Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Audio
❗️Navoiy davlat pedagogika institutining "Tabiiy fanlar" yo'nalishi Ma'naviy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari O'rinov Baxtiyor tomonidan yig'ilish o'tkazilgan.

Hijob kiysa, Suriyaga ketib qolayotganmish, soqol o'stirganlarni esa maymunga qiyoslagan...

Bizda mana nima asos qilinyapti. Agar soqol o'stirsa yoki hijobda yursa darrov shubhalanib, "bu Suriyaga ketishga otlanyapti, Vatanini sotarkan" deb o'ylasharkan.

Biz o'zimizni aldayapmiz, "bu forma ichki tartib qoidalarga to'g'ri kelmaydi" deb. Aslida esa qo'rquv bor ekan. Dekan o'rinbosarida ham ayb yo'q chog'i, ular ham buyruqni bajaryapti. Lekin muomula madaniyati 0.

Kimdirlar dinni niqob qilib, terroristlarga qo'shilib ketayotgan bo'lsa, hamma shunaqa degani emas.

P.s: Vazir tez orada Koreyadan qaytishi bilan bu muhim muommolarga e'tibor qaratadi degan umiddamiz✊

Ma'sullarga yuboring
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
Bu yil qaysi davlat rezidentlari Rossiyada ishlashga ko‘proq borgani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston ro‘yxatda birinchi
2021 yilda qariyb 3 mln o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash maqsadida borgan.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
РАСМИЙ МУНОСАБАТ❗️

Ижтимоий тармоқларда, яъни t.me/TalabaUz каналида тарқалган аудио хабар юзасидан Институт раҳбарияти ўрганиш олиб бормоқда.
Ўрганиш натижаси бўйича қўшимча маълумотлар тақдим этилади.

НавДПИ Матбуот хизмати.
​#Professional_taʼlim

MUHIM! Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

🔰 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari yakuni bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga 2021/2022-o‘quv yilida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to‘lash muddati 2022-yilning 20-yanvarigacha (20-yanvar kuni ham) etib belgilandi.

✔️Shuningdek, 2021/2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning kasb olishga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, ularni bergan arizalariga muvofiq imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o‘rinlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat etildi.

Ⓜ️ OO'MTV

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
"O‘zbekiston nashriyotlariga e’tibor kerak" – "Amazon"ni zabt etgan o‘zbek qiz

Bugun nega ayrim yaxshi asarlar ham sotilmay qolyapti? Kitoblar keng ommalashmasligining yana bir muhim sababi nima? Nima uchun odatda bu sabab unutiladi? O‘zA "E’tibordan chetda qolgan mavzular" loyihasida mazkur savollarga javob topishga urindi. Shu maqsadda xalqaro va mahalliy nashrlar bilan ishlovchi yosh illyustrator-dizayner Asila Umarovaning fikri bilan qiziqdik.

Asila Umarova quyidagi savollarga o’z fikrini bildirib o’tgan:

– Ko‘pincha kitob tanlashda ularning muqovasi ham tanlov uchun asosiy turtki bo‘ladi. Bu haqda siz nima deysiz?
– Yurtimizda noshirlik sohasi qanchalik rivojlangan deb hisoblaysiz?
– Bu muammoning sababi sizningcha nimada?
– Bu sohada qachondan beri ijod qilasiz?
– Muqova loyihasi uchun g‘oyani qanday topasiz?

– Asar dizayni sotuvda qanchalik muhim?
– O‘zbekistonda kitobxonlikni rivojlantirish uchun takliflaringiz...


Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#eslatma
❗️ Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yilning 1-Sentabridan buyon O‘zbekiston Respublikasi hududida:

▫️mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 822 000 so‘m;

▫️bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 270 000 so‘m;

▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 so‘m;

▫️yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 so‘m;

▫️bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 so‘m;

▫️zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 440 000 so‘m etib belgilangan.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
EHGLISHmi yoki ENGLISH?

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Sirdaryo viloyati maktablarida bo‘ldi. U kirgan ingliz tiliga ixtisoslashgan sinf xonalardan birida yuqori chap burchakdagi yozuv “EHGLISH” ko‘rinishida yozilgan. Aslida “ENGLISH” bo‘lishi kerak edi.

⭕️ Rasm daryo.uz sahifasidan olindi

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qattiq qishdan oʻlmay koʻklamga chiqqan qulning boshiga endi oftob tek kanda, osmonni yana qora bulut qoplab kelaversa, yuraklar zada boʻladi, xotirjamlik kesiladi. Bahor havosiga ishonch yoʻq! Quyosh chiqdi degani endi harorat qayta tushmaydi, degani emas.

Roʻmol masalasi shu kunlarda yana oʻrtaga chiqdi, yana eski muammo, eski tashviqot, eski tahdidlar, qonuniy buyruqda koʻrsatilmasa - da amalga oshirilayotgan taqiqlar. Charxpalakka oʻtirib bir yuqoriga koʻtarilgach tagʻin oʻsha joyimizga qaytib kelayotgandaymizmi - a? Roʻmol oʻqishga xalaqit bermasligini minglab dalillar bilan isbotlash mumkin. Bu haqida juda koʻp yozishdi, bugun va oʻtmishdan muvaffaqiyatli taʼlim olib jamiyatga xizmat qilishda roʻmoli xalaqit bermagan necha buyuk olima-yu sportchilar nomini keltirishdi, hozir ochigʻi, qayta - qayta yoritilgan mavzu boʻlgani sababli yozishni yam ep bilmayapman.

Butun boshli katta davlatlarning rahbari roʻmolli ayol boʻlib turganda, biz hamon ularning huquqiy erkinligini cheklash bilan ovoramiz. Necha olimalarimizni ilmdan toʻsayapmiz. Ijtimoiy tarmoqlarimiz, media, ommaviy nashrlar esa milliy qadriyatlarimizga zid kiyimdagi yalangʻochlarni koʻrsatishda hamon cheklov qoʻyolgani yoʻq. Cheklov roʻmolli qizlarga boʻlyapti xolos.

Qishimiz bahorga doʻndi shekilli, havo goh unday, goh bunday, ammo biz hamon rahbarlardan yaxshi islohotlar umididamiz. Faqat meni bir savol qiynaydi, shu tadbirni amalga oshirayotganlar bilisharmikin: tarixdan to shu kungacha jamiyatga qaysi biri koʻproq ziyon keltirgan yalangʻochlarmi yo roʻmolilarmi?!

©️ Hasanxo’ja Muhammad Sodiq

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda
Gʻamxo‘ring bo‘lgay u g‘amgin zamonda.
U bilan qol tanho hech bermas ozor,
Joningga yuz rohat beradi takror.

Abduraxmon Jomiy

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Shoshilinch axborot

Joriy yilning 21-22 dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

21 dekabrda shamol kuchayishi kutilmoqda! Qashqadaryo viloyatida 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Uzbekistan Airways talabalar uchun ichki aviaqatnov chiptalariga 50 foiz chegirma e'lon qildi

▪️Chegirma 28-dekabrdan 10-yanvargacha amal qiladi.

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍2😱1
❗️Toshkent - Qarshi yo'nalishi bo'yicha aviaqatnovlar uchun bilet narxlari. (28-dekabr sanasi)

Talabalar uchun shuning yarmi to'lanadi.

Qashqadaryolik talabalarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent - Buxoro yo'nalishi bo'yicha aviaqatnovlar uchun bilet narxlari. (29-dekabr sanasi, faqat shu ta'rif qolgan)

Talabalar uchun shuning yarmi to'lanadi.

Buxorolik talabalarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent - Urganch yo'nalishi bo'yicha aviaqatnovlar uchun bilet narxlari. (28-dekabr sanasi, faqat shu ta'rif qolgan)

Talabalar uchun shuning yarmi to'lanadi.

Xorazmlik talabalarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent - Termiz yo'nalishi bo'yicha aviaqatnovlar uchun bilet narxlari. (28-dekabr sanasi)

Talabalar uchun shuning yarmi to'lanadi.

Surxonlik talabalarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent - Nukus yo'nalishi bo'yicha aviaqatnovlar uchun bilet narxlari. (29-dekabr sanasi, faqat shu ta'rif qolgan)

Talabalar uchun shuning yarmi to'lanadi.

Nukuslik talabalarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg