Talaba.uz | Ta'lim portali
5.43K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧗 Imkon boʻlishini kutmang, aksincha imkoniyatni oʻzingiz yarating! Butun hayotingizni tahlil qilishga undaydigan rolik.

🔆 Kuningiz xayrli o'tsin!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍12👏2
❗️Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida toʻplagan oʻrtacha ballari boʻyicha Toshkent viloyati oxirgi oʻrinda

✅ 2022-yilda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida toʻplagan oʻrtacha ballari 101,2 ballni tashkil etgan.

Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi boʻyicha):

🔹 Buxoro viloyati — 107,63 ball;
🔹 Fargʻona viloyati — 106,52 ball;
🔹 Xorazm viloyati — 104,3 ball;
🔹 Toshkent shahri — 103,43 ball;
🔹 Namangan viloyati — 102,32 ball.

Talabalikka tavsiya etilgan 2022- yil bitiruvchilarining test sinovida toʻplagan oʻrtacha ballari 110,7 ballni tashkil etgan. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar:

🔸 Buxoro viloyati — 117,45 ball;
🔸 Fargʻona viloyati — 115,64 ball;
🔸 Toshkent shahri — 113,28 ball;
🔸 Navoiy viloyati — 113,11 ball;
🔸 Namangan viloyati — 111,55 ball.

Mazkur ikki yoʻnalishda ham Toshkent viloyati eng soʻnggi pogʻonada qayd etilgan.

Toʻliq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8
💳 O'zbekiston aholisi qanchalik saxovatli?

📇Jahon xayriya indeksining 2023-yilgi saxovat indeksida O‘zbekiston 124 davlat orasida 25-o‘rinni egalladi. Indeks ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 35 foizi xayriya qiladi, 54 foizi begonalarga yordam qo‘lini cho‘zadi va 33 foizi ko‘ngillilik bilan shug‘ullanadi.

🔘 Reytingda birinchi o‘rin AQSh va Myanmar fuqarolariga tegishli - 58%. Shuningdek, Yangi Zelandiya (57%), Avstraliya (56%) va Irlandiya (56%) yuqori beshlikka kirgan.

🔘 Eng quyi o‘rinlarni Yaman (17%), Gretsiya (16%) va Xitoy (16%) egallagan. (#)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🤣3🔥1
Gʻalati, ammo yaxshi xabar

Hindistonda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida -66kg vazn toifasida ringga chiqqan jazoirlik Imona Xalif chorak finalda o‘zbekistonlik Navbahor Hamidovani (suratda) mag‘lub etib medalni naqd qilgandi.

Ammo keyinchalik o‘tkazilgan genetik tekshiruvlarda Imona aslida erkak bo‘lgani ma’lum bo‘ldi va IBA tomonidan diskvalifikatsiya qilindi.

Natijada Navbahor avtomatik tarzda JCh bronza medali bilan taqdirlandi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣48😱7🤨6
#shunaqa_gaplar

Moslasha olganingiz to'g'ri joyda ekanligingizni anglatmaydi)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍45🔥8⚡4
❗️Talabalarni qiziqtirayotgan 2 ta savol bo‘yicha ma’lumot:

❓ Stipendiyalar oshdimi?

1️⃣ Yo’q, Prezident farmoni bilan faqat byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar 7%ga oshyapti.

Talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan.

❓Kontraktlar ham oshadimi?

2️⃣ Aslida qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak, chunki bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni aslida qoidasi bo’yicha mehnatga haq to’lash miqdori oshganda kontraktlar ham oshadi.

Lekin bu borada xulosaga biroz shoshmagan ma’qul. Sababi pandemiyadan keyin bir necha yildan buyon kontraktlar miqdori oshirilmayapti, eski holicha turibdi. Mehnatga haq to’lash miqdori bir necha bor oshgan bo’lsa-da, lekin kontraktlar oshirilmadi.

Yana ham bu bo’yicha sohaga mas’ullar rasmiy aniqlik kiritgani maqsadga muvofiq

Manba

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎21👍8😐3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sessiya payti ramazon oyiga to‘g‘ri kelganda domla va talaba

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣15👍5👎4
Talabalarni qiziqtirayotgan 2 ta savol bo‘yicha ma’lumot:

Stipendiyalar oshdimi?

Yo’q, Prezident farmoni bilan faqat byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar 7%ga oshyapti.

Talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan.

Kontraktlar ham oshadimi?

Aslida qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak, chunki bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni aslida qoidasi bo’yicha mehnatga haq to’lash miqdori oshganda kontraktlar ham oshadi.

Lekin bu borada xulosaga biroz shoshmagan ma’qul. Sababi pandemiyadan keyin bir necha yildan buyon kontraktlar miqdori oshirilmayapti, eski holicha turibdi. Mehnatga haq to’lash miqdori bir necha bor oshgan bo’lsa-da, lekin kontraktlar oshirilmadi.

Yana ham bu bo’yicha sohaga mas’ullar rasmiy aniqlik kiritgani maqsadga muvofiq.

Manba: @xushnudbek

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8👎5🌚1
O‘zbekistonda qancha talaba ijarada turayotgani ma’lum bo‘ldi

▪️ Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari soni – 50 976 ta;

▪️ Ijarada turuvchi talabalar soni – 83 018 nafar.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 7,8 milliard so‘m imtiyoz qo‘llangan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍2
📌 Vodiyga borib keladigan talabalarga ham qulay bo'ladi: ”Qamchiq” dovonida mikroavtobuslarga ruxsat beriladi

10-apreldan xavfsizlik choralarini ko‘rib, “Qamchiq” dovoni orqali turistik mikroavtobus (15 kishigacha), Jizzax dovoni, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus va mikroavtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi. (#)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍10
Jeki Chandan 7⃣ ta hayot saboqlari:

1⃣. Sening og‘ir ishing qaysidir ishsizning orzusi;

2⃣. Sening quloqsiz bolang, befarzand insonning orzusi;

3⃣. Kichkina uying, uysizning orzusi!

4⃣. Sening ozgina mablag‘ing, har bir qarzga botgan insonni orzusi;

5⃣. Sening sog‘lig‘ing, har bir bedavo dardga chalingan insonni orzusi;

6⃣. Sening Xudo yashirayotgan gunoxlaring, gunoxlari ochilib sharmanda bo‘lganlarning orzusi;

7⃣. Sening tinch hayoting, xotirjam uxlashing, har bir notinch davlat fuqarosining orzusi

O‘zingda borini qadrla va shukr qil, ertaga nima bo‘lishini bilmaysan-ku!

Do'stlarga ham ulashing!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍53🔥7
Sun'iy intellekt 2050-yilgi O'zbekistonni tasvirlabdi. Ayanchli.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤬36😢22👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda g'alati ob-havo

Ayni damda Toshkentda noodatiy ob-havo kuzatilmoqda. Toshkentning bir qismida juda kuchli jala, unga qoʻshilib doʻl yogʻmoqda.

Ammo shaharning Chilonzor tumani va unga yaqin hududlarda umuman yomgʻir ham yogʻmagan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6
“Koreyalik talabalar juda ko‘p kitob o‘qiydi” — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay Sharipov bilim olishda koreys va o‘zbek talabalari o‘rtasidagi farq haqida

“Koreya xalqidan o‘rganishimiz kerak bo‘lgan eng muhim xususiyat — mehnatkashlik. Koreyaliklar o‘zining ustida juda ko‘p ishlaydi. Qo‘yilgan masalaga o‘ta masʼuliyat bilan qaraydi. Masalan, Koreyadagi talabalar 12 soatlab, kerak bo‘lsa, 24 soat o‘qiydi. Ular juda ko‘p kitob o‘qiydi. Kutubxonalariga borsangiz, talabalar hatto yotib o‘qiyotganiga ham guvoh bo‘lasiz. O‘zbek talabalari auditoriyalarda 4-6 soat o‘qisa, undan keyin 3-4 soat dars qilishi mumkin. Lekin bu kam. Yana ikki karra ko‘proq o‘qish kerak. Yaʼni auditoriyada 4-6 soat o‘qisa, uyiga borib yana 6-8 soat o‘qishi kerak. Ana shundagina talaba o‘z oldiga qo‘ygan natijalarga erisha oladi, kelajakda mustaqil fikrlay oladigan inson bo‘lib yetishadi”.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍36👎11🔥8
🌙 Juma muborak!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Besh kecha borki, unda duolar rad etilmaydi: rajab oyining avvalgi kechasi, sha’bon oyining yarmidagi kecha, juma kechasi, fitr kuni kechasi va qurbonlik kechasi” (Ibn Asokir rivoyati).

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍18
❗️Open budjet’ga talabalar yotoqxonasi

O‘zbekiston Milliy universiteti 5 ming nafardan ortiq talaba yashaydigan 10 ta talabalar yotoqxonasini isitish tizimini yaxshilash uchun Open budjet’ga loyiha joylashtiribdi.

“...2022/2023 o‘quv yilda kuz-qish mavsumi anomal sovuq kelganligi, issiqlik energiyasi keluvchi oraliq masofa uzoqligi va oxirgi nuqtasi bo‘lganligi sababli issiqlik energiyasi yotoqxonalarga kelgunicha isitish darajasi pasayib ketdi...” deb yozilgan loyiha e’lonida.

Endi savol tug‘ilyapti: yetarlicha ovoz yig‘a olmasa, 10 ta yotoqxonaning isitish tizimi yomonligicha turaveradimi? Keyingi yil ham anomal sovuq bo‘lsa, talabalar sovuqda qishlashda davom etadimi? Universitetga e’tiroz yo‘q. Muammoni hech bo‘lmasa, Open budjet orqali hal qilmoqchi.

Ijtimoiy obyektlarning isitish tizimiga javobgar bo‘lgan hokimlar qayoqqa qaragan? Aslida, bu masala birlamchi ehtiyoj emasmi? Talabalar shaharchasi hokimchasi, Olmazor tumani hokimi nahot bu yilgi qishdan xulosa qilmagan bo‘lsa?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍22😁7🤬7