Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Mamlakatimizda qancha talaba ishga kirolmagan?

O‘tgan yili 11 ta davlat oliygohining 11 mingdan ziyod bitiruvchilaridan 6,5 ming nafari ishga joylashmagan. Yoki grantda o‘qigan 3 ming talaba ham ishga kirmagan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣15😢8👍7
Siz O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha Referendumda ishtirok etasizmi?
Примите ли вы участие в Референдуме о внесении изменений в Конституцию Республики Узбекистан?
Anonymous Poll
51%
Ha / Да
39%
Yo'q / Нет
20%
Bir qarorga kelmadim / Не определился
👍10👎2🤣2
#Bilasizmi

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

➖ kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;

➖ toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

➖ turmush oʻrtogʻi vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

➖ nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

➖ 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayollarning qiz farzandlari;

➖ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍9👎1
#Xayrli_kun

😊Assalomu alaykum, azizlar!
Sizning tonggi tabassumingiz, iliq mehringiz kun davomida bo‘lajak mo‘jizalarga, yaxshi amal-u, ezgu ishlarga zamin yaratadi.
Shunday ekan, kuningizni yaqinlaringizga yaxshi kayfiyat va mehr ulashishda boshlang!

🤗Boshlangan kuningiz xayrli bo'lsin!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍2😍2
⚡️Talabalarga 2-kursdan boshlab ishlashiga ruxsat berish rejalashtirilyapti

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Unga ko‘ra mazkur qaror qabul qilinsa:

➡️ oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi;

➡️ haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka o‘tayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi;

➡️ talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga faqat oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida ruxsat etiladi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ikki oy muddatda:

a) quyidagilarni nazarda tutuvchi talabalarga mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi sertifikat berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifalari yuklanadi:

sertifikat beriladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati;

sertifikatni ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qaysi kursdan boshlab berilishi;

sertifikatni berishda inobatga olinadigan holatlar.

➡️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qish davrida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashini inobatga olib, 2024 yilga qadar Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorini hamda malaka darajalariga erishish sxemasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish choralarini ko‘rishi taklif etilmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13👎9👏3
Avtobus bekatidagi kutubxona, Belgiya.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍70😍33🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talaba fikri: Bizda kredit-modul tizimining faqat kredit tizimi ishlaydi!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍49🔥4⚡1
❗️Toshkent viloyatida Agrar universiteti talabasi vafot etdi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 12 aprel kuni 21 yoshli yigit sport klubida vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 22:15 da Yangiyo‘l tumanida yashagan, Toshkent davlat agrar universitetining 2-bosqich talabasi D.A. Yangiyo‘l shahri tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limiga olib kelingan.

Marhum D.A.ning Yangiyo‘l shahri «Ramadan» MFYda joylashgan sport klubida sog‘lig‘i yomonlashib qolgan va shu yerning o‘zida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, uning o‘limi o‘tkir yurak yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqqani va marhumda tan jarohatlari mavjud emasligi qayd etilgan.

Holat yuzasidan Yangiyo‘l shahri prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢28👍6🤨1
record-1681465055881.wav
237 KB
❗️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishonch telefoni (1006)
ishlamayotgani aytilmoqda.

"712071683, 712071680 ushbu telefon raqamlariga hech kim javob bermayapti.. 1006 ishonch telefoniga qilsak esa "ваша карта заблокирована" degan javobni eshitasiz. Nima kerak bunaqa axmoqona ishlar? Biz ham zerikkanimizdan telefon qilmayapmiz"

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👏9👍4🤬2
❗️Nyu-York shahrida Ramazon hayiti qanday nishonlanadi?

Nyu-York shahridagi "MahallaUSA" tashkiloti Ramazon hayiti munosabati bilan 2023-yil 21-aprel kuni Bruklinning Kaiser parkida bayram sayli o'tkaziladi.
Shu kuni bo'ladigan tadbirlar:

1-qism: Hayit namozi

7:00 - 7:30 Namoz uchun saflarni rostlash
7:30 - 8:15 Bayram ma'ruzasi
8:15 - 8:30 Hayit namozi

Hayit namozi ochiq maydonda o'qiladi. Namozxonlar o'zlari bilan joynamoz olib kelishadi.

2-qism: Bayram tadbirlari

11:00 - 12:00 Mehmonlar yig'ilishi
12:00 - 12:30 Rasmiy mehmonlar tabrigi
13:00 - 13:30 Juma namozi
13:30 - 15:00 Bayram palovi

Shu kuni 100 kg. Toshkent to'y palovi va yana 100 kg. Samarqand to'y palovi tortiq qilinadi. Shuningdek, salqin ichimliklar, pishiriqlar va mevalar; bolalar va kattalar uchun ko'ngilochar dasturlar bo'ladi:

- Islomiy viktorinalar
- Milliy o'yinlar
- Sport o'yinlari
- Bolajonlar uchun 1000 dona bayram hadyalari

Tadbir "MahallaUSA" homiylari tomonidan moliylashtirilgan va unda ishtirok etish hamda taomlar bepul.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍52🐳3
Ramazonda yoqqan yomg’ir

Ona ming qilsada baribir ona,
Xol so‘rar: Issiqda charchamadingmi?
Bu jaziramada ketgancha yona,
Tashna bo‘lmadingmi, chanqamadingmi?

Atay sinash uchun aylayman javob,
Onajon kelsada g‘aflatdan qochgim.
Qolsamda beajr, yohud besavob,
Judayam kelyapti og‘zimni ochgim.

Onam cho‘chib ketar, esingni yebsan,
Bir kungina ro‘zang buzganing uchun.
Jazo olmog‘ingni istamasdirman,
Kafforating o‘tab yana oltmish kun...

Bu ayol...
Keltirib qo‘ymasa yaxshiydi iymon-
Deb shayton esidan og‘a boshlaydi.
Xidoyat topsin va bo‘lsin deb omon,
Ko‘zimdan yomg‘irlar yog‘a boshlaydi...

©️ Abdurahmon Meshayan

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍16❤‍🔥3🔥3
❗️Pedagog talabalar diqqatiga!

Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi oʻzgartirilishi kutilmoqda

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova vazirlikning “Vazirga murojaat” rukni ostida eʼlon qilingan videomurojaatda maʼlum qildi.

💬 “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy va bilimli rahbar kadrlar bilan taʼminlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan joriy yil davomida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktorlarini lavozimga lavozimdan ozod etish jarayonini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tanlov asosida tashkil etish boʻyicha tegishli huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda
”, – deyiladi bayonotda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13🤨3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Flash Sale | Online Ingliz Tili Darslarim Uchun Mega Chegirma!

Bugun Siz 59.000 So'mga To'liq 9 Oylik Darslarimga Qo'shilish Imoniyatiga Egasiz.

✅️ Ingliz tilini eng zamonaviy metod yordamida online tarzda tez, oson va samarali o'rganing.

‼️ Online darsning asl narxi 1 oyga 200.000 so'm va umumiy 9 oyga mo'ljallangan. Bugun 15 aprel darslarimga "Flash Sale" chegirmasini e'lon qildim va 50 o'quvchini to'liq 9 oylik kursga bor yo'g'i 59.000 so'mga qabul qilaman. Bu bir marotabalik to'lov bo'lib ushbu aksiyada darsga qo'shilgan o'quvchilar 9 oy davomoda boshqa to'lov qilmaydi.

📩 To'liq ma'lumot @realenglishfullpack

PS: "Flash Sale" asosida umumiy 50 o'quvchi qabul qilinishini eslatib o'taman. Imkoniyatni qo'ldan noy bermasdan men bilan hoziroq bog'laning.

Ijtimoiy tarmoqlarim;

Telegram | Instagram | YouTube
👍7
📌 Grant asosida o'qishni tamomlaganlar 3 yil davlatga ishlab berish majburiyati bekor bo'ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzu keng muhokama qilinmoqda. Shuningdek murojaatbotimizga ham ushbu xabarlarga oydinlik kiritib berishimizni so'rashgan. Tegishli vazirlik mas'ullari va yuristlar bergan ma'lumotlarga ko'ra 3 yil davlatga ishlab berish amaliyoti bekor bo'lmagan, idoraviy hujjat o'z kuchidaligi aytilmoqda.

Shuningdek davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalar 3 yillik majburiy mehnat faoliyatini kambag'allik yuqori bo'lgan hududlarda amalga oshirishlari haqida takliflar ko'rib chiqilmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎24👍12👏1
р.pdf
261.6 MB
❗️Yangilanayotgan Konstitutsiya. 100 savolga 100 javob qoʻllanmasi bilan tanishing.

Ushbu qoʻllanmada:
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilishi taklif etilayotgan 100 ta eng muhim yangiliklarning mazmun-mohiyati savol-javob tarzida batafsil yoritilgan;
- turli yoshdagi fuqarolarning konstitutsiyasiviy islohotlar bilan bogʻliq masalalarni oson va asoslantirilgan tarzda tushunishiga yordam beradi;
- u referendum tashkilotchilari va keng jamoatchilikka moʻljallangan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6👎6
❗️ Stipendiyalar oshdimi?

Yo’q, Prezident farmoni bilan faqat byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar 7%ga oshyapti.

Talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan.

Kontraktlar oshadimi?

Aslida qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak, chunki bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni aslida qoidasi bo’yicha mehnatga haq to’lash miqdori oshganda kontraktlar ham oshadi.

Lekin bu borada xulosaga biroz shoshmagan ma’qul. Sababi pandemiyadan keyin bir necha yildan buyon kontraktlar miqdori oshirilmayapti, eski holicha turibdi. Mehnatga haq to’lash miqdori bir necha bor oshgan bo’lsa-da, lekin kontraktlar oshirilmadi.

Yana ham bu bo’yicha sohaga mas’ullar rasmiy aniqlik kiritgani maqsadga muvofiq.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎18👍15😐1
❗️ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti diqqatiga!

Assalomu alaykum! Biz magistraturaning qishgi qabulida 2023-yil 20-fevraldan rasman oʻqishni boshladik. Lekin bizga mart, aprel oylarini stependiyasi tushdi. Ammo fevral oyining 8 kunligi tushmadi. Shunga aniqlik kiritib berishlarini soʻraymiz.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣12👍6😱1
Ⓜ️ 19-aprel kuni Toshkent metropoliteni Yer usti halqa yo‘lining 7-bekatida (Qo‘yliq) poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Shu kuni poyezdlar harakati Do‘stlik-2 — 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1