Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Nodavlat oliygohlarga litsenziya berish tartibi oʻzgarmoqda

Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga litsenziya berish Vazirlar Mahkamasining 80-sonli qarori asosida amalga oshirilib kelingan edi. Ushbu qarorda litsenziya olish uchun talablar batafsil koʻrsatilgan edi.

Hozirgi vaqtda ushbu hujjatga oʻzgartirish kiritilmoqda va endilikda litsenziya yangi talablar asosida berilishi kutilmoqda, jumladan:

Hisob raqamda turishi lozim boʻlgan 150,000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻi endilikda muzlatiladi, garov sifatida pulni hisob raqamdan yechib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

Nodavlat oliygoh ochish uchun oʻquv binosi ijara asosida boʻlishi tartibi bekor qilinishi kutilmoqda, oʻquv binosi oliygoh ochmoqchi boʻlgan MCHJ balansida boʻlishi talab etiladi;

Talabalar turar joyi (TTJ) binosi balansda boʻlishi shart emas. Talabalarni TTJ bilan taʼminlash uchun boshqa bino inshootlarni ijaraga olish mumkin boʻlmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11👎2🤬1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Taʼlim tizimidagi korrupsiya nimalarga olib kelishi oqibatlari haqida qisqacha videorolik

Bugungi xato albatta shubxasiz ertaga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatadi. Ibrat uchun yaqinlarga ulashamiz.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢11👍4❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️OTMga kirish imtihonlarida shaffoflikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi

Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida maʼlum qilishiga joriy yilda OTMlarga kirish imtihonlari:

- Sovitish tizimi bilan taʼminlangan yopiq binolarda ikki smenada oʻtkaziladi.

- Har bir smenada 45 ming nafarga yaqin abituriyentlar imtihon topshiradi.

- Imtihonlar internet tarmogʻi va televideniye orqali onlayn translyatsiya qilinadi.

- Identifikatsiya tizimlari, xususan, barmoq izi va FaceControl (yuzni tanish) orqali oʻrniga kirishlarning oldi olinadi.

- Test topshirgan abituriyentlarning natijasi imtihon oʻtgan kunning kelasi kuni kechgacha natija shaxsiy kabinetga yuboriladi.

- Yakuniy mandat barcha imtihonlar yakunlanganidan keyin bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍12
❗️Rasman: Bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍8
❗️Tezroq bitiring keyin sizni...

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤣74😢12👎7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Befarq bo‘lmaganlar albatta ko‘rsin!

Budjet puli taqsimoti:

92% / 8% = mansabdorlar / xalq

Minbar ko‘rsatuvining ushbu sonidan so‘ng, "Minbar" yopiladigan bo‘libdi, deyishmoqda.

Agar shunday bo‘lsa, demak betoqatlik va senzura eng cho‘qqida, yangi konstitutsiyadagi senzuraga yo‘l qo‘ymaslik kafolati esa burchakka uloqtirilgan bo‘ladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍21🤬10❤‍🔥1
❗️Joriy o‘quv yili qabulida 8 ta OTMda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladi

Bular xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
- Samarqand davlat chet tillar instituti;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
- Andijon davlat chet tillar instituti;
- Namangan davlat chet tillar institutining fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

- Toshkent davlat pedagogika universiteti;
- Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
- Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o‘tgan 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlangan edi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍10🍌1
❗️OʻQITUVCHILAR OYLIGI HAQIDA HAZIL SHE'R

Bogʻchalarning oyligi maktabga tenglashadi,
Kasb ta’lim maktablari maktabga tenglashadi,
Oyliklar raqobatda, maoshlar bellashadi,
Qachon ustoz oyligi bankirga tenglasharkan.

Ming dollar olish orzu,orzular bitdimikan,
Yo shirin orzularni armonlar yutdimikan,
Ba’zilar ming olgani hisobga oʻtdimikan,
Qachon ustoz oyligi sudyaga tenglasharkan.

Ustama olsa birda,stavkasi toʻlmaydi,
Stavka toʻlganida,ustamasi boʻlmaydi,
Muallim joni temir umidi hech oʻlmaydi,
Qachon uning oyligi olimga tenglasharkan.

Navoiy,Amir Temur,Sinoni kim oʻqitgan,
Kashfiyotchi,ulamo,dahoni kim oʻqitgan,
Hammasini aslida shu muallim oʻqitgan,
Qachon ustoz oyligi xokimga tenglasharkan.

Yaponlarda ustozning qadri juda zoʻr ekan,
Oʻqituvchi ustozlarga hech e’tiroz yoʻq ekan,
Nemislarda oyligi vazirdan ham koʻp ekan,
Qachon bizda oyligi vazirga tenglasharkan.

Bu bir hazil she’r boʻldi koʻngilga olmang sira,
Hurmat qiling ustozni koʻnglini qilmang xira,
Muallim- shoir Xurshid Karimdan bir xotira,
Qachon ustoz oyligi ming dollarga tenglasharkan.

Xurshid Karim

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍18❤‍🔥2
❗️Rasman: Sentyabrdan boshlab 10-11-sinf o‘quvchilari oʻzi xohlagan fanlarni tanlab o‘qishlari mumkin

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi.

Bunda 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.

10–11-sinflardagi 14 ta majburiy fanlar takomillashtirilgan yangi o‘quv reja asosida o'quvchilarga 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili)ni tanlash imkoniyati yaratiladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️​​Bugun 25-may, barcha maktab o‘qituvchilari o‘quvchilardan 3 oyga qutiladigan kun...😉

O'qishni bitirganingizga qancha vaqt bo'ldi?
Maktab davrlarini sog'indingizmi?

💬Keling bugun shu haqida guruhda suhbat quramiz

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤣18👍3🔥2
❗️Talaba bo‘lish istagidagi ayol-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

 - o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka
ega bo‘lishi;

 - tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;

 - o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
 
Talabgorlar joriy yilning 1 iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
- Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
- O‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.
 
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7 iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

2022/2023 o‘quv yilida tavsiyanoma olgan, biroq oliy ta’lim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2023-2024 yillar uchun ham amal qiladi.

Batafsil

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6
❗️Respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarda o‘tkazilayotgan “Talabalar shousi"da ishtirok eting!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste'dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz – Vatan uchun!” shiori ostida “Talabalar shousi” o‘tkazilmoqda.

Tadbir davomida qiziqarli viktorina o‘yinlari, harbiy orkestr chiqishlari, ommaviy raqs va fleshmoblar, "Quvnoqlar va zukkolar" jamoalarining chiqishlari, taniqli estrada yulduzlari ishtirokida kuy-qo'shiqlar hamda faol talaba yoshlarni taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tadi.

Shou o‘tkaziladigan manzillar:
teletype.in/@yoshlarittifoqi.uz/talabalarshousi

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6
❗️Talabaning shaxsiy yigʼma jildi belgilangan muddatda taqdim etilmaganda fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi murojaatiga rad javobi beriladi!

Asos: (Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori)


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍3
🤣90👍11👎2
❗️Kechki yoki sirtqi ta'limda o'qiyotgan xodimlarga sessiya topshirish uchun oylik saqlangan holda beriladi

Oliy ta'lim muassasalari, texnikum yoki kollejlarda kechki yoki sirtqi ta'limda o'qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida qatnashish uchun o'rtacha ish haqi saqlangan holda quyidagi muddatlarda o'quv ta'tillari beriladi:

OTMda kechki ta'limda o'qiyotgan 1-2-kurs talabalariga – kamida 20 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 10 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta'limda o'qiyotganlarga esa – kamida 30 kun;

OTMda kechki ta'limda 3-4-kurslarda yoki undan yuqori kurslarda o'qiyotganlarga – kamida 30 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 20 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta'limda o'qiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun.


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍11
❗️Kirish imtihonlarida savollar qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

Yengil va qiyin darajadagi savollar bitta variantda 15 %dan 25 %gacha bo‘lishi mumkin. O‘rta qiyinlikdagi savollar esa bitta variantda 50 %dan 70 %gachani tashkil қилади.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍4👎3
❗️Maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta'limning so'nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo'shiladi

Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning «ABITUR» dasturiga yuboriladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o'tkaziladi:

86–100% uchun – 5 baho;
71–85% – 4 baho;
56–70% – 3 baho;
56% gacha – 2 baho.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍13👎6
❗️16 yoshga to‘lgan bitiruvchi ID karta (pasport) olmasa, OTMga hujjat topshira olmaydi

Abituriyentlar onlayn ariza topshirishi uchun kerakli hujjatlar aytildi

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtixoniga tegishli hujjatlarni onlayn topshirishi uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlari Abitur elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Hujjatsiz OTMga kirish uchun elektron ariza topshirib bo‘lmaydi. Bu haqda Ta’lim nazorati axborot xizmati ma’lum qildi.

OTMga hujjat topshirishda ID karta (pasport) va attestat kerak bo‘ladi. Faqatgina shu hujjatlardagi ma’lumotlarni bazaga kiritish yetarli, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markaziga murojaat etish zarur.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍6🤬1