Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Jurnalistika universiteti AOKA tarkibiga o‘tkaziladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini xalqaro tashkilotlarning so‘z va matbuot erkinligi sohasidagi tavsiyalari asosida qayta tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mavjud shtat birliklari hamda mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorini saqlagan holda, tashkilotni boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil hamda Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor shaklda qayta tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tarkibiga o‘tkaziladi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligi hamda matbuot kotiblari faoliyati samaradorligi reytingini tuzish orqali sohada yuqori natijalarga erishgan tashkilotlar matbuot kotiblarini rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6🤩4
O‘zbekistonda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratiladi

O‘zbekistonda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash maqsadida zamonaviy kommunikatsion dasturlar hamda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratadi. Bu haqda “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasida so‘z boradi.

Xususan, unga ko‘ra 2022-yil dekabrga qadar milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar hamda axborot kommunikatsion dasturlar yaratish ishlari olib boriladi. Bunda:

— sohaning yetuk mutaxassislari va yirik tadbirkorlarni milliy kommunikatsiya platformalarini yaratishga jalb qilish;
— ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlashning zamonaviy talablariga mos dasturiy ta’minot va texnik vositalar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.


Shuningdek, AKT sohasida milliy mahsulot yaratish tizimini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ham amalga oshiriladi. Bunda yaratilgan dastur hamda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni auditoriyasining qamrovi ortishiga qarab soliq imtiyozlarni berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, milliy kommunikatsiya platformalarini aholi orasida ommalashtiriladi. Bunda:

— milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni zamonaviy dizayn hamda texnik talablar asosida yangilab borishni yo‘lga qo‘yiladi;
— aholi o‘rtasida milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni targ‘iboti bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi;
— fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlanadi.


Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍28👎8❤3
❗️Talabalar uchun 7 - yanvardan 9 - yanvargacha Urganch, Buxoro, Namangan, Qarshi va Nukusdan Toshkentga qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍26😱3👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Xalqaro press-klub: — 2022 yilda oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tizimida o‘zgarishlar bo‘ladi. Endi oliy ta’lim sohasida dars berishga haqli bo‘lmagan "o‘qituvchilar"dan voz kechish vaqti keldi.

©️ Abduqodir Toshqulov

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍24😁9👎5
Semestr imtihonim uchun kichik tadqiqot qilayotib "Dunyodagi eng yaxshi 500 universitet" ro‘yxati ichida qaysi musulmon davlatlardan nechta universitet kiritilganligiga ko‘z yugurtirib chiqdim.

Unga ko'ra:
Malayziya - 13 ta
BAA - 4 ta
Qozog‘iston - 4 ta
Saudiya Arabistoni - 4 ta
Indoneziya - 3 ta
Pokiston - 3 ta
Bruney - 2 ta
Eron - 2 ta
Misr, Ummon, Qatar va Livandan 1 tadan universitet kiritilgan ekan.

O‘zbekistondan bironta ham universitet yo‘q, avval ham bo‘lmagan lekin eng qizig‘i yaqin o‘tmishda davomli ravishda bir nechta universitetlari bu ro‘yxatga kirib kelgan Turkiyaning bironta ham universiteti ayni vaqtda bu ro‘yxatga kiritilmagan.

O‘zi ro‘yxatni ko‘rib chiqsangiz taʼlimga erkinlik bermagan va uning ishlariga muntazam aralashgan davlatlardan universitetlar kiritilmagan.

©️ Abdullatif Adham

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍20🔥14❤4
#rasman

❗️Talabalar diqqatiga! Qishki ta’til uzaytirildi

OTM talabalari, akademik lisey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 24 yanvargacha uzaytirildi.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍51😱36🎉27
Talaba.uz | Ta'lim portali
#rasman ❗️Talabalar diqqatiga! Qishki ta’til uzaytirildi OTM talabalari, akademik lisey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 24 yanvargacha uzaytirildi. Batafsil👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar berishicha, 24 yanvarga qadar moliyaviy mustaqillikka erishgan hamda kredit-modul tizimiga o‘tgan barcha OTMlar rahbariyati va professor-o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar olib boriladi.

Talaba-o‘quvchilarga o‘z uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022 yilning 24 yanvariga qadar uzaytirildi.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍49👎15🔥11
❗️Talabalar chegirmali temiryo‘l chiptalarini 7-yanvardan boshlab almashtirishi mumkin

▪️Chiptalarni almashtirish tizimi 7-yanvar 00:01dan boshlab ishlaydi. Shu paytdan boshlab chiptani uzaytirilgan ta’til muddatiga moslab almashtirib olish mumkin. Chegirmalar muddati 24-yanvargacha uzaytirilgan.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍50😁7🔥6
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍18❤7👎1
Oʻzbekistonda Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti tashkil etiladi

Universitetga 2022-2023 oʻquv yilida 200 nafar talaba qabul qilinadi.

Do'stlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍35👎10🤩3
❗️Diagnostik test sinovlari yoʻlga qoʻyildi

DTM tomonidan 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab abituriyentlar uchun OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari yoʻlga qoʻyildi.

Bu orqali abituriyentlar oʻz bilimini sinashi, balki test materiallari, yaʼni test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi bilan ishlash koʻnikmasiga ham ega boʻlishlari koʻzda tutilmoqda.

Do'stlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍24🔥7
❗️Vazirlik temiryo‘l kassalarida yuzaga kelayotgan navbatlar bo'yicha talabalarga murojaat qildi

▪️11-yanvargacha bo‘lgan chiptalarni ularning muddati o‘tgandan so‘ng ham 24-yanvargacha bo‘lgan vaqtda almashtirib olish mumkin, deb ma’lum qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Talabalar qaytayotgan vaqtda ehtiyojdan kelib chiqib qo‘shimcha vagonlar ham qo‘yiladi. Eslatib o'tamiz, OTMlarda ta'til 24-yanvargacha uzaytirilgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍45😱20🔥8
Doskadan ko‘chirish shunaqa bo‘ladi)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁198👍21🤩21
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Vazirlik temiryo‘l kassalarida yuzaga kelayotgan navbatlar bo'yicha talabalarga murojaat qildi ▪️11-yanvargacha bo‘lgan chiptalarni ularning muddati o‘tgandan so‘ng ham 24-yanvargacha bo‘lgan vaqtda almashtirib olish mumkin, deb ma’lum qildi Oliy va o‘rta…
❗️Talabalar uchun aviachiptalar bepul almashtirib beriladi. Qo‘shimcha reyslar ham qo‘yiladi.

Aviakompaniya 20–23 yanvar kunlari qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍50🔥9🎉5
❗️O‘zbekiston Qozog‘istondagi bir guruh talabalarni evakuasiya qildi.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar o‘zbekistonlik talabalar «Uzbekistan Airways» OAJ samolyoti orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍123😢12😱11
❗️ Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining barcha sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari uchun darslar va yakuniy nazoratlari onlayn tarzda bo'ladi

Xabarda aytilishicha: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 6-yanvardagi
87-02-21 sonli xatiga asosan:
⚡️ 2022-yil 10-yanvar kunidan boshlab professor-o‘qituvchilar asosiy ishidan ajralgan holda qo‘shimcha kurslarga jalb etilishini inobatga olib, darslar hamda yakuniy reyting imtihonlari onlayn shaklga o‘tkaziladi.

- Onlayn darslar muddati: 2022-yil 10-yanvar - 20-yanvar
- Onlayn yakuniy imtihonlar muddati: 2022-yil 21-yanvar - 27-yanvar

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍57🔥11👎8
#Fake_xabar

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan perevod qilish to‘g‘risida FAKE XABAR tarqalmoqda.

Ushbu fake xabarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi nomidan xorijdan oʻqishini koʻchirmoqchi bo‘lgan talabalar hech qanday imtihonlarsiz oʻqishini O‘zbekistonga koʻchirishga ruxsat berilishi va perevod uchun barcha hujjatlar 15-fevralgacha qabul qilinishi bildirilgan.

Avvalo bu kabi xabarlar asossiz ekanligini ma’lum qilamiz (rasmdagi 2020-yilgi xabar).

Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari!

To‘g‘ri tushunamiz, axborotni birinchi boʻlib ommaga tezkor yetkazish – davr talabi. Ammo har qanday xabarni emas, balki tekshirilgan, asoslangan maʼlumotlarni eʼlon qilish – eng muhim jihat va jurnalistikaning “oltin qoida”si ekanini yana bir bor eslatib oʻtamiz!

Shu bilan birga asossiz va yolgʻon axborotni tarqatganlik uchun qonunlarimizda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik normalari belgilanganini unutmang!

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍54😱15😢7
❗️Tezkor: Maktablarda qishgi ta’til uzaytiriladi

O‘quvchi - yoshlar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko‘payishining oldini olish maqsadida xalq ta’limi vazirligi qishki ta’til kunlarini 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍89👎50🤩20
❗️Vaksina olmagan xodimlar ishxonaga qo‘yilmaydi. Talabalarni emlash tadbirlari kuchaytiriladi

Vazirlik va idora rahbarlari, tashkiliy shaklidan qat’iy nazar, barcha tashkilotlarda ishchilarning emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qat’iy chora ko‘riladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilandi.


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍47👎23❤7
❗️ Diqqat savol

Ishdan oʻqishdan dam olish kunlaringiz nima qilasiz?

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍21❤14😢5