Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️Magistraturaga qabul bo‘yicha arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.

Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Ⓜ️ edu.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#o‘tish_ballari
#eslatma

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari

Belgilangan tartibga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi OTMlari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan talabgorlar tanlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballarini to‘plagan taqdirda, ko‘chirishga ruxsat etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.

Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari ilovada (rasm)

Ⓜ️
edu.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ 2023-yil 8-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari bilan tanishing.

✅ 8-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.



🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Diqqat oxirgi kun

my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 10-avgust kuni soat 12:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

10-avgust soat 12:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Dollar oshdi, ijarada yashovchilar uchun jabr bo'ldi, ayniqsa talabalarga...

Markaziy bank yil oxirigacha shu kursni ushlab turishga harakat qilamiz degandek munosabat bildiribdi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Dars jarayonlari 4 sentyabrdan boshlanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi:

— 1 sentyabr — juma (ishlanmaydigan bayram kuni);
— 2 sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
— 3 sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

❗️ Demak, 4 sentyabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2023-2024 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Bir yig‘inga bordik. Odatim oxirda kiraman, pastroqda -- eshik yonida o‘tiraman. Bu safar ham shunday bo‘ldi.

Yig‘in egasi choy ko‘tarib kirdiyu meni ko‘rib to‘xtab qoldi.

"Iye, domla, nimaga pastda o‘tiribsiz?!"

"Shu yer qulay, tog‘a, hech ham xijolatli joyi yo‘q..."

"E, unaqa gap bo‘lmaydi, ilmingiz bor, sizga havas qilganmiz, tepaga chiqib o‘tiring!" qat’iy ohangda buyurdi yig‘in sohibi.
Beixtiyor turdim. Turib qoldim, qayoqqa yurishni bilmadim, yuqori band, hech kim qimirlamasdi ham, nomiga bo‘lsayam. O‘zimga ham juda noqulay edi. Menga qolsa o‘tirgan joyim juda ma’qul edi.

Yuqorida o‘zgarish bo‘lmaganini ko‘rgan mezbon ham kalovlandi.

"Endi siz pastda o‘tirsangiz ham bo‘lmaydida, domla!.."

"Keling, shu yerda o‘tira qolay, tog‘a, siz ham baribir shu yerda o‘tirasizku, gaplashib o‘tiramizda..."

Mezbon rozi bo‘ldi, qo‘lidagi choynakni davraga uzatdi, yonimga o‘tirdi. Yuqoridan kimdir mezbonga luqma tashladi: "Aka, yoshingiz ulug‘, tepaga chiqing!"

"Yo‘q, domladan tepaga chiqib o‘tirolmayman, kim degan odam bo‘laman!"

Davra jim bo‘ldi, boyagi asabiylik yana taranglashdi. Mezbon dedi.
"Qani, olinglar, olishib o‘tiringlar, yeb-ichaylik..."

Gap ochildi, mavzular qizidi, bozor, mol, qurilish... Mezbon davraga qo‘shilmadi. Men bilan gaplashib o‘tirdi. "Uzbechka"ni ko‘rgani, "Madaminbek"ni qaytadan o‘qimoqchi bo‘lganiyu qarindoshlaridan kimdir olib ketgani, do‘konlardan topolmayotganidan gapirdi.
Yig‘in so‘nggida yuqoridagilar mezbonga so‘z qotishdi.

"Aka, ko‘pni ko‘rgan odamsiz, sizga havas qilamiz, duo qiling, sizdek bo‘lib yuraylik" deyishdi.

Mezbon qat’iy qilib dedi: "Duo mendanmas, domladan bo‘lsin, hech bo‘lmasa nevaralarimiz domladek ziyoli bo‘lsin! Qani, domla, duo qiling hammamizni!"
Mezbon yetmishlarga borib qolgan kishi edi. Ra’yini qaytarmadim. Qo‘limni duoga ochdim, davra menga qo‘shildi.

Yig‘in tugadi. Hamma ketdi, mezbon meni olib qoldi.

"Ko‘rdingizmi, domla, biz ziyolilarga havas qilmaymiz. Fojeamiz shunda. Baraka toping, ko‘p-ko‘p kitob yozing, nevaralarimga doim aytaman, domlaga o‘xshagan odam bo‘l, deb..."

Ko‘nglim ko‘tarildi.

© Baxtiyor Abdug'ofur

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Kollej va texnikumlarga qabul boshlandi

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (10-sentabr kuni ham) davom etadi hamda ushbu muddatga qadar abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ 2023-yil 9-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari bilan tanishing.

✅ 9-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 2 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga kirish test sinovlari sanasi aniq bo‘ldi

📆 Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2023-yil 14-avgust kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi.

📍 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

🔖 Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan Ichki ishlar vazirligining akademik litseyi tomonidan tarqatiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Oliy ta’lim muassasalarida a’lo baho bilan tamomlagan texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

Jumladan:

🔹 Andijon mashinasozlik institutida bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha 3 ta ta’lim yo‘nalishiga o‘qish istagini bildirgan 45 nafar texnikum bitiruvchilari bilan suhbat o‘tkazildi;

🔸 Qoraqalpoq davlat universitetida “Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishini tanlagan bitiruvchilar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi;

🔹 Soliq qo‘mitasi huzuridagi Farg‘ona, Toshkent hamda Buxoro soliq texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Fiskal institutiga 2-kursdan suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun imtihon bo‘lib o‘tdi;

🔸O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida texnikum bitirivchilari uchun suhbat asosidagi imtihon bo‘lib o‘tmoqda;

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘tkazilayotgan suhbat-imtihon jamoatchilik nazorati ham o‘rnatilgan;

🔸Andijon davlat universitetida texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, boshqa oliy ta’lim muassasalarida texnikum bitiruvchilari bilan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbat quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

🏛 Qarshi davlat universitetida 11 – 18-avgust kunlari;

🏛 Termiz davlat universitetida 14-avgust kuni;

🏛 Urganch davlat universitetida 14 – 16-avgust kunlari;

🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 14 – 16-avgust kunlari;

🏛 Buxoro davlat universitetida 15-avgust kuni;

🏛 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 15–16-avgust kunlari;

🏛 Toshkent davlat yuridik universitetida 15–16-avgust kunlari;

🏛 Toshkent davlat transport universitetida 15 – 17-avgust kunlari;

🏛 Samarqand davlat universiteti Urgut filialida 17-avgust sanasida;

🏛 Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 17 – 18-avgust kunlari;

🏛 Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 18 – 24-avgust kunlari.

Ⓜ️ edu.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ 2023-yil 10-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari bilan tanishing.

✅ 10-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 2 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
O‘zbekiston yaqin yillarda suvsiz qoladi(mi?)

2040 yilga borib sayyoramizning 80% aholisi suv muammosiga yo‘liqadi. O‘zbekiston esa bu ro‘yhatda eng og‘ir hududlardan biri sifatida qayd etilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ TTA rektori Alisher Kayumovich Shadmanov sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

U 2020-yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori edi.

Bundan avval sog‘liqni saqlash vaziri ham bo’lgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Abituriyent – ketadigan odam

Abituriyent
so‘zining ildizi lotincha abituriens yoki abiturientis so‘ziga borib taqaladi. Ma’nosi – ketishga chog‘langan kishi. Abiturus so‘zi esa ketishi kerak bo‘lgan kishi ma’nosiga ega. Izohli lug‘atga ko‘ra, abituriyent o‘zbek tilida o‘rta mak­tabni bitirayotgan o‘quvchini, oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtiga kirish uchun da’vogarni anglatadi. Biroq hozir so‘z birinchi ma’nosida deyarli qo‘llanmay qo‘ygan. Abituriyent deganda o‘qishga topshirgan yoki topshirmoqchi bo‘lganlar tushuniladi.

Bu so‘z bizga rus tilidan kirgan. Rus tiliga esa nemis tilidan o‘tgan. Biz bilgan ma’nodagi abituriyent atamasi sobiq sovet davlatlari hududidagina qo‘llanadi xolos. XIX asr oxirlarida abituriyent deb o‘rta ma’lumot haqidagi attestatni olgan o‘quvchi tushunilgan. Nemis gimnaziyalarida o‘rta ta’lim guvohnomasini olish uchun abiturienten yoki absolutorialexamen deb nomlangan imtihonlar o‘tkazilgan.

So‘zdagi ma’no evrilishini qarang. Bir paytlar ketmoqchi bo‘lgan kishi ma’nosidagi so‘z hozir o‘quv yurtiga kirmoqchi bo‘lgan kishi ma’nosini tashiyapti.

Ⓜ️ daryo.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ 2023-yil 11-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari bilan tanishing.

✅ 10-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 2 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Shpargalka yo‘rgaklanadimi?

Abituriyent va talabalar tilida shpora shaklida qo‘llanadigan shpargalka so‘zining ildizi yunoncha sparganon – yo‘rgak so‘ziga borib taqaladi. Bunda ham ramziy ma’no borga o‘xshaydi. Muhim ma’lumotlar yozilgan qog‘ozlarni imtihon topshiruvchilar xuddi ona bolasini yo‘rgaklaganday avaylab-asraydi, birov topolmaydigan darajada yashirishga urinadi.

Imtihon paytida yashirincha foydalaniladigan qaydqog‘ozni anglatuvchi shpargalka so‘zi o‘zbekchaga ruschadan o‘zlashgan. Ruschaga esa polyak tilidan. Polyakcha szpargal, szpargalka so‘zi yozib tashlangan, eski qog‘ozni bildirgan.

Karnaychidan bir puf: imtihonda shpargalkadan foydalanish taqiqlangan, u bilan qo‘lga tushsangiz, test sinovlaridan chetlatilishingiz mumkin.

Ⓜ️ daryo.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Imtihon va test – egizak

Imtihon
va test so‘zlarining asl ma’nosi bir xil. Ikki so‘z ham sinov, tajriba, o‘rganish ma’nolariga ega. Imtihon arab tilidan, test esa ingliz tilidan kirib kelgan.

Imtihon so‘zi tilimizdan o‘rin olganiga bir necha yuz yillar bo‘lgan. U Alisher Navoiy davrida sinash, tekshirish, tajribadan o‘tkazish ma’nolarida qo‘llangan:

Imtihon uchun buyurdikim, bir tabaqda o‘t va birida yoquti ahmar kelturdilar. (Alisher Navoiy, “Tarixi anbiyo va hukamo”)

Test so‘zi yangi o‘zlashmalardan. U o‘tgan asrning 90-yillari oxirida, yurtimizda test imtihon tizimi joriy qilingach, iste’molga kirdi. 1981-yili nashr qilingan izohli lug‘atda test so‘zi yo‘q.

Bugun o‘zbek tilida test qisqa standart topshiriqlarni va so‘rovnomani ifodalaydi. Uni sinash, tajriba qilib ko‘rish ma’nosida ishlatish ham uchrab turadi.

Ⓜ️ daryo.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Telegram messenjeri 10 yoshga to‘ldi

800 mlndan oshgan faol foydalanuvchilarni Telegram messenjeri egasi Pavel Durov tabriklab, bugundan boshlab barcha foydalanuvchilar stories qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lganini e’lon qildi...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi