Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Talabalar huquqi: talabalik davri mehnat stajiga kiradimi?

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunning 37-moddacida ish stajiga qoʻshib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari sanab oʻtilgan.

Mazkur qonunning “e” bandiga koʻra, oliy taʼlim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish, shu jumladan, chet elda oʻqish umumiy ish staji kamida 7 yil boʻlgan taqdirda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi. Yaʼni yoshga doir pensiya olish huquqiga ( erkaklar uchun – 60, ayollar uchun – 55 yosh) qadar kamida 7 yil ish stajiga ega boʻlsangiz, shundagina oliy taʼlim muassasalarida oʻqigan davringiz ish stajiga qoʻshib hisoblanadi. Nogiron boʻlib qolgan shaxslar stajiga esa koʻrsatib oʻtilgan staj muddatidan qatʼi nazar qoʻshiladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13👏2
❗️Nodavlat taʼlim tashkilotlari bir martalik subsidiya olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin

Subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:
- bino va oʻquv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, oʻqitishning texnik vositalari va boshqa najomlar bilan jihozlashga;
- zarur darsliklar, oʻquv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslarihamda vositalari bilan taʼminlash, taʼlim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq toʻlashga.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍9😍1
Sharqiy Turkiston islom jumhuriyatining 1-Prezidenti va marshali kim bo'lgan?
Anonymous Quiz
27%
A. Sog'uniy
50%
Sh. Rashidov
23%
A. Avloniy
👍16🔥3💯3
❗️Sirtqi ta'lim shakli uchun kamida 5 yillik staj talab etiladi

Pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Ushbu tartib 2023/2024 o'quv yilidan amal qiladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍9👎4😍1
❗️Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga litsenziya taqdim etildi

2022-yilning 28-dekabr kuni Ta’lim inspeksiyasi tomonidan Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga litsenziya berildi.

Bakalavr:
- Matematika va informatika
- Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
- Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

Magistratura:
- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
- Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha)
- Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
- Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Ta‘lim shakli: kunduzgi, kechki va sirtqi

Qabul jarayonlari 20-yanvarga qadar davom etadi.

Murojaat uchun: +998912459577

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7
❗️Germaniyalik yozuvchi, nobel mukofoti sohibi Gyunter Grass shunday hikoya qiladi:

“...Avvaliga, koʻplab kitob oʻqidim. Oʻqish uslubim ham oʻziga xos — koʻrsatkich barmoqlarimni quloqlarimga tiqib oʻqirdim. Buning sababi shu ediki, men singlim bilan ikki xonalik xonadonda oʻsganman; alohida xona bir yoqda tursin, alohida burchagimiz ham yoʻq edi. Endi bilsam, mana shunaqa tiqilinch holat, qiyin sharoit bir hisobda yaxshi boʻlgan — men atrofdagilarga, shovqin-suronga eʼtibor qilmay, fikrimni bir narsaga jam qilishni ancha erta oʻrgangan ekanman.

Qopqoq tagiga berkitilgan pishloq singari men kitobga, unda tasvirlangan dunyoga gʻarq boʻlib ketardim. Hazil-mutoyibaga moyil onam kitob oʻqiyotganimda dunyodan uzilib qolishimni qoʻshni ayolga koʻrsatish uchun kitobim yonida turgan va men goh-goh tishlab oʻtirgan buterbrodni bir boʻlak sovun (“Palmoliv” boʻlsa kerak) bilan almashtirib qoʻygan. Men buni sezmaganman va buterbrod yeyish vaqti kelganda, sovun tishlab olib, kitob voqealaridan qutulmaguncha chaynayverganman... ”


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍34🤣5👏4
❗️Yozishlaricha, ertaga, 11 yanvardan Andijon viloyatidagi oliy o‘quv yurtlari, texnikumlar hamda maktablarda o‘qishlar boshlanadi.

Ma'lumot to'ldirilmoqda... Tez orada batafsil ma'lumot beramiz.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬47🤣10👎8
❗️ Ijtimoy tarmoqlarda barcha OTMlarda ertandan o'qish boshlanishi haqida gap so'zlar yuribdi... ISHONMANG!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hali aqlini yeb qo'ygani yo'q. Ulardayam oliy ma'lumotlilar ishlashadi.

Agar haqiqat bo'lgandayam, taxminimizcha o'qishlar yana oldingidek, masofaviy ta'limga o'tkaziladi. Yana ko'zbo'yamachilik eee uzr, sifatli ta'lim boshlanishi mumkin. Har xil vahimalarga ishonib, ko'chaga chiqib qo'ymang!!!

Vazirlikdagilar uyg'onsa rasmiy axborot berishadi...

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣46👍22🤬4
❗️Mabodo ushbu xabar haqiqatga aylanib qolsa, katta o'zgarishlar bo'lib ketadi!

Ishqilib feyk xabar bo'lib chiqsinda. Yotoqxonadan talabalarni chiqarib yuborgancha rossa ssenariy bo'yicha ishlashdi. Bechora talabalar hayotini xavf ostiga qo'yib, uylariga qaytishdi!

Endi bunaqa axmoqgarchilik kerakmas!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬61👍7🤣4
#kino_boshlandi

❗️ Tezkor xabar: O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filialida o'quv jarayoni 11.01.2023 yildan boshlanadi.

Unga ko'ra:

✅ 1-2-bosqich talabalar tasdiqlangan jadval asosida yakuniy nazorat jarayonlarida ishtirok etadilar.

✅ 3-4-bosqich talabalar uchun 11.01.2023 yildan belgilangan jadval asosida o'quv dars mashg'ulotlari boshlanadi.

✅ Respublikamizning olis hududlaridan kelib o'qiyotgan talabalarga temir yo'l transport vositalaridan foydalanishlarini tavsiya etib qolamiz
.

✅ Filialning talabalar turar joyida barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬58👍7👎5
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Yozishlaricha, ertaga, 11 yanvardan Andijon viloyatidagi oliy o‘quv yurtlari, texnikumlar hamda maktablarda o‘qishlar boshlanadi. Ma'lumot to'ldirilmoqda... Tez orada batafsil ma'lumot beramiz. 🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇 https://telegram.me/joinchat/AA…
Yuqoridagi xabarimiz haqiqatga aylandi!

Andijonda 11-yanvardan darslar boshlanishi bo'yicha viloyat hokimligi ishora qoldirgan.

Ishlam kallamay qoldi, nimalar bo'lyapti? Talabalarni hayoti o'yinchoq bo'lib qoldi. Istalgan odam istalgan tarafga tortib ketyapti. Ertaga 2-3 kundan keyin yana orqaga qaytaring talabalarni.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬67🤣13👎9
❗️Xorazm viloyatidagi OTMlarda ham ertandan dars boshlanishi mumkin

Shu jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida darslar boshlanishi to'g'risida ishonchli manbalardan xabarlar kelib tushmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬53👍5👎4
❗️Rasmiy xabar

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida darslar 11-yanvardan boshlanadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬41👍7👎2
❗️Xorazm viloyati umumta'lim maktablarida 11-yanvar kunidan an'anaviy tarzda o'qish boshlanadi.

Bu feyk xabar emas! Xorazm xalq ta'lim bo'liming rasmiy kanalida ko'rsatib o'tib ketilgan.

Maktab o'quvchilari shu sovuqda darsga borishsa, demak Xorazmda o'qiyotgan talabalar ham darslarga borishadi!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎30👍11🤬9
#rasman

Obunchalarimiz yolg'on xabar deb biz bilan tortishayotgandi)

Mana sizlarga rasmiy xabar! Andijonda rasman ertandan darslar boshlanadi!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬39👍12👎3
#rasman

2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.

Ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida har bir taʼlim muassasasida kecha-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat “Shtab” tashkil etiladi. Anomal sovuq boʻlishi kutilayotgan 10–18-yanvar kunlarida barcha taʼlim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlar oʻtkazish taʼqiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi taʼminlanadi.

Taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-oʻquvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini taʼminlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladilar. Oʻquv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari toʻla inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi.

Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi.

Alohida taʼkidlaymizki, 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.

Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.

P.s: Aytaveramiz, qaytaveramiz)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎68🤬38👍18
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistonda ta’limga oid qarorlar taxminan mana shu videodagidek tartibda qabul qilinsa kerak:

“Misha, chuchvara otmen”

©Xushnudbek Xudoyberdiyev

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣46👍13🤬5
❗️Oʻzbekistonda 2023-yildan 14 ta pedagogik yoʻnalish sirtqi taʼlim shakliga qabul boʻlmaydi

Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024 oʻquv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining ilovada koʻrsatilgan 14 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍24🤨14🤬8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ob-havo ma'lumoti

Oʻzbekiston hududi boʻylab bulutlilik va ular bilan bogʻliq nam havo massalarining harakatlanish yoʻnalishi ehtimoli.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍9🐳3
❗️Ta’tilni uzaytirish vakolati hokimlarga berildi

Endi 14 ta hudud rahbarlari bog‘chalar, martablar, professional ta’lim muassasalari va oligohlardagi ta’tilni o‘zaytirish yoki yzaytirmaslik havo sharoitidan kelib chiqqan holda mustaqil hal qiladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎49🤬22🤣10