Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

❗️Talabalar akademik ta`tilni sirtqi va kechki ta'lim shakliga o'zgartirishi mumkin — A.Mamanazarov

❔Bu yengillik qaysi toifadagi talabalarga nisbatan qo'llaniladi?

❔Kimga murojaat qilish kerak?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍30😁6😱2
#biroz_tabassum

3 oydan buyon "Ingliz tilini 10 kunda oʻrganish" degan kitobni oʻqiyapman. :)

Sizchi?

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁366👍31🤬12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️​​Bugun 25-may, barcha maktab o‘qituvchilari o‘quvchilardan 3 oyga qutiladigan kun...😉

O'qishni bitirganingizga qancha vaqt bo'ldi?
Maktab davrlarini sog'indingizmi?

💬Keling bugun shu haqida guruhda suhbat quramiz

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁63😢36👍25
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Lirik chekinish😄

Ushbu post tagiga vinetka uchun tushgan rasmingizni tashlang😉

Kim qanchalik o'zgargan, vinetkada nechanchi o'rinda turibsiz? Hijolat bo'lmay tashlayvering😁

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍44👎4🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Batafsil

❓ Kontrakt uchun to‘lagan mablag‘ingizning 12% ni qonuniy yo‘l bilan olishingiz mumkinligi haqida bilasizmi?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍39❤4👎2
❗️ Bitiruvchilardan 3 tomonlama shartnoma so‘rash mumkin emas — Senat

▪️Bitiruvchini ishga joylashdagi bunday soxta an’ana mamlakat rivojiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Shuning uchun Senat Oliy ta’lim vazirligiga asoslantirilgan tushuntirish xati berish talabi bilan so‘rov yuborgan, holatni nazoratga olgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ‌‌
👍56🤔5
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❤17👍16
#savol

​​Men bakalavriatda davlat granti asosida tahsil oldim. Endilikda magistraturani chet elda davom ettirmoqchiman. Bunday holda menga bakalavr diplomining asl nusxasi beriladimi? Magistrlik darajasini olib kelganimdan so‘ng ham 3 yil ishlab berishim kerakmi? Agar xuddi shu tartibda O‘zbekistonda magistraturada o‘qisam, tartibi qanday bo‘ladi?

✅ JAVOB: Amaldagi tartibga ko‘ra, barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistrlari majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga taqsimlanadi.

Oliy ta’lim muassasalarini davlat grantlari asosida bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan taqdirda, kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan so‘ng amalga oshiriladi


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ‌‌
👍68👎8❤1
❗️Jizzaxda fuqaro o‘qishini Toshkentdagi universitetga ko‘chirib berishni va’da qilib, undan 2500 dollar olgan shaxs ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax davlat pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i B.I. fuqaro V.ning Toshkent shahridagi “Y.T.” universitetining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishidagi o‘qishini tanishlari yordamida institutning ushbu yo‘nalishdagi fakultetiga ko‘chirib berish evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq ham aynan ushbu institutda korrupsiya holati yuz bergan edi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ‌‌
👍33😱25🤬12
❗️Feyk

Prezident tomonidan 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga sovg‘a sifatida barcha bolalarga 200 ming so‘mdan tarqatilishiga oid xabarlar rad etildi.

Har xil havolalarni ustidan bosib, bor pulingizdan ayrilib qolmang❗️

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ‌‌
👍26😁9😱2
#tibbiy_profilaktik_aksiya

🔸1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Inson qadri uchun!” shiori ostida tibbiy profilaktik ko‘riklar aksiyasi o‘tkaziladi.

☝️2022-yil 31-may kuni Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumani, Talabalar shaharchasida joylashgan ko‘p tarmoqli markaziy talabalar poliklinikasi hududida sayyor tekin tibbiy ko‘rik va sog'lomlashtirish aksiyasi tashkil etilm

⚡️Aholi salomatligini asrash, bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik tekin tibbiy ko‘rikka tajribali stomatolog, lor, ortoped, pediatr, terapevt, jarroh, okulist, psixiatr, nevrolog, kardiolog, dermatolog, allergolog, ginekolog, urolog, nevropotolog, endokrinolog, onkologlar jalb etiladi.

Aksiyaga 09:00 dan 14:00 ga qadar tashrif buyurib, bepul ko'rikdan o'tishingiz mumkin. Biz sizning sog'ligingiz uchun ham qayg'uramiz!
👉 Manzil lokatsiyasi
👍20👏5
Fanlar_majmuasi-2022.pdf
9.4 MB
❗️DTM: Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍21❤5
❗️ Imtihonda telefon yoki shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyentlar birdaniga 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin.

DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar ko‘rish yo‘llari ustida ishlamoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍108🤬23😱11
Bayram muborak boʻlsin 😁.

Do'stlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❤27👍18🎉17
❗️"So'kmanglar men oshirganim yo'q"

Bugundan buxanka non narxi 2800 so'm bo'ldi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬248😁47👎44
❗️ Farmatsevtika teхnik universitetining faoliyati tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 17.05.2022 yildagi “Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika teхnik universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 263-son qarori qabul qilindi.

Prezidentning “Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida" 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4574-son qarori bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish nazarda tutilgan.

Klaster oʻz ichiga oʻz infratuzilmasiga ega boʻlib, unga ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar, oʻquv-ilmiy laboratoriyalari va vivariylar, farmakopeya markazi, mehmonхonaga ega simpoziumlar markazi, talabalar, oʻqituvchilar va chet ellik хodimlar uchun turar joy, sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, suv havzasi va stadion kiritilgan Farmatsevtika teхnik universitetini tashkil etishni oladi.

Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

➖ dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida хalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash;
➖ farmatsevtika tarmogʻida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan innovatsion va samarali ta’lim dasturlari va oʻqitish shakllarini joriy etish;
➖ ta’lim va fanning uzluksizligi va uzviyligi, shuningdek, ularning jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashuvi hisobiga mutaхassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
➖ farmatsevtika ta’limi, fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.

Klasterning oʻquv qismini yaratish boʻyicha loyihani moliyalashtirish uchun Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamgʻarmasi (EDCF) Oʻzbekistonga 40 yil muddatga 10 yillik imtiyozli davr bilan $83,7 mln miqdorida kredit taqdim etdi.

Universitetda ta’lim jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi hamda bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga qabul qilish shartlari, ta’lim olish shakli va ta’lim tili hamkor universitetlar bilan kelishgan holda aniqlanadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.05.2022 yildan kuchga kirdi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ‌‌
👍32👏3👎2
❗️Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi

2022/2023 o‘quv yili uchun texnikumlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish 2022 yil 1 avgustdan 20 avgustga qadar (20 avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (texnikum.dtm.uz) orqali amalga oshiriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ‌‌
👍28👎5❤3
❗️Hukumat qarori bilan “IT-Park University” tashkil etiladi:

➖ Universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi axborot texnologiyalari sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi;

➖ Universitetda ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

➖ Universitetda ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi;

➖ Universitetda o‘qitish axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofaviy ta’lim shaklida olib boriladi, shuningdek, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq boshqa ta’lim shakllarida ham amalga oshirilishi mumkin;

➖ bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitet tomonidan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ‌‌
👍54👎11👏7