Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​❗️ Bilasizmi? IELTS 5.0 sertifikati o‘qishga kirishda imtiyoz beradimi?

✅ JAVOB: ​​"Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №395 qarori qabul qilingan.

📁 Qarorga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab chet tili fani nechinchi blok bo‘lishidan qat’iy nazar maksimal ball olishni istasangiz, sizdan IELTS sertifikat uchun kamida 5.5 daraja talab etiladi. Toshkent davlat yuridik universiteti uchun ham umumiy IELTS 5.5 (bunda writing qismi ham 5.5 bo‘lishi kerak) talabi qo‘yilgan.

❗️ Demak, IELTS 5.0 ballga ega abituriyent davlat OTMlariga kirishda alohida imtiyozga ega emas. Kamida 5.5 bo‘lishi kerak!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤬11👍7
“The Times” sayohatchilarga Samarqand turizm markaziga borishni tavsiya qilyapti
 
“2023 yilda tomosha qilish uchun eng yaxshi uzoq magistralli yo‘nalishlar” to’plamidan Samarqand ham joy oldi.

“Shaharning markaziga yaqin joylashgan Samarqand turizm markazi yuqori darajali mehmonxonalar va gastronomiyani taklif qilmoqda”.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6
‼️ O'zbekiston Milliy universitetida ayni paytdagi holat ekanligi aytilmoqda.

⚪ Kanal obunachilaridan kelgan video.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣35😱11👍10
#Talabalardan_murojaat

❗️Tanlov javoblari qachon e'lon qilinadi?

Assalomu alaykum.
Yoshlar akademiyasi va Inovatsion rivojlanish agentligi talabalarni hurmat qilishmaydimi?
2022-yil aprelda e'lon qilinga loyiha "Student Cup Idea Challange" tanlovi natijalarini hali ham e'lon qilinmagan. Vaholanki u tanlovdan keyin bo'lgan barcha tanlov natijari e'lon qilinib moliyalashtirilib ham bo'lgan.

Talabalar uchun maksimal 10 000 $ bo'lgan tanlov esa hali ham jimjit. Shuncha ovoragarchilik nega kerak? Nima uchun summasi katta ajratiladigan boshqa tanlovlar yakunlanib, aynan talabalar qatnashigan tanlovni yakuniy natijalaridan darak yo'q. Talabalar so'rashsa tayinli gap yo'q faqat cho'zishyapdii . Natija chiqsa o'zimiz e'lon qilamiz, deyishadi faqat.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13
❗️Tashrif

Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga keldi.

Davlatimiz rahbari Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ham bo‘ladi.
👉 @xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍5🤬3🍌3
“Eng yaxshi o‘quv-metodik qo‘llanma” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Tanlovga oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan shaxmatni o‘qitishga yo‘naltirilgan 10 nomdagi o‘quv-metodik qo‘llanma kelib tushgan bo‘lib, belgilangan baholash mezonlari asosida ekspertlar tomonidan xolis va adolatli baholandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5068

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍2
QAYSI NOPEDAGOG KADRLAR QAYTA TAYYORLASH KURSLARIDA TAHSIL OLISHLARI MUMKIN?

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida xalq taʼlimi tizimida pedagogik faoliyat yuritish huquqini beradigan kadrlar tahsil olishlari mumkin boʻlgan qayta tayyorlash kurslari bilan tanishing:

👫 Chet tili (tillar boʻyicha) fani oʻqituvchisi yoʻnalishida oʻqimoqchi boʻlganlar:

➖ Tarjimonlik (tillar boʻyicha) (5 yillik)
➖ Tarjimon-referent
➖ Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʻyicha)
➖ Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik taʼminoti (tillar boʻyicha)
➖Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)

(Izoh: tegishli tilda erkin soʻzlasha olish darajasiga ega boʻlishlari shart)

🖥 Informatika fani oʻqituvchisi yoʻnalishida oʻqimoqchi boʻlganlar:

➖ Informatika va axborot texnologiyalari

📊Iqtisodiy bilim asoslari fani oʻqituvchisi yoʻnalishida oʻqimoqchi boʻlganlar:

➖ Iqtisodiyot sohasi

🔬 Kimyo fani oʻqituvchisi yoʻnalishida oʻqimoqchi boʻlganlar:

➖ Ximik-texnolog (5 yillik)
➖ Ximik-injener (5 yillik)
➖ Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha)

🇺🇿 Davlat va huquq asoslari fani oʻqituvchisi yoʻnalishida oʻqimoqchi boʻlganlar:

➖ Huquqshunoslik
➖ Yurisprudensiya (sohalar boʻyicha)

🎼 Musiqa fani oʻqituvchisi yoʻnalishida oʻqimoqchi boʻlganlar:

