Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Endi qogʻoz koʻrinishidagi tibbiy maʼlumotnomalarni talab qilish taqiqlandi.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 308,4 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣27👍6😁1
#talaba_murojaati
#Qarshi

"...eski binoda yakuniy imtihoni topshiramiz deb shamollab ham qoldik"

"Men Qarshi davlat universiteti talabasiman. Tarix fakultetida dars xonalari juda sovuq va shu bilan bir qatorda partalar eski, siniq talabga javob bermaydi. Oflayn darslar 23-yanvardan boshlandi biz 25-yanvardan yakuniy imtihonini eski binoda ikki soat bir joyda oʻtirib topshirdik, yakuniy imtihoni topshiramiz deb shamollab ham qoldik. Yangi oʻquv binosi ajratilgan 2023-yil oʻquv yilidan oʻqiysizlar deyishgandi. Ammo hozirgacha eski binoda dars boʻlyapti".

P.S. Ta'lim sifatimiz shundog'am rasvo. Hech bo'masam sharoitni yaxshilab qo'y. A sharoitni yaxshilabsan, endi o'qigani qo'y! Mantiq left Uzbekistan)

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬20👍17😱3
Talaba.uz | Ta'lim portali
#talaba_murojaati #Qarshi "...eski binoda yakuniy imtihoni topshiramiz deb shamollab ham qoldik" "Men Qarshi davlat universiteti talabasiman. Tarix fakultetida dars xonalari juda sovuq va shu bilan bir qatorda partalar eski, siniq talabga javob bermaydi.…
#munosabat_yetib_keldi

Yuqoridagi talabaning murojaatiga universitet matbuot xizmatidan munosabat bildirildi. Keltirilishicha:

"Qarshi davlat universiteti ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi

Tarix fakultetida ayni paytda kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 1240 nafar talaba tahsil oladi. Hozirda fakultet joylashgan oʻquv binosi universitet qoshidagi Akademik litseyga tegishli boʻlib, dars mashgʻulotlari ikki smenada tashkil etilgan. Oʻquv auditoriyalarida taʼlim olish uchun sharoitlar yaratilgan va issiqlik normal holatda. Fakultet tez orada mukammal taʼmirlangan va zamonaviy jihozlangan yangi oʻquv binosiga koʻchib oʻtadi.

Vaqtincha noqulayliklar uchun talabalardan uzr soʻraymiz!"

Universitetlardan murojaatga tezda javob kelishi yaxshi, albatta. Lekin boshqa holat odamni xafa qiladi. Ko'pincha o'zbekchilikka borib, vaziyatdan uzr so'rash bilan qutulib qolamiz. Nega axir? Kuzdan keyin yoz emas qish kelishini, qishda sovuq bo'lishini yaxshi bilamiz-ku. Nega tayyorgarlikni vaqtida ko'rolmaymiz? Kimdir albatta kasal bo'lishi yoki nolishi shartmi? Vijdonimiz ozgina qiynalsin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
💯20👍9🤬2
#endilikda
❗️ Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin

📢 Endilikda oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan talabalar, dastlabki sinov muddatisiz ishga kira oladi. Ushbu norma Mehnat kodeksining yangi tahriri 129-moddasida nazarda tutilgan.

☝️ Biroq, bu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tugatgan talabalarga egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi marotaba ishga kirayotganlaridagina amal qiladi.

🟢Ya’ni agar davlat granti bitiruvchisi birinchi marta dastlabki sinov muddatisiz ishga olinsa va u ishdan bo‘shab, boshqa ishga kirmoqchi bo‘lsa, unga nisbatan bu imtiyoz amal qilmaydi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26👎7😐3
❗️Bilasizmi?

Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga muvaffaqiyatli olib boruvchi shaxslar uchun asosiy ish joylaridagi oʻrtacha oylik ish haqlari va lavozimlari saqlangan holda:

- nomzodlik dissertatsiyasini va darsliklar hamda oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tugallashlari uchun mualliflarga 3 oygacha;

- doktorlik dissertatsiyasini tugallash uchun 6 oygacha boʻlgan muddatga ijodiy taʼtillar beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍9
❗️Xushxabar!

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashi qaroriga muvofiq Jurnalistika fakulteti bazasidagi ta’lim yo‘nalishi negizida O‘zbek filologiyasi fakulteti tashkil etildi.

Yangi tashkil etilgan O‘zbek filologiyasi fakultetida “O‘zbek adabiyotshunosligi”, “O‘zbek tilshunosligi”, “Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik” kafedralari faoliyat olib boradi.

Fakultet jamoasini shu munosabat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O‘zMU Axborot xizmati


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍24😐4🤣1
Qay biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
26%
Pulli xizmat
74%
Pullik xizmat
🍌31🏆19🤬11
​❗️​Pulli va pullik: qay biri to‘g‘ri?

-li va -lik qo‘shimchalarini xato qo‘llash ko‘p uchraydi. Ayniqsa, og‘zaki nutqda -li o‘rnida -lik ishlatilishiga tez-tez guvoh bo‘lish mumkin. Bu holat yozma nutqqa ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Hatto nufuzli nashrlarda ham -lik qo‘shimchasi bilan bog‘liq yanglishliklar ko‘zga tashlanadi. Masalan, pulli so‘zi o‘rniga pullik so‘zini ishlatish. Internetga qidiruv bersangiz, so‘z to‘g‘ri yozilgan holatlarga ham, xato yozilgan holatlarga ham duch kelasiz.

Nega pullik yo‘l deyish xato?

-lik mavhum ot yasovchi qo‘shimchadir: bolalik, kelinlik, tilshunoslik, temirchilik, tinchlik, tashkilotchilik, darslik.

-li esa sifat yasovchi qo‘shimchadir: bolali, mevali, aqlli, suvli, unumli, bilimli, yetarli, tushunarli, sezilarli, yeyishli.

Pulli yo‘l birikmasida pulli so‘zi yo‘lning qandayligini sifatlab kelyapti. Pullik so‘zi esa ot. Shu sababli uni qo‘llash xato.

Pulli so‘zining pul to‘lanadigan, pul evaziga olinadigan, beriladigan yoki qilinadigan degan ma’nosi bor: pulli konsert, pulli ma’ruza, pulli xizmat. Pulli yo‘l birikmasida pulli so‘zining shu ma’nosi ifodalangan: pul to‘lanadigan yo‘l, pul evaziga yuriladigan yo‘l.

Pullik degan so‘z ham bormi? Bor. Lekin u izohli lug‘atga kirmabdi. Imlo lug‘atidan esa joy olgan. Bu so‘zning ma’nosi nima? U pul xususiyati, belgisini bildiruvchi otdir. Masalan:

Gʻijimlab tashlabsan-ku, pulligi qolmabdi buni!

Qog‘oz pul g‘ijimlab tashlanganidan pullik xususiyatini yo‘qotgan.

📌 Demak:

Pulli yo‘l, pulli xizmat ✅
Pullik yo‘l, pullik xizmat ❌

©Mushtum

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍32💯4👏3
❗️Oʻzbekistonda ishga joylanmagan bitiruvchilari koʻp boʻlgan OTM faoliyati tugatilishi mumkin

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍78🤣48👏2
❗️Toshkent oliy o‘quv yurtlari tirbandliklarni kamaytirish uchun shahar chetiga ko‘chishi mumkin

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, poytaxtdagi tirbandliklar oliy o‘quv yurtlari dars vaqtida 33 foizga oshadi.

Yirik oliy o‘quv yurtlarini shahar tashqarisiga ko‘chirish, tirbandlikni kamaytirish jahon tajribasi ekanligi ham ta’kidlangan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍33👎16🤣12
❗️14-fevral — buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun (1483-1530)

Ushbu sana har yili mamlakatimiz bo‘ylab adabiyot va ilm-ma’rifat bayrami sifatida nishonlanadi.

Ma'lumot o‘rnida, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍26
❗️Global Best M-Gov Award tanlovi g'oliblari aniqlandi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Global Best M-Gov Award tanlovida dunyoning mingdan ortiq jamoalari orasidan 2-oʻrinni egalladi va Dubaydagi Jahon hukumatlari sammiti doirasida taqdirlandi. Sovgʻani Misr Prezidenti topshirdi.

Loyiha Donʻt Waste deb nomlanib, turli xil taom tayyorlovchi korxonalardagi ortiqcha qolib ketayotgan ovqatlarni isrof qilmasdan, yesa boʻladiganlarini boshqa insonlarga, isteʼmolga yaroqsizlarini esa fermalarga yoki qayta ishlashga yuborish jarayonlarini osonlashtirishga qaratilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6🔥4
❗️ Diqqat!

Metropolitenning “Yerusti halqa yoʼli” yo‘nalishida poyezdlar harakati 2023-yil 18-fevral (shanba) kuni bir kun davomida to’xtatiladi.

Bunga metro temir yo‘llarida bajarilayotgan qurilish ishlari sababligi aytildi.

Yo’nalish 19-fevraldan doimiy jadval asosida o’z harakatini davom ettiradi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍4
❗️OTMda taʼlim olayotgan talabalar soni bir milliondan oshgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😱23👍9👏2
❗️Diqqat!

Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 38-moddasiga koʻra nodavlat taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish tartibi ushbu taʼlim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8😁3
❗️Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma

2023-yil 19-fevral (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida:

1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8👎3
❗️ Vanihoyat: Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi

🌎2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

✅Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.

☝️Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
❗️ Yana bir yangilik: Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-martga qadar uzaytirildi

✅ Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 15-marti etib belgilandi.

↪️Shuningdek, qaror bilan 2023-yil 20-yanvardan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
❗️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-martga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 15-marti etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan 2023-yil 20-yanvardan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍10