Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#qabul2023
#infografika

⚡️Qabul tugashiga 2 soat qoldi!

20-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra kasb-hunar maktablariga jami 112 856 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatma: hujjatlar my.edu.uz elektron platformasi orqali bugun soat 23:59ga qadar onlayn qabul qilinadi.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ nafardan oshdi

2023-yil 20-iyul soat 22:00 holatiga OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 1 000 594 nafar.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

✅
Yarim soatdan so'ng oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun (20-iyul) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (21-iyul) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Hurmatli abituriyentlar!

✅ Ro‘yxatdan o‘tishda tanlov ustuvorligi, maqsadli qabul, ta’lim shakli, ta’lim tili, yo‘nalishlar ketma-ketligi, chet tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling!

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

❗️ Bugun test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi kuni!

📌 Avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

❌ Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

✅ Bunda to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar bugun (21-iyul) soat 23:59 ga qadar elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirishlari mumkin.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar uchun universal bank kartasi yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekistonda talabalar uchun universal bank kartalari joriy qilinadi. Bu bo‘yicha kelishuv Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov va “Aloqabank” Boshqaruv raisi Kamunna Irisbekova o‘rtasida imzolandi.
Maʼlum bo‘lishicha, bank kartasidan talabalar quyidagicha foydalanishi mumkin:

👉 guvohnoma sifatida foydalanishi;
👉 yotoqxonalar, kutubxonalar, sport majmualariga kirish;
👉 onlayn mikroqarzlarni rasmiylashtirish;
👉 omonatlar va elektron hamyonlar ochish;
👉 pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
👉 xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Prorektor 3 000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman bo‘limi, IIV xodimlari bilan o‘tkazgan tadbirda “Ajiniyoz” nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti prorektori M.J. fuqaro X.N.dag institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 000 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️🌧 Shu yilning 27-30 iyul kunlari respublikaning 8 viloyati tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi.

Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
G'oliblar bilan tanishing

O‘zbekistonda yangi Ibn Sinolar, yangi Beruniylar chiqmayapti? Sabab ilmga, ta’limga bo'lgan e’tiborning kamligi bo‘lsa ajab emas.

Bu yoshlar xalqaro fan olimpiadasida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.

E'tiborli tomoni 90 ta davlatning yoshlari ichida ilmda ustun bo'lishi albatta katta faxr, g‘urur. Ota-onasiga rahmat, ustoziga rahmat!

Olimpiada o'yinlari chempionlarining har biriga million dollarlab sarflangan bir paytda bu yoshlarga sarflangan mablag'lar davlat uchun ilm va sportning ahamiyat darajasini ko'rsatib beradi.

Taqqoslash uchun Bahodir Jalolov 200 ming dollar(2,3 mlrd so‘m bo'ladi), Chevrolet Tahoe (1 mlrd so‘mdan oshiq) va bir xonadon (600 mlndan kam bo‘lmasa kerak) bilan taqdirlangan.

To'g'ri, bu yoshlar sportchalik Vatanimizni tanita olmagandir, ammo ilmni sport bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. O'zbekistonning kelajagi sport bilan emas, ilm-fan, texnologiyalar bilan bog'liq.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’limdagi korrupsiya yo‘qolmas ekan tibbiy muammolar ham tugal yechilmaydi.

Shu kunlarda hanuz o‘qishga kirish stavkalari haqida ma’lumot eshitib qoldim. O‘rtacha institutlar 5000$ dan boshlanadi, tibbiyot institutlari tanish topishga qarab 8-20 ming dollar. Eng qimmat stavka doimgidek Yuridika institutlarida, 20-60 ming dollar.

Mamlakat ta’limini bulg‘ayotganlarga la’natlar bo‘lsin.

© Doktor Abdulaziz Akramov

Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

✅ 2023-2024-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

✅ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi

✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgust kunidan boshlanadi.

📌 Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📆 Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.

Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❓Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 ko’rsatilgan?
#abituriyent

Joriy yilda 3 yillik tanaffusdan so’ng test sinovlari yana yopiq binolarda o’tkaziladi. Shu sababli test vaqtlari ham o’zgardi va 1-smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da BOSHLANADI.

Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa?

✅ Sababi bu yerda test o’tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti ko’rsatilgan. Har yili qayta-qayta ta’kidlashga qaramay, yuzlab abituriyentlar testga kechikib keladi. Kechikkanlar testga kiritilmaydi, boshqa kuni qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini ko’kka sovuradi.

Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan shu vaqtning o’ziga taqab keladi, natijada testdan qolib ketishadi. Chunki abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruvdan o’tishadi va bunga ham ancha vaqt ketadi.

Shunga ko’ra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt ko’rsatilgan. Testga kamida 1 soat vaqtliroq keling hamda xotirjam o’z joyingizni egallang. Kechikib kelib, ulguramanmi deb xavotirlanib, shosha-posha yugurib, hali test boshlanmasidan o’zingizni asabiylashtirmang, bu natijaga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilishsa, yaxshi bo’lardi.

❗️ESLATMA: Test sinoviga kirish uchun pasport bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozda chop etib (pechat) olgan bo‘lishingiz kerak (rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi).
Manba:Xushnudbek

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Xushxabar: Jahongir Ulug'murodovga nisbatan qo'llanilgan 3 yil qamoq jazosi, 3 yil ozodlikni cheklash jazosiga o'zgartirildi.

J. Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlarini o‘zgartirib, uning yoshligi, talaba ekanligi, muqaddam sudlanmagani, o‘qish joyidan ijobiy tavsiflangani, oilaviy sharoiti, qilmishidan pushaymonligi, shuningdek jinoyat sodir etgandan keyingi xulq-atvori kabi holatlarni e’tiborga oldi.

Shu tariqa Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassasiya instansiyasining 2023-yil 28-iyuldagi ajrimiga muvofiq J. Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilib, unga Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ushbu Kodeksning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) ni qo‘llagan holda 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

J. Ulug‘murodovning 2023-yil 24-fevraldan 2023-yil 28-iyulga qadar qamoqda saqlangan 5 oy 4 kun Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) ga asosan chegirilib, o‘tash uchun 2 yil 6 oy 26 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilishi belgilandi.

J. Ulug‘murodovga ozodlikni cheklash jazosini yashash joyi bo‘yicha o‘tash belgilanib, soat 22:00 dan soat 06:00 ga qadar yashash joyidan chiqish taqiqlandi.

J. Ulug‘murodovga Jinoyat kodeksining 48-1-moddasi (ozodlikni cheklash) 5, 6-qismlari talablari tushuntirilib, sudlangan J. Ulug‘murodov darhol jazoni ijro etish joylarida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar statistikasi

29-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha jami 44 ming 114 nafar talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).

➖respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali  – 21 345 nafar;

➖nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali – 22 769 nafar talaba ariza topshirgan.

❗️Eslatma: arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Magistraturaga hujjatlar qabuli o‘z yakuniga yetdi

🔰 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn 20 054 nafar abituriyent ariza yuborgan.

Hozirda kelib tushgan hujjatlar tuzilgan ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida. Bunda abituriyentlarning bakalavriat diplomi ilovasidagi ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblanib, yuklangan til sertifikatlarining haqiqiyligi tekshirilmoqda.

Talabgorlar magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali o‘z arizalarining bosqichma-bosqich ko‘rib chiqish holatini kuzatib borishlari mumkin.

Hujjatlar ishchi guruhi tomonidan to‘liq ko‘rib chiqilganidan so‘ng, yakuniy natija yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Hurmatli abituriyentlar!

Bugundan respublikamizning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi — necha yillar davomida olgan bilimlaringiz sinovdan o‘tadi.

Albatta, bu hayotingizdagi eng hayajonli damlar, shunday bo‘lsa-da, imkon qadar xotirjamlikni saqlang: bor imkoniyatingiz, kuchingizni  ishga solib, bilimingizni namoyon qiling, o‘zingizga ishonchni yo‘qotmang! Siz hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun yaratilgansiz, unutmang!

Sizning iqtidoringiz, ko‘zlagan maqsadingiz sari   intilishingiz, mehnatingiz  zo‘r natijalarga olib kelishiga ishonaman! Sizga imtihonlarda omad va muvaffaqiyatlar tilayman.

Ibrohim Abdurahmonov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️OTMlarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va jarayonlarni 👉 test2023.uz 👈sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Motivatsiyani bombasini eshiting! 😅

Koʻzlaring yonib, yaltillab test ishlashing kerak, tushunyapsanmi? Test varaqalar kuyib ketsin! 🤯

Bu 3 yil oldingi audio boʻlsada har doim dolzarb boʻlib qolaveradi. Bu ustozning oʻz oʻquvchilariga boʻlgan jonkuyarligi taxsinga loyiq! 👏

Qaniydi, Oʻzbekistondagi barcha ustozlar oʻquvchilariga shu ustoz kabi befarq boʻlishmasa. Qayta qayta eshitib zavq olasiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i ushlandi
 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i-2023-2024 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi mas’ul kotibi A.O‘. fuqaro J.S.ni ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSH dollari pora talab qilib, shundan 4 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Endi yo‘nalishlar kesimida qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini mandat.uzbmb.uz saytidan bilish mumkin

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga 2023/2024-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va ta’lim shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini va bir o‘ringa tanlovni ko‘rishlari mumkin.

Shuningdek, abituriyentlarni ID raqami orqali qidirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Batafsil” tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

👉 abituriyent tanlagan oliy ta’lim muassasalari;
👉 OTM doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishlari;
👉 ta’lim yo‘nalishlari qaysi ta’lim shakllari doirasida tanlangani;
👉 davlat granti asosidagi qabul rejasi;
👉 to‘lov-kontrakt asosidagi qabul rejasi;
👉 ta’lim tili (test topshiriqlari shu tilda beriladi);
👉 tanlov ustuvorligi (tanlov qanday amalga oshirilishi).

Bundan tashqari, abituriyentlar test sinovida ishtirok etganidan so‘ng, test natijalarini ham mazkur sayt orqali bilishlari mumkin bo‘ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1