Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari RO‘YXATI

Prezident qaroriga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yuqoridagi 35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berildi.
Ⓜ️ OO'MTV

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ O‘zbekistonda talabalarga majburiy o‘qish formasi bekor qilinishi kutilmoqda

2022-2023 yillarda moliyaviy erkin oliy o‘quv yurtlarida formani ixtiyoriy tanlash huquqi bo‘ladi, galstuk, forma shart bo‘lmasligi mumkin

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️QISHKI PEREVOD: 2021/2022-O‘QUV YILIDA UZRLI SABABLARGA KO‘RA O‘QISHINI KO‘CHIRISH ISTAGIDA BO‘LGAN FUQAROLAR DIQQATIGA!!!

🔰Bahorgi semestrda uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ISHCHI GURUHLARI faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

⚠️ Hududiy ishchi guruhlari 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba va bayram munosabati bilan belgilangan sanalar – dam olish kuni; shanba - soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.

➡️Qayd etilgan nizomga muvofiq fuqarolar bahorgi semestrda quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin.

📌 2021/2022-oʻquv yili mobaynida:

➖ respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda;

➖ turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;

➖ ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

❗️Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

✅O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.
Manba: @Eduuz

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Pedagogika universitetida dekan oʻrinbosari talaba qizga tegachogʻlik qilgani aytilmoqda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 3 kurs talabasiga dekan oʻrinbosari tegajogʻlik qilgani aytilmoqda. Bu haqda Nemolchi.uz (Sukut saqlama) loyihasiga…
❗️Bu masala bo'yicha maqola chiqarmoqchi emas edik... Lekin, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masala muhokama maydoniga aylandi.

Xabaringiz bor, biroz oldin Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 3 kurs talabasiga dekan oʻrinbosari tegajogʻlik qilgani to'g'risida gap so'zlar tarqalgan edi.

Bugun murojaat botimizga o'sha qizning judayam hunuk (21+), behayo videolari kelib tushdi.
Afsus biz uni kanalga chiqarolmaymiz...

Balkim bu videolar montaj bo'lib, qizga tuxmat qilinayotgan bo'lishi mumkin. Aksincha bo'lib chiqsachi?

Bor aybni dekan o'rinbosariga ilib, xato qilib qo'ymadikmi?

Xulosani esa, biz kerakli tashkilotlarga qoldirdik. Aybdorlar esa jazolanishi shart!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍2
Maktabda shunday kundalik tutganlar bormi?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Tarixiy gʻalaba: Nodirbek Abdusattorov — jahon chempioni!

Nodirbek Abdusattorov shaxmatda navbatdagi raqibi ustidan ham gʻalaba qozonib, jahon chempioni boʻldi. U bilimli, salohiyatli Oʻzbekiston yoshlarining yorqin namunasi. Barakalla, Nodirbek!🇺🇿

O‘zbekistonlik 17 yoshli shaxmatchiga 60 ming dollar mukofot taqdim qilindi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍2🎉1
❗️Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning yangi tartibi belgilandi

▪️Harbiy OTMlarga qabul:

– harbiy-professional yo‘naltirish;
– dastlabki saralab olish;
– test sinovlaridan iborat.

Bir bosqichdan o‘tmagan odam keyingi bosqichga qo‘yilmaydi. Nomzodlarning ma’lumotlari 25-iyungacha DTMga berilishi kerak. Test esa iyul-avgust oyida o‘tkaziladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥3👍1
"Besh yildan so'ng dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ro'yhatida bo'laman"

Nodirbek Abdusattorov 19.11.2017

Gapiga javob berishlik mana shunday bo'ladi...

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍9🔥2
❗️ Oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari va rejalarini endi o‘zi belgilaydi. Bu nima beradi?

Bunda OTM tomonidan kadrlar buyurmachisini talab va taklifini inobatga olib o‘quv rejalari ishlab chiqiladi hamda shu asosida o‘qitiladi. Vazirlik bunda yordam beradi, hamkorlik qiladi, qo‘llab-quvvatlaydi.

©️ A.Toshqulov

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
❗️ ABITURIYENTLARGA TAVSIYA ETILGAN DARSLIKLAR RO‘YXATI

2020-2021-o‘quv yilida
umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta’lim fanlari bo‘yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro‘yxatini https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda olishingiz mumkin.

Do'stlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍5👎4
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7🎉4😱1
Matematiklar bormi? 😅

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁53👍9🤩7
❗️Rasman

2022-yil Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili deb nomlandi

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍50🔥25🎉16
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitoblar qayerda? O‘zMUda yo‘qolgani aytilayotgan qadimiy qo‘lyozmalar bilan bog‘liq vaziyat chigallashmoqda

Milliy universitet rahbariyati kitoblar yo‘qolmaganini aytayotgan bo‘lsa-da, bu ishonarsiz chiqmoqda. Holatni o‘rganishga safarbar etilgan Bosh prokuratura esa ma’lumot berishga shoshilmayapti.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍17👎16🔥6
Burgutning boshiga chiqishga jur’at etadigan yagona qush – qarg‘adir. U burgutning ustiga joylashib olib, uning bo‘ynidagi asab tomirlarini qattiq changallaydi. Burgut esa bundan jahllanmaydi, qarg‘a bilan olishishga vaqt va kuch sarflab o‘tirmaydi. Viqorini buzmagan holda, balandga ko‘tarila boshlaydi. Burgut parvozda qanchalik balandlasa, qarg‘aning nafas olishi shunchalik qiyinlashadi va oxir-oqibat, kislorod yetishmasligidan qulaydi.

Siz ham boshingizga chiqib, asab tomirlaringizni qaqshatayotgan «qarg‘alar»ga kuch va vaqt sarflab, o‘zingizni qiynab, yo‘ldan qolib o‘tirmang. Yuksaklarni ko‘zlagan bo‘lsangiz, manzilingiz sari og‘ishmay balandlayvering – u yoqlarda qarg‘alar nafas ololmaydi.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍63🔥23😱6
Yuzdan ortiq afg‘on talabasi O‘zbekistondagi o‘qishiga qaytdi

Termizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi 100 dan ortiq afg‘onistonlik talaba O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda “Sputnik” Afg‘oniston uchun mutaxassislar tayyorlaydigan Termiz ta’lim o‘quv markazi direktori Oybek Ro‘ziyevga asoslanib, xabar berdi.

“Afg‘onistondan 134 nafar talaba o‘qishni davom ettirish uchun kelgan. Kayfiyatlari a’lo. Ta’tildan keyin o‘qishga kirishadi”, degan u.

Termizda afg‘onlar ikki mutaxassislik – o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi hamda temir yo‘l qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha tahsil oladi. Ularning o‘qishlari uchun to‘lov paritet asosda to‘lanadi.

Joriy o‘quv yilida Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat keskinlashgani sababli birinchi kursga qabul amalga oshirilmadi. Biroq qo‘shni davlat rasmiylari bilan allaqachon kelishuvga erishilgan va 2022 yil fevral oyida yana 100 nafarga yaqin afg‘onistonlik Termizga maxsus kurslarga keladi.

©️ Sunnatilla Abdullayev

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍23😱18🔥5
Oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi shakllantiriladi

Oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim shakllari, shu jumladan masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ham qabul kvotani shakllantirish rejalashtirilmoqda.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, 2022 yilda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini oshirish mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, 2022 yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yanada kengaytiriladi, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish orqali yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

Qabul parametrini shakllantirish va tasdiqlashni soddalashtirish, ushbu jarayonda oliy ta’lim muassasalari vakolatini kengaytirish ham nazarda tutilgan.

Bunda, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi, 2026 yilda qabul ko‘rsatkichi kamida 250 mingga yetkaziladi.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥24👍18👎13
Illinoysdagi Ueslian universiteti stipendiyalar dasturi

AQSHning Illinoys shtatidagi Ueslian universiteti xususiy notijorat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, u 1850-yilda tashkil etilgan.

Illinoysdagi Ueslian universiteti stipendiyalar dasturi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qiydigan xalqaro talabalarga taqdim etiladi.
Universitet birinchi kurs talabalari uchun akademik va tashqi ko‘rsatkichlarga asoslangan stipendiya (Merit-Based Scholarships), Prezident stipendiyasi (President’s Scholarships) va moliyaviy ehtiyojga asoslangan yordam (Need-Based Financial Aid) taqdim etadi.

Akademik va tashqi ko‘rsatkichlarga asoslangan stipendiya (Merit-Based Scholarships) yiliga 16,000 dan 30,000 dollarga bo‘ladi va 4 yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Prezident stipendiyasi (President’s Scholarships) o‘qish to‘lovini to‘liq qoplaydi va u ham 4 yilgacha uzaytirilishi mumkin.

Stipendiyani qo‘lga kiritish uchun nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- Muvofiq keladigan davlatlar: Barcha mamlakatlar;
- Talab etiladigan tili: Ingliz tili
- Merit-Based Scholarships: Nomzodlar talab qilinadigan kirish imtihonlaridan yuqori natijalarga erishishi va boshqa testlardan a’lo darajadagi ballarga ega bo‘lishi kerak;
- President’s Scholarships: Nomzodlar iste’dodli bo‘lishi, qiziqishlarini namoyish etishi va ilmiy yutuqlarga ega bo‘lishi kerak.
- Need-Based Financial Aid: Xalqaro talabalar moliyaviy yordam olish uchun CSS PROFILE arizasini topshirishi zarur. Unda abituriyentning moliyaviy resurslari batafsil ko‘rsatiladi.

Stipendiya haqidagi boshqa ma’lumotlarni quyidagi saytdan olishingiz mumkin:
https://www.iwu.edu/international/scholarships.html
Ⓜ️ TravelBook

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍18🔥8🤩4
Abbosjon Mirzorahimov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlandi.

Vazir o‘rinbosari Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor bo‘ldi.

Avvalgi rektor Nodirbek Sayfullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod qilingan. U institutga 2019 yil fevralida rahbar bo‘lgandi.

Abbosjon Mirzorahimov 1997—2001 yillar Termiz davlat universiteti (bakalavr), 2001—2003 yillar O‘zbekiston Milliy universiteti (magistr), 2006 yil O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti (aspirantura), 2011—2012 yillarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. Tarix fanlari nomzodi.

Abbosjon Mirzorahimov Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot resurs markazlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2016 yil fevralida O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍23🎉12🔥4