Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
9 yil Vatan tuyg‘usidan dars o‘tgan o‘qituvchimga Grinkarta chiqibdi...

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁40🤣10👍5
❗️HAYOT FALSAFASI

Bir kuni mashhur xitoy faylasufi Lao Szi yaqin doʻstini koʻrishga boribdi. Ikki qalin doʻst suhbat qura boshlashibdi.
Suhbat asnosida Lao Szi doʻstidan hayot falsafasi haqida soʻrabdi.
Doʻsti ogʻzini katta ochib:
— Qara-chi, tishlarim hamon oʻz oʻrnidami? – debdi.
Lao Szi:
— Yoʻq, ulardan asar ham yoʻq.
— Unda yana qara-chi, tilim hamon oʻz oʻrnidami?
— Ha.
— Endi tushungandirsan, hayot falsafasining nima ekanligiga?
— Albatta, yumshoqlik doimo qattiqlikdan ustun turadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍23🤣6🤨3
❗️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti professor o‘qituvchilari germaniyaning nufuzli texnika universiteti qo‘shma loyihasida ishtirok etayapti

Yevopa Ittifoqi davlatlari oliy organi — Yevrokomissiyaning dunyo bo‘ylab oliy ta’lim salohiyatini oshirish dasturi (Erasmus+Capacity Building in Higher Education) doirasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti va Germaniyadagi Freyberg (Bergakademie Freiberg) texnika universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik ishlari olib borilayapti.

Shu munosabat bilan NDKTU professor-o‘qituvchilari, dotsent I.Tursunova, prorektorlar Sh.Aliqulov hamda N.Ashurovalar ayni vaqtda Germaniyaning mazkur oliygohida bo‘lib turibdi.

Qo‘shma loyiha konchilik sanoatida ekologik resurs tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Shuningdek, vakillarimiz xorijlik mutaxassislar bilan tegishli o‘quv-amaliy dastrularni yaratish bo‘yicha ham muzokaralar o‘tkazishmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍4
❗️SAVOL-JAVOB

- Kel, oʻgʻlim. Qarshimga oʻtir, sendan bir nima soʻramoqchiman.
- Tayyorman, ustoz.
- Mavjudotlar nechaga boʻlinadi?
- 4 ga boʻlinadi.
- Menga xatodek tuyilyapti, mayli, sana-chi,
- Oʻsimliklar, hayvonlar, insonlar va bolalar...
-Bolalar inson emasmi, oʻgʻlim?
Haqsiz, ustoz. Adashmasam, mavjudotlar uchga boʻlinadi.
- Yaxshi, qani boshqatdan sana-chi, oʻgʻlim.
- Oʻsimliklar, hayvonlar va goʻdaklarga.
- Oʻgʻlim insonlarga nima boʻldi?
-Qalbini sevgi bilan yoshartirib, yashay olgani bolaligicha qoladi, qolgani esa hayvonga aylanadi, ustoz...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍37🤣11🔥5
#vazir_qabuli

❗️Vazir fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabulni o‘tkazdi

Unda fuqarolar, tadbirkorlar hamda professor-o‘qituvchilarning murojaatlari ko‘rildi. Vazir Ibrohim Abdurahmonov ularning ilmiy va innovatsion loyihani Ilmiy texnik kengash muhokamasidan o‘tkazish, talabaning kontrakt to‘loviga yordam koʻrsatilish, Samarqandda ta’limga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmaga oliy ta’lim muassasalarini jalb etish, oliy taʼlim muassasasida maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlarini tingladi.

Fuqarolar murojaati tegishli boshqarma rahbarlari va masalaga daxldor mas’ullar ishtirokida tahlil qilinib, masalalar yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Batafsil: Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5333

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍4😁4
❗️Kitob o'qimaslikka bahona yo'q

Hindistonlik sartarosh oʻz ish joyida televizor oʻrnatish oʻrniga oʻz navbatini kutayotgan mijozlar uchun kichik bir kutubxona tashkil qildi va "Kitob oʻqigan insonlarga 30% chegirma bor" deb yozib qoʻydi.

Insonlar oʻzgarishi uchun hamma narsani hokimyat qilishi shart emas. Siz ham kichik harakatingiz orqali insonlar ongini rivojiga ulkan hissa qoʻsha olasiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍58👏5
❗️Bayroq rangidagi “Bitiruvchi” tasmasini taqqan yigitga ochilgan ma’muriy ish bekor qilindi

5-may kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i rangidagi “Bitiruvchi” tasmasini taqib yurgan yigitga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilingan.

Bosh prokuratura aralashuvi bilan yigitga nisbatan qo‘llanilgan ushbu noqonuniy qaror bekor qilingan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍15🤬4
#xushxabar

❗️Bilimning foydasi

Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchisi Jahongir Yunusov Botirjon oʻgʻli dunyoning TOP 1000talik Universitetlaridan 40 tasiga qabul qilindi va taxminan $2.5 mln miqdorda grant yutib oldi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍37🔥9👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Uchrashuv boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida parlament aʼzolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv boshlandi.
🤬51👍13😁3
#hazil

"...Dadam hadya qildilar buni! Jonlari sog‘ bo‘lsin, har doim kutilmagan sovg‘alar bilan meni xursand qilib yuradilar. Ota baribir ota-da!
Faqat, boshim qotib turibdi, bu o‘rdakni endi qanday boqsam ekan? Umrimda o‘rdak boqmaganman... Maslahat berolmaysizlarmi?.."

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣91😁4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib boriladi – Prezident

“Biz Oʻzbekistonni ijtimoiy davlat, deb eʼlon qildik. Mamlakatimizda 2 million 200 mingdan ziyod ijtimoiy koʻmakka muhtoj, davlatdan yordam olayotgan oilalar bor. Aholimizning 55 foizi yoshlardan iborat.

Yangilangan Konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari 3 barobar koʻpaytirilmoqda. Bu raqamni aytish oson, lekin uni amalda taʼminlash juda katta mehnat talab qiladi. Bunga davlat byudjetidan har yili qoʻshimcha 30-40 trillion soʻm ajratish kerak boʻladi”, – dedi Prezident.

Buning hisobidan har yili yuzlab yangi bogʻchalar, maktab va shifoxonalar qurish lozimligi taʼkidlandi.

Yoshlar siyosatini, taʼlim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida yuqori bosqichga koʻtarish boʻyicha ham yangi imkoniyatlar safarbar etiladi.

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib boriladi.
🤬25👍16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Eʼtiborli boʻlaylik!

Bayrogʻimizga boʻlgan hurmat!
Eʼtibor bersangiz, asosan yoshi kattalar hurmat koʻrsatishdi...
Yurtimiz bayrogʻiga hurmat eʼtiborli boʻlaylik azizlar!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢11👍5🤬1
Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2023 yil 9 iyul kuniga tayinlandi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎24🤬8👍7
Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumanida Jahongir Ulug’murodov bo’yicha ish yakunlandi

Hech qanday ijtimoiy havfi bo’lmagan nashidni linkini do’stlari bor guruhga jo’natgani uchun sudya 3 yil qamoq jazosini berdi, baraka topsin.

Birgina mazmuni tushunmay jo’natilgan qo’shiq uchun(birorta sinfdoshi ochib ko’rmagan, eshitmagan) 3 yil. Bu adolatli jazo emas. Bu qiyomatda javobi og’ir, adolatsiz hukm.

(c) Olimjon Haydarov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍27🤬17👎2
❗️TALABALAR UCHUN YANGILIK!

Prezident farmoniga koʻra, 2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

Amaldagi tartibga koʻra, ota-onalar oʻzlarining 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul toʻlaganda, toʻlangan qismidan 12 foizlik daromad soligʻi hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi.

2023-yil 1-avgustdan boshlab mana shu qoidadagi yosh cheklovi olib tashlanmoqda.

Endi 30 yosh boʻladimi, 35 yosh boʻladimi, farqi yoʻq, farzandining kontrakti uchun toʻlangan summaga daromad soligʻi hisoblanmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍15