Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Talaba ham odammi?

"Assalomu alaykum Muxbir aka yaxshimisiz? Talabalar muammolarini ko'rsatib borishiz va u muammolar tez orada yechilishidan xursandman.

Shu orada talabalarga ham bir nazar solishni iloji bormi? O'zim Toshkentdan emasman, o'qishga yaqinda kelib, bugun Alisher Navoiy kutubxonasiga birinchi marta kirdim. Tashqaridan ko'rinishi haybatli va go'zal, ammo ichidagi tartibsizlik va o'qib, dars qilmoqchi bo'lganlarga qiyinchilik va cheklovlar bir talay.

Qo'shimcha klublar (til, fanlar bo'yicha) yo'q, yo'qotilgan narsalarga ma'muriyat javob bermaydi va talabalar buyum, kiyimlari garderobda xor bo'lib yotibdi."

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬15😢13👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪 Germaniyada Work and Travel 2023 (Ferienjob) dasturi!

📑 "BYD AGENCY" tashkiloti Work and Travel uchun sizga mos taklif. Bu yozni Germaniyadagi eng yangi tajribalar bilan boyiting😇

Sohalar:
➖Xizmat kórsatish
➖Logistika
➖Tozalash ishlari
➖Chakana savdo
➖Mehmonxona va restoran

Talablar:
🔹Talaba bo'lishi:
➖Bakalavr 1-, 2-, 3-kurslar
➖Magistratura 1-kurs
🔹18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lishi
🔹Ingliz yoki nemis tilida boshlang'ich bilimga ega bo'lishi (majburiy emas)
🔹Quyidagi hujjatlari mavjud bo'lganlar:
➖pasport
➖Talaba guvohnomasi
➖qizil pasport

Vizadan rad javobi kelgan taqdirda firma to'lovi 100% qaytarib beriladi!

Murojaat uchun:
☎️ +998335505053
☎️ +998336260777
+998770790333
+998770790444
(Telefonlarimiz 23:00 gacha ishlaydi)

Manzil: Toshkent sh. A. Temur k.
🚩Mo'ljal: Bodomzor metro
👎10👍9🔥1
❗️ Ijtimoy tarmoqlarda 1-fevraldan darslar boshlanish to'g'risida tarqalayotgan ushbu xabarlar feyk va haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍12👎2🔥1
❗️Chet tili imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2023-yil 20-yanvar kuni fevral oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 30-yanvar (to‘lovni amalga oshirish 31-yanvar) ga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar imtihon topshirish hududini o‘zlari tanlashlari va mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Bunda test sinovining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 12-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa yozma imtihonlardan oldin tashkil etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6❤‍🔥3
❗️O‘qish 23-yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi

Joriy yilning 23-yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23-yanvarga qadar uzaytirilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎26👍15😁1
❗️11 yil maktabda o'qigan bola chet tilini mukammal bilmaydi

20-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda xorijiy tillar va kasb oʻrgatish tizimini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Shu bois yigʻilishda xorijiy tillarni oʻqitish sifatini oshirish va oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish masalalari muhokama qilindi.

Endi tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, oʻquvchilar maktabning oʻzida 64 xil ishchi kasblarga oʻrgatilishi koʻzda tutilmoqda.

– Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutugʻi, bilmagani muammo, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
💯26👎10👍9
🤣86👍8🌚3
#Talabalardan_murojaat

❗️Aldagani talaba yaxshimi?

Assalom alekum hurmatli Talaba.uz jurnalistlari!
Universtet mas'ullari 23-yanvardan o'qish boshlamishini bilishadi, lekin yotoqxona issiqligi uchun oldindan harakat qilishmaydi.

Mana ertaga Toshkentga bormoqchiman, lekin yotoqxona sovuq otopleniya trubalari yorilgan. Sovuq kelmanglar deyishdi. Borganlarni boshqa yotoqxonaga joylashtirishibdi. Lekin endi u yotoqxonada yashaydigan o'zining talabalari ham kelishyapti, shuni ham hisobga olinglar degan xabarni aytishdi.

Xo'p, biz nima qilaylik? Yotoqxonaga joylashgan talabalarning aksariyati shu kvartiraga puli yóqligi uchun yotoqxonaga joylashgan bo'lsa kerak.

Sovuq kelishini oldindan e'lon qilingan, sizlar kelguncha ta'mirlash ishlari olib boriladi deyilgan, lekin hech qanday ish qilinmagan. Mana o'qish boshlanishidan 2 kun yoki 3 kun oldin ochilish kerakku yotoqxonalar, bizga rahbarlar hech narsa degani yoq.

(Nizomiy talabasi)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍63🤬25🤣7
#Talabalardan_murojaat

❗️Yana "otopleniya" haqida

Assalomu aleykum!

Men NDPI talabasiman. Bizning yotoqxonamiz juda sovuq, issiqlik pechkasini sotib olib ishlatyotgan edik, uniyam olib qoyishdi. Ko'pchilikimiz sovuqdan kasal bo'lyapmiz. Shunga bir chora ko'rishlarini iltimos qilamiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍45😱24🤬16
E’LON!

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim hamda ilm-fanga oid islohotlarga befarq bo‘lmagan tashabbuskor fuqarolarni Ta’lim-fan jamoatchilik kengashiga taklif etamiz!

Kengash a’zoligiga hujjatlar 2023-yilning 25-yanvariga qadar a.yakubov@mininnovation.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Yangi tashkil qilinadigan jamoatchilik kengashiga a’zo bo‘lish istagidagi fidoyi, oliy ta’lim va ilm-fanga oid islohotlarga befarq bo‘lmagan tashabbuskor fuqarolarni bu borada faol bo‘lishga chorlab qolamiz.

👉 Batafsil

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎10👍7👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qishki ta’tilda

Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalar turar joyida qishki ta’til davrida talabalar vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬28👍15😍3
❗️TTAda darslari tugagan lekin faqat imtihoni qolgan talabalarga masofadan turib moodle orqali imtihon topshirishga ruhsat berilibdi.

Bu juda yaxshi ish bo'libdi, talabalar endi faqat imtihon uchungina Toshkentga kelib ovora bo'lishmaydi.

Ayrim OTMlar ham o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib talabalarni sarson qilmagan holda yo'l tutishsa nur ustiga a'lo nur bo'lar edi.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍112👏17👎5
❗️Nukus NDPI talabalarni kutib olishga tayyor!

Assalomu aleykum, hurmatli Talaba.uz jamoasi! Men Nukus davlat pedagogika instituti matbuot kotibiman. Kanalingizda NDPIdan murojaat degan mazmunda talabalar turar joyi issiqlik tarmogʻidan uzilgani haqida post chiqarilgan ekan. Kommentariy boʻlimida NDPI deya Nukus DPIni nazarda tutib fikr bildirayotganlar bor ekan.

Nukus davlat pedagogika institutida ayni paytda 600 oʻrinlik talabalar turar joyi mavjud boʻlib, mazkur bino issiqlik taʼminotidan uzilmagan. Qoʻshimcha qilish joiz, ayni paytda TTJda umuman talabalar yoʻq. Ammo, talabalarni qarshi olish uchun tayyor holda.

Izoh: NDPIdan murojaat qilgan Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi edi.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣43👍13😁2
#Talabalardan_murojaat

❗️Imtihonlar online bo'lsa

Assalomu alaykum!
Men O'zbekiston Milliy Universitetida o'qiyman. Yotoqxonaga kelgandim lekin xonalar juda ham sovuq. Bizni ham darslar tugagan, faqat imtihonlar qolgan. Iloji bo'lsa online topshirsak yaxshi bo'lar edi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍148🤣50😍9
❗️ Oʻzbekiston Milliy universitetining 18-sonli talabalar yotoqxonasidan murojaat kelyapti. Yotoqxonaning Alisher ismli vallomati xonalar sovuqligi uchun talaba-qizlar uyidan olib kelgan isitish moslamalarini yigʻib olibdi.

Bunaqa ish qilishga kim vakolat berdi? Qoʻshimcha isitish moslamalariga ehtiyoj boʻlmasligi uchun yotoqxonani avval isitib qoʻy!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬68👍17🤣2
#Talabalardan_murojaat

❗️OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI DIQQATIGA!

TARTIBGA SOLUVCHI BORMI?

Assalomu alaykum. Iltimos ismimni sir saqlashingizni so‘rayman.
Andijon Davlat Universiteti talabasiman. Bizda ham ahvol yaxshimas. TTJlar faolyat ko‘rsatyabdi, lekin xonalar issiq emas. Elektr toki soatlab bo‘lmayabdi. U payt xonani tashqaridan farqi qolmaydi. Atrofdagi kvartiralarni aytmasa ham bo‘laveradi.

Lekin kun ora qatnab yakuniy topshirishimiz kerak ekan. Xo‘p mayli topshiraveramiz, ammo yo‘lkira masalasichi? Chekaroq tumandan keladigan talaba eng kami o‘ttiz ming so‘m sarflab keladi. Qaytishi ham shuncha, tushlik qilsa bechora talaba sakson ming so‘m ishlatib qo‘yadi.

Bu holatda talabaga yengillik deb yakuniylarni bir kelganda 2 ta gacha topshirib ketaveringlar deyabdi, sharoiti to‘g'ri kelmaganlar esa boshqa sanaga kelib topshiraverasizlar dedi tyutorlar. Ammo o‘qituvchilar esa gurupavoy kel deb siquvga oladi. Keyin meni vaqtim yo‘q deyishyapti.

Ha aytgancha, asosan fizika-matematika fakulteti talabalar turar joyi hali ochilgani yo‘q. Boshqa viloyatdan keladiganlar ham qatnab yakuniy topshirishga majbur. Kvartira turay deyishsa kuniga otni kallasiday pul so‘raydi uy egasi, xonani o‘ziz isitasiz ham deydi kamiga. Kvartiralarda gaz bir keladi bir kelmaydi , Alloh saqlasin ammo talaba uxlayotganda gaz o‘chib yonsa bu falokatga baxtsiz hodisa deb qo‘ya qolishadimi?

Bu holatlarni yechimi bormi biz talabalarni kimdur eshitadimi? TTJlarimiz isidiymi, atrofdagi kvartiralardi kimdur tekshiradimi, yo‘lkira masalasini kimdur tartibga soladimi?

Andijon Davlat Universitetida bo‘layotgan jarayonga kim mas'ul. Talabalarning ko‘p qismi oddiy oilani farzandi moddiy tomondan imkoniyati yetmaydi. Talaba ham odam sovuq xonalarda kasal bo‘ladi. Oldin sharoitdi qilib kegin imtihonlarga chaqirsa bo‘lmaydimi?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍68🤬21👎4
❗️Fevral oyi ham sovuq bo'lishi kutilmoqda.

Ishqilib, talabalar yana yotoqxonadan chiqarib yuborilmasa bo'lgani, "uylaringga qaytinglar" deb...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍31🤣24😱10
#Rasmiy_munosabat

Bugun, 23-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqning telegram kanali orqali berilgan murojaatga munosabat

Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Murojaatda keltirilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, fizika-matematika fakulteti talabalari turadigan 3-sonli TTJ ochilmadi, deyilgan, vaholanki, ushbu TTJda 2 kundan beri talabalar yashamoqda. Barcha auditoriyalar va barcha TTJlarda issiqlik tizimi juda yaxshi ishlamoqda va havo harorati 20-23 °C da barqaror ushlab turilibdi. Albatta elektr energiyasida bo‘layotgan uzilishlarning borligi rost. Bu bo‘yicha hamda transportlarda yo‘l kira haqlari bo‘yicha hokimiyat vakillari bilan ish olib borilmoqda.

Sovuq kunlarning davom etayotganligi munosabati bilan ta’tilni uzaytirish yoki onlayn shaklda o‘qishga o‘tish taklifi bilan chiqayotgan talabalar mavjud. Lekin universitet ma’muriyati bunday  talabalarga o‘z imkoniyatlariga qarab kelishlarini, agarda kelolmasa, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishini bildirgan.

Shu o‘rinda, universitetning o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish istagida bo‘lganlarni bajonidil taklif qilamiz.

O‘z navbatida Andijon davlat universiteti o‘z faoliyatiga oid masalalarda mavjud muammolarni ko‘rsatib, unga ijobiy yechim topilishida xissasini qo‘shayotgan OAV va blogerlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi

©️Andijon davlat universiteti axborot xizmati

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍38👎12
Baʼzida kattalar yosh bolalar bilan oʻynab oʻtirib oʻyinchogʻi yoki biror narsasini berkitib qoʻyadi. Keyin hazillashib "Qani, qayoqqa ketti, yoʻq boʻlib qoldi", deb bolani hayron qoldirishga harakat qilishadi.

Biz ham 30 yildan oshdi hech katta boʻlolmaymiz. "Kattalarimiz" hayron qoldiraverishadi)

©️ Jahongir Siddiqov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣83😢10👍9