevvv
Telegram-kanal: https://t.me/abdullayevprod

RO‘MOLINGNI YECHMAGANINGGA...
Ko‘z yoshlaring yuzing yuvdilar,
E’tiqoddan kechmaganingga.
Oliygohdan seni quvdilar,
Ro‘molingni yechmaganingga.
Tazyiq birla to‘ydirib jondan,
Mirshablar turtdilar to‘rt yondan,
So‘ng xo‘rlab oynai jahonda,
Ro‘molingni yechmaganingga.
Buzilib muhbirning avzoyi,
Qildi tuhmat matn xirgoyi,
Onangni qildilar sazoyi,
Ro‘molingni yechmaganingga.
Opang edi qo‘li yengil doya,
Lek ongida Islomiy g‘oya.
Dedi unga boshliq xamsoya:
Ro‘molingni yechmaganingga-
Ishdan ketgil, yozgil ariza.
Xokim qildi majlizda izza.
Qaltiradi axir bu tizza,
Ro‘molingni yechmaganingga.
Garchi qilar padar buzrukvor,
Seni nohaq quvganlardan or.
Sening xali mukofoting bor,
Ro‘molingni yechmaganingga.
Sen umidvor bo‘lma qozilar(sudyalar)
Sening xo‘rligingga rozilar.
Ammo senga ajr yozilar,
Ro‘molingga yechmaganingga.
Masonparast bir to‘da ovsar,
Garchi senga odobdan vaysar.
Ichajaksan jannatda Kavsar,
Ro‘molingni yechmaganingga.
Gunohingga bo‘lar kafforat,
Xatolaring bo‘lajak g‘orat.
Seni rasul qilar shafoat,
Ro‘molingni yechmaganingga.
Atrofingni o‘raydi malak,
Joning bo‘lmas rizq uchun xalak.
Gʻanimlaring jazolar Falak,
Ro‘molingni yechmaganingga.
Uchrab senga asl rijol er.
Sen dinimning yarmisisan der.
Men xam senga atadimda she’r,
Ro‘molingni yechmaganingga.
Ey qalamim she’r bo‘lib jadal,
Yov ko‘ksiga xanjardek qadal.
Gʻam o‘rniga baxt bo‘lsin badal,
Singlim Ishqdan kechmaganiga,
Ro‘molini yechmaganiga.
©️ Abdurahmon Meshayan

👍1
Audio
❗️Navoiy davlat pedagogika institutining "Tabiiy fanlar" yo'nalishi Ma'naviy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari O'rinov Baxtiyor tomonidan yig'ilish o'tkazilgan.
Hijob kiysa, Suriyaga ketib qolayotganmish, soqol o'stirganlarni esa maymunga qiyoslagan...
Bizda mana nima asos qilinyapti. Agar soqol o'stirsa yoki hijobda yursa darrov shubhalanib, "bu Suriyaga ketishga otlanyapti, Vatanini sotarkan" deb o'ylasharkan.
Biz o'zimizni aldayapmiz, "bu forma ichki tartib qoidalarga to'g'ri kelmaydi" deb. Aslida esa qo'rquv bor ekan. Dekan o'rinbosarida ham ayb yo'q chog'i, ular ham buyruqni bajaryapti. Lekin muomula madaniyati 0.
Kimdirlar dinni niqob qilib, terroristlarga qo'shilib ketayotgan bo'lsa, hamma shunaqa degani emas.
P.s: Vazir tez orada Koreyadan qaytishi bilan bu muhim muommolarga e'tibor qaratadi degan umiddamiz✊

Bu yil qaysi davlat rezidentlari Rossiyada ishlashga ko‘proq borgani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston ro‘yxatda birinchi
2021 yilda qariyb 3 mln o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash maqsadida borgan.
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekiston ro‘yxatda birinchi
2021 yilda qariyb 3 mln o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash maqsadida borgan.
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
РАСМИЙ МУНОСАБАТ❗️
Ижтимоий тармоқларда, яъни t.me/TalabaUz каналида тарқалган аудио хабар юзасидан Институт раҳбарияти ўрганиш олиб бормоқда.
Ўрганиш натижаси бўйича қўшимча маълумотлар тақдим этилади.
НавДПИ Матбуот хизмати.

Telegram
Talaba.uz | Ta'lim portali
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev

#Professional_taʼlim
MUHIM! Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
🔰 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari yakuni bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga 2021/2022-o‘quv yilida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to‘lash muddati 2022-yilning 20-yanvarigacha (20-yanvar kuni ham) etib belgilandi.
✔️Shuningdek, 2021/2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning kasb olishga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, ularni bergan arizalariga muvofiq imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o‘rinlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat etildi.
Ⓜ️ OO'MTV