Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz obunachilari, qadrli yoshlar, hurmatli ustozlar, aziz talabalar, bitiruvchilar va bilimga chanqoq abituriyent yoshlar! Yangi tashkil etilgan kanalimizga xush kelibsiz!!!😎

Hurmatli obunachilar,
@TalabaUz jamoasi yangi kuch bilan sahifani qayta tashkil etdi. Biz o'z ishimizni kelgan joyidan davom ettiramiz. Biz yangi uy qurdik, lekin quruvchilarni o‘zgartirmadik!

Global axborot asrida yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan saqlash, ularning mediaimmunitetini shakllantirish va rivojlantirish, taxdidbardosh jamiyat barpo etishda media vositalarining ahamiyati baholab bo‘lmas darajada oshib bormoqda. Bizning jamoa õz oldiga muxim yangiliklar, qiziqarli xabarlar, kerakli ma'lumotlar, grantlar, stipendiyalar bilan bir qatorda talabalar hayotini tezkor yoritishda bel bog'lagan. Bu ishlar yoshlarimizning qiziqishlaridan kelib chiqib hamda yoshlarning ilmiy saviyasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirishga, ularning ruxiy olamini boyitishga yo‘naltirilgan tarzda olib borilishiga harakat qilamiz.


Bizni kuzatishda davom eting. Barchasi hali oldinda. O'ylaymizki ishonchingizni avvalgidanda ko'proq oqlaymiz! ✊😎

© @TalabaUz jamoasi | 23.02.2019
Matematika o‘qituvchisi darsga kirib, talabalarga:
''1 soat 20 minut davomida dars o‘taman, jim o‘tirib meni tinglaysizlar'' deganida, talabalar o‘zi 80 minut zo‘rg‘a chidab o‘tirardik, endi nima qilamiz?'' deb tushkunlikka tushib qolishdi.

Kanalga ulanish:

https://t.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba nimalarni bilishi kerak?-Hamma narsani!

-Laborant-chi? -Talaba bilgan narsaning deyarli hammasini.

-Aspirant-chi?-Talaba bilishi kerak bo'lgan narsalarning qaysi kitobdaligini.

-Dotsent-chi?-Bu kitobning qayerdaligini.

-Professor-chi? Dotsentning qayerdaligini.

Kanalga ulanish👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​#Bilasizmi ❓

Universitet (olmoncha Universität soʻzidan, u esa oʻz navbatida lotincha universitas magistrorum et scholarium — «oʻqituvchilar va olimlar jamoati» iborasidan kelib chiqqan) fundamental va amaliy fanlar oʻqitilib, mutaxassislar tayyorlanadigan oliy taʼlim muаssаsаsidir. Odatda, ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib boradi. Bugungi kundagi universitetlarning aksariyati oʻquv-ilmiy-amaliy majmualar sifatida faoliyat yuritishadi.
Universitet musulmon Sharqida oliy Madrasa yoki madrasai oliya (qis. Madrasa) nomiga toʻgʻri keladi. Yaqin Sharq mamlakatlarida dorilfunun deb ataladi.
Dastlabki Universitetlar Italiyaning Bolonya (11-asr), Salerno (12-a. oxirlari), Fransiyaning Parij (1215), Monpelye (1289), Buyuk Britaniyaning Kembrij (1209), Oksford (12-asr 2-yarmi), Ispaniyaning Salamanka (1218), Portugaliyaning Lissabon (1290) shaharlarida paydo boʻldi.

✅ @TalabaUz
​​#Bilasizmi❓

Talaba (arab.— izlovchi, oʻrganuvchi), student (lot. studens — qunt bilan ishlovchi, shugʻullanuvchi) — Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurti, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa ayrim mamlakatlarda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurti oʻquvchisi.
Turkistonda islom dini yoyilgach (VII— VIII a.), boshlangʻich maktabdan soʻng bilim olish bilan mashgʻul boʻlgan har bir kishi talaba hisoblangan. Madrasalar paydo boʻlgan X asrlardan ularda tahsil olayotgan kishilargina talaba deyila boshlagan. Yevropada XI—XIII asrlarda universitetlar tashkil topgandan soʻng , ularda faoliyat koʻrsatadigan har bir odam, yaʼni saboq beruvchi ham, saboq oluvchi ham student deb atalgan. Keyinchalik universitetlarda uqituvchilar uchun magistr, professor va boshqa ilmiy unvonlar joriy etilgach, faqat saboq oladigan kishilargina student deb yuritiladigan bo'lgan.

👨🏻‍🎓 Talaba har bir mamlakatning ijtimoiy jihatdan eng faol, harakatchan, jonkuyar qismi hisoblanadi. Bevosita ilm-fanni o'zlashtirish bilan mashgʻulliklari uchun talabalar jamiyatning intellektual ilgʻor qatlami sanaladi. Shuning uchun ham talabalarning chuqur kasbiy hamda maʼnaviy axloqiy tayyorgarlikka ega boʻlishiga katta eʼtibor qilinadi.

@TalabaUz 🎓
#statistika

To‘lov-shartnoma uchun ENG KO'P qabul kvotasi ajratilgan oliy o‘quv yurtlari (2018 – 2019 o‘quv yili)

- Samarqand davlat universiteti – 2163ta;
- Buxoro davlat universiteti – 2105ta;
- Urganch davlat universiteti –1905ta;
- O‘zbekiston Milliy universiteti– 1904ta;
- Farg‘ona davlat universiteti – 1889ta.

Batafsil ma'lumot👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Расман! Абитуриентларнинг учтагача бакалавриат таълим йўналишида танловда иштирок этиши тасдиқланди

Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли қарори билан 2019/2020 ўқув йили қабулидан бошлаб абитуриентларга олий таълим муассасаларининг тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси бир хил бўлган учтагача бакалавриат таълим йўналишида танловда иштирок этиш ҳуқуқи берилди.

2019/2020 ўқув йили қабулидан бошлаб олий таълим муассасасига ўқишга қабул қилиш бўйича кириш тест синовларини июль-август ойларида ўтказилади.

Абитуриентнинг тест синовидан тўплаган баллари ҳақидаги маълумотни тест синови ўтказилган куннинг эртасига, унинг талабаликка тавсия этилгани ёки этилмагани бўйича белгиланган тартибда тасдиқланган танлов натижаси эса тест синовларини ўтказиш жараёни тўлиқ якунлангандан кейин бир ҳафта муддат ичида Давлат тест марказининг расмий веб-сайтида эълон қилинади.
@eduuz

Батафсил маълумот👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Сўнгги йилларда бўлаётган ислоҳотларга қараб бир савол туғилади одамда.

Ислоҳот бўляптими ўзи? Тўғри, прогрессив ўзгаришлар бўляпти. Лекин бу ислоҳот эмас, эволушн натижаси. Нимани мисол қилиб олишимиздан қатъий назар ҳаммаси ўзгаради. Ҳеч бир нарса муқим эмас. Демак, ижобий силжишларни ҳукумат ютуғи дейиш унчалик ҳам тўғри эмасов... Ҳукумат ҳеч нарса қилмаслик ва ҳаракат ўртасида қотиб турибди. Олтин ўрталик деб ўйлашаётгандир буни?..
Ҳар ҳафта қайсидир паблик персон қовун туширади, ҳар ҳафта нимадир бўлади. Баситханова бозорчи деган лақаб олади, қайсидир ваъзир Венесуелани хаёллайди, Мирзо Кенжабек билан суҳбат йўқолиб қолади. Қовун тушишдан тўхтамаяпти. Тўғри, тушаётган қовунларни биз билаётганимиз ҳам яхши ўзгариш. «Сўз эркинлиги»... Лекин халқ билаверса, билаверса, ҳукумат ўзгартирмаса, ўзгартирмаса пичоқ бориб суякка етади. Илгари баландпарвоз ваъдалар берилмаган. Шу сабабдан халқ ортиқча нарса кутмаган. Борига шукр деб яшайверган. Ҳозирги ҳолат болага ширин кулчани мақтай-мақтай ўзи еб қўйишдай гап.

Системамиз Олий таълим муассасаларидаги ижодий имтиҳонлар тизимига ўхшайди. Имтиҳонга кирасиз, савол-жавоб, фикр алмашиш ва суҳбат якунида сиз зўр топширдингиз, албатта кирасиз дейишади. Жавобларни текширганингизда эса ерга юзингиз билан йиқилган бўласиз.
Салла деса каллани қўшиб олиб борадиган мулозимлар бор ҳали ҳам.
Яна ўша эски гап қайтарилади: Қурувчилар ўзгартирилмаса, янги уй қуришдан фойда йўқ!

©Дилбар Исматуллаева

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O'zbekistondagi bir nechta OTM larning telegramdagi rasmiy sahifalari.

1.Andijon davlat universiteti - @asu_uz
2. Andijon mashinasozlik instituti - @andmiedu
3.Buxoro davlat tibbiyot instituti - @BSMI_UZ
4. Guliston davlat universiteti - @Gulduuz
5. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti - @veterinariyameditsinasi
6. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti - @samgasi_websayti
7. Termiz davlat universiteti Denov filiali - @TerDU_DF
8. Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti - @tashpmi_press
9. Jizzax politexnika instituti - @JizPI_online
10. Toshkent davlat Agrar universiteti - @tdau_news
11. Navoiy davlat konchilik instituti - @NDKI_rasmiy_kanali
12. Toshkent kimyo texnologiya instituti - @tktimatbuotxizmati
13. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti - @SamISI_CHANNEL
14. Samarqand davlat chet tillar instituti - @samdchtijamoasi
15. TATU Urganch filiali - @ubtuit_uz
16. Nukus davlat pedagogika instituti - @nmpi1934
17. Navoiy davlat pedagogika instituti - @navdpi_edu_uz
18. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteiti -@tsueuzofficial
19.Toshkent moliya instituti - @tfi_news
20. Qoraqalpoq davlat universiteti - @www_karsu_uz
21. Qo'qon davlat pedagogika instituti - @kspiuz
22. Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali - @TDTUTFkanali
23. Toshkent davlat sharqshunoslik institutiti - @tashgiv
24. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali - @ttafarfil
25. Toshkent tibbioyot akademiyasi - @tma_official
26. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - @TUIT_ONLINE
27. To'qimachilik va yengil sanoat instituti - @textilelightindustry
28. Chirchiq davlat pedagogika instituti - @tvchdpi2017
29. Toshkent davlat yuridik universiteti - @tsulofficial
30. Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali - @ToshDAU_Nukus_filiali
31. "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti - @univ_silkroad_uz
32. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali - @httpTTAUftalabalari
33. Toshkent temir yo'llari instituti - @ttymi1931
34. Buxoro davlat universiteti - @buxdu_uz
35.Farg'ona Politexnika universiteti - @FerganaPI
36.О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti - @dsmi_uz
37. Termiz davlat universiteti - @TERDU340
38. Jizzax davlat pedagokika instituti - @jspiuz

O'zingizni qiziqtirgan oliygoh haqida ma'lumotlarga ega bo'ling!
Bu yerda hozircha 38 ta OTM berib o'tilgan, tez orada qolgan OTMlar ham qo'shiladi degan umiddamiz!

@TalabaUz - talaba va abituriyentlar portali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
#ELON ❗️❗️❗️

📚Hurmatli abituriyentlar!

🙂Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida yangi xizmatimizni taklif etamiz, ya’ni sizning test natijalaringizni aniqlab beramiz. Imtihonlarga ham oz qoldi. Yaxshi tayyorlaning! Bardam bo‘ling!👊💪

Ha aytganday, xizmat bepul. Shunchaki test varaqangiz raqamini👉 @TalabaUz_MurojaatBot ga yuborasiz va sizga to‘plagan ballingizni bilib beramiz.
🔆Biz sizga yordam ko‘rsatishdan mamnunmiz!


🔔Xabarni do‘stlaringizga ham ulashing. Omad yor bo‘lsin!💪

Kanalga ulanish uchun👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Соҳа_ислоҳотлари

Сўнгги уч йилда жамиятдаги бошқа соҳалар каби олий таълим тизимида қатор ўзгаришлар амалга оширилди.

✅ ОТМлар сони:

2016 йилда - 77 та;
2019 йилда – 111 та.

✅ Хорижий ОТМлар сони
:

2016 йилда – 7 та;
2019 йилда – 20 та.

✅ Олий таълим муассасаларга қабул режаси:

2016/2017 ўқув йили – 57 907 нафар;
2019/2020 ўқув йили – 121 мингдан ортиқ.

Биргина 2019/2020 ўқув йилида 20 та янги ташкил этилган (10 та хорижий ва 10 та маҳаллий) олий таълим муассасаларига қабул бошланди.

Сўнгги икки йилда 13 та хорижий олий таълим муассасасининг филиали ташкил этилди (АҚШ -1, Россия - 6, Жанубий Корея - 3, Латвия - 1, Ҳиндистон - 2).

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
Talabaga konspekt kerakmi?

Bir o‘qituvchimiz bor. Talaba kamida 10-12 bet (5-6 varoq) konspekt qilishi kerak, bu uning bilimini oshiradi, yuksaltiradi deydilar. Bu to‘g‘rimi? Umuman, siz konspekt deganda nimani xayolingizdan o‘tkazasiz?

Masalan, men berilgan mavzuning birinchi varog‘idan boshlab to belgilangan “limit”dagi varoq to‘lguncha ko‘chirishni konspekt qilish deb bilaman va shunga amal qilaman. Qo‘limda sezgan og‘rig‘im esa yozayotgan narsamni tafakkur etishga yo‘l qo‘ymaydi (!)

Shu o‘rinda bir kichik savolga javob topamiz. Xo‘sh, konspekt o‘zi nima? Ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘qib o‘rgangan ma’lumotlaringizdan o‘zingiz uchun yangilik va muhim hisoblanganingizni qayd etib borish. Bu talabaning o‘zi uchun. Agar o‘sha ma’lumotni qayd etishga ehtiyoj ko‘rmasangiz, marhamat!

Xorijiy davlatlar ta’lim tizimida konspekt deyarli ahamiyat kasb etmaydi. Talabalar o‘zlashtirgan mavzularini asosan prezentatsiya (taqdimot), amaliy mashg‘ulotlar yordamida ko‘rsatib beradilar.

Xo‘sh, bizda nega unday emas? O‘quv xonalarida yuqorida ko‘rsatilgan misollar - prezentatsiya yoki amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun kerakli sharoitlar bormi?

Shunday o‘qituvchilar borki, yozgan konspektingning kam yoki ko‘pligiga qarab bilim darajangni baholaydi. Baho qo‘yadi. 2 varoq konspekt yozgansan, lekin senda bilim yetarli - sen yaxshi baho ololmaysan, lekin kitobdagi matndan 5-6 varoq konspektni (o‘qib o‘qimay) yozib kelsang, omadingni bersin, sen a’lochisan!

Talaba uchun baho katta moddiy ahamiyat kasb etishini hisobga olsak, biz konspekt qilishimiz kerak, ko‘p-ko‘p yozishimiz (ko‘chirishimiz!!!) kerak! Menda bir fikr bor - ustoz, bir ilojini qilib kitobni boshidan oxirigacha ko‘chirib kelamiz! Hurmatingiz bor axir! Siz nima desangiz shu!..

Dilbar Ismatullayeva

Konspekt qilishni yoqtirmaydigan va g‘irt konspektchi do‘stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Yangilik
#soragan_edingiz

2019-2020 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma'lumot!

Eslatib o'tamiz,har ehtimolga qarshi joylashgan o'rnini aniq topib borish uchun telefoningizda GPS yoqilgan bo'lishi kerak!

TOSHKENT SHAHAR

1-bino "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasi
Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://goo.gl/maps/QnSaNTckPFYvKficA

2-bino "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasi
Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://goo.gl/maps/MDAzZ2ycqcGC9wyk9

3-bino "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasi
Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://goo.gl/maps/MDAzZ2ycqcGC9wyk9

4-bino "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasi
Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://goo.gl/maps/MDAzZ2ycqcGC9wyk9

5- bino "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasi
Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://goo.gl/maps/FH2Jex5bsyjg6trH8

6- bino "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasi
Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://goo.gl/maps/eP2g1SfFegvFwSXZA

7-bino "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasi
Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://goo.gl/maps/4QmMZZWmB27ophev8

8-bino "Tennis" sport majmuasi
Toshkent shahri Iftixor ko‘chasi 1-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://goo.gl/maps/4rL9cCavht7cGhuz7

9- bino Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi
Toshkent shahri 3-Niyozbyek yo‘li ko‘chasi 57-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://goo.gl/maps/6RoYpS9thsTdeGbW7

10-bino Yoshlik sport majmuasi
Toshkent shahri Islom Karimov shoh ko‘chasi 98A-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://goo.gl/maps/ebEi3XS5TPxsNh3M8


11-bino “O‘zko‘rgazmasavdo” MChJ
Toshkent shahri Beruniy ko‘chasi 41-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://goo.gl/maps/k7tbTfvQFVQSPEAi8

@TalabaUz - ma'muriyati barcha abituriyentlarga omad tilaydi!
Sizlarga beminnat xizmat qilishdan bag'oyatda hursandmiz!


Ushbu postni barcha abituriyentlarga yuborib, ular uchun ham biz uchun ham bir yaxshilik qiling😉😊

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Yangilik
#soragan_edingiz

2019-2020 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma'lumot!

Eslatib o'tamiz,har ehtimolga qarshi joylashgan o'rnini aniq topib borish uchun telefoningizda GPS yoqilgan bo'lishi kerak!

SAMARQAND VILOYATI

1-bino "Samarqand davlat universiteti akadyemik litseyi sport zali
Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasi 237-uy
Joylashgan o'rni:👉
https://www.google.com/maps/@39.6701565,66.9647902,144m/data=!3m1!1e3

2-bino Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar o‘smirlar sport maktabi
Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasi 243-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://www.google.com/maps/@39.67006,66.9662328,144m/data=!3m1!1e3

3-bino Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi
Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasi 243-uy

Joylashgan o'rni:👉
https://www.google.com/maps/@39.67006,66.9662328,144m/data=!3m1!1e3

4-bino Samarqand pedagogika va xizmat ko‘rsatish kolleji sport zali
Samarqand shahri Daxbed ko‘chasi 18-uy

Joylashgan o'rni:👉
https://www.google.com/maps/@39.6722834,66.9680429,148m/data=!3m1!1e3

5- bino Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi
Samarqand shahri Daxbed ko‘chasi 18-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://www.google.com/maps/@39.67006,66.9662328,144m/data=!3m1!1e3

@TalabaUz - ma'muriyati barcha abituriyentlarga omad tilaydi!
Sizlarga beminnat xizmat qilishdan bag'oyatda hursandmiz!

Do'stlaringizga ham ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Yangilik
#soragan_edingiz

2019-2020 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma'lumot!

Eslatib o'tamiz,har ehtimolga qarshi joylashgan o'rnini aniq topib borish uchun telefoningizda GPS yoqilgan bo'lishi kerak!

FARG'ONA VILOYATI

1-2-3 binolar Farg‘ona shahar olimpiya zaxiralari kollejii
Farg‘ona shahri A.Navoiy ko‘chasi 55a-uy

Joylashgan o'rni:👉
https://www.google.ru/maps/@40.365052,71.7830237,328m/data=!3m1!1e3

4-bino Neftchi bolalar va o‘smirlar futbol maktabi
Farg‘ona kichik xalqa yo‘li Temir yo‘l ko‘chasi

Joylashgan o'rni:👉 https://www.google.ru/maps/@40.386891,71.7504933,328m/data=!3m1!1e3

5-bino Farg‘ona davlat universiteti sport majmuasi
Farg‘ona shahri Murabbiylar ko‘chasi 19-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://www.google.ru/maps/@40.3863316,71.7783848,327m/data=!3m1!1e3

6-bino Farg‘ona politexnika instituti sport majmuasi
Farg‘ona shahri Farg‘ona ko‘chasi 86-uy

Joylashgan o'rni:👉
https://www.google.ru/maps/@40.4205482,71.7719436,327m/data=!3m1!1e3

7- bino Qirguli mavzesi, Neftchi sport majmuasi
Qirguli mavzesi Marg‘ilon ko‘chasi 1-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://www.google.ru/maps/@40.4475988,71.7662775,328m/data=!3m1!1e3

8-bino Qirguli mavzesi, Neftchi sport majmuasi
Qirguli mavzesi Marg‘ilon ko‘chasi 1-uy

Joylashgan o'rni:👉 https://www.google.ru/maps/@40.447646,71.7662702,328m/data=!3m1!1e3

@TalabaUz - ma'muriyati barcha abituriyentlarga omad tilaydi!
Sizlarga beminnat xizmat qilishdan bag'oyatda hursandmiz!

Do'stlaringizga ham ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Yangilik
#soragan_edingiz

2019-2020 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma'lumot!

Eslatib o'tamiz,har ehtimolga qarshi joylashgan o'rnini aniq topib borish uchun telefoningizda GPS yoqilgan bo'lishi kerak!

QORAQOLPOG`ISTON RESPUBLIKASI

1-2-3-4 binolar Olimpiya
va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi
Nukus shahri, M.Jumanazarov ko‘chasi

Joylashgan o'rni:👉 https://goo.gl/maps/PpZyeiJMj8nGcjEx9

5-bino Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-intyernati
Nukus shahri, Chimboy guzari ko‘chasi

Joylashgan o'rni:👉 https://goo.gl/maps/o9MQRsqbgRSgJ6Pk9

6-bino Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-intyernati
Nukus shahri, Chimboy guzari ko‘chasi

Joylashgan o'rni:👉
https://goo.gl/maps/o9MQRsqbgRSgJ6Pk9

@TalabaUz - ma'muriyati barcha abituriyentlarga omad tilaydi!
Sizlarga beminnat xizmat qilishdan bag'oyatda hursandmiz!

Do'stlaringizga ham ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#IMHO

✡OTMlarda tanlov fanlari va o‘qituvchilarni tanlash tizimini yo‘lga qo‘yish qanday imkoniyatlar berishi mumkin?

❗️Birinchidan, bunda talaba hozirgi sistemadagi kabi 10-15ta fanni emas o‘ziga kerakli bo‘lgan fanlarni, ular xoh 5ta bo‘lsin, xoh 10ta, tanlaydi. To‘laydigan kontrakti miqdori esa tanlagan fanlari miqdoriga qarab belgilanadi.
❗️Ikkinchidan, agar talabaga o‘qituvchilarni ixtiyoriy tanlash imkoniyati berilsa, talaba o‘ziga eng ma’qul o‘qituvchining darsini tanlaydi va o‘sha o‘qituvchining maoshi darsiga kirgan talabalar soniga qarab belgilanadi. Bunda tajribasiz va o‘z ustida ishlamaydigan o‘qituvchilar yo izlanadi va yoki ishdan ketadi.

✅Ijtimoiy adolat - talaba o‘qishni istagan faniga qarab kontrakt to‘laydi, o‘qituvchi mahoratiga qarab maosh oladi.

❌Shunda o‘qiydigan joyim 10mln tugul uning yarmini to‘lashga ham arzimaydi kabi fikrlar barham topgan bo‘lar edi...

Hozirgi vaqtda faqat Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta'limning kredit tizimi joriy qilingan

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
7.Matematika-Fizika-Ingliz-tili.pdf
322 KB
Oliy ta’lim muassasalariga kiruvchi abituriyentlarimiz uchun REPITITSION TEST SAVOLLAR KITOBI

1⃣ Matematik
2⃣ Fizika
3⃣ Ingliz tili

Repititsion testlar👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
1.Biologiya-Kimyo-Ona-tili.pdf
298.9 KB
Oliy ta’lim muassasalariga kiruvchi abituriyentlarimiz uchun REPITITSION TEST SAVOLLAR KITOBI

1⃣ Biologiya
2⃣ Kimyo
3⃣ Ona tili

Repititsion testlar👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
11.Matematika-Ingliz-tili-Ona-tili.pdf
315.3 KB
Oliy ta’lim muassasalariga kiruvchi abituriyentlarimiz uchun REPITITSION TEST SAVOLLAR KITOBI

1⃣ Matematika
2⃣ Ingliz tili
3⃣ Ona tili

Repititsion testlar👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA