Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Los Anjelosda dunyoga mashhur Transformers kinosidagi qahramon - Megatronni "Hello Uzbekistan!" deb gapirtirdik.

Odamlar Uzbekistan deganda Pakistan deb turganida bu Megatron ancha saviyali ekan.
Faxrlandim.

Xohlagan kanalingizda tarqating.😊

©
@Muhammadali_Eshonqulov

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍40🔥7🤩2
#talabalardan

❗️Farg'ona davlat universiteti talabasidan murojaat.

"Assalomu alaykum, bir iltimos bilan murojaat qilayapman. Shuni kanalingizda yoritib bersangiz.

Fardu'da 3-kurslar amaliyotga chiqarib yuborildi lekin o'zi yashab turgan hududdan ancha uzoqdagi maktablarga hamma talabani tumaniga qarab bitta maktabga joylab qo'yishdi...

Lekin har xil sharoitdagi oilalar ham borku, ota-onalar ham farzandini o'zi yashab turgan joyda amaliyot qilishini hoxlashadi. Pul sarflab uzoqqa borib kelib amaliyot qilyapmiz. Biz oilada 2 talabamiz, ota onamiz ham topgan pullarini bizga sarflashmoqda...Aytingchi majburlab bitta hududga amaliyotga biriktirishlari to'g'rimi?

Hozirda moddiy ahvol shu murojaatni yozishimga majbur qildi.

Menimcha buni ortida ustozlar ozini o'ylab ish yuritishyapti. Axir har hil maktabga bo'lib qo'yishsa borib talabadan xabar olib turishga to'g'ri keladida"

P.s: Talabani fikrida jon bor, universitet bunday qilishga haqqi yo'q. Amaliyotni ham talaba yashab turgan joyga berishi kerak edi. Ma'sullar e'tibor qaratishini so'raymiz.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍72❤6
❗️Kanada universitetlarida bilim qanday baholanadi🥸

Bu yerda baholash tizimi, O'zbekiston OTMlariga qaraganda qat'iyroq, ammo u shunchalik to'ģri qurilganki, universitet siyosati tomonidan belgilangan baholarga e'tiroz bildirish taqiqlanadi.

Birinchidan, savollarga javob berish va misollarni hal qilish uchun doskaga chaqirilish taqiqlanadi. Nega bunday? Birinchidan, bu juda katta stress, ayniqsa xalqaro talabalar uchun. Ikkinchidan, o‘quvchilar tomonidan bosim bo‘lmasligi uchun sizning bilimingiz darajasini va baholaringizni siz va o‘qituvchidan boshqa hech kim bilmasligi kerak.

Siz bahslashishingiz mumkin: lekin, axir, doskaga chiqib javob berish jamoatchilikdan qo'rqmaslikka o'rgatadi va stressga chidamliligini oshiradi! To‘g‘risini aytaylik, hammaga ham ushbu sifat kerak emas, lekin o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun universitetda bepul public speaking (omma oldida gapirish qobiliyati) kurslar bor.

Shuning uchun barcha bilimlar faqat testlar, imtihonlar va proektlarda tekshiriladi. Og'zaki javob bersangiz, "qalam" bilan yozilganidan farqli o'laroq, noto'ģri baho berilgani haqida sizda hech qanday dalil yo'q.

Tayyorgarliksiz testdan muvaffaqiyatli o'tish mumkinmi? Yo'q. Ular juda murakkab qilingan. Shuni ham yodda tutingki, sizga faqat BIR urinish berilgan, bu sizni ko'proq va yaxshiroq o'rganishga undaydi. Eng muhimi, oldindan o'rganishdir.

Baholash tizimi qat'iy, ammo adolatli. Hech kimga qo'shimcha поблажка imtiyoz yo'q. Qayta toprishish qabul qilinmaydi. Yaqinda bizda topshiriq berilgan edi va uni 23:59 dan oldin topshirishimiz kerak edi. 23:59:45 da bitta talaba topshiriqni yubordi. Unga qancha berishganini bilasizmi? To'g'ri, nol. Hayot sizga oxirgi daqiqada hamma narsani qilsangiz nima bo'lishini o'rgatadi.

Topshiriqni bajarishdan oldin, siz uni bajarishga yordam beradigan aniq qoidalar va talablar to'plami yuboriladi. Word documentdagi maydonlar noto'g'ri bo'lsa ham, " sezmay qolibman" bahonasi umuman ishlamaydi. Ishda bunaqa xatolar uchun kechiriladimi? Bunday deb o'ylamayman. Studentlar ushbu universitetlarda korporativ dunyoga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Ko'pgina hollarda, kursni muvaffaqiyatli topshirish uchun siz yakuniy 55% olishingiz kerak. Agar siz 54% olsangiz nima bo'ladi? Kursingiz uchun 0 ball olasiz va uni keyingi semestrda yana topshirishingiz kerak. Bir foiz sizga qo'shib berishlarini kutmang.

Agar sizda faqat yaxshi baholar bo'lsa-yu, lekin birdan imtihonni minimal 50% o'rniga 49% ga yozgan bo'lsangiz, unda sizga kurs uchun 0 ball beriladi! Hech kim qolgan baholaringizga qaramaydi. Bu faqat sizning aybingiz va sizning muammoingiz. Imtihon ishonch uchun 50% emas, balki 70% yozishga harakat qilish kerak.

Shuning uchun Kanada ta'limi juda qadrlanadi, chunki sizning bahoyingiz bilimingizning haqiqiy darajasidir.‌‌

Ⓜ️ Canadian Dream 🇨🇦
©️ Davlat Amonov

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍64😢5🔥2
Qanday hollarda davlat 50 foizgacha kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Kontrakt pulini to‘lash imtiyozlari bo‘yicha ham savollar bo‘lmoqda. Bu masalada qisqacha tushuntirsam, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

BHM – 270 ming so‘m (2021-yil 1-sentabrdan). 50xBHM=13 500 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

✅ Agar siz oilangiz “Temir daftar”ga yoki o‘zingiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, bu imtiyozdan foydalanasiz.

"Temir daftar"ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra quyidagi oilalar kiritiladi:

➖ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;
➖kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;
➖boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;
➖ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
➖mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
➖tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan a’zolari mavjud yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmagan oilalar);
➖noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍31👎3😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkent davlat texnika universitetidagi qurilishda ishlagan yollanma ishchi maoshini ololmaganligi sababli o‘zini beshinchi qavatdan tashlashga urindi.

Hodisa joyiga yetib borgan Olmazor IIB FMB boshlig‘i muzokara o‘tkazib, 40 yoshdan oshgan fuqaroni pastga tushirishga erishdi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😢25👍17😁9
❗️ RASMAN: Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari e'lon qilindi

2021/2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tayinlandi.

📃 Quyida ushbu stipendiyalarga sazovor bo‘lgan talabalar bilan tanishing 👇🏻

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi — 56 nafar;
Navoiy nomli davlat stipendiyasi — 136 nafar;
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi — 85 nafar;
Beruniy nomli davlat stipendiyasi — 64 nafar;
Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi — 19 nafar;
Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi — 11 nafar;
Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi — 2 nafar;
Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi — 4 nafar;
To‘lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi — 6 nafar.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍28🎉4👎2
❗️Prezident stipendiyasi atrofida mojaro: nomzodlar nimadan norozi?

Prezident stipendiyasi uchun tanlov aniq baholash mezonlarisiz o‘tgan. Natijada hakamlar qo‘ygan ballar ko‘plab nomzodlarda e’tiroz uyg‘otmoqda.

Batafsil: https://kun.uz/uz/76588842

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁26👍22👎4
#lirik_chekinish

❗️Diqqat, savol.

Javoblaringizni kommentariyada qoldiring.

Birinchi topgan obunachini kanalda e'lon qilamiz.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍28👎4😁4
Talaba.uz | Ta'lim portali
Voice message
Diqqat javob, mayonez edi.

Birinchi bo'lib, Samarqand davlat universiteti talabasi Kamola ismli obunachimiz javob bergan😉👍

Davom ettiraylikmi?

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍28🔥1😁1
#lirik_chekinish
#savol

❗️O‘rta asrlarda Xitoyga musulmonlar bilan birga xristian missionerlari ham kirib bordilar.

Qisqa muddatda xristian missionerlar soni ko‘payib ketdi, hatto bunga Imperator aralashib uni taqiqlab qo‘ydi.

