Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan talabalarga qo‘shimcha imtiyozlar berildi

O‘zbekistonda prezident qarori bilan nogironligi bo‘lgan talabalarga qo‘shimcha imtiyozlar berildi.
Xabarga ko‘ra, qaror bilan 2023-yil 1-iyungacha nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi. Mazkur ro‘yxat “Advice.uz” huquqiy portaliga joylashtiriladi.

Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yilidan “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi. 2023/2024 o‘quv yilida:
abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qabul tartibiga oid maʼlumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘ladi;
bunda videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etiladi.
Bundan tashqari, o‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga taʼlim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratiladi. 2023-yilda Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari robotlashtirilgan lokomat majmuasi va boshqa zamonaviy reabilitasiya uskunalari bilan taʼminlanadi.

Qarorga ko‘ra shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Mazkur hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍10
❗️SAVOL:
Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?

JAVOB:
- harbiy xizmatni oʻtash uchun;-
- salomatligini tiklash uchun;
- homiladorlik va tugʻish uchun;
- bolalarni parvarish qilish uchun;
- oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bu talabaga eng yuqori bahoni qo'yish kerak!

Chunki "Bilmayman" demadi, har qalay savolga javob berdi!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣31👍7😁4
❗️Oliy taʼlim muassasalarining “Maktab menejmenti” bitiruvchilari maktabda qanday lavozimlarda ishlashlari va qaysi fandan dars berishlari mumkin?

- Mazkur yoʻnalishda oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar umumtaʼlim maktablarining iqtisodiyot va tadbirkorlik yoʻnalishlariga doir fanlardan dars berishlari mumkin. Shuningdek, amaldagi tartibga koʻra, uzluksiz taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy, kasbiy taʼlim pedagogikasi va texnologiyasi sohalarida ishlashlari nazarda tutilgan.
👍6⚡5🤬3
❓Kontraktni 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?

✅ JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin.

Prezidentning 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika OTM talabalariga o‘quv yili davomida teng ulushlarda kamida 4 marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilgan.

Muddatlar quyidagicha:

— 25%: 1-kurslar uchun 15-sentabrgacha, yuqori kurslar 1-oktabrgacha;
— 50%: 1-yanvargacha;
— 75%: 1-aprelgacha;
— 100%: 1-iyulgacha.

Ushbu muddatlar 1-kurslar uchun Davlat qabul komissiyasi tomonidan, yuqori kurslar uchun OTM rektori tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Super-kontrakt uchun ham bo‘lib to‘lash imkoniyati amal qiladi, faqat 4 ga emas, 2 ga bo’lib to’lanadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍14😍1
Albert Eynshteyndan hayotiy maslahatlar

Qiziquvchan boʻling:
“Mening hech qanday maxsus isteʼdodim yoʻq. Men shunchaki, juda qiziquvchanman”.

Bebaho qatʼiyat:
“Men har bir masalaga, boshqalarga nisbatan, juda eʼtibor va ehtiyotkorlik bilan qarayman”.

Vaqtdan yutishga xarakat qilmang:
“Bir vaqtda bir necha ish qila olasan, lekin hammasini mukammal qila olmaysan”.

Eng katta kuch bu — tasavvur:
”Tasavvur – bu hamma narsa. Bu hayotdagi boʻlajak voqealarni koʻrib chiqishdir. Tasavvur bilimdan ham muhimdir“.

Xato qilish:
”Hech qachon xato qilmagan inson, yangi narsani umuman tatib koʻrmaydi“.

Hozirgi vaqt bilan yashang:
”Men hech qachon kelajak haqida oʻylamayman – u juda tez yaqinlashib keladi“.

Qadriyatlarni yarating:
”Muvaffaqiyatga erishish uchun intilmang, balki hayotingiz mazmunli boʻlishiga intiling“.

Takrorlamang:
”Bir ishni qayta-qayta qilib, lekin har xil natijani kutish axmoqlik“.

Bilim tajribadan kelib chiqadi:
”Axborot – bilim emas. Ilmning yagona manbasi – tajriba“.

Oʻyinda yaxshiroq oʻynash uchun, qoidalarni bilish kerak:
”Siz oʻyin qoidalarini oʻrganishingiz kerak. Shundan soʻng, hammadan koʻra yaxshiroq oʻynashingiz mumkin".

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍22🔥3
Tibbiyot universiteti talabalarining offlayn o'qish boshlanishi haqidagi xabarga reaksiyasi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣71😱5👍4
❗️Talaba konspekti

Kanspekt yozganda bu usulni qo‘llamang zero domla bilib qolishi mumkun.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣84👍4🔥1
Pharmbills Academy да 2 ҳафталик онлайн-стажировка

Американинг Pharmbills компаниясида стажировка ўташ учун рўйхатдан ўт ва муваффақиятли тамомлагандан сўнг сен истаган job-offer га эга бўл.

Нима таклиф этилади:

◾️ иш ҳақи, $600 gross дан бошлаб (sinovdan keyin);
◾️ 3/12 ой босқичларида иш ҳақини қайта кўриб чиқиш имконияти;
◾️ иш кунининг 18:00-3:30 (full time);
◾️ онлайн ишлаш имконияти;
◾️ зарур техника билан таъминланиш;
◾️ тиббий суғурта;
◾️ халқаро тренинглар ва шахсий менторлик;
◾️ расмий ва узоқ муддатли контракт.

Номзоддан талаб этилади:

◾️ инглиз тилини билиш даражаси Upper-Intermediate ва ундан юқори (ҳар куни америкалик мижозлар билан мулоқот қилиш учун юқори сўзлашув даражаси);
◾️ иш тажрибасининг бўлиши шарт эмас;
◾️ инглиз тили ва мантиқ бўйича тестни топшириш.

🏡 Қаерда: масофадан туриб ишлаш

✅ Рўйхатдан ўтиш: http://go.academy.pharmbills.com/hjqf
⚡2👎1🌚1
❗️Talaba qizning Telegramdagi tanishuvi jinoyat bilan yakunlandi

Andijonda 1 kursda oʻqiydigan qiz “PANDA” nomli profil foydalanuvchisi bilan tanishdi.

Qiz bilan yaqin munosabatda gaplashgan nomaʼlum shaxs unga tegishli fotosuratlarni qoʻlga kiritdi.

Soʻngra nomaʼlum foydalanuvchi rasmlarni tarqatish va sharmanda qilish bilan qoʻrqitib, pul talab qildi.

Tezkor-qidiruv tadbirida “PANDA” Andijonda yashovchi 28 yoshli M.A. boʻlib chiqdi va pulni olayotganda qoʻlga tushdi.

Unga 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi xavf solmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍31🤣11😢4
❗️2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo'lishi kutilmoqda

BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib kasblarning 75 foizi STEM fanlariga aloqador bo‘lishi kutilmoqda. Aynan mana shu tizim asosida ta’lim olish orqali o‘quvchilar kelajak muammolariga yechim topa oladigan, yangi kashfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanishiga ishonilmoqda.

“STEM” inglizcha “Science, Technology, Engineering, Maths” so‘zlarining qisqartmasi. O‘zbekchasiga qisqacha qilib aytganda, STEM fanlari ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlarini o‘z ichiga oladi va bu fanlarni yaxlit tarzda o‘qitishni anglatadi.

STEMga aloqador kasblar qaysilar?

STEM kasblari 4 ta fan doirasidagi barcha kasblarni o‘z ichiga oladi.

Bular orasida hisobchi, texnik yozuvchi, kompyuter dasturchisi, kimyogar, moliyaviy tahlilchi, veb-dasturchi, biolog, atrof-muhit muhandisi, tizim tahlilchisi, muhandis-quruvchi, mexanik muhandis, statistik, psixolog, ma’lumotlar bazasi muhandisi, ma’lumotlar bazasi boshqaruvchisi, IT-menejyer, shifokor, "data scientist" kabi kasblar bor.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍26
#Talabalardan_murojaat

❗️"Doim konspekt yozamiz"

Biz Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti talabasimiz. Veterinariya meditsinasi yo'nalishida o'qiymiz. Bu institutda veterinariyaga oid laboratoriya jihozlari va ko'rgazmali materiallar yo'qligi uchun doim konspekt qilamiz. Shu masalani ko'rib chiqishingizni iltimos qilib yozamiz.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣40👍10🔥6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O'qishga qaytayotgan talabalar hayotidan.

“Oyoq qo‘yishga joy yo‘q”

Ushbu holat Sariosiyo—Termiz yo‘nalishidagi poyezdda yuz bergan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13🤣9🤬3
❗️QSning “Fan sohalari reytingi” bo‘yicha reytingidan qanday foydalanish mumkin?

Quacquarelli Symonds xalqaro reyting kompaniyasi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) 54 ta fan bo‘yicha natijalarini eʼlon qildi. Ushbu QSning eng yirik reytingidan 1 594 ta oliygohning 15 700 dan ortiq turli o‘quv dasturlari o‘rin olgan bo‘lib, ulardan 103 tasi yangi hisoblanadi.

Oʻzbekiston milliy universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti ham ushbu reytingdan o‘rin olgan.

Nufuzli reyting agentliklari tomonidan e’lon qilinadigan shu kabi reytinglar yoshlarga ularning qiziqishi va imkoniyatiga qarab oliygoh tanlashlariga yordam beradi.

Ushbu reytingdan qanday foydalanish mumkin?

Reytinglar sizga tanlayotgan universitetingiz bilan yaqindan tanishish va boshqa muassasalar bilan solishtirish imkonini beradi. Bunda har bir universitetning TopUniversities.com saytidagi profil sahifasiga tashrif buyurib, ularning dasturlari, jihozlari va o‘qish to‘lovlari haqida ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin. Ammo ba’zi universitetlarning reytingda ko‘rsatilmaganligi uning “yomon” ekanini anglatmaydi.

Sizga mos oliygohni topishning bir necha usullari mavjud:

Batafsil

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍3
Qirqqa kirib oʻzbekchada eplab gapirolmaydiganlar bor-u, bular qirq kunda inglizchani oʻrgatishmoqchi boʻladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣64😁6🏆4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Assalomu alaykum! Yakshanba tongi muborak bo‘lsin!

Kun bo'yi yuzingizdagi kulgu qalbingizdagi iliqlik sizni va atrofingizdagilarni isitib tursin!

Boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va ezguliklarga to'la bo‘lishini tilaymiz!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍5
#talaba_minbari

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Muqaddas Mamarasulova yozuvchi Abulqosim Mamarasulovning “Telba muhabbat” nomli kitobini ingliz tiliga tarjima qildi.

Ingliz tilidagi “Mad love” (Telba muhabbat) nomli risola dunyodagi eng yirik onlayn kitob do‘koni Amazon kompaniyasi orqali sotuvga qo‘yildi.

Ma’lumot o‘rnida, Amazon kompaniyasi 1995-yilda internet tarmoqlarda paydo bo‘lgan. Bugungi kunda Amerikada amalga oshiriladigan barcha onlayn xaridlarning uchdan bir qismi mazkur kompaniya (Amazon.com) hisobiga to‘g‘ri keladi.

👉Mad love – e-version
👍41🔥3😍1
Sizni hech narsani uddalay olmaydigan g'alcha deyishsa tushkunlikka tushmang. Quyidagi faktlarni yodga oling:

⚜️ Uolt Disney yangi g’oyalar o’ylab topa olmagani uchun gazetadan ishdan haydalgan;

⚜️ L. V. Bethovenning boshlang’ich o’qituvchisi uni butunlay qobiliyatsiz deb hisoblagan;

⚜️ T. Edisonning ustozi uni aqlsiz hech narsani o’rganolmaydigan deb ta’riflagan ekan;

⚜️ A. Eynshteyn 4 yoshgacha to’g’ri gapira olmagan va uning ustozi uni aqliy salohiyatdan orqada qolgan deya ta’kidlagan;

⚜️ Buyuk haykaltarosh Rodenning otasi: — Mening o’g’lim ahmoq, 3 safar ham o’qishga kira olmadi, – degan;

⚜️ D. Mendeleyev kimyodan 3 bahoga o’qigan;

⚜️ Radioni o’ylab topgan Markoni do’stlariga ovozni havoda, masofadan turib yetkazib beraman deganida, hamma uni jinniga chiqarishgan. Lekin bir necha oydan so’ng uning radiosi ko’pchilik dengizchilarning hayotini saqlab qolgan.

💡 Hech qachon harakat qilishga kech emas. Muhimi o'zingizda ishonch bo'lsa, bo'ldi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍35