Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
🔴Rasman: Abituriyent kirish imtihonida qatnashish uchun 165 ming so‘m to‘lov qiladi

↪️ O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.

Ayni paytda bir BHM – 330 ming so‘m, yarim baravari esa 165 ming so‘m.

❗️Lekin hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi. To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:
🔴o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
🟣 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔴 mehribonlik uylari bolalari;
🟣 bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
🔴“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
🟣“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

🔠 ㅤ ☁️ 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🤬3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Pedagog talabalarga!

Shu tartibni o'zimizda ham shakllantirish kerakdir!

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

🔠 ㅤ ☁️ 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17
🤔Bu talabalarni nimalarni o'ylab topmaydi deysiz...

Shpargalkaning bu turini siz bilarmidingiz?

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

🔠 ㅤ ☁️ 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁33👍30👏22
📢Bugun oxirgi kun: abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli bugun tugaydi.

📩Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

↪️kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etil tushuniladi;
↪️to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
↪️turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
↪️nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
↪️ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
↪️ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

❗️Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi, soniga cheklov yo’q.

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi. Bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi.

❔ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi.

Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi. Ko’pchilik tushunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega o’qishga qabul qilinmadim” deb e’tiroz bildiradi.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

🔠 ㅤ ☁️ 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕌 JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN, AZIZ DINDOSHIM! 🌸

🕌 Qiblaga yuzlanib shodlansa yurak,
🕌 Shu onda rahmatin yog'dirsa falak,
🕌 Ulug' zot bormi Allohdan bo'lak,
🕌 Мusulmon ahliga juma muborak!
🕌 Kunlarning shohidur "Juma" ayyomi,
🕌 Shu sabab ulug'dur bu kunning nomi.
🕌 Bugun sizga tilayman oltindan bir taxt,
🕌 Allohim nasib etsin ilohiy bir baxt...

Assalomu alaykum!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Bu yil magistraturaga qabul bir marta bo‘ladi - vazir

✅ “Bu yil magistraturaga qabul an’anaviy tarzda bir marta bo‘ladi. Parametrlarni ham tez orada tasdiqlaymiz. Hammasi oldingi o‘sha tartibda sertifikatlar bilan bo‘ladi. Biz faqat o‘tgan bir yil uchun 2 marta magistraturaga hujjat topshirishga qabul komissiyasidan ruxsat so‘rab olganmiz. O‘sha yili yangi tizim joriy qilingani va til sertifikatlari talab qilingani hisobiga shunday bo‘lgandi”, – dedi Abdurahmonov.

✅ Ma’lumot uchun, 2022/23 o‘quv yilida magistratura uchun 2 marta — qishki va yozgi qabul o‘tkazilgandi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abiturient2023

❗️ Mandat imtihon kunidan keyin 1 haftada chiqadimi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abiturient-2023“ ko'rsatuvida javob berildi

Abiturientlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq o'z natijasini bilib oladilar.

Bunda abiturientning javoblar varaqasi rangli skaner qilinib, shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va u yerda nechanchi savolga qaysi javob belgilangani, bu javob to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligi ko'rsatiladi.

Test sinovlari to'liq yakunlangandan so'ng bir hafta ichida abiturientlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo'yicha yakuniy tanlov natijalari e'lon qilinadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Shunday kutubxonang bo'lsa...

Sizning ham shaxsiy kutubxonangiz bormi.?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Oʻzim ham shu yerni bitirganman

Bir abituriyentning otasi universitet eshigi oldida turgan qorovuldan soʻradi:
- Bu yaxshi universitetmi?
- Ha, oʻzim ham shu yerni bitirganman, - deganakan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlarga imtihon javoblari chiqqandan keyin yo‘nalish tanlash imkoni berilishi mumkin
#abituriyent

Yaʼni hozir beshta yo‘nalishning ketma-ketligini oldindan tanlash kerak. Byudjet yoki kontrakt ustuvorligiga qarab, qaysi yo‘nalishga kirgani maʼlum bo‘ladi. Javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar men to‘rtinchi yo‘nalishda o‘qimoqchiman, men uchinchini tanladim, deya olmaydi.

Endigi rejaga ko‘ra, javoblar chiqqandan so‘ng abituriyentlar bali yetgan beshta yo‘nalishdan qaysi birini tanlashni o‘zi hal qilishi mumkin bo‘ladi.

Faqat bu joriy yildan bo‘lmasligi aniq. Kelgusi yillarda shunday qilishmoqchi.

Bu haqda 2 yil avval DTMning masʼullari bilan shu masalada gaplashgandik. Aynan shunaqa tizimga o‘tish kerakligi, bu adolatdan bo‘lishi va buni texnik jihatdan amalga oshirish imkoniyatlari haqida fikr almashgandik. Agar kelgusi yildan shunaqa tizim ishga tushsa, haqiqatdan abituriyentlar uchun juda foydali va qulay bo‘ladi.

©️Xushnudbek Xudoyberdiyev

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

🔠 ㅤ ☁️ 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistratura mos va turdosh_2022-signed.pdf
12.1 MB
❗️ Respublika davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

▪️Siz, mazkur roʻyxatdan qaysi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari mosligini bilib olishingiz mumkin.

✔️Shuningdek:

🔹respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlarning bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Qabul boshlanishiga 3 kun qoldi, kvotalar hali e’lon qilinmadi
#abituriyent

OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanishi kerak. Lekin hozircha kvotalar e’lon qilingani yo‘q.

Menga qiziq tomoni, joriy yilda ilk marta kontrakt kvotalarini OTMlarning o’zi e’lon qiladi, Prezident tasdiqlamaydi. Prezident qarori bilan faqat davlat byudjeti doirasidagi kvotalar tasdiqlanadi.

Unda nega shu paytgacha hech bo’lmasa kontrakt kvotalari ochiqlanmayapti? Yoki har doimgidek bu ham chala mustaqillik ko’rinishidagi tartibmi? Ya’ni qog’ozda OTMlar mustaqil o’zi e’lon qiladi, amalda esa toki yuqoridan ruxsat berilmaguncha birortasi kvotani o’zi tasdiqlay olmaydi.

Qachon oliy ta’limga haqiqiy mustaqillik kirib keladi? Qachon bemalolroq ishlash boshlanadi?

Ma’lumot uchun: Prezident qarori bilan davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin Davlat qabul komissiyasi tillar kesimida kvotani qayta taqsimlashi kerak bo’ladi. Bunga ham kamida 2-3 kun vaqt ketadi. 20-iyungacha ulgurilarmikin, ko’ramiz.
©Xushnudbek

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️RASMAN: Qabul kvotalari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 8 923 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

Shunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan:

🔹 umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari tuman (shahar) kesimida;
🔸 hamda ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti 20-iyunga qadar tasdiqlanib, e’lon qilinadi.

Shuningdek, davlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosidagi kvotalar esa:

✔️tizimida OTMlar bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda;

✔️moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari Kuzatuv kengashlari tomonidan 20-iyunga qadar tasdiqlanadi.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

🔠 ㅤ ☁️ 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qabul kvotalari (2).pdf
23.7 MB
📢Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi

“2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi prezident farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga muvofiq, 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:

➖bakalavriat bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;

➖magistratura bo‘yicha – 8 923 nafar etib tasdiqlandi.

Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023-yil 20-iyungacha tasdiqlaydi.


✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

🔠 ㅤ ☁️ 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistr__kvota_grant2023.pdf
22.9 MB
#qabul2023
#kvota_magistr

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari MAGISTRATURASIga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish bo’yicha kvota

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

🔠 ㅤ ☁️ 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM