Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️3-kurs talabalar ham maktabgacha ta’lim tizimida ishlashlari mumkin

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori 7-2 bandiga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan talabalar davlat maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

Bunda ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Ularning mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍10👎4
Audio
Dekan, zamdekan,
O'qishimiz
buncha qiyin ekan...

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣9👍4❤‍🔥1
#Abituriyent_23

❗️Stomatologiya yo'nalishi bor xususiy oliygohlar ro'yxati va kontrakt narxlari

Bu mutaxassislikda bakalavr darajasini olish uchun oliy ta'lim muassasalarida o'qish 5 yilni tashkil etadi. Quyida sizga yurtimizdagi stomatologiya yo'nalishi mavjud bo’lgan xususiy oliy ta'lim muassasalari va ularning kontrakt narxlarini taqdim etamiz:

1. Kimyo xalqaro universiteti – 25 mln
2. Alfraganus university
3. European medical university – 45 mln
4. Akfa university – 58 mln
5. Buxoro innovatsion tibbiyot instituti – 30 mln
6. Central Asian Medical university
7. Osiyo xalqaro universiteti – 26 mln

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7😱3👎1
#Talabalardan_murojaat

❗️ Axir talaba u yerga ilm olish uchun boradiku!

Assalomu alaykum! Meni bira savol qiynaydi, oliy ta'lim sohasida. Oliy ta'lim dargohiga talabalar o'qish uchun, bilim olish uchun borishadi. Ammo ba'zi talabalar ertalab darsga ma'lum sabablarga ko'ra kech qolishsa ularni hatto tashqi eshikdan ham ichkariga kirgazishmayapti, nima emish kech qolding, kech qolganingdan keyin kirmaysan emish.

Axir talaba u yerga ilm olish uchun boradiku, eshikning tashqarisida turish uchun emas. Mana shunday qilishga haqqi bormi, to'g'ri talaba darsga o'z vaqtida borishi kerak ammo, ma'lum sabablarga ko'ra 5-10 daqiqa kech qolsa shu ahvolga tushishi kerakmi?

Oliy ta'lim sohasi uchun ilm olish emas darsga vaqtida kelish, davomat, forma muhimmi. Ayniqsa Nizomiy nomidagi TDPU universiteti uchun ilm olish emas mana shunday davomat forma muhim.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍39👎7🤬2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ana xolos. Dazmol bilan sayr qilayotgan odamlar

Rossiyada ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari dazmol yetaklab sayr qilib yurgan ayollarni videoga olishdi.

Psixologlar bu maxsus trening ekaniligi va koʻpchilikka oʻzini erkin tutishga, “kompleks”lardan xalos boʻlishga yordam berishini taʼkidlashmoqda.

💬 Sizning fikringiz qanday?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁12👍5🤨4
❗️Talaba qizni taʼqib qilgan bezori jarimaga tortildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) ishonch telefoniga Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi talaba qiz nomaʼlum bir shaxs tomonidan doimiy ravishda telefon orqali qo‘rqitib bezovta qilinayotgani bo‘yicha murojaat qildi. Otasi chet davlatiga ishlash uchun ketgan murojaatchi qizning yozishicha, yigit uni va dugonalarini ko‘p bora bezovta qilgan, Hattoki, onasini o‘ldirish bilan ham qo‘rqitgan.

Mazkur murojaat zudlik bilan Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yuborilib, Chortoq tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi. - deyiladi Ombudsmanning rasmiy sahifasida.

"Olib borilgan o‘rganishlar davomida, murojaatchini qo‘rqitib kelgan shaxs shu tumanda yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan A.O.ekanligi aniqlanib, unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va ish sudga oshirildi. 2023-yil aprel oyidagi Jinoyat ishlar bo‘yicha Chortoq tuman sudining tegishli qaroriga ko‘ra, 1991 yilda tug‘ilgan A. O. ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Shuningdek, aybdor A.O. dan murojaatchi qizni qayta bezovta qilmasligi to‘g‘risida tilxat olindi."- deyiladi xabarda.
🏆17👍8👎2
#iqtibos

Taqdirga tan berishni maslahat beradigan, adolat uchun kurashdan qaytaradigan, mutelik qoniga singib ketgan odamlar pedagog bo'lib ishlamasligi kerak. Ular millatni tarbiyalamaydi. Ular qullarni yetishtiradi.

© Zulfiya Rashidova

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍43👏11👎1
❗️HEMIS dasturi kirib bormagan nodavlat oliygohlar diqqatiga!

Davlat oliygohlarida o'qitish tizimi HEMIS dasturi asosida kredit-modul hisobida o'qitiladi. Nodavlat oliygohlarning ham ayrimlari ushbu dasturda ta'lim berib kelishmoqda.

Biroq, endilikda ushbu dastur asosida o'qitilmaydigan nodavlat oliygohlarning bitiruvchilariga diplom berilmaydi. Yangi o'quv yiliga qadar (iyul oyi) barcha nodavlat oliygohlari HEMIS dasturiga o'tishi va talabalik safiga qabul qilingan barcha talabalari dasturga kiritilgan bo'lishi lozim.

Dasturga kiritilmagan talabalarga diplom berilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍12🐳4🤨2
❗️Диққат! "ТELEGRAM" аккаунтларга ҳужум
————
"Telegram" мессенжерининг турли канал ва гуруҳларда ҳавола орқали тарқатилаётган сохта ҳавола, Сизниннг аккаунтингизни эгаллаб олиш мақсадида, сизга "Салом, илтимос, сўровномада менга овоз беринг, мен 4-рақамдаман" ҳаволасини юборишади. Агар телефон рақамингизни ва сизга келган кодни киритсангиз, аккаунтингиз фирибгар бошқарувига ўтади ва ўзингизни аккаунтингиздан чиқариб юборади.

Огоҳ бўлинг! Бу сохта ҳаволага маълумотларингизни киритманг.

Икки босқичли аутентификацияни ўрнатинг;
Смс-хабарномада келган рақамларни ҳеч кимга тақдим этманг;
Мессенжернинг "қурилмалар" бўлимидаги "Фаол сеансларни" текширинг, бошқа қурилмалар фаолиятини тўхтатинг.

Фейк хабарларга алданманг.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍5💯1
❗️Talabalar hazili

Bir talaba xonadosh doʻsti bilan hazillashmoqchi boʻlib stulni boʻyab qoʻydi. Qarasa, oshnasi kelyapti. U eshikdan kirishi bilan dedi:
Joʻra bilasanmi?..
Hazilkash talaba unga stulni koʻrsatib, mulozamat qildi:
- Avval oʻtir, keyin aytaverasan gapingni.
- Joʻra, men senga aytmoqchimanki...
- E- e, avval oʻtirgin!
Oshnasi oʻtirgach, hazilkash doʻsti miyigʻida kulgancha dedi:
- Ana, endi gapiraver gapingni, nima demoqchiyding?
- Bilasanmi, joʻra, bugun ertalab oʻqishga sening shimingni kiyib ketgandim...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣138👍9😁7
❗️Yutuqqa erishgan va kichik kurs talabalariga yotoqxonaga joylashishda imtiyoz berilishi rejalashtirilgan

Hukumat qarori loyihasiga koʻra imtiyozli roʻyxatga kiradigan talabalar uchun oliy taʼlim muassasasi talabalar turar joyi umumiy sigʻimining 7 foizgacha bunda, 2023/2024 oʻquv yili uchun quyidagi mezonlar ketma-ketligi asosida:

- xalqaro va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan Respublika miqyosdagi fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

- “Yil talabasi” koʻrik tanlovi Respublika bosqichi gʻolibi (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi);

- talabalar turar joyida doimiy ravishda talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari;

- “Zakovat” intellektual oʻyinlari Respublika bosqichi gʻoliblari;

- talabalar teatr studiyalari tanlovining Respublika bosqichi gʻoliblari;

- yozgi taʼtil davrida yoshlar mehnat otryadi tarkibida talabalar turar joylarini taʼmirlashda ishtirok etgan talabalarga ustuvorlik beriladi.

Mazkur roʻyxatga kiritilgan talabalar oliy taʼlim muassasasi rektori buyrugʻi, asoslovchi hujjatlar ilova qilingan holda maxsus axborot tizimiga kiritiladi.

Bir qancha imtiyoz guruhiga kiruvchi talabalarning ustunligi boʻyicha yuqori imtiyoz inobatga olinadi.

Umumiy roʻyxatdagi talabalar uchun oliy taʼlim muassasasi talabalar turar joyiga qolgan oʻrinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

1- kurs talabalari uchun 55-65 foizi;
2- kurs talabalari uchun 15-20 foiz;
3 kurs talabalari uchun 5-10 foiz;
- bitiruvchi kurs (4-va undan yuqori kurslar) talabalari uchun 5 foizgacha ajratiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣9🤬3👍1
❗️Abituriyentlarga Davlat OTMga oʻqishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra,

- 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga ijara toʻlovining bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab abituriyentlar uchun Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi.

2023-2024 oʻquv yilidan boshlab talabalar yotoqxonaga joylashish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda – YAIDXP) orqali murojaat qiladilar.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11
❗️Farq nimada?

Eski Oʻzbekistonda “Jaholatga qarshi maʼrifat” deyilsa xalqning asosiy qismi turli oqimlarga qarshi kurashishni anglar edi.
Yangi Oʻzbekistonda ham shundaymikin, nima deysizlar?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6👏1
❗️"Teatr haftaligi" boshlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan haftalik targ‘ibot ishlar rejasi tuzilib, unga ko‘ra joriy hafta “Teatr haftaligi” deya e’lon qilindi. Ushbu haftalik davomida talabalar teatr jamoalari tomonidan sahnalashtirilgan asarlar haqida postlar, xabarlar, videolar vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali berib boriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍4👎2🔥1
❓Sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatiladimi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar ortidan "endi sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatildimi?" degan savollar ko‘paydi. Shu bo‘yicha tushuntirish bermoqchiman.

1️⃣ Birinchidan, ushbu qaror faqat 14 ta PEDAGOGIKA yo‘nalishlariga taalluqli. Ro‘yxati yuqoridagi suratda berilgan. Mana shu 14 ta yo‘nalishga joriy yildan boshlab ❌ qabul to‘xtatildi.

Boshqa yo‘nalishlarda sirtqi taʼlim bo‘yicha ✅ qabul to‘xtatilmagan.

2️⃣ Ikkinchidan,
PEDAGOGIKA sohasida yo‘nalishlar ko‘p, yuqoridagi 14 tadan boshqa yo‘nalishlarga sirtqiga hamma topshira oladimi?

❗️Yo‘q, topshira olmaydi. Pedagogika sohasidagi boshqa yo‘nalishlarga ham istalgan odam qabul qilinmaydi. Faqatgina taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslargina SIRTQIga qabul qilinadi.

✅ Yana qaytaraman, bu faqat PEDAGOGIKA sohasiga taalluqli. Boshqa sohalardagi yo’nalishlarga bu qarorning aloqasi yo’q.

Shuningdek, pedagogika sohasidagi istalgan yo‘nalish uchun kunduzgi va kechki taʼlim shaklida ham cheklovlar yo‘q, istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.

ℹ️ Yuqoridagi maʼlumotlarning asosi: Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori

Ⓜ️anba: Xushnudbek.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍12
Yuksak ilm va mustahkam e’tiqodning jamlanishi naqadar yaxshi!

MMTV tasarrufidagi Filologiya maktabining 9-sinf o‘quvchilari Xalqaro IELTS imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi. O‘quvchilarning aksariyati C1 darajali sertifikatga ega bo‘ldi.
Xususan, ulardan 4 nafari 7 dan 8 ballgacha bo‘lgan natijani qo‘lga kiritdi.

Jumladan, 9-«B» sinf o‘quvchisi Karamat Karamatova 8 ballni qo‘lga kiritdi. Iqtidorli o‘quvchining sinfdoshlari ham Karamatga o‘xshab muvaffaqiyat cho‘qqisi sari intilishda davom etmoqda.

©️ Xalq ta’limi vazirligi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍26😍3
❗️Xususiy universitetga to'langan kontrakt pulining 12% qismini davlatdan qaytarib olishni bilasizmi?

Hattoki, kredit bilan to'langan bo'lsa ham!

Aytaylik, siz yillik 10 mln so'm kontrakt to'lagan bo'lsangiz, bemalol 1.2 mln so'mni qaytarib olishingiz mumkin. 4 yilda 40 mln to'lagan bo'lsangiz, demak 4.8 mln  so'mni qaytarib olishingiz mumkin!

Soliq chegirmasini olish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

- o‘z mablag‘lari;
- jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
- yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari.

To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

- to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
- bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
- OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
- pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

Huquqiy asos: lex.uz/docs/-4674902

Eslatma: Bu qaytarib olinayotgan pul aslida davlatga har oy oylik olganda oyligingizdan ushlab qolinadigan (podoxod) soliqlaringizdir. Agar siz rasmiy ishda ishlamagan bo'lsangiz, yoki qaytarib olishingiz kerak bo'lgan summaga mos soliqni davlatga to'lamagan bo'lsangiz bu imkoniyatdan umuman yoki to'la foydalana olmaysiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍7👎1🐳1