Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️DIQQAT Qo'shni respublikalarda tahsil olayotgan barcha talabalar yozgi ko'chirish davrida test-sinovlarsiz, to'lovlarsiz soddalashtirilgan tartibda O'zbekiston Respublikasiga o'qishga ruxsat etilgani aytilmoqda. *O'zgartirish kiritildi. Ushbu xabar Oliy…
#Munosabat

❗️Xorijdan «perevod» qilish haqidagi xabar soxta bo‘lib chiqdi.

- Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov imzosi tushirilgan xat va undagi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas, yolg‘on.

OTV matbuot xizmati

P.s: Ushbu feyk rasmni tayyorlaganlar javobgarlik tortilishi aytilmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍20😁4👎3
❗️Samarqandda chorvachilikka ixtisoslashgan yangi universitet tashkil etildi

“Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti negizida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil etildi. Universitetda veterinariya, chorvachilik, biotexnologiya, agrotexnologiya, agroiqtisodiyot tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

Universitetda Veterinariya klinikasi va kasalliklar diagnostikasi texnoparki tashkil etilgan. Universitetga sohada 5 yillik stajga ega xodimlar tavsiyanoma asosida o‘qishga tavsiya etilganda, to‘lov-kontrakt miqdori kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍25🤬4👎2
❗️ Taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi toʻlanadi.

🔰Bunda:

➖ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha aynan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada gʻolibiga beriladi;

➖taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari tomonidan gʻoliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍15🔥2
❗️Aytaveramiz, qaytaveramiz...

Yaqindagina kanalimiz orqali Jizzax politexnika institutida talabalari majburiy obunaga jalb qilinayotgani haqida post qoldirgan edik.

Bunga esa institut matbuot xizmati anglashmovchilik bo'lgani haqida raddiya bergan edi.

Bugun talabalardan biri tyurtorlar tomonidan "majburiy-ixtiyoriy" tarzda obunaga 23.000 so'mdan pul yig'ayotgani haqida xabar yo'lladi.

Ma'lumot o'rnida, talabalar obuna bo'layotgan jurnal nomi "Ziyo chashmasi". Jizzax davlat pedagogika instituti tomonidan chiqarilayotgan gazeta ekan))

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬41👍25😁9
❗️O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi tashkil etiladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasini tashkil etish 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov 2021-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Anjumanda Akmal Burhonovning ta’kidlashicha, akademiya faoliyati aholining deyarli barcha soha vakillarini qamrab oladi.

“2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida davlatimiz rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha akademiya tashkil etish vazifa qo‘yildi. Biz hamkor tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda davlat xizmatchilari, tadbirkorlar, oddiy fuqarolar, maktab o‘quvchilari, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, umuman olganda barchani qamrab oladigan, ham onlayn, ham oflayn o‘qitiladigan Korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasini tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bu bo‘yicha ishlar olib borilyapti", — dedi agentlik direktori.

Burhonovning alohida ta’kidlashicha, tadbirda 2021-yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura yo‘nalishida korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorat mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim berilmoqda. Lekin respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislar yetishmayapti.

“Afsuski, bizda bugungi kungacha kompleans nazorat, ya’ni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislar yo‘q. Biz juda qiynalyapmiz. 200 dan ortiq vazirlik va idoralarda, hududiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarini tashkil qilishimiz kerak, lekin mutaxassis yo‘q. Ko‘pchilik korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasida huquqni nazorat qiluvchi idoralarda ishlab kelgan odam o‘tirishi kerak, deb o‘ylaydi. Yo‘q, u yerda sovg‘a siyosati, odob-axloq, xarid masalalari turibdi. Buni kompleks malakaga ega, nafaqat huquqni muhofaza qilish idoralarida ishlagan, balki iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy bilimlari yuqori bo‘lgan xodimlarni olish masalasi turibdi. Bu bo‘yicha ham alohida magistratura yo‘nalishi ochilyapti", — dedi tashkilot rahbari.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁29👍18👎9
❗️35 ta universitetga rektorlarni lavozimga tayinlash yoki ozod etish vakolati berilmoqda

📜 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

➡️ Unga ko‘ra:

✅ ilmiy kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi mazkur kengashni tuzgan, ilmiy tashkilot va ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan olimlardan iborat bo‘lishi sharti bekor qilinmoqda;

✅ faqat davlat ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatini tasdiqlash Vazirlar Mahkamasi vakolatidan chiqarilmoqda;

✅5 xil toifadagi shaxslarning ta’lim tashkilotlarida pedagog (professor-o‘qituvchi) sifatida faoliyat olib borishi taqiqlanmoqda.

📣 Shu va yana bir qator yangiliklar jamlangan hujjat loyihasi muhokamalarida faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz sayti orqali qoldiring.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍28👏6🤔3
❗️Toshkent davlat pedagogika universiteti Xalq ta’limi vazirligi tarkibiga o‘tadi, maktab o‘qituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha respublikadagi tayanch muassasaga aylantiriladi — Prezident

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍23🔥6🤔2
Ibrohim Adham hazratlaridan so‘rashdi:

-Ramazonni qanday barpo qilaylik?
-«Ochiqni yop, yopiqni och.
Tilingni yop, qo‘lingni och.
Baxillikni yop, saxiylikni och.
Dangasalikni yop, g‘ayratni och.
Gʻiybatni yop, husn-i zan (yaxshi gumon)ni och.
Bekorchi ishlarni yop, nafil (ibodat)ni och...»

Xayr to‘la Ramazon...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❤65👍37🔥4
❗️Keyingi oʻquv yilidan maktablarda xorijiy darsliklar paydo bo‘ladi

▪️2022/23-o‘quv yilidan Kembrij nashriyotining ingliz tilidan “Guess what” darsligi 1–6-sinflarga, “Prepare” darsligi 7–11-sinflarga o‘qitiladi.

5–11-sinflarga shu nashriyotning informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha darsligi joriy qilindi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍33👎2😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kontraktni to‘lash uchun talaba qiz jinoyat sodir qildi.

Farmasevtika instituti talabasi bo‘lgan qiz 4 yilga qamaldi. U ikkinchi marta kuchli ta’sir qiluvchi dorilar bilan qo‘lga tushdi. Xo‘sh talaba qiz nima sababdan bunday jinoyatga ikkinchi marta qo‘l urdi.

Kontrakt puli esa 158 million so‘m. Talaba qiz o‘qish orzusi sabab jinoyatga qo‘l urganini aytmoqda. Afsus endi umrining 4 yili qamoqda o‘tadi.

PS: Uning yaqin kunlarda to‘yi ham bo‘lishi kerak edi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😢67😱27👍16
​​​❗️ O‘zbekiston milliy universiteti O‘zbekiston OTMlari ichida birinchi bo‘lib, QS by Subject Rankings xalqaro reytingidan o‘rin oldi

Bugun, 6 aprel kuni Quacquarelli Symonds xalqaro reyting kompaniyasi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini e’lon qildi.

Unga asosan O‘zMU QS by Subject Rankings da “Matematika” sohasida erishgan natijalari ko‘ra dunyoning kuchli 500 talik universitetlar qatoridan 451-500 o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, QS World University Rankings – fanlar bo‘yicha har yili bo‘lajak talabalarga ma’lum bir fan bo‘yicha yetakchi universitetlarni aniqlashga yordam berish uchun tuziladi. 2022 yil uchun e’lon qilingan reyting ko‘rsatkichlari 51 ta fan yo‘nalishlarini qamrab olgan bo‘lib, ular

🔹 San’at va gumanitar fanlar;
🔹 Muhandislik va texnologiya;
🔹 Hayot fanlari va tibbiyot;
🔹 Aniq fanlar;
🔹 Ijtimoiy fanlar va boshqaruv kabi yirik fan guruhlariga umumlashtirilgan.

Mazkur reyting ko‘rsatkichlari OTMlarning akademik va ish beruvchilar o‘rtasidagi nufuzi hamda tadqiqotlar samaradorligi ko‘rsatkichlari asosida shakllantiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍42👏8👎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Saharlik va iftorlikdagi duolarning o'zbekchasini o'qisa ham bo'ladimi?

Yaqinlaringizga ulashing...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍28❤6🔥1
#diqqat

❗️O'zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida sirtqi bo'limda tahsil olayotgan talaba firibgarlik bilan shug'ullanayotgani haqida asoslar kelib tushdi!

Bugun kanalimizda ko'proq shu haqida gaplashamiz.

Soat 11:20 dan boshlab batafsil o'qib borishingiz mumkin!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍23👎3😱1
#ogoh_boling

❗️O'zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida sirtqi bo'limda o'qiyotgan talaba firibgarlik bilan shug'ullanayotgani haqida asoslar kelib tushdi!

Amirov Bobur Ikromovich degan talaba ro'za kunlari "odamlarga yaxshilik qilish" vajida firibgarlikka yo'l qo'ymoqda.

"Onlayn" (hozirgi nomi DONA PARFUM) nomi ostida guruh ochib, unda parfyumeriya mahsulotlarini arzon narxlarda "sotayotgan" ekan.

Qiziq tomoni, buyurtma qilingan mahsulotlar 1 oy ichida yetib borarmish, hech qanday oldindan to'lov yo'qligini aytib o'z guruhiga 140 mingdan ziyod odamlarni yig'gan.

Eng yomoni, 70 ga yaqin sodda qizlarning ishonchiga kirib ularning har biridan 110.000 so'mdan pul olib chiqqan va boshqa odamlarning ishonchiga kirish uchun qopqonga tushgan qizlarni o'z guruhiga admin qilgan.

O'zidan sahiy odam yasab olgan bu shaxs, odamlarni ishonchiga kirish uchun 2-3 nafar odamlarning plastigiga chindan ham 20-30 ming so'mdan pul tashlab bergan. Lekin, guruhiga ro'zador odamlarga hayriya qiling deb o'z plastigini ham qoldirgan) Mantiqni qarang-a... Odamlar 2-3 nafar ro'zadorlarga pul tashlab berganidan hursand bo'lib, bu firibgarni yuksaklarga ko'tarmoqda.

O'zini hozirgi vaqtda Rossiya davlatida va ismini Davron deb tanishtirgan talaba Bobur Ikromovich o'zini millioner qilib ko'rsatib, video chatda har bir qizga 5 mlndan oylik chiqarayotganini, 70 ta qizniki 35 mln bo'lishini maqtanib aytib o'tib ketadi.

Bechora sodda xalqmiz esa bunga ishonib, bu firibgarni yuksaklarga ko'tarmoqda.

Gapirgan gaplarini bir eshitib ko'rsangiz, bir kulgungiz bir yig'lagingiz keladi...

Bu firibgar, bechora qizlarni aldab 110.000 dan pulini sinov muddat uchun deb oladi. Sinov muddatidan keyin "bo'ldi sizga oylik chiqadi 5.000.000 so'm" deydi va oy oxiriga kelganda turli bahonalar bilan ishdan bo'shatib yuboradi.

Firibgar haqida to'liq ma'lumot: https://t.me/firibgarhaqida/2

Davomi bor...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍50🤬20😱9
❗️Qizlarni ishga taklif qilish jarayoni huddi shunday kechadi! Aldanib qolmanglar...

Qolganlarniyam ogohlantiring!!!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁55🤬31👍15
Hikoyamiz qahramoni Amirov Bobur Ikromovich O'zMU ga perevod asosida qabul qilingan.

Bu yo'ldan qaytishini aytib ogohlantirilgan. Lekin "qo'lingdan hech narsa" kelmaydi degandek o'z ishini davom ettirmoqda.

2-rasmda esa aldangan qizlarning guruhi. 1 oydan beri ishlayotgan qizlar haligacha umidini uzgani yo'q.

Jabrlangan qizlardan 3 nafari bu yigitga chora ko'rilishini talab qilmoqda.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda ichki ishlar hodimlari bu holatni nazorat ostiga olishlarini so'rab qolamiz!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍37🤬36😁14
Iftorlik vaqti yaqinlashgan sari koʻchalarda, metro-yu avtobuslarda suv, xurmo va boshqa yegulik tarqatishyotganini koʻrib insonni dili yayraydi.

Alloh ulardan rozi boʻlsin 😊

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍196❤55🔥12
❗️ Qonunchilikka koʻra, abituriyent OTM bakalavriatiga kirishda chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri boʻyicha test sinovi topshiradi.

❗️Shuningdek, abituriyent oʻqigan chet tilidan qatʼi nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi ham mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍25🤬12👎7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
RAMAZON OYINING BIRINCHI JUMASI MUBORAK BO'LSIN, BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍17❤5🔥2