Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Oʻzbekiston hududida havo harorati kunduzi asosan +25°С dan +30°С gacha, baʼzi joylarda +34°С gacha koʻtariladi.
Tog'li hududlarda +20°С gacha.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍4
❗️Taʼlim muassalari bitiruvchilari uchun ishga joylashtirishda qanday imtiyozlar mavjud?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi Farmoniga muvofiq 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab:

- Ish beruvchilarning bitiruvchilarni ishga joylashtirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida yagona ijtimoiy toʻlovning oʻrnatilgan stavkasini ular ishga joylashganliklaridan keyingi bir yil ichida 50 foizga, ikkinchi va uchinchi yil davomida esa 25 foizga kamaytiriladi. Byudjet tashkilotlari, monopolist tashkilotlar, ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tashkilotlarga ishga joylashganlar bundan mustasno boʻladi;

- kollej, akademik litseylarning oʻquvchilariga soliq toʻlovchining individual raqami berilib, elektron raqamli imzo (ERI)ni tegishli toʻlovni undirmasdan soliq toʻlovchi sifatida davlat soliq organlarida roʻyxatga qoʻyiladi;

- shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 84-moddasiga muvofiq, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining hamda oliy oʻquv yurtlarini tamomlagan bitiruvchilar uch yil ichida birinchi marotaba ishga kirayotgan holda, ular bilan tuziladigan mehnat shartnomalarida dastlabki sinov muddatlari belgilanmasligi qayd etilgan;

- bundan tashqari, Mehnat Kodeksining 2471-moddasiga asosan, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining, shuningdek davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan oliy oʻquv yurtlarining tegishli taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi u tuzilgan kundan eʼtiboran uch yillik muddat oʻtguniga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilinganida ish beruvchi bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shart. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari yakka tartibdagi tadbirkorlarga yollanib ishlaganda kollejni bitirgandan boshlab bir yil muddatga qatʼiy belgilangan soliqdan ozod etiladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥3👍2
❗️Onlayn o'qigan arxitektor

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣59👎4😱3
❗️Mehnat daftarchasiga talabalik davri ham yoziladimi?

“Mehnat daftarchasiga 4 yillik talabalik davri ham kiritiladimi? Mehnat daftarchasini ishxonada yuritiladimi yoki oʻqish joyida?”

- Mehnat kodeksining 81-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehrat daftarchasini tutishi shart, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.

Ish beruvchi mehrat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga oʻtkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga koʻra, mehnat daftarchasiga oʻrindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.

Shuningdek, “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida” gi 402-sonli yoʻriqnomaning 2-qismi 2-bandiga muvofiq, oʻrta, oʻrta-maxsus va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi yozuvlar faqat tegishli hujjatlar (attestat, guvohnoma, diplom)ga aosan yoziladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Talabaga mehnat daftarchasi korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan yuritiladi hamda oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan soʻng diplomiga asosan 4 yillik talabalik davri toʻgʻrisidagi maʼlumot ham kiritiladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍18
❗️Toshkentdagi universitetlardan birining talabasi pul uchun ayovsiz kaltaklandi

Kartasidagi pullarni bankomatda naqd qilmoqchi boʻlgan yigit 10 ga yaqin fuqaro tomonidan kaltaklandi. Ular yigitni uzoqdan kuzatib yurgan va pullarini olib qoʻyish maqsadida ayovsiz kaltaklashgan.

Maʼlumotlarga koʻra, yigit Toshkentdagi oliygohlardan birida tahsil oladi (qaysiligi aytilmagan). U koʻp qavatli uyda ijarada turgan. Yigitning aytishicha, oʻsha kuni kechki payt uyning egasi kelib, undan pullarni oʻsha zahoti toʻlashini talab qilib, toʻlolmasa koʻchaga chiqarib yuborishini aytadi. Yigit esa doʻstlaridan qarz oladi. U qarzga tushgan pullarni naqd qilish uchun uyining tagida joylashgan bankomatlardan biriga tushgan. Kartadan pul yechayotgan vaqtida 10 ga yaqin yigitlar yugurib kelib, bolani avval qoʻrqitib, pullarni bermaganidan keyin ayovsiz kaltaklashgan.

“Men pullarni kuchim boricha asrashga harakat qildim. Chunki ular menga judayam zarur edi”, deydi jabrlangan yigit. Koʻchada boʻlgan odamlar yigitning ahvolini koʻrib unga yordam koʻrsatishgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢20🤬13👍2
🤣16👍3😁2
❗️26-aprel – Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

QUSHLAR HAM YIGʻLAR

Terlar oqdi suv boʻlib bizdan
Va gursillab yiqildi terak...
Aka, bizning qilmishimizdan
Tunda qushlar yigʻlasa kerak.

Ona chumchuq aylanib ketmas,
Koʻngliga qil sigʻmasa kerak.
Eski indan tashib borib xas,
Yangi inda yigʻlasa kerak.

Baland boʻlar uyimiz togʻdek,
Ayvonida ustun ul terak.
Biz yasharmiz koʻnglimiz chogʻdek,
Shunda qushlar yigʻlasa kerak...

Muhammad YUSUF,
Oʻzbekiston xalq shoiri.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍23😢9🔥4
Pharmbills Academy да 2 ҳафталик онлайн-стажировка

Американинг Pharmbills компаниясида стажировка ўташ учун рўйхатдан ўт ва муваффақиятли тамомлагандан сўнг сен истаган job-offer га эга бўл.

Нима таклиф этилади:

◾️ иш ҳақи, $600 gross дан бошлаб (sinovdan keyin);
◾️ 3/12 ой босқичларида иш ҳақини қайта кўриб чиқиш имконияти;
◾️ иш кунининг 18:00-3:30 (full time);
◾️ онлайн ишлаш имконияти;
◾️ зарур техника билан таъминланиш;
◾️ тиббий суғурта;
◾️ халқаро тренинглар ва шахсий менторлик;
◾️ расмий ва узоқ муддатли контракт.

Номзоддан талаб этилади:

◾️ инглиз тилини билиш даражаси Upper-Intermediate ва ундан юқори (ҳар куни америкалик мижозлар билан мулоқот қилиш учун юқори сўзлашув даражаси);
◾️ иш тажрибасининг бўлиши шарт эмас;
◾️ инглиз тили ва мантиқ бўйича тестни топшириш.

🏡 Қаерда: масофадан туриб ишлаш

✅ Рўйхатдан ўтиш: https://go.academy.pharmbills.me/nb9
👍1👎1
⚡️3-kurs talabalar ham maktabgacha ta’lim tizimida ishlashlari mumkin

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori 7-2 bandiga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan talabalar davlat maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

Bunda ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Ularning mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍10👎4
Audio
Dekan, zamdekan,
O'qishimiz
buncha qiyin ekan...

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣9👍4❤‍🔥1
#Abituriyent_23

❗️Stomatologiya yo'nalishi bor xususiy oliygohlar ro'yxati va kontrakt narxlari

Bu mutaxassislikda bakalavr darajasini olish uchun oliy ta'lim muassasalarida o'qish 5 yilni tashkil etadi. Quyida sizga yurtimizdagi stomatologiya yo'nalishi mavjud bo’lgan xususiy oliy ta'lim muassasalari va ularning kontrakt narxlarini taqdim etamiz:

1. Kimyo xalqaro universiteti – 25 mln
2. Alfraganus university
3. European medical university – 45 mln
4. Akfa university – 58 mln
5. Buxoro innovatsion tibbiyot instituti – 30 mln
6. Central Asian Medical university
7. Osiyo xalqaro universiteti – 26 mln

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7😱3👎1
#Talabalardan_murojaat

❗️ Axir talaba u yerga ilm olish uchun boradiku!

Assalomu alaykum! Meni bira savol qiynaydi, oliy ta'lim sohasida. Oliy ta'lim dargohiga talabalar o'qish uchun, bilim olish uchun borishadi. Ammo ba'zi talabalar ertalab darsga ma'lum sabablarga ko'ra kech qolishsa ularni hatto tashqi eshikdan ham ichkariga kirgazishmayapti, nima emish kech qolding, kech qolganingdan keyin kirmaysan emish.

Axir talaba u yerga ilm olish uchun boradiku, eshikning tashqarisida turish uchun emas. Mana shunday qilishga haqqi bormi, to'g'ri talaba darsga o'z vaqtida borishi kerak ammo, ma'lum sabablarga ko'ra 5-10 daqiqa kech qolsa shu ahvolga tushishi kerakmi?

Oliy ta'lim sohasi uchun ilm olish emas darsga vaqtida kelish, davomat, forma muhimmi. Ayniqsa Nizomiy nomidagi TDPU universiteti uchun ilm olish emas mana shunday davomat forma muhim.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍39👎7🤬2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ana xolos. Dazmol bilan sayr qilayotgan odamlar

Rossiyada ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari dazmol yetaklab sayr qilib yurgan ayollarni videoga olishdi.

Psixologlar bu maxsus trening ekaniligi va koʻpchilikka oʻzini erkin tutishga, “kompleks”lardan xalos boʻlishga yordam berishini taʼkidlashmoqda.

💬 Sizning fikringiz qanday?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁12👍5🤨4