Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️O‘zbekistonda IELTS’dan ilk marta 9.0 ballik natija qayd etildi

IELTS ZONE o‘quv markazi asoschisi Bekzod Mirahmedov va 23 yoshli Sodiqov Muhammad ALi IELTS imtihonidan 9.0 ballik natijani qayd etishdi.

Mashaqqatli mehnat ortidan erishilgan ushbu ajoyib natija bilan Bekzod aka va Muhammad Alini tabriklaymiz! Kelgusida til bilimdonlarimiz ko‘payishini tilab qolamiz.

IELTS kabi xalqaro imtihonlarda 7.0 va undan yuqori ball olgan yoshlarning imtihon pullari kompensatsiya qilib berilmoqda . Ularning soni hozirda 10 mingdan oshdi va 20,4 mlrd so‘m to‘lab berildi. Bundan maqsadimiz ham til bilish bo‘yicha bilimdon va eng cho‘qqiga chiqadigan yoshlarni kashf etishdir.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍40🏆6🔥2
👏Joriy yilning 1-mart kunida qo’lga kiritilgan Kiberxavfsizlik  musobaqasidagi yirik g’alaba sababli  Kiberxavfsizlikni  rivojlantirish maqsadida 60 000 000 so'm pul mablaglari ajratildi.

😊Hozirgi axborot texnologiyalari davrida bir qancha yangi tushunchalar, atamalar kundan kunga paydo bo’lmoqda.Lekin hamma ham bularni tushunavermaydi.

👨🏻💻 4-mart shanba kuni soat 16:00 da ROBOTICS LAB korxonasi tomonidan tashkil etilgan “Kiberxavfsizlik amaliyotda ” nomli bepul ochiq dars bo’lib o’tadi. Bunda siz kiberxavfsizlikka oid bo’lgan kerakli ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

Eslatib o'tamiz! Kiberxavfsizlik sohasiga qiziqqan va shu sohaning egasi bo’lishni istagan yoshlarimizga yaxshi ta’lim olishlari uchun 60 000 000 so’m ajratiladi. Ya’ni kerakli texnik qurilmalar va ta’lim olishda mablag’i mavjud bo’lmaganlarga ajratiladi. O’qishni  tugatganlar to’liq ish bilan ta’minlanadi.

Online ro’yxatdan o’tish.

🌐 roboticslab.uz

📞 95 340-10-70
👍5
❗️Domlaning yangi qonuni

Men Jizzax Politexnika institutida oʻqiyman. "Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati" fanidan guruhdagilar HEMIS ga ayrimlar wordda ayrimlar slayd qilib mustaqil ish joylagan. Domla chamasi 85 foiz talabalarga 2.5 3 bal qoʻygan ba'zilariga qoʻymagan ham. Domlani yangi qonuni bor ekan Hamma Power Pointda yozish kerak ekan. Agar wordda yoki boshqa dasturda yozib joylasa baho qoʻymas ekan. Bu qanday holat 3 yil oʻqidib wordda ham hisob kitobni Excelda ham joyladik HEMIS ga. Aynan bu domlani oʻzgacha qonuni bor. Lekin hemis qabul qiladi Wordda Excelda yozib joylasangiz. Vazirlikni sayti qabul qiladi bu fayllarni lekin domla qabul qilmas ekanmish...

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁33🤬28👍8
#xalqaro_hamkorlik

❗️Germaniya va Oʻzbekiston: oliy taʼlim va ilm-fan sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib, tashrif doirasida qator uchrashuvlar olib bordi va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator kelishuvlarga erishdi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13
Amerikada ishlayotgan shifokorning 1 yillik maoshini bizda 6,7 mln oylik olayotgan shifokorlar 37 yilu 6 oy davomida toparkan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣18👍14👎3
❗️Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?

- harbiy xizmatni oʻtash uchun;
- salomatligini tiklash uchun;
- homiladorlik va tugʻish uchun;
- bolalarni parvarish qilish uchun;
- oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.

Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati qay tartibda ko‘rib chiqiladi?

Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

- Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

- Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

- Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8
#bilib_qõygan_yaxshi

💰 Qonunchilikka koʻra, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy ta'lim muassasasida oʻqiyotganda har oʻquv yilida 1 marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 350 ming soʻm) miqdorida subsidiya beriladi.

✅ Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻqishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda toʻlanadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Bloger Farhod Mannopov vafot etdi

Mittivine taxallusi bilan ijod qilib kelgan taniqli bloger Farhod Mannopov 27 yoshida vafot etdi.

Inna lilahhi va inna ilayhi roji'un🤲

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢73😭21
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Domlaning yangi qonuni Men Jizzax Politexnika institutida oʻqiyman. "Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati" fanidan guruhdagilar HEMIS ga ayrimlar wordda ayrimlar slayd qilib mustaqil ish joylagan. Domla chamasi 85 foiz talabalarga…
❕Jizzax politexnika institutidan rasmiy munosabat

Unga ko'ra, mustaqil ishlarni joylashda hech qanday talab qo'yilmagan.

Talaba osmondan olib yozmagandir murojaatini, hurmatli rasmiylar?!

Xullas, talabalar, endi mustaqil ishlaringizni HEMIS'ga Word, Excel formatlarida ham joylashingiz mumkin 😊

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍15👎2🤣2
‼️Samarqandda SamDAQUga tekinga berilgan kutubxona binosi qariyb bir milliard so‘mga sotib yuborilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 74 yil avval tashkil qilingan markaziy kutubxona faoliyati tugatilayotgani haqida xabar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, kutubxona binosi sotib yuborilgan.

Kutubxona 1991-yilda 50 ming jildli ilmiy-texnikaviy, tarixiy, badiiy va boshqa adabiyotlardan iborat fondga ega bo‘lgan. Hozirga kelib, 17 ming kitob makulaturaga, qolgani esa Samarqand davlat arxitektura va qurilish universitetiga yuborilayotgani aytilgan.

Kutubxona binosi e-auksion.uz sayti orqali 4777030-sonli lot bilan savdoga qo‘yilgan va 2023 yilning 16 fevral kuni 996 126 400 so‘mga sotilgan.

«Makulaturaga yuboriladigan kitoblar nafaqat ijtimoiy-siyosiy xarakterda, balki rus va o‘zbek tilidagi texnik mutaxassisliklar, matematika, fizika, geografiya, biologiya fanlariga oid. Yuzlab qimmatli kitoblar shunchaki chiqarib tashlanmoqda, ularning birgina «aybi» 1976 yilgacha chop etilgani!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8
Oʻzbekistonda necha nafar xorijlik talabalar tahsil olayotgani ma'lum qilindi

📊 Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5 ming nafarni tashkil etgan.

Yillar kesimida  respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni:
 
🗄 2017/2018-oʻquv yili – 1,3 ming nafar
🗄 2018/2019-oʻquv yili – 2,7 ming nafar
🗄 2019/2020-oʻquv yili – 3,6 ming nafar
🗄 2020/2021-oʻquv yili – 4,2 ming nafar
🗄 2021/2022-oʻquv yili – 5,1 ming nafar
🗄 2022/2023-oʻquv yili – 5,0 ming nafar

✅ 2021-yilning 1-yanvar holatiga, YUNESKOning statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8
Talaba.uz | Ta'lim portali
Bloger Farhod Mannopov vafot etdi Mittivine taxallusi bilan ijod qilib kelgan taniqli bloger Farhod Mannopov 27 yoshida vafot etdi. Inna lilahhi va inna ilayhi roji'un🤲 🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Xo‘p, birdaniga o‘lib qolmadim. Boshqalarga o‘xshab, 60-70 ga kirib vafot etarman. Lekin unga ham 10-20 yil qoldi xolosku. Ya’ni, o‘rtacha umrning kamida 4/3 ini yashab bo‘ldim, faqat chorak qismi qoldi-ku.

Uning aksar qismini qanday o‘tkazdim? Ibodatlarim joyida, Rabbimning aytganini qilib, gunohlardan uzoqda yashadimmi? Gʻiybat qilmadimmi, yolg‘on gapirmadimmi, munofiq bo‘lmadimmi, faqat halol yedimmi, birovni og‘rintirmadimmi? Shunga o‘xshash savollarga javobim qanday?

Namozlarimni birorta qoldirmay o‘qidimmi, odamlar bilmaydigan yaxshiliklarim bormi, ota-onam mendan rozimi, farzandlarimni Allohni taniydigan qilib tarbiyaladimmi, biror nochorga yordamchi bo‘ldimmi, mazlumni yonida tura oldimmi?

Eng asosiy savolimga kelay: ko‘pi ketib ozi qolgan umrimning davomi oldingisidan (shariat mezoniga ko‘ra) yaxshiroq o‘tyaptimi? Oldingi gunohlarimga kafforat bo‘ladigan ishlar qilyapmanmi? Masalan, namoz va ro‘zalarning qazosini o‘qiyapmanmi, yomonliklarni yuvadigan yaxshiliklarni ko‘paytiryapmanmi?

Aslida o‘lim birdaniga keladi. Bu savollarni o‘ylab ko‘riishga fursat bo‘lmayotgan, g‘aflat paytida to‘satdan jonni olishadi. Ammo fursat borligida ham shu va boshqa ko‘pgina savollarga javob topishga va hayotimizni yaxshilik tomonga o‘zgartiryapmizmi?

Bugungi 27 yoshli o‘zim tanimagan va ishlarini ko‘rmagan vaynerning to‘satdan vafot etishi menda ushbu savollarni qayta paydo qildi. Har bir o‘lim bizga ibrat bo‘lishi kerak! U yigitni esa Alloh rahmat qilsin!

© Mubashshir Ahmad

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢68👍20😍2
📝Talaba.Uz kanali uchun obunachimizdan kelgan hazil she'r.


8-MART YAQIN!

8-mart yaqin, shamol bo‘larmish tag‘in,
Uchirib yigitlarni, Marsga eltarmish yaqin.

Qizlar xafa bo‘lmangiz, bizlar Marsning yonida,
Turibmiz xazinalar to‘la tilla konida.

8-mart yaqin, ko‘ngilni qilingiz to‘q,
Shu kuni borolmaymiz, chunki bizda ulov yo‘q.

Marsga yaqin joylarda, sovuq ekan dir-dir,
Qalbingizning taftini, sezib turibmiz bir-bir.

8-mart yaqin, bizdan boyroq odam yo‘q,
Baribir borolmaymiz, joylab qo‘ying katta o‘q!

O‘q tegsa ko‘ksimizga, yaralasa qalbimiz,
Bunga shamol aybdor, sezibsizda qadrimiz.

8-mart yaqin, toptikku bunga chora,
Shamolga yolvoramiz, tushinib qolar zora.

Bizni yana tortmoqda, yerga qandaydir bir kuch.
Qizlar magnit bo‘roni, bu shamoldan-da zo‘r kuch!

8-mart yaqin, yerga ham tushib oldik,
Bu bayram bo‘lar ekan - "Talaba.Uz"da qoldik.

Barchangizga salomlar, tabrigimiz bir JAHON!
Biz yigitlar qutlaymiz, sizga sevgimiz PINHON!

8-mart yaqin, siz go‘zalsiz BAHORDAN!
Sovg‘ani o‘rab qo‘ydik, ko‘ksimizdagi ORDAN!

Chiroyga to‘lib yuring, tabassum qiling har VAQT,
Sizlarni tabriklaymiz, va tilaymiz sizga BAXT!

Azamat ALLAYOROV,
JizPI QM va KT 821.20-guruh talabasi.



🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍15❤‍🔥4🔥2
Talaba.uz | Ta'lim portali
Photo
#rasmiy_munosabat

Faoliyati tugatilayotgan kutubxonaning barcha kitoblari va xodimlar ish o‘rni saqlab qolinadi – SamDAQU

Bino haqida. Bulung‘ur shahrining Amir Temur ko‘chasida joylashgan bir qavatdan iborat filial binosi asosiy devorlari hom g‘ishtdan qurilganligi, bino poydevorlari cho‘kkanligi, tom yopmalari yaroqsiz holatga kelganligi, pol va shiftlarning shuningdek eshik va romlar ham to‘liq ta’mirtalabligi, foydalanish muddati tugaganligi, bino yaroqsiz holatga kelgani, isitish tizimi ham qoniqarsizligi, mavjud binoni kapital ta’mirlash maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi tegishli tashkilotlarning xulosasi berilgan.

Yuqoridagi xulosalarga tayanib universitet rahbariyati tomonidan filial binosini davlat-xususiy sherikchilik asosida qayta qurish maqsadida yuqori turuvchi tashkilotlarga rasmiy xatlar bilan murojaat etilgan.

Ushbu binoning holati qoniqarsiz ekanligi shu kunga qadar OAV vakillari tomonidan ham bir necha bor yoritilgan.

Bugungi kunda filial binosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022 yildagi PQ-168-son qaroriga ko‘ra iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat aktivlarini shaffof holda xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish maqsadida qabul qilingan qaror bilan universitet balansidan chiqarildi.

Universitet ma’muriyati Bulung‘ur tuman hokimiyatidan kitoblarni saqlash va Bulung‘ur xalqi ushbu kitoblardan foydalanishlari uchun tuman hokimiyatidan amaliy yordam so‘ragan. Filialdagi bino xonalarining namligi o‘quv adabiyotlarni saqlash holatiga javob bermasligi tufayli tumanda axborot-kommunikatsiyalar markazi qurilgunga qadar adabiyotlar vaqtincha tuman tasarrufidagi boshqa binoga ko‘chirilmoqda.

Filial fondida jami kitoblar soni 30242 dona bo‘lib, shundan yangi kitoblar soni 1141 donani tashkil etadi. Hozirda adabiyotlar inventarizatsiya qilinmoqda. Ammo mavjud kitoblarning hech qaysi makulaturaga topshirilmaydi. SamDAQU barcha adabiyotlar saqlab qolinishini kafolatlaydi.

Shuningdek, Bulung‘ur ARM filialida shu kunga qadar 5 nafar (shtat bo‘yicha) kutubxonachi, 1 nafar farrosh, 1 nafar duradgor, 3 nafar qorovul faoliyat yuritib kelgan. Barcha xodimlarning shtatlari saqlangan, xodimlar o‘z ishini yo‘qotmagan.


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍4
❗️Havo harorati +30° darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

7-martda Oʻzbekistonga Turkmanistondan quruq va juda iliq havo kirib keladi. Respublika boʻyicha havo harorati 25-28° gacha, janubda 30° gacha koʻtariladi.

8-martda harorat +15...+18° gacha pasayadi, 9-10-martda harorat yana koʻtarila boshlaydi va 10-martga kelib, +21...+26° ni tashkil etadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥12👍7😱4
❓Talaba akademik ta’til davrida o‘qishini onlayn tarzda davom ettirsa bo‘ladimi?

✅ Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

Bunda oliy ta’lim muassasasida murojaatchi o‘qiyotgan ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda talabaning o‘qishi arizasiga ko‘ra belgilangan muddatga ushbu ta’lim shakliga o‘tkaziladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍9