This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ «Auditoriyaga hamma kirib o‘tirishi shart degan topshiriq yo‘q» — Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi.
✅ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament rahbari bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq tushunmovchiliklar yuzasidan munosabati
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

👍12🤣8🍌3
❗️Jismoniy tarbiya va sport universitetida qonunchilik talablari buzilgani aniqlandi.
Xususan, ijodiy imtihon ballari oshirib qo‘yilgan, kvotalar sun’iy oshirilgan, korrupsiya va talon-toroj qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilgan.
Universitetning Farg‘ona filialida ham bir qator qonun buzilish holatlari aniqlangan. Universitetda o‘qishga qabul kvotalari ham sun’iy ravishda oshirilib, 3160 o‘rinli universitetga 13 634 nafar yoki sig‘imga nisbatan 4,5 baravar ko‘p talabalar qabul qilingan.
So‘nggi 2 yilda talaba va o‘qituvchilar tomonidan jami 6 ta korrupsiyaviy va 23 ta boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan. Tekshirish davomida o‘tkazilgan tadbirda talabalar D.I. va J.S. fuqaro G‘.M. ni o‘qishga kiritish uchun undan 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, 587 nafar o‘qituvchi va xodimga 1,2 mlrd so‘m rag‘batlantirish pullari hamda o‘tilmagan dars soatlari uchun 172 mln so‘m mablag‘ noqonuniy to‘lanib, talon-toroj qilingan. Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov olib borilmoqda.

👍11😱3🐳3
❗️Rasmiy munosabat
So‘nggi kunlarda vazirlik Ishonch telefon raqami hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023-o‘quv yili qishki qabuli natijalari qachon chiqishi yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.
Ushbu murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalaridan tekshirish jarayoni maʼlum vaqt talab etmoqda. Hozirgi kunda hujjatlarning asosiy qismi tekshirildi. Bu jarayon tez kunda yakuniga yetkaziladi va natijalar eʼlon qilinadi.

👍5
❗️E'LON
Toshkent shahar Chilonzor metro yonidan pasport topib olingan.
Murojaat uchun:
+998 97 384 99 02
Ushbu e'lonni tarqatishda yordam berishlaringizni so'raymiz.

👍10
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi diqqatiga!
❗️Buzilgan huquqni kim tiklaydi?
Assalomu alaykum kanal adminlari.
Men Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasiman. Hozirgi kunda talabalarning aksariyati yakuniy imtihonlardan yiqilishyapti. O‘zim ham b᾽azi fanlardan yiqildim. Domlalar esa kredit toʻlab qayta oʻqishda oʻqishimizni aytishmoqda.
Qonun boʻyicha har bir fandan yakuniyni 3 martagacha bepul topshirish huquqi qatʼiy belgilab qoʻyilgan.
Respublika boʻylab ayrim OTMlar qonunni buzib kelishmoqda va yakuniyni 1 marta qilib qoʻyishgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘iga
ILOVA
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi
NIZOM :
26. Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2-martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Bu yerda birinchi marta maʼlum bir fandan yakuniy nazorat topshirish qayta topshirish hisoblanmaydi va ushbu fandan berilgan 1-bepul imkoniyatdir.
Agar talaba ushbu 1 martalik bepul imkoniyatdan ham oʻtolmagan taqdirda, qonun boʻyicha ushbu fandan yana 2 marta bepul yakuniy nazorat turini qayta topshirishi mumkin.
Umumiy hisobda bir fandan 3 marta bepul yakuniy nazorat topshirish huquqimiz bor.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qaroriga
1-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM:
6-bob. Baholash, baholarni konvertatsiya qilish
29. Talabalar ta’lim dasturi doirasida o‘qitish shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi, deb belgilangan .
Bularni koʻplab talabalar bilishmaydi va universitetni moddiy jihatdan boyitib kelishyapti.

👍55👏7👎2
🌙 Juma muborak!
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Sizlar uchun eng xayrli kun – juma kunidir. Shunday ekan bu kuni menga ko‘p salavotlar aytinglar, chunki bu kungi salavotlar menga ko‘rsatiladi”, deb aytganlar (Abu Dovud rivoyati).

👍4
SURIYA
Urush boshlab uying vayron qildilar.
O‘zlarin sher, seni-jayron bildilar.
Go‘yo tiriklayin tering shildilar,
Sen mard bir o‘g‘longa zor onaizor,
Otasiz yetimdek bo‘lding juda xor.
Etagingdan tishlab ishid itlari,
Amallari mutloq dinga zidlari.
Gulxanlarda yondi kitob jildlari,
Sen mard bir o‘g‘longa zor onaizor,
Otasiz yetimdek bo‘lding juda xor.
Bo‘ston eding cho‘lga aylantirishdi,
Dono eding go‘lga aylantirishdi.
Neftingga o‘zlarin "uylantirishdi"
Sen mard bir o‘g‘longa zor onaizor,
Otasiz yetimdek bo‘lding juda xor.
Kaltabin kimsalar qurol axtarib,
Begunoh ne-ne jon keldi ag‘darib.
Go‘zal eding qolding kampirdek qarib,
Sen mard bir o‘g‘longa zor onaizor,
Otasiz yetimdek bo‘lding juda xor.
Behuda qon to‘kmoq jihod emasdir!
Musulmon-musulmon boshin yemasdir.
Xayvon ham "mo‘minga o‘lim" demasdir,
Sen mard bir o‘g‘longa zor onaizor,
Otasiz yetimdek bo‘lding juda xor.
Erkak bo‘la turib ayoldek qarg‘ab,
Zilzila bo‘lganda jimgina qarab.
Kuzatib turibdi ajamu arab
Sen mard bir o‘g‘longa zor onaizor,
Otasiz yetimdek bo‘lding juda xor.
Biz sening koringga qandoq yaraymiz,
Qiyomat kelganda ne deb "sayraymiz?"
Payg‘ambar ko‘ziga qanday qaraymiz,
Sen mard bir o‘g‘longa zor onaizor,
Otasiz yetimdek bo‘lding juda xor.
Ne-ne o‘g‘lonlaring urushda o‘ldi,
Urush bitay desa zilzila bo‘ldi.
Alloh najot bersin, ko‘zga yosh to‘ldi,
Sen mard bir o‘g‘longa zor onaizor,
Otasiz yetimdek bo‘lding juda xor.
©️ Abdurahmon Meshayan

😢23👍13👏3
❗️Endi qogʻoz koʻrinishidagi tibbiy maʼlumotnomalarni talab qilish taqiqlandi.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 308,4 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 308,4 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣27👍6😁1
#talaba_murojaati
#Qarshi
"...eski binoda yakuniy imtihoni topshiramiz deb shamollab ham qoldik"
"Men Qarshi davlat universiteti talabasiman. Tarix fakultetida dars xonalari juda sovuq va shu bilan bir qatorda partalar eski, siniq talabga javob bermaydi. Oflayn darslar 23-yanvardan boshlandi biz 25-yanvardan yakuniy imtihonini eski binoda ikki soat bir joyda oʻtirib topshirdik, yakuniy imtihoni topshiramiz deb shamollab ham qoldik. Yangi oʻquv binosi ajratilgan 2023-yil oʻquv yilidan oʻqiysizlar deyishgandi. Ammo hozirgacha eski binoda dars boʻlyapti".
P.S. Ta'lim sifatimiz shundog'am rasvo. Hech bo'masam sharoitni yaxshilab qo'y. A sharoitni yaxshilabsan, endi o'qigani qo'y! Mantiq left Uzbekistan)

🤬20👍17😱3
Talaba.uz | Ta'lim portali
#talaba_murojaati #Qarshi "...eski binoda yakuniy imtihoni topshiramiz deb shamollab ham qoldik" "Men Qarshi davlat universiteti talabasiman. Tarix fakultetida dars xonalari juda sovuq va shu bilan bir qatorda partalar eski, siniq talabga javob bermaydi.…
#munosabat_yetib_keldi
Yuqoridagi talabaning murojaatiga universitet matbuot xizmatidan munosabat bildirildi. Keltirilishicha:
"Qarshi davlat universiteti ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi
Tarix fakultetida ayni paytda kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 1240 nafar talaba tahsil oladi. Hozirda fakultet joylashgan oʻquv binosi universitet qoshidagi Akademik litseyga tegishli boʻlib, dars mashgʻulotlari ikki smenada tashkil etilgan. Oʻquv auditoriyalarida taʼlim olish uchun sharoitlar yaratilgan va issiqlik normal holatda. Fakultet tez orada mukammal taʼmirlangan va zamonaviy jihozlangan yangi oʻquv binosiga koʻchib oʻtadi.
Vaqtincha noqulayliklar uchun talabalardan uzr soʻraymiz!"
Universitetlardan murojaatga tezda javob kelishi yaxshi, albatta. Lekin boshqa holat odamni xafa qiladi. Ko'pincha o'zbekchilikka borib, vaziyatdan uzr so'rash bilan qutulib qolamiz. Nega axir? Kuzdan keyin yoz emas qish kelishini, qishda sovuq bo'lishini yaxshi bilamiz-ku. Nega tayyorgarlikni vaqtida ko'rolmaymiz? Kimdir albatta kasal bo'lishi yoki nolishi shartmi? Vijdonimiz ozgina qiynalsin.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yuqoridagi talabaning murojaatiga universitet matbuot xizmatidan munosabat bildirildi. Keltirilishicha:
"Qarshi davlat universiteti ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi
Tarix fakultetida ayni paytda kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 1240 nafar talaba tahsil oladi. Hozirda fakultet joylashgan oʻquv binosi universitet qoshidagi Akademik litseyga tegishli boʻlib, dars mashgʻulotlari ikki smenada tashkil etilgan. Oʻquv auditoriyalarida taʼlim olish uchun sharoitlar yaratilgan va issiqlik normal holatda. Fakultet tez orada mukammal taʼmirlangan va zamonaviy jihozlangan yangi oʻquv binosiga koʻchib oʻtadi.
Vaqtincha noqulayliklar uchun talabalardan uzr soʻraymiz!"
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
💯20👍9🤬2
#endilikda
❗️ Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin
📢 Endilikda oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan talabalar, dastlabki sinov muddatisiz ishga kira oladi. Ushbu norma Mehnat kodeksining yangi tahriri 129-moddasida nazarda tutilgan.
☝️ Biroq, bu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tugatgan talabalarga egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi marotaba ishga kirayotganlaridagina amal qiladi.
🟢 Ya’ni agar davlat granti bitiruvchisi birinchi marta dastlabki sinov muddatisiz ishga olinsa va u ishdan bo‘shab, boshqa ishga kirmoqchi bo‘lsa, unga nisbatan bu imtiyoz amal qilmaydi
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin
☝️ Biroq, bu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tugatgan talabalarga egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi marotaba ishga kirayotganlaridagina amal qiladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26👎7😐3
❗️Bilasizmi?
Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga muvaffaqiyatli olib boruvchi shaxslar uchun asosiy ish joylaridagi oʻrtacha oylik ish haqlari va lavozimlari saqlangan holda:
- nomzodlik dissertatsiyasini va darsliklar hamda oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tugallashlari uchun mualliflarga 3 oygacha;
- doktorlik dissertatsiyasini tugallash uchun 6 oygacha boʻlgan muddatga ijodiy taʼtillar beriladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga muvaffaqiyatli olib boruvchi shaxslar uchun asosiy ish joylaridagi oʻrtacha oylik ish haqlari va lavozimlari saqlangan holda:
- nomzodlik dissertatsiyasini va darsliklar hamda oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tugallashlari uchun mualliflarga 3 oygacha;
- doktorlik dissertatsiyasini tugallash uchun 6 oygacha boʻlgan muddatga ijodiy taʼtillar beriladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍9
❗️Xushxabar!
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashi qaroriga muvofiq Jurnalistika fakulteti bazasidagi ta’lim yo‘nalishi negizida O‘zbek filologiyasi fakulteti tashkil etildi.
Yangi tashkil etilgan O‘zbek filologiyasi fakultetida “O‘zbek adabiyotshunosligi”, “O‘zbek tilshunosligi”, “Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik” kafedralari faoliyat olib boradi.
Fakultet jamoasini shu munosabat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
O‘zMU Axborot xizmati

👍24😐4🤣1
🍌31🏆19🤬11
❗️Pulli va pullik: qay biri to‘g‘ri?
-li va -lik qo‘shimchalarini xato qo‘llash ko‘p uchraydi. Ayniqsa, og‘zaki nutqda -li o‘rnida -lik ishlatilishiga tez-tez guvoh bo‘lish mumkin. Bu holat yozma nutqqa ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Hatto nufuzli nashrlarda ham -lik qo‘shimchasi bilan bog‘liq yanglishliklar ko‘zga tashlanadi. Masalan, pulli so‘zi o‘rniga pullik so‘zini ishlatish. Internetga qidiruv bersangiz, so‘z to‘g‘ri yozilgan holatlarga ham, xato yozilgan holatlarga ham duch kelasiz.
Nega pullik yo‘l deyish xato?
-lik mavhum ot yasovchi qo‘shimchadir: bolalik, kelinlik, tilshunoslik, temirchilik, tinchlik, tashkilotchilik, darslik.
-li esa sifat yasovchi qo‘shimchadir: bolali, mevali, aqlli, suvli, unumli, bilimli, yetarli, tushunarli, sezilarli, yeyishli.
Pulli yo‘l birikmasida pulli so‘zi yo‘lning qandayligini sifatlab kelyapti. Pullik so‘zi esa ot. Shu sababli uni qo‘llash xato.
Pulli so‘zining pul to‘lanadigan, pul evaziga olinadigan, beriladigan yoki qilinadigan degan ma’nosi bor: pulli konsert, pulli ma’ruza, pulli xizmat. Pulli yo‘l birikmasida pulli so‘zining shu ma’nosi ifodalangan: pul to‘lanadigan yo‘l, pul evaziga yuriladigan yo‘l.
Pullik degan so‘z ham bormi? Bor. Lekin u izohli lug‘atga kirmabdi. Imlo lug‘atidan esa joy olgan. Bu so‘zning ma’nosi nima? U pul xususiyati, belgisini bildiruvchi otdir. Masalan:
Gʻijimlab tashlabsan-ku, pulligi qolmabdi buni!
Qog‘oz pul g‘ijimlab tashlanganidan pullik xususiyatini yo‘qotgan.
📌 Demak:
Pulli yo‘l, pulli xizmat ✅
Pullik yo‘l, pullik xizmat ❌
©Mushtum

👍32💯4👏3
❗️Oʻzbekistonda ishga joylanmagan bitiruvchilari koʻp boʻlgan OTM faoliyati tugatilishi mumkin
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍78🤣48👏2
❗️Toshkent oliy o‘quv yurtlari tirbandliklarni kamaytirish uchun shahar chetiga ko‘chishi mumkin
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, poytaxtdagi tirbandliklar oliy o‘quv yurtlari dars vaqtida 33 foizga oshadi.
Yirik oliy o‘quv yurtlarini shahar tashqarisiga ko‘chirish, tirbandlikni kamaytirish jahon tajribasi ekanligi ham ta’kidlangan.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, poytaxtdagi tirbandliklar oliy o‘quv yurtlari dars vaqtida 33 foizga oshadi.
Yirik oliy o‘quv yurtlarini shahar tashqarisiga ko‘chirish, tirbandlikni kamaytirish jahon tajribasi ekanligi ham ta’kidlangan.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍33👎16🤣12
❗️14-fevral — buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun (1483-1530)
Ushbu sana har yili mamlakatimiz bo‘ylab adabiyot va ilm-ma’rifat bayrami sifatida nishonlanadi.
Ma'lumot o‘rnida, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ushbu sana har yili mamlakatimiz bo‘ylab adabiyot va ilm-ma’rifat bayrami sifatida nishonlanadi.
Ma'lumot o‘rnida, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍26
❗️Global Best M-Gov Award tanlovi g'oliblari aniqlandi
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Global Best M-Gov Award tanlovida dunyoning mingdan ortiq jamoalari orasidan 2-oʻrinni egalladi va Dubaydagi Jahon hukumatlari sammiti doirasida taqdirlandi. Sovgʻani Misr Prezidenti topshirdi.
Loyiha Donʻt Waste deb nomlanib, turli xil taom tayyorlovchi korxonalardagi ortiqcha qolib ketayotgan ovqatlarni isrof qilmasdan, yesa boʻladiganlarini boshqa insonlarga, isteʼmolga yaroqsizlarini esa fermalarga yoki qayta ishlashga yuborish jarayonlarini osonlashtirishga qaratilgan.

👍6🔥4