Diqqat savol: nega endi xristianlik tarqaganchalik islom dini Xitoyda keng tarqalmagan?

Javoblaringizni kommentariyada qoldiring:

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍20
Talaba.uz | Ta'lim portali
#lirik_chekinish #savol ❗️O‘rta asrlarda Xitoyga musulmonlar bilan birga xristian missionerlari ham kirib bordilar. Qisqa muddatda xristian missionerlar soni ko‘payib ketdi, hatto bunga Imperator aralashib uni taqiqlab qo‘ydi. Diqqat savol: nega endi xristianlik…
Javob: Islom dinida cho‘chqa go‘shti harom hisoblangani uchun

Izoh: Xitoyda cho‘chqa go‘shtini sevib iste’mol qilishadi va u yerda eng keng tarqalgan mahsulotlardan biri.

O'zbekiston Milliy universiteti talabasi Oybek Jo'rayev birinchi bo'lib javob berdi.

❗️Diqqat oxirgi savol o'ynaladi...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍19🔥3
#lirik_chekinish
#oxirgi_savol

❗️Qarshingizda AQSHda maktab xodimlariga qurol olib yurishga ruxsat berilgandan so‘ng chiqqan karikaturalardan biri. 1-rasmda tasvirlangan qurol oddiy o‘qituvchilarniki, 2-rasmdagisi tarix fani, 3-rasmdagisi esa mehnat fani o‘qituvchisiniki. 4-rasmdagi maktab qorovulining quroli.

Diqqat savol, 5-rasmdagi quroldan foydalanuvchilarning lavozimini ayting.

Javoblaringizni kommentariyada qoldiring:

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍33🤔7👎5
Talaba.uz | Ta'lim portali
#lirik_chekinish #oxirgi_savol ❗️Qarshingizda AQSHda maktab xodimlariga qurol olib yurishga ruxsat berilgandan so‘ng chiqqan karikaturalardan biri. 1-rasmda tasvirlangan qurol oddiy o‘qituvchilarniki, 2-rasmdagisi tarix fani, 3-rasmdagisi esa mehnat fani…
Juda ko'pchilik rektor, direktor deb javob berishibdi😁

Lekin yaxshilab e'tibor qilganingizda edi pistoletda ovoz pasaytirgich o'rnatilga edi. Bu esa xonada jimlikni ta'minlashga ishora...

Javob: Maktab kutubxonachisi edi

Birinchi bo'lib Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi Muhammadsodiq Karimberdiyev javob berdi.

Barcha kech bo'lsada, to'g'ri javob berganlarni tabriklaymiz😉

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍33😁4
❗️Navbatdagi savol, qaysi lavozimda ishdan bo'shamaslik uchun 100.000 dollar to'lash kerak?

Ha, ha adashmadingiz... 100.000$

Tez orada javobini kanalga tashlaymiz😉

P.s: Yana bir bor o'sha OTM haqida... Eng ko'p muammolari bilan tanilgan...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁18👍5😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Jizzax davlat pedagogika institutida dekan lavozimida qolish uchun 100 ming dollar pora berayotgan paytda ushlandi.

Undan bu pulni ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i talab qilgan

Ma’lum qilinishicha, Jizzax davlat pedagogika institutining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i 2021 yilning oktyabr oyida mazkur oliy o‘quv yurti fakultetlaridan birining faoliyatini tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar ushbu fakultet dekaniga salbiy ta’sir qilmasligi va uning lavozimda qolishini ta’minlash evaziga 100 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida u so‘ralgan 100 ming dollar pulni vositachi orqali olgan vaqtida ushlangan.

P.s: Tasavvur qilyapsizmi? 100.000$🥺

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😱33👍17🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Buni eshitgan ayrim qo'shtirnoq ichidagi dekanlar😉

Tasavvur qilayapsizlarmi? 100.000$... Ertalabgacha uxlamay chiqishim aniq🤦‍♂

Demak, dekan bo'lib ishlaganga mazza ekanda) 100.000 $ beryaptimi demak, bemalol pulini chiqarib olarkan)))

Lekin qanday qilib? Oylik shunchalik zo'rmikan🙊

Kechirasizlar, sizlarda qanaqadir variyant bormi?

Ishqilib yuqoridagi xabardan keyin dekan bo'lib ishlashni orzu qilgan talabalar ko'paymasa bo'lgani)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁38👍13😱3
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Jizzax davlat pedagogika institutida dekan lavozimida qolish uchun 100 ming dollar pora berayotgan paytda ushlandi. Undan bu pulni ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i talab qilgan Ma’lum qilinishicha, Jizzax davlat pedagogika institutining…
❗️Yana bir nechta savollar sizni ham o'ylantiryaptimi?

Jizzax davlat pedagogika institutida 2021- yil 21-oktyabrda fakultetlardan birining faoliyati tekshirish jarayonida aniqlangan kamchilik nima ekan? Nega uni bosdi-bosdi qilishga harakat qilmoqchi bo'lgan. U qanday kamchilik bo'pti-ki, bosdi-bosdi qilish uchun 100.000$ so'raydi? Buning orqasida yana kimlar bor? Yana nimaga oradan 4 oy o'tib ta'lim sifatini nazorat qilish bo'lim boshlig'i dekandan pul so'ragan?

Menimcha bu ishni DXX xodimlari oxirgacha yetkazib qo'yishi maqsadga muvofiq bo'lar edi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍43🤔8😱5
​❗️ O‘zbekistondagi 4 ta OTM THE'ning yosh universitetlar reytingidan o‘rin oldi

O‘zbekistondagi 4 ta oliy ta’lim muassasaci ilk bor Buyuk Britaniyaning “Times Highyer Education” agentligi “Young University Rankings – 2022” (Yosh universitetlar reytingi – 2022) reytingidan o‘rin oldi.

Mazkur OTMlar yangi turdagi maqom — “Reportyer” universitetlar qatorida e’tirof etildi. Bular:

🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti;
🏛 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
🏛 Turin politexnika universiteti;
🏛 Urganch davlat universiteti.


Ushbu maqom orqali yuqoridagi oliygohlar dunyoning TOP universitetlari reytingiga kirish uchun nomzod sifatida yana bir katta qadamni qo‘yishdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Young University Rankings” reytingi dunyoning 50 va undan kichik yoshdagi eng yaxshi universitetlari ro‘yxatini tuzadi. Ro‘yxat “World University Rankings” flagmani bilan bir xil 13 ta mezon ko‘rsatkichlariga asoslanadi.

2022 yilgi reyting 539 ta universitetni o‘z ichiga olib, shundan 251 ta oliygoh “Reportyer” maqomiga ega bo‘ldi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍33🎉11👎4
❗️Namangan muhandislik-texnologiya instituti tomonidan qishki ta'tilda o'tkazilgan fan olimpiadalarida g'olib bo'lgan talabalarga sovrin pullarini haligacha berilmaganligi aytilmoqda.

"Assalomu alaykum. NamMTI da talabalarga ajratilgan pullar yo'qoldimi? Yanvar oyida onlayn olimpiyada tashkil etildi, e'lon ham berildi. Yaxshi natija bilan ham qatnashdik. Lekin haligacha natijalarni e'lon qilishmadi. Qiziq online bo'lgan hamma o'z natijasini biladi, lekin yanuniy natijalar haligacha yo'q. So'ralsa aniq ma'lumot ham berishmaydi.

Shunaqa ekan nima uchun talabalarni aldab olimpiada o'tkazishadi, nima foyda hamma kanalida vahima qilib? E'lonlarni berib oxirida indamay jim bo'lib ketishi yaxshimi?"

Ushbu fan olimpiadalariga institutning O'zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti ma'sul bo'lgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍9😱6😁2
#talabalardan

"Assalomu alaykum, OʻzMu Fizika fakulteti 3-kurs talabasiman. Bizda yakuniy nazorat test tariqasida oʻtkazildi. Deyarli hamma oʻtdi. Endi esa ertaga yana takror olishmoqchi yozma-ogʻzaki tarzda. Shunday qilishga qonunan haqqi bormi domlalarni?"

Sizlarni ayblaringiz hammangiz imtihondan o'tib ketganingiz bo'lgan)

Og'zaki topshirgandan keyin misol uchun yarimingiz qolib ketasiz, adashmasam Milliy universitetda kredit tizimi ... Keyin esa sizlar universitetga pul to'lab qayta topshirasizlar. Shuniyam tushunmadingizmi)?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👎76😁40😱19