Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv

❗️Har bir insonning o‘z vaqti bor. Hech qachon men ulgurmadim, endi kech, hammasi tamom, nega qolganlarda o‘xshab, menda o‘xshamadi demang hurmatli bitiruvchi talabalar hamda o'qishga kirish uchun tun-u kun mehnat qilayotgan abituriyentlar.

Sizning ham o‘z vaqtingiz albatta keladi. Siz shunchaki izlanishda davom eting.


Shunchaki tomosha qiling, fikr qiling!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍29
❗️Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 490.000 so'm nafaqa puli beriladi

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"
nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:

📌 Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

☝️Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (490.000 so'mni) tashkil etadi.

📑 Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

• OTM rektori nomiga ariza;
• Pasport nusxasi;
• Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.

📌 Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍73😁6👎3
#biroz_tabassum

— Nimaga savolga savol bilan javob qaytarasan?
— Oʻzing nima deb oʻylaysan?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁157👍20👎9
Top-1000(2022).pdf
3.3 MB
❗️Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati.

Qayd etish lozim, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-son qarorga muvofiq, ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍37🔥3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi OTMda kursdan kursga qolgan talaba 8 yil ichida o‘qishni tugatolmasa, o‘qishdan butunlay chetlatiladi.

▪️Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Хoliqov bu tartib kredit-modul tizimi uchun xosligini bildirdi.

P.S. 2021–2022-o‘quv yilidan barcha OTM kredit-modul tizimiga o‘tgan. OTMni bitirish oson bo‘lmay qoladi endi)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍41😱27👎22
❗️Ertadan barcha talabalar uchun dars jarayonlari boshlanadi.

Xulosa shuki, haftasiga 5 kun o'qiydigan talabalar uchun 19-martdan — 23-martgacha ta'til, haftasiga 6 kun o'qiydigan talabalar uchun esa 20-martdan — 23-martgacha ta'til deb e‘lon qilingan.

Ertaga, 24-martdan boshlab barcha talabalar uchun dars jarayonlari boshlanadi.

P.s: Taksichi akalar uchun ertaga ajoyib kun))

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁70👍33😢15
#biroz_tabassum

Yurtimizda qanchadan qancha odam ishsizlikdan qiynalib yuribdi. Ukam (Singlim) esa men buyurgan tayyor ishlardan qochadiyey… 😏

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁260👍29👎9
❗️ Bitiruvchilar baholarining OTMga kirishda inobatga olinishi haqida

❕ 2022-yil 14-mart kuni “Huquqiy axborot” telegram kanalida 2022-2023-o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shilishi haqida post e’lon qilindi. Shundan so‘ng mazkur xabar ko‘plab telegram kanallarda ham e’lon qilindi.

🔰 Qayd etish kerakki, maktabdagi baholarni oliy ta’lim tashkilotlariga kirishda inobatga olish tartibi 2021-yil 19-noyabrda belgilangan. Ya’ni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 696-son qarori bilan “Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.

🖥 Unga ko‘ra, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 2022-yil 10-iyunga qadar elektron platformalar ishga tushiriladi hamda 2022-2023-o‘quv yili va keyingi o‘quv yillari bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari elektron platformalarga kiritiladi va bitiruvchilar baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari hisoblab boriladi.

📆 2022-2023-o‘quv yili bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari va ularning o‘rtacha ko‘rsatkichlari esa mazkur o‘quv yili yakunlangandan so‘ng, ya’ni, 2023-yil yoziga kelibgina aniq bo‘ladi.

✅ Bundan ma’lum bo‘ladiki, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlaridan boshlab amalga oshiriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍37👎9🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#biroz_tabassum

Bir necha kunlik dam olishdan so‘ng bugun ishga va o‘qishga chiqqanlar.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁36👍10🤩2
Biz...

...Biz yuksak tog’lar ham zabt etilgan zamonda yashamoqdamiz, ammo o’zimizni o’zimiz yengib ulgurmadik. Bilimlarimiz yuksaldi, ammo sabr-toqat pasaydi. Mol mulkimiz mo’l, biroq bahtimiz kamroq. Boshimiz to’la, lekin hayotimiz bo’m-bo’sh.

“O’lsang kim yig’laydi?”
Robin Sharma


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😢36👍24🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tekshiruv bor kuni talabaning xonasi😁

Rostan shundaymi? 😉

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁83👍40🔥22
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❤15👍5👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qarshi davlat universiteti Matematika fakultetida bo'lgan voqea ekan...

Domla asabiylashib talabani turtvorgan.

Fikrimizcha, otasi qatori domla ham talabani atayin yomon ko'rganidan urmagan. Balkim talaba o'zining aybi tufayli bo'lgandir.

Holisona fikrlaringizni qizishmasdan kommentariyada qoldiring.

*Domlaga hech qanday chora ko'rilmasligini so'rab qolamiz!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍111👎17😱9
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Qarshi davlat universiteti Matematika fakultetida bo'lgan voqea ekan... Domla asabiylashib talabani turtvorgan. Fikrimizcha, otasi qatori domla ham talabani atayin yomon ko'rganidan urmagan. Balkim talaba o'zining aybi tufayli bo'lgandir. Holisona fikrlaringizni…
Holisona yondashinglar deb post chiqarsak, ko'pchilik noto'g'ri tushunibdi...

Bizning murojaat botimizga tez tez bunaqa videolar kelib tushadi.

Biz esa bugun faqat bittasini chiqarishga majbur bo'ldik.

Domlalardan faqat aybni qidirish ham yaxshi emas, hurmatli talabalar!

Siz aytayotgan yomonlari ham bor, lekin hammasi ham emas. Bu domlalar ham nima qilsin, atayin urmaydiku. Videoda ham talabani o'zi aybdor ekanligini ko'rinib turibdi.

Bu videoni chiqarishimizni sababi, qolgan talabalarga ham o'rnak bo'lsin. "Domlam urdi, domlam tepdi, domlam so'kdi" -deb video yuboravermay.

Maktab, kollej davrlarimizda ezg'ilab tashlasa ham uyga aytib kelmasdik😉

Shuning uchun domlalardan xafa bo'lmang. Videoni chiqarganimiz domla chora ko'rish maqsadida emas, qolganlarga o'rnak bo'lish uchun.

E'tiboringiz uchun tashakkur...

Hurmat bilan @TalabaUz ma'muriyati!
👍165👎16🔥3
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️​​Talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun ularning ijara to'lovlari qoplab beriladi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi budjet mablag'lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

Ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha, qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha) davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi. Batafsil ma’lumni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, 2021-yil yakuni bo‘yicha 5 955 nafar talaba bu imkoniyatdan foydalangan. Bu qariyb 4,6 mlrd. so'mni tashkil etmoqda. O'tgan yili bu imkoniyatdan foydalangan talabalar yoki foydalanmoqchi bo'lganlar bormi? Qanday to'siqlarga yoki muammolarga duch kelgansiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Sizning fikr va takliflaringiz asosida bu tizimga mas'ul bo'lgan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan zarur choralarni ko'ramiz, albatta!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍19🤬4😱2
⚡️Муносабат

Жорий йилнинг 25 март куни ижтимоий тармоқдаги “TalabaUz” телеграм каналида “❗️Qarshi davlat universiteti Matematika fakultetida bo'lgan voqea ekan...” мавзусида видео ёритилди.

Ушбу видеода акс этган ҳолат 2022 йил 14 март куни Қарши давлат университети Математика ва компьютер илмлари факультети математика йўналиши 2-курс 020-75 гуруҳ талабаларига профессор Н.Дилмуродовнинг дифференциал тенгламалар фанидан амалий машғулот дарсида рўй берган.

Дарс жараёнида талаба С.Норбўтаев бир неча марта огоҳлантириш берилишига қарамасдан дарсга эътиборсиз ва ёзмасдан ўтирган. Натижада талабанинг ўзини бундай тутиши домлани асабийлашишига ва талабани туртишига сабаб бўлган. Олий таълим муассасаси талабасининг асосий мақсади билим олиш ва унга таҳсил бераётган устозларга ҳурмат билан муносабатда бўлиш ҳисобланади. Афсуски, юқоридаги ҳолатда талабанинг дарсга беписанд муносабати ўқитувчининг асабларини жиловлай олмаслигига олиб келди. Ҳолат раҳбарият томонидан назоратга олинди.

Ҳурматли ёшлар! Ҳозирда сиз минглаб абитуриентлар орзу қилган талабалик мақомидасиз. Вақтингизни билим олишга сарфланг. Зеро, юрт истиқболи сизнинг қўлингизда.
👍161👎23😱1
#biroz_tabassum

Kech boʻlganda gʻalati fikrlar miyada aylanar ekan. Hmmmmmm deb yozganlarga qanday javob qaytarsa boʻladi? Hech tushuna olmadim 🤔

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁87👍34🤔12
❗️Ishga joylashish uchun avval 3 oy sinov muddati tariqasida tekinga ishlab berish kerakmi?

Savol: Yaqinda OTMni bitirdim. Ishga kirish uchun murojaat qilganimda, ish beruvchi menga 3 oy dastlabki sinov muddati bilan ishga qabul qilishini aytdi. Qonunchilikda kimlarga nisbatan dastlabki sinov muddati qo‘llanilmaydi?

📎 Mehnat kodeksining 84-moddasiga ko‘ra quyidagi toifadagi shaxslarga dastlabki sinov muddati qo‘llanilmaydi:

🔹homilador ayollar;

🔹3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;

🔹korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;

🔹ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran 3 yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar;

🔹xodimlar bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍41🤬10🤔3
❗️ O'tgan yili o‘qishni ko‘chirishda o‘tish ballari qancha bo'lgan edi?

Xorijiy OTM, shuningdek, O‘zbekistondagi filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini ko‘chirishda quyidagi o‘tish ballari:

➖Toshkent davlat yuridik universiteti uchun — 105,84 ball;
➖Toshkent davlat transport universiteti uchun — 104 ball;
➖Tibbiyot OTMlari uchun — 100 ball;
➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 100 ball;
➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun — 80 ball;
➖Milliy rassomlik va dizayn instituti — 70,56 ball;
➖Oliy ta’lim vazirligi tizimidagi OTM uchun — 66,1 ball;
➖Navoiy davlat konchilik instituti va uning Nukus filiali uchun — 66,1 ball.
➖ Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 66,1 ball;
➖ Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning filiallari uchun — 56,7 ball;
➖ Toshkent davlat agrar universitetining filiallari hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 56,7 ball;
➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallari uchun — 56,7 ball.

* O'qishni ko'chirish uchun o'tish ballari bundan yuqoriroq bo'lishi ham mumkin...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍43😱8👎4
❗️Har yili...

Har yili mamlakatda minglab talabalar o‘qish pulini to‘lay olmagani uchun universitetlardan haydaladi.

Har yili yana o‘n minglab talabalar faqatgina otasining pullari bo‘lgani uchungina o‘qishga kiradi va diplom oladi.

Har yili yuz minglab otalar bolasini o‘qitish uchun qullikka rozi bo‘ladi.

Har yili yana shuncha otalar bolasi uchun pora oladi, davlat sirlaridan ko‘ra hozir azizroq bo‘lgan boyligini talon-taroj qiladi.

Har yili minglab o‘qituvchilar bir tiyinga qimmat ilmiy ishlarni yoqlaydi va shu ilmni talabalarga pullaydi.

Har yili qanchadan-qancha qizlar faqat o‘qish puli uchun o‘zini sotadi.

Har yili minglab onalar bolasini o‘qitish uchun o‘z jigarlarini davolatishdan voz kechadi.

Har yili... har yili shu ahvol yangi bo‘ladi. Yasharadi, tozalanadi va takrorlanadi.

Har yili minglab talabalar o‘qishni tugatadi. Ammo ularning ko‘ksini yorib ko‘rsangiz, faqat ichak borday, uzun ichak... "Yeyman, yeyman, yeyman", — deb qo‘lni tirnab tishlaydigan kattakon ichak va tishlar.

©Javlon Jovliyev "Qo‘rqma" asaridan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍147😢91🔥15