➖Sanʼatshunoslik (turlari boʻyicha)
➖Musiqa nazariyasi
➖ Dirijyorlik (turlar boʻyicha)
➖ Vokal sanʼati (turlari boʻyicha)
➖ Akademik xonandalik
➖Anʼanaviy xonandalik
➖ Estrada xonandaligi
➖ Cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha)
➖ Fortepiano ijrochiligi
➖ Torli cholgʻular ijrochiligi (turlari boʻyicha)
➖ Damli va zarbli cholgʻular ijrochiligi (turlari boʻyicha)
➖ Estrada cholgʻulari ijrochiligi (turlari boʻyicha)
➖ Xalq cholgʻulari ijrochiligi (turlari boʻyicha)
➖ Anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha)

📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi 6-uy

Murojaat uchun telefonlar: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#yiltalabasi_2022

❗️“Yil talabasi – 2022” respublika ko‘rik-tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Tanlovning yakuniy bosqichida
ishtirok etgan nomzodlar tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan suhbat, savol-javob hamda taqdimot ishlari orqali xolis va shaffof baholandi.

“Yil talabasi-2022” respublika ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi:
1-oʻrin: Shoxabbos Salomov — ADTI talabasi
2-oʻrin: Saidmuhammad Ibodullayev — SamDU talabasi
3-oʻrin: Mirshod Tursunov — BuxDU talabasi

Yilning eng faol tashabbuskor-targʻibotchi talabasi:
1-oʻrin: Marjona Joʻraqulova — SHDPI talabasi
2-oʻrin: Sarvinoz Odiljonova — ADCHTI talabasi
3-oʻrin: Mehroj Isayev — SamDU talabasi

Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi:
1-oʻrin: Shohjahon Sobirov — NamMQI talabasi
2-oʻrin: Qudratbek Muhammadjonov — FarPI talabasi
3-oʻrin: Behzod Shuhratov — Inha talabasi

Yilning eng faol sportchi talabasi:
1-oʻrin: Nodirbek Yoqubboyev — OʻzMU talabasi
2-oʻrin: Adhamjon Ergashev — NamDU talabasi
3-oʻrin: Samandar Bobonazarov — TDYU talabasi

Yilning eng faol iqtidorli talabasi:
1-oʻrin: Rohilaxon Nuriddinova — ADU talabasi
2-oʻrin: Yangiljon Saburova — MRDI talabasi
3-oʻrin: Shamshoda Sharapova — TTA talabasi

Yilning eng faol ijodkor talabasi:
1-oʻrin: Dilafruz Oblaqulova — QQDU talabasi
2-oʻrin: Shahrizod Shodiyev — SamDU talabasi
3-oʻrin: Feruza Abdukarimova — OʻzMMSI talabasi

Yilning eng namunali tadbirkor talabasi:
1-oʻrin: Nilufar Omonova — SamDU talabasi
2-oʻrin: Shahlo Gʻulomova — TTA talabasi
3-oʻrin: Mahbuba Shonazarova — TTA UF talabasi

Barcha g‘olib va sovrindorlarni chin dildan muborakbod etamiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍22👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
SMMchilarni biznes egalari bilan netvorkingga chaqiramiz!

⭕️⭕️⭕️
SMM kurslarini tamomlab, ish izlayotgan targetolog, kopirayter, mobilograflarni ish beruvchilar bilan tashkil etilayotgan networking uchrashuviga taklif etamiz.

"Darkor22" rekruterlik agentligi, Oʻzbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur uchrashuvda biznes egalari, tadbirkorlardan oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz.

Uchrashuvda qatnashish mutlaqo bepul!
Oʻrinlar soni cheklangan.

🎟 Joy band qilish

🎁 Uchrashuv oxirida esa "Darkor22" hamkorlarining real loyihalaridan birida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritishingiz mumkin.

🕐 Uchrashuv vaqti: 4-fevral 10:00 (2023-yil)
📍 Manzil: Navoiy ko'chasi 11-uy, Yoshlar ishlari agentligi Matbuot zali


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
| 📝 Telegram | 📸 Instagram | 💬 Facebook | 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢2022/2023 o‘quv yilidan maktab bitiruvchilari shahodatnomalari elektron shaklda beriladi

Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi.
Hukumat qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

🎓Bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:

🔴tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma (9-sinf);
🔴tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma (9-sinf);
🔴umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma (11-sinf);
🔴umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
🔴umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
🔴psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.

Shahodatnoma o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi. Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda har yili 1 dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.

Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

2022/2023 o‘quv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🤬2👎1
❗️Senzura

“Ivan Vasilyevich oʻz kasbini oʻzgartiradi” filmidagi “Bu ziyofat kimning hisobiga? Chiqimini kim toʻlaydi?” degan savolga “Har holda biz emas”, deb javob berilgan, lekin ssenariyga koʻra “Xalq, otaginam, xalq” degan javob berilishi kerak boʻlgan, senzura sabab ushbu versiya qabul qilinmagan va oʻzgartirishga toʻgʻri kelgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣34👍16❤‍🔥1
❗️Nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumot

Ma’lumki, Prezidentning 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son farmoni bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanishi belgilangan.

Shu sababli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni qabul qilib olish choralarini ko‘rish topshirig‘i berilgan.

Hozirgi kunda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish uchun axborot bazasini qabul qilib olish, u asosida axborot tizimi ishlab chiqish va uni tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonlar ma’lum vaqt talab etishini inobatga olgan holda ushbu xizmatlarni mart oyida ishga tushirish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7👎1
Yelkasiga ortib qiynalib yurgandan o‘zini haydab ketish osonligini bu ayol ham juda yaxshi biladi. Lekin o‘g‘liga balonlari yangi holda olib borishni istadi.

Ba’zi qarzlarni uzib bo‘lmaydi!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍88😢62❤‍🔥8
❗️Rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmang!

Ijtimoiy tarmoqlardagi aksariyat ommabop guruhlarda qoʻshni davlatlardagi talabalarning barchasi hech qanday imtihonlarsiz oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishi mumkinligi to‘g‘risida asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xabar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilib, yurtdoshlarimizdan rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmasliklarini so‘rab qoladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍5🌚2
22 yoshli talaba 5 yilga qamaldi

2001-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent davlat texnika universiteti 4-kurs talabasi S. R. telegram ilovasidagi sahifasi orqali “VK music bot” orqali ko‘chirib olingan aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘irilgan audioqo‘shiqni (nashida) tanishiga yuborgan.

30-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining ochiq sud majlisida Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan ayblangan S. R. ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan berilgan 2022-yil 18-iyuldagi IP-1218-sonli xulosasiga ko‘ra, diniy mazmundagi S. R. tarqatgan diniy qo‘shiq (nashida) aqidaparastlik g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, bu kabi diniy materialni mamlakatimiz hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanganligi ko‘rsatilgan”, deyiladi xabarda.

S. R. 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Qayd etilishicha, birinchi instansiya sudining hukmi qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, ushbu hukmdan norozi bo‘lgan taqdirda apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda berilishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎31👍15😱11
🌙 Juma muborak!

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Sizlar uchun eng xayrli kun – juma kunidir. Shunday ekan bu kuni menga ko‘p salavotlar aytinglar, chunki bu kungi salavotlar menga ko‘rsatiladi”, deb aytganlar (Abu Dovud rivoyati).

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍5❤‍🔥1👏1
❗️Maktab bitiruvchilari shahodatnomalari o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi

Tayanch o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.

"Mazkur tartib o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bitiruvchilarning yurtimizdagi hamda xalqaro bitim imzolagan davlatlar hududidagi kollej, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun hujjatlarni topshirish huquqini beradi", – deyiladi xabarda .

Qayd etilishicha, elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.

Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

"Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilgan vazir.

Ta’kidlash lozim, maktab bitiruvchilari oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining (sobiq DTM) “ABITUR” dasturiga integratsiya qilingan holda hujjatlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍9
#talaba_murojaati

"... domla starostadan so'rab baho qo'yayapti ... bizga starosta dars o'tmaganku axir"

"Assalomu alaykum men Samarqand davlat chet tillar intitutida ingliz tili 2-fakultet 4 kursda o'qiyman hozir bizga oraliqlar tugab yakuniylar boshlanish arafasida. Bizga o'zbek tilining sohada qo'llanishi fanidan oraliq nazorat olingan edi muammo shundaki domla bizdan olgan oraliq ishiga qarab emas balki staristadan so'rab baho qo'yayapti. Ertaga yakuniy ham shunday bo'ladimi deb qo'rqyapmiz chunki strarostaga yaqin odamlar har doim 5 baho olishadi o'qimasa ham. Qolganlar esa 4 va 3 olishadi haqiqat qani o'zi? Men shunga tushunmayman, domla strarostadan kimga nechi qo'yayin deb o'tirgandan keyin biz nima qilaylik, bizga starista dars o'tmaganku axir!"

P.S. Mana ta'limimiz ahvoli, mana "domla"larning ahvoli. Chetdan dushman qidirishga hojat yo'q. O'zimiz o'zimizga yetamiz)

❗Tuhmat deb o'ylasangiz bizda audio ham bor!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣30👍17🤬12
⚡️Rasmiy munosabat

Joriy yilning 2-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali 2023-yil 30-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining ochiq sud majlisida Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismining “g” bandi bilan ayblangan S. R. ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilganligi va uni Toshkent davlat texnika universiteti 4-bosqich talabasi ekanligi to'g'risida xabar tarqalgan.

Ushbu holat bo'yicha Toshkent davlat texnika universiteti ma'muriyati quyidagilarni ma'lum qiladi.
Sudlanuvchi S.R. oliygohda sirtqi ta'lim shaklida tahsil olgan bo'lib, 2022-yil 31-yanvar sanasida universitet talabalari safidan chetlashtirilgan. Ta'kidlash lozimki, tergov oldi surishtiruv, tergov va sud jarayonlarida S.R. ning Toshkent davlat texnika universiteti talabasi maqomiga aniqlik kiritish maqsadida oliygoh ma'muriyatiga rasmiy ravishda murojaat qilinmagan. Sudlanuvchi S.R. hozirda Toshkent davlat texnika universitetida tahsil olmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7