Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Bugundan o'qishni ko'chirish uchun ariza olish boshlandi

Jarayon 5 avgustga qadar davom etadi. Arizalar quyidagi 2 ta platforma orqali qabul
qilinadi:

1. transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
2. my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

O'zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko'chirish uchun faqat 2 toifa talabalariga ruxsat bor:

- Talaba turmushga chiqsa, turmush o'rtog'ining yashash joyidagi OTMga;
- Davlat xizmatchisining ish joyi o'zgarganda farzandi yoki turmush o'rtog'i tegishli rahbar
tavsiyanomasi bilan o'qishini ko'chirishi mumkin.

O'zbekistonning o'zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o'tish uchun
imtihon topshiradi.

O'tish ballini to'play olmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin.

Abiturientlarga o'qishga kirishda beriladigan imtiyozlar “perevod”chilar uchun amal qilmaydi.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Texnikumni muvaffaqiyatli tugatganlar uchun o‘qishga kirishda suhbat qanday bo‘ladi?

Texnikumni tugatganlar faqat suhbat bilan imtihonsiz OTMga qabul qilinadi. Ular 2-kursdan o‘qishni boshlashadi. Hozir shu toifadagi abituriyentlar uchun qabul davom etayapti.

Suhbat nimadan bo‘ladi?

Suhbatda talabgorga 4 ta yo‘nalishda 4 ta savol beriladi.
- mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish
- bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivasiya.
- shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari);
- tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball — 100 ball.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bir abituriyentga tushgan savol boshqa abituriyentga qayta tushishi mumkinmi?

Savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi javob berdi:

Test sinovlari bir kunda ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Birinchi smenada tushgan test variantlari ikkinchi smenada takrorlanmaydi.

Test sinovlari 15 kun davomida 2 smenada bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, har bir smena uchun tegishli fanlar bo‘yicha alohida test topshiriqlari bazasi shakllantiriladi.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
— Император кимга эгилиб салом берган эди?...

(Тоҳир Малик сабоқлари)

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Davlat oliy taʼlim muassasalariaro hamda xorijiy va nodavlat muassasalaridan talabalar oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.edu.uz (davlat OTMlariaro) hamda my.uzbmb.uz (xorijiy va nodavlat OTMlaridan) platformalari orqali qabul qilinadi.

Davlat oliy taʼlim muassasasining biridan ikkinchisiga koʻchirish ikki holatdagina ruxsat beriladi:

✅talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;

✅davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
- Vatan qachon xarob bo‘ladi?
- Qachonki johil qahvaxonada o‘tirgani va universitet talabasi esa unga qahva keltirayotganiga shohid bo‘lsang, shunda xarob bo‘ladi.

© Mubashshir Ahmad

https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️SamDUda nima gaplar?

Joriy yilning 21 iyun kuni SamDUning Psixologiya fakulteti 4-kurs talabalaridan yakuniy davlat attestasiyasi olinadi. Manbamizning ma’lum qilishicha, mazkur attestasiya uchun 50-100 $ atrofida pul yig‘iladi. Bu ishlarni dekanatda ishlaydigan Xurshid ismli talaba tashkillashtirganligi aytiladi.

Mazkur holat bo‘yicha ichki ishlar idoralariga ham murojaat qilingan ekan. Biroq, bu ishlar paysalga solinganligi uchun adolat qaror topishi maqsadida bizga murojaat qilishdi.

Ushbu holatni tegishli idoralar adolatli o‘rganib chiqadi degan umiddaman!

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OTMlarning Magistratura bosqichiga qabul qilishda til sertifikatini talab qilish qanchalar to'g'ri?

Prezident qaroriga ko‘ra, 2022/23 yilgi qabuldan magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’limda o‘qish uchun talabgorda chet tilidan B2 daraja, til yo‘nalishlari nomzodlarida esa S1 darajadagi sertifikat bo‘lishi majburiy qilib qo‘yilgandi.

Magistratura uchun til bilish darajasini aniqlovchi sertifikat o'zi nimaga kerak?

4 yil OTMda o'qib faqat 1-kursda chet tili o'tilgan xolos, demak biz magistraturaga hujjat topshirishimiz uchun qo'shimcha chet tili darsiga pul sarflab o'rganishimiz kerakmi-di?
Bo'lmasa, bir tiynga qimmat darsliklar uchun nimaga falon pul kontrakt to'lab o'qidik.

4-kursgacha darsliklar qatorida chet tili bo'lsagina sertifikati talab qilish adolatli bo'lar edi.

Endi qarang, ko'plab OTMdagi ayrim ta'lim yo'nalishlarida chet tili faqat 1-kursning 1-simestirida o'tiladi xolos, ayrim yo'nalishlarda esa 4-kursgacha to'liq o'tiladi.

Misol:
Axborot texnologiyalari fakulteti amaliy matematika va informatika ta'lim yo'nalishining 4-kursini tamomlayotgan talabalarga faqat 1 kursdagina chet tili o'tilgan.
Tabbiy fanlar fakultetining esa biologiya ta'lim yo'nalishining 4-kursini tamomlayotgan talabalarga esa to'liq 4-kursgacha chet tili o'tilgan.

Endi ikkala ta'lim yo'nalishini tamomlayotgan talabalardan magistratura uchun bir xil chet tili sertifikatini talab qilish qanchalar to'g'ri.
Qani bu yerda mantiq!

P.S: Men bir dasturchi bolani taniyman. Bakalavrni tamomlayabdi. O'z ishining ustasi.
Ajoyib dastur, ilova va o'yinlar yaratadi. Maktabda 1 mln so'm evaziga oylikka ishlaydi
OTMdagi o'qituvchilar bilan bilim jihatdan bemalol raqobatlasha oladi. Bilim darajasi ancha yuqori.

Endi shu bola magistraturada o'qishi uchun bor bilimini dasturlashga emas xorijiy til o'rganishga sarflashi kerakmidi

P. S. Buning hammasi shaxsiy fikr. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan magistratura uchun talab qilayotgan xorijiy til sertifikatini bekor qilishini so'rab qolardim, yoki qayta bir ko‘rib chiqilishi kerak.

Saidali Khayitov

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turdosh ta'lim yo'nalishlar 2023.pdf
265.1 KB
❗️ TURDOSH YO‘NALISHLAR-2023
#perevod

Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Oliygohni ichida fakultetini, guruhini va ta'lim shaklini o'zgartirsa bo'ladimi?

Bir oliygoh doirasida o'qishni ko'chirishda quyidagilarga ruxsat etiladi:

👉 Ta'lim shaklini o'zgatirish;
👉 Ta'lim yo'nalishini mos va turdosh yo'nalishga o'zgartirish;
👉 Ta'lim yo'nalishini noturdosh yo'nalishga o'zgartirish (super-kontrakt to'lanadi);
👉 Ta'lim tilini o'zgartirish; (Rus guruhdan o'zbek guruhga yoki aksincha kabi)
👉 O'zi o'qiyotgan yo'nalishning boshqa guruhiga (agar mavjud bo'lsa) o'tishi;
👉 O'qishni mos va turdosh yo'nalishlarga tiklash oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.

🔠Turdosh ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati — yuklab olish.

❗️O‘qishni ko‘chirish uchun (15-iyuldan 5-avgustga qadar) transfer.edu.uz platfirmasi orqali onlayn ariza to‘ldiriladi.

📝Kerakli hujjatlar:
— Ariza
— Pasport yoki ID karta (jpg yoki pdf shakli)
— Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)
— Akademik ma'lumotnoma (o'qishni tiklovchilar uchun).

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#infografika

18-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklari uchun 6 ming 737 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).

Ma’lumot uchun, qo‘shimcha imtiyozga ega talabgorlar o‘qishga tanlovdan tashqari alohida tavsiya etiladi.

❗️Eslatma: hujjatlar magistr.edu.uz elektron platformasi orqali 30-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalardan olinayotgan pullar qayerga ketayapti? Yohud kredit-modulda o'qiyotgan TATU talabalarining yotoqxonasidan lavha...

TATU talabasidan ismi sir qolishini so'rab ushbu video kelib tushdi...

"Assalomu alaykum admin biz Toshkent axborot texnologiyalarida o'qiyotganimdan pushaymonman shuncha pul to'lab qilinayotgan sharoitlar qog'ozda boshqa ma'lumot amalda boshqa ma'lumot . Pulni boshqa behuda narsalarga sarflamasdan shu o'quv binoni ayrim xonalarini remonti , yotgani sharoiti yo'q yotoqxonaga sarflasak maqsadga muvofiq bo'lar edi . Yana O'zbekistonning eng oldi universitetlaridan , dunyoning top universitetlar qatoriga kirmoqchi bo'lgan oliygoh bu ketishda dunyonimas balki O'zbekistonning 10 taligiga ham kirolmaymiz. Yana o'sha gap eski tos eski hammom..."

O'zbekistondagi nufuzlilardan deb tanilgan OTMning ahvoli shu darajada bo'lsa, qolgan OTMlarni gapirmasak ham bo'lar ekan.

(TATU - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti)

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#infografika

⚡️Qabul tugashiga 2 soat qoldi!

20-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra kasb-hunar maktablariga jami 112 856 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatma: hujjatlar my.edu.uz elektron platformasi orqali bugun soat 23:59ga qadar onlayn qabul qilinadi.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ nafardan oshdi

2023-yil 20-iyul soat 22:00 holatiga OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 1 000 594 nafar.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

✅
Yarim soatdan so'ng oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun (20-iyul) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (21-iyul) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Hurmatli abituriyentlar!

✅ Ro‘yxatdan o‘tishda tanlov ustuvorligi, maqsadli qabul, ta’lim shakli, ta’lim tili, yo‘nalishlar ketma-ketligi, chet tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling!

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

❗️ Bugun test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi kuni!

📌 Avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

❌ Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

✅ Bunda to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar bugun (21-iyul) soat 23:59 ga qadar elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirishlari mumkin.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar uchun universal bank kartasi yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekistonda talabalar uchun universal bank kartalari joriy qilinadi. Bu bo‘yicha kelishuv Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov va “Aloqabank” Boshqaruv raisi Kamunna Irisbekova o‘rtasida imzolandi.
Maʼlum bo‘lishicha, bank kartasidan talabalar quyidagicha foydalanishi mumkin:

👉 guvohnoma sifatida foydalanishi;
👉 yotoqxonalar, kutubxonalar, sport majmualariga kirish;
👉 onlayn mikroqarzlarni rasmiylashtirish;
👉 omonatlar va elektron hamyonlar ochish;
👉 pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
👉 xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Prorektor 3 000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman bo‘limi, IIV xodimlari bilan o‘tkazgan tadbirda “Ajiniyoz” nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti prorektori M.J. fuqaro X.N.dag institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 000 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️🌧 Shu yilning 27-30 iyul kunlari respublikaning 8 viloyati tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi.

Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi