Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Bugun havo harorati qanday bo'ladi?

Toshkent shahrida 12 yanvar erta tong harorat minimumi -19 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Sovuq arktik antisiklon markazi Orol dengizidan o‘tmoqda. Respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘larda qor yog‘ishi mumkin.

12 yanvar erta tong sovuq antisiklonning mintaqadan o‘tish fonida respublikaning katta qismida juda ham past haroratlar bo‘lishi kutilmoqda.

Xususan, O'zgidromet tomonidan Qoraqalpog‘istonda -25 daraja; Ustyurtda -30 daraja,

Xorazmda -23 daraja, Buxoro va Navoiyda -20 daraja, cho‘llarida -30 daraja;

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida -20 daraja;

Qashqadaryo va Surxondaryoda -13 -15 daraja;

Farg‘ona vodiy viloyatlarida -13 darajagacha sovuq harorat bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Poytaxt Toshkentda ham harorat -17 -19 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍15
🔥Toshkent shahridagi "PERFECT UNIVERSITY"da 2022-2023 o'quv yili uchun navbatdagi QABUL JARAYONLARI BOSHLANDI

Ta'lim tili:
UZBEK va RUS

🎓 IQTISODIYOT
🎓 DASTURIY INJINIRING
🎓 PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA
🎓 BOSHLANG'ICH TA'LIM
🎓 TURIZM
🎓 TARIX

❕Taʼlim jarayonlari eng qulay sharoitlarda, zamonaviy metodlar asosida kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda olib boriladi.

☝️Xorijiy, davlat va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirish imkoniyati mavjud. Eng asosiysi, to’plagan DTM ballaringiz bilan ham talaba bo’lishingiz mumkin!

ONLINE HUJJAT TOPSHIRISH:

👉 Abituriyentlar uchun:
qabul.perfectuniversity.uz
👉 O’qishni ko’chirish uchun: transfer.perfectuniversity.uz
👉 DTM ballari bo’yicha kirish: dtm.perfectuniversity.uz

☎️ 55-500-02-50 | @perfect_call_center

📍Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi, 220-uy

Universitetning telegram kanali: https://t.me/perfect_university
👍5
❗️Mana buni qonun ishlayapti, desa bo'ladi!

Xitoy davlat xavfsizligi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish inspeksiyasining sobiq rahbari Lyu Yanping taxminan 34,6 mln dollarlik pora olgani uchun oʻlim jazosiga hukm qilinibdi.

Sud hukmiga koʻra, mahkumga ikki yil muddat beriladi, agar bu muddat davomida oʻzini yaxshi tutsa, oʻlim jazosi umrbod qamoq jazosi bilan almashtiriladi. Bunda qamoq muddati qisqartirilmaydi, afv etilmaydi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍47😢18👏4
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Bunisiga nima deysiz? Guliston davlat universiteti mas'ullari bugun 11:07 dan talabalarni o'qishga chaqirib ogohlantiribdi😂😂 Insof, vijdon o'lib ketyapti. Bugun ulgurmay kelolmagan talabalar NB si uchun qanchadan pul to'lab qayta o'qiydi? Bu talabalar…
❗️Guliston davlat universiteti ochiqchasiga talabalarni ustidan kulmoqda

GulDu mas'ullarining bu qilig'i hammasidan oshib tushdi. Kecha hammani darsga chaqirgan edi, bugun ertalabdan yana orqaga qaytarib yuborishdi.
Ta'limniyam kiradigan joyiga kirgizib tashlashdi.

Talabalardan biri shunday yozadi:
"Sirtqi yoʻnalishdagilarga kuni kecha 11.01.2023 sanasida anʼanaviy tarzda oʻqish boshlanishini aytishgandi, shuning uchun bugun ertalab 8:30 dagi darsga yetib borish uchun ertalab 5dan oʻz uyim Jizzaxdan Sirdaryo viloyatiga yoʻlga chiqqandim, Sirtqi boʻlim binosiga yetib borsam dars 16 dan boshlanadi deb meni chiqarvorishdi, GulDU sirtqi boʻlim telegram kanaliga qarasam, 07:42 da darslar 16-yanvardan boshlanishi haqida xabar tashlanibdi, shu adolatdanmi, koʻpchilik yoʻlga chiqqan koʻpchilik yetib borgan ham edi, endi esa jimgina 16dan deyishyabdi, xoʻp shuni ertaroq eʼlon qilsa boʻlmasmidi, Buxorolik, Samarqandlik kursdoshlarim ham yoʻlda edi, nima endi ular ham qaytib ketishadimi, agar kvartirada qolishsa kvartiralarda hozir gaz yoʻq ekan, sovuqdan oʻlmaslik uchun yana qaytib ketishadi.

Nima Oʻzbekistonda talabalar sarson boʻlishi kerakmi, yoki biz odammasmizmi?"


Uyalinglare, sizlar ham odammisizlar? Yaramaslar!!!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬112👍13🤣4
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Guliston davlat universiteti ochiqchasiga talabalarni ustidan kulmoqda GulDu mas'ullarining bu qilig'i hammasidan oshib tushdi. Kecha hammani darsga chaqirgan edi, bugun ertalabdan yana orqaga qaytarib yuborishdi. Ta'limniyam kiradigan joyiga kirgizib…
Rahbarning o'g'li: - Dada kursdoshlarimni sog'indim, ularni ko'rgim kelyapti.

Rahbar: - Bo'ldida o'g'iltoy, "11-yanvardan barcha talabalar darsga qaytarilsin!"

Rahbarning o'g'li: - Dada, uyda o'tirgim kelyapti. Ko'cha anomal sovuq ekan.

Rahbar:- Bo'ldida o'g'iltoy, ertaga ertalabdan yana talabalarni orqaga qaytaramiz. Uzr so'rab qo'yamiz tomom.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣158🤬23👍9
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Guliston davlat universiteti ochiqchasiga talabalarni ustidan kulmoqda GulDu mas'ullarining bu qilig'i hammasidan oshib tushdi. Kecha hammani darsga chaqirgan edi, bugun ertalabdan yana orqaga qaytarib yuborishdi. Ta'limniyam kiradigan joyiga kirgizib…
GulDu matbuot xizmati uxlab yotibdi. Yoki bo'lmasam talabalarni ustidan miriqib kulib o'tiribdi. "Battar bo'linglar, silarga bular ham kam" deb issiq choy ustida.

Avval o'ylab keyin qaror chiqarmaysilarmi, shuncha talabani qarg'ishiga qolmasdan? Darsga kelmay qolsa, bostirib NB bosishdan nariga o'tmaysizlar. Mabodo shu talabalardan biriga Xudo ko'rsatmasin biror korhol bo'lib qolsa, javobi og'ir bo'ladi!!!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬39👍15🤣9
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Guliston davlat universiteti ochiqchasiga talabalarni ustidan kulmoqda GulDu mas'ullarining bu qilig'i hammasidan oshib tushdi. Kecha hammani darsga chaqirgan edi, bugun ertalabdan yana orqaga qaytarib yuborishdi. Ta'limniyam kiradigan joyiga kirgizib…
❗️Guliston davlat universitetining sirtqi bo'lim uchun ochilgan kanali FEYK bo'lib chiqdi.😂

Bu haqida GulDuning rasmiy kanalida chiqaribdi. Shuncha talaba nima qilayapti bo'lmasam u kanalda?

Sirtqi bo'lim boshlig'i Latipov Murotali Abdumannobovich yuborgan xabar kanalda nima qilyapti?

Demak, bu kanalni feyk deb osonlik bilan qutilmoqchimisiz? Sharmanda bo'lmaylik deb yolg'on gapirish kerakmas edi!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣34👍23🤬9
❗️Yo'l kira sarflab, zarar qilib Gulistonga kelgan GulDu talabalari diqqatiga!

Matbuot xizmati @s_bobir ga yozsanglar barcha xarajatlar qoplab beriladigan bo'ldi!

Qo'rqmanglar, ochiqchasiga aytinglar!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣81👍18❤‍🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil

Yigit va qiz suhbatidan.

Qiz:
- Bayramizga nima sovg'a qilay?
Yigit:
- Bayramda nima sovg'a qilishingni qizig'i yo'q. Muhimi uni ko'rganda "WOOOW iPhone 14 Pro" deb yuboray 🙊🙈

Kimga yuborishni bilasiza? 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣143🔥8👍6
❗️E'lon

Ashurova Malika Olimjon qiziga tegishli chetga chiqish (qizil) passporti taxminan Beruniy metrosi tarafda tushirib qoldirilgan.

Yaqin kunlarda Koreyaga o'qishga ketishi kerak edi. Kimda kim topib olgan bo'lsa ushbu telefon raqamlariga murojaat qiling, iltimos!

Tarqatvoringlar!

+998900971767
+998901858590
+998974012610
+998777777287

Suyunchisi bor!
👍27😢16🐳2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14 - yanvar Vatan himoyachilari kuni!

Bugungi bayram bilan barcha yigitlarimizni va Vatan oldidagi xizmat burchini o'tayotgan askarlarimizni (qiz va yigit) chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Kecha-yu kunduz tinchligimiz uchun jon kuydirib xizmat qilayotgan Vatan himoyachilarimizning umri uzoq bo'lsin✊ Rahmat sizlarga. Bayram muborak...

Armiyaga bormaganlar borib kelsin😉

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍21⚡2🏆1
Audio
❗️Talaba.uz telegram kanali obunachisidan tabrik

14 -yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan Mard va Jasur yigitlarimiz, hamda ularni dunyoga keltirgan onajonlarimizni, ta'lim tarbiya berib Vatan uchun yetuk shaxs sifatida tarbiyalab kelayotgan ustozlarimizga minnatdorchilik bildirgan holda Bayram Muborakbod bo'lsin deb qolaman!

Hurmat bilan Mohinur Mirzaevna!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13👏2
❗️Ibrat Safodan mantiqiy post

Kapitalizmda “trickle-down economy” iborasiga juda qattiq tayanishadi. Maʼnosi - “pastga tomchilash iqtisodi”. Yaʼni boylarni qanchalar koʻp ragʻbatlantirsang va ular qanchalar koʻp boyisa, ularning boyligi pastga tomchilaydi va boshqalarni ham boqadi. Oson boʻlishi uchun tasavvur qiling - boy odam issiq suvda vanna olyapti, uning vannasida suv toshsa, pastdagilar ham issiq suvdan bahramand boʻla oladi.

Lekin, bu odamzotning tub xarakterini hisobga olmagan juda sodda qarash ekanini Gʻarbdagilar endi tushunib yetyaptilar. Boylarga koʻp issiq suv berilsa, ular hamma issiq suv oʻzida qolishi uchun yanayam kattaroq vanna sotib olishar ekan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍16🔥2🤣2
❗️Toshkent viloyatidagi maktablardan birida...

Obunachimiz joʻnatibdi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍23😱12😢6
❗️Mer hayvonlar

2020-yilda AQSHning Kolorado shtati, Jorjtaun shahrida mer saylovida Parker ismli it gʻolib boʻlgan. Bu hazil emas. New York Post nashrining yozishicha, kuchuk inauguratsiyasiga tumonat odam tashrif buyurgan ekan.

Umuman, bunday holat dunyoda, ayniqsa AQSHda koʻp uchrab turadi. Masalan, 2014-yilda Kormorantda Dyuk laqabli it mer saylovida bir emas, ikki emas, naq qatorasiga toʻrt marta gʻolib boʻlgan. 2018-yilga kelibgina u sogʻliqdagi muammolar tufayli bu lavozimni tark etishga majbur boʻlgan (oʻsha yilning oʻzida u oʻlib qolgan).

Bundan tashqari, AQSHda turli yillar turli shtatlarda mushuklar, echkilar, eshaklar ham mer boʻlgani haqida koʻplab maʼlumotlar mavjud.

Shunga biz ham, chet el tajribasidan kelib chiqib, biror tuman yo shaharga kuchukni hokim qilib saylab koʻrishimiz kerak. Xoʻsh, unda nima oʻzgarish boʻlishi mumkin? Menimcha, ish hozirgi holat qanday boʻlsa, shunday ketaveradi. Bu qiziq tajriba, aslida. Aynan shu ish orqali biz bugungi hokimlarning ishiga baho bera olardik, rahbariyat ham, aslida, hech narsa oʻzgarmayotganini oʻz koʻzlari bilan koʻrishardi va balki ishlash prinsiplarini qaytadan koʻrib chiqishardi.

Zato, bu tajriba orqali byudjet pullari ancha tejaladi. Ayshu-ishrat, talon-toroj va nepotizm boʻlmaydi. Kuchukka ertalab bitta suyak tashlab qoʻyiladi, shuni kechgacha gʻajib yotaveradi. Dushmanlar kelsa, hech boʻlmasa vovullab beradi.

Nima deysizlar shu taklifga? (bu savol javob berish uchunmas, oʻrindan turib gulduros qarsaklar chalish uchun berildi)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍43👏24🤣6
❗️Magistraturaga kirmoqchi boʻlganlar uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratildi

Davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichiga arizasi rad etilgan talabgorlar uchun arizalarini tahrirlash imkoniyati berilmoqda.

Oʻzbekistonda 2022/2023-oʻquv yili uchun magistratura qishki qabuli uchun roʻyxatdan oʻtgan, lekin arizasi qabul qilinmagan talabgorlar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratildi. Bu haqda Taʼlim nazorati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichiga arizasi rad etilgan talabgorlar 15-yanvar soat 23.59 ga qadar arizalarini tahrirlash imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Eslatib oʻtamiz, tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin edi. Tanlov natijalari bakalavriat diplomining oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, istisno tariqasida faqat ushbu 2022/2023-oʻquv yili magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilgan.
Jamiyat

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍23👎9
Hozir Yevropada gullayotgan meditsinaga musulmon olimlari asos solgan desak mubolag'a bo'lmaydi.

Buyuk jarroh (xirurg) Abul Qasim
Zahraviy, Ibn Sino, ibn Al Nafis, al Razi
kabilar Yevropaning o'zida unutilgan qadimgi lotin va grek manbalarini o'rganib, undagi tibbiyot ilmlarini rivojlantirib, murakkab jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirayotgan bir paytda Yevropaliklar kasal bo'lganlarida o't-o'lanlar chaynab yurardilar.

Endi esa Yevropa meditsinani rivojlantirib, o'zlaridagi hayot davomiyligini ancha yuqoriga ko'targan bir paytda musulmonlar o't - o'lan yeb, tutun hidlab, shuni "islomiy tibbiyot" deb yuribdilar!

Alloh taolo ahvolimizni isloh qilsin!

© Mahmud Usmon

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍38🍌3👏1