Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
O‘zbekiston yaqin yillarda suvsiz qoladi(mi?)

2040 yilga borib sayyoramizning 80% aholisi suv muammosiga yo‘liqadi. O‘zbekiston esa bu ro‘yhatda eng og‘ir hududlardan biri sifatida qayd etilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ TTA rektori Alisher Kayumovich Shadmanov sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

U 2020-yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori edi.

Bundan avval sog‘liqni saqlash vaziri ham bo’lgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Abituriyent – ketadigan odam

Abituriyent
so‘zining ildizi lotincha abituriens yoki abiturientis so‘ziga borib taqaladi. Ma’nosi – ketishga chog‘langan kishi. Abiturus so‘zi esa ketishi kerak bo‘lgan kishi ma’nosiga ega. Izohli lug‘atga ko‘ra, abituriyent o‘zbek tilida o‘rta mak­tabni bitirayotgan o‘quvchini, oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtiga kirish uchun da’vogarni anglatadi. Biroq hozir so‘z birinchi ma’nosida deyarli qo‘llanmay qo‘ygan. Abituriyent deganda o‘qishga topshirgan yoki topshirmoqchi bo‘lganlar tushuniladi.

Bu so‘z bizga rus tilidan kirgan. Rus tiliga esa nemis tilidan o‘tgan. Biz bilgan ma’nodagi abituriyent atamasi sobiq sovet davlatlari hududidagina qo‘llanadi xolos. XIX asr oxirlarida abituriyent deb o‘rta ma’lumot haqidagi attestatni olgan o‘quvchi tushunilgan. Nemis gimnaziyalarida o‘rta ta’lim guvohnomasini olish uchun abiturienten yoki absolutorialexamen deb nomlangan imtihonlar o‘tkazilgan.

So‘zdagi ma’no evrilishini qarang. Bir paytlar ketmoqchi bo‘lgan kishi ma’nosidagi so‘z hozir o‘quv yurtiga kirmoqchi bo‘lgan kishi ma’nosini tashiyapti.

Ⓜ️ daryo.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ 2023-yil 11-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari bilan tanishing.

✅ 10-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 2 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Shpargalka yo‘rgaklanadimi?

Abituriyent va talabalar tilida shpora shaklida qo‘llanadigan shpargalka so‘zining ildizi yunoncha sparganon – yo‘rgak so‘ziga borib taqaladi. Bunda ham ramziy ma’no borga o‘xshaydi. Muhim ma’lumotlar yozilgan qog‘ozlarni imtihon topshiruvchilar xuddi ona bolasini yo‘rgaklaganday avaylab-asraydi, birov topolmaydigan darajada yashirishga urinadi.

Imtihon paytida yashirincha foydalaniladigan qaydqog‘ozni anglatuvchi shpargalka so‘zi o‘zbekchaga ruschadan o‘zlashgan. Ruschaga esa polyak tilidan. Polyakcha szpargal, szpargalka so‘zi yozib tashlangan, eski qog‘ozni bildirgan.

Karnaychidan bir puf: imtihonda shpargalkadan foydalanish taqiqlangan, u bilan qo‘lga tushsangiz, test sinovlaridan chetlatilishingiz mumkin.

Ⓜ️ daryo.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Imtihon va test – egizak

Imtihon
va test so‘zlarining asl ma’nosi bir xil. Ikki so‘z ham sinov, tajriba, o‘rganish ma’nolariga ega. Imtihon arab tilidan, test esa ingliz tilidan kirib kelgan.

Imtihon so‘zi tilimizdan o‘rin olganiga bir necha yuz yillar bo‘lgan. U Alisher Navoiy davrida sinash, tekshirish, tajribadan o‘tkazish ma’nolarida qo‘llangan:

Imtihon uchun buyurdikim, bir tabaqda o‘t va birida yoquti ahmar kelturdilar. (Alisher Navoiy, “Tarixi anbiyo va hukamo”)

Test so‘zi yangi o‘zlashmalardan. U o‘tgan asrning 90-yillari oxirida, yurtimizda test imtihon tizimi joriy qilingach, iste’molga kirdi. 1981-yili nashr qilingan izohli lug‘atda test so‘zi yo‘q.

Bugun o‘zbek tilida test qisqa standart topshiriqlarni va so‘rovnomani ifodalaydi. Uni sinash, tajriba qilib ko‘rish ma’nosida ishlatish ham uchrab turadi.

Ⓜ️ daryo.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Telegram messenjeri 10 yoshga to‘ldi

800 mlndan oshgan faol foydalanuvchilarni Telegram messenjeri egasi Pavel Durov tabriklab, bugundan boshlab barcha foydalanuvchilar stories qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lganini e’lon qildi...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Nomli davlat stipendiyalari soni 12 ta bo‘ldi

Prezidentning PQ–414-son hamda PQ–20-son qarorlariga muvofiq ro‘yxatga tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur, jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud nomli stipendiyalari kiritildi.

Nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:

▪️texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;

▫️tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;

▪️gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;

▫️tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;

▪️tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;

▫️kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;

▪️tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;

▫️jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;

▪️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;

▫️Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;

▪️barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ So‘nggi kun natijalari e’lon qilindi

13-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talaba – talab qiluvchi, student – qattiq ishlovchi

Oliy yoki o‘rta maxsus bilim yurti o‘quvchisi talaba deyiladi. Arab tilidan o‘zlashgan bu so‘z tilimizda ko‘pdan beri bor. U asliyatda so‘rovchilar, talab qi­luvchilar; o‘quvchilar kabi ma’nolarni anglatadi. Alisher Navoiy bu so‘zni shogirdlar, o‘quvchilar ma’nosida qo‘llaydi:

Ilm talabasi uchun madrasa ham ihdos qildi. (Alisher Navoiy, “Nasoyimul muhabbat”)

Eski o‘zbek tilida talaba ma’nosida uning biroz o‘zgargan shakli – tolib va tolibi ilm so‘zlaridan keng foydalanilgan. Tolibi ilm atamasi bugungi tilimizda ham bot-bot ishlatib turiladi. Tolib so‘zi arab tilida izlovchi; talab qiluv­chi, xohlovchi; o‘quvchi; tinglovchi kabi ma’nolarni anglatadi. Tolibi ilm ilm talab qiluvchi, ilm izlovchi demakdir.

Mustaqillik yillarida o‘z o‘rnini talabaga bo‘shatib bergan student so‘zi dastlab hozirgidan boshqa ma’noda qo‘llangan. Lotin tilida studens so‘zi qattiq mehnat qiluvchi, berilib ishlovchi kishiga nisbatan ishlatilgan. Qadimgi Rimda va o‘rta asrlarda ilm bilan shug‘ullanuvchi har qanday kishi student atalgan. XII asrda universitetlar paydo bo‘lgach, student atamasi unda o‘qiydigan va dars beradiganlarni anglata boshlagan. Magistr, professor kabi ilmiy darajalar ta’sis qilingach esa, bu ibora faqat talabalarga nisbatan qo‘llana boshlagan.

Ⓜ️ daryo.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Bugun test topshiriladigan binoni kelib ko‘rishingiz mumkin

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar bugun soat 10:00 dan 12:00 ga qadar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan binolar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Test topshiriladigan bino va vaqti talabgorning imtihonga kirish ruxsatnomasida ko‘rsatilgan. Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.👆

Ma’lumot o‘rnida, xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni ikki smenada o‘tkaziladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi

📌 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 43 567 nafarni tashkil etdi.

🖥 Mazkur 43 567 nafar talabgorning ma’lumotlari Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Endilikda mandat.uzbmb.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilganini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish balini ko‘rish mumkin.

❇️ Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Eslatma: 16-avgust —  o'qishni ko'chiruvchilar uchun imtihon

Test sinovlarini Bilimlarni baholash agentligi o‘tkazadi. Xuddi OTMga kirish imtihonlari kabi 2 smenada:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar test bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.

❕Testga pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kamida 1 soat oldin borish kerak.

❓Necha ball to‘plash kerak?

Kirish imtihonlaridan farqli ravishda o‘qishni ko‘chirish imtihonlarida aniq o‘tish balli bor. Undan yuqorisini to‘plaganlar o‘qishini ko‘chira olishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
❗️Bir qator OTMga rektorlar lavozimga tayinlandi

🔰Hukumat qarori (383-son, 14.08.2023 y.) bilan:

🔹Dilshodbek Abduvaxidovich Rustamov Andijon davlat chet tillari institutining rektori etib;

🔹Rustambek Rasulovich Tojiyev Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutining rektori etib;

🔹Abdug‘affor Sofarovich Jurayev Termiz agrotexnologiyalar va innovasion rivojlanish institutining rektori etib

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Shaffoflikni ta’minlash maqsadida 20 avgustdan yotoqxonaga turmoqchi bo‘lgan talabalarning arizasi raqamlashtiriladi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalar yotoqxonasi bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’suli bilan suhbatlashdi. Jumladan, Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich so‘nggi vaqtlarda ushbu muammoning asosiy sabablarini OTMlar va ajratilayotgan kvotalar soni ko‘paygani bilan izohladi.

Vazirlikka ko‘ra, 2022 - 2026  yillar oralig‘ida alohida dastur qabul qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra 100 ming o‘rinli turarjoy qurish rejalashtirilgan. Bu turarjoyga ehtiyojning 60 foizini qoplaydi. Bunda talabalar qabulining oshishi ham inobatga olingan. Bundan tashqari xususiy xonadonlarda turuvchi talabalarning ijara pulining yarmi to‘lab beriladi. Bu Toshkent shahrida BHM ning bir baravari (330 ming) va hududlarga qarab o‘zgaradi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vaqtingiz kam qoldi! Hurmatli talabalar!

"Qish g'amini yozda ye"
— deb bejizga aytishmagan, tez kunlarda yangi o'quv yili boshlanadi, barchaga ham yotoqxonalardan joy yetmasligi aniq.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri tashabbusi bilan barcha OTMlar o'zlarining web saytlarida OTM binolari yaqinida joylashgan bo'sh ijara xonadonlarining narxlari bilan yozilgan ro'yxatini e'lon qildi. OTMlar telegram kanallari ro'yxati bu yerda.

Bundan tashqari talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lanishi belgilab qo‘yildi.

Xa aytgancha ijaraga beruvchi xonadon egasi bilan shartnoma tuzish esdan chiqmasin, xonadon egasi ijaraga talabalarni qo'ysa daromad solig'idan ozod qilinadi, buni ham yetkazib qo'yinglar.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Institut qizlar o‘qiydigan joy bo‘lganmi?

Institut
oliy o‘quv yurtini yoki ilmiy tadqiqot muassasasini bildiradi. U mustaqil tashkilot bo‘lishi ham, universitet tarkibida faoliyat yuritishi ham mumkin. Lotincha institutum – tashkilot, tuzilma, odat so‘zidan hosil bo‘lgan. So‘z tarkibidagi in – ichida, doirasida, statuo – quraman, o‘rnataman ma’nosiga ega. So‘zdagi st o‘zagi qadimgi hind-yevropa tillariga borib taqaladi. Uning ma’nosi bo‘lmoq, turmoqdir. Konstitutsiya so‘zi ham ana shu o‘zakka borib taqaladi.

Institut so‘zi bizga ruschadan o‘zlashgan. Rus tiliga esa fransuzchadan kirgan. Rus tilida XIX asr boshidan ilm maskani ma’nosida qo‘llana boshlagan. Rossiya imperiyasida institut oqsuyaklarning qizlari o‘qiydigan yopiq shakldagi o‘rta ta’lim dargohini ham bildirgan.

O‘rta Osiyoda, jumladan, hozirgi O‘zbekiston hududida institut va universitetlar vazifasini madrasalar o‘tagan.

Ⓜ️ daryo.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
ISLOMNING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISHI

VII asrning birinchi yarmida Arabiston yarim orolida Islom dini vujudga keldi. Islom Markaziy Osiyoga mazkur yuz yillikning o‘rtalaridan boshlab bosqichma‐bosqich, turli yo‘llar bilan kirib keldi.

651 yilda, xalifa Usmon roziyallohu anhu davrida Xuroson o‘lkasining poytaxti Marv (Turkmaniston) shahri fath etildi. Shu yerdan turib Amudaryoning narigi qirg‘og‘idagi joylar, ya’ni arab tilida “Movarounnahr” deb nom olgan bugungi O‘zbekiston zaminining fath qilish harakatlari boshlangan.

Shu tariqa, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlar arabcha — Movarounnahr — daryoning narigi tomoni nomini oldi. Sirdaryoning shimolidagi hududlar “Arodi at-turk” (“Turklar yerlari”) deb nomlandi. Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi.

Birinchi bosqichda qadimgi Xuroson va Movarounnahr vohalaridagi o‘troq aholi, keyingi bosqichda, Turkistonning cho‘l va dasht hududlarda istiqomat qiluvchi ko‘chmanchi aholi islomni qabul qildi.

Xalifa Usmon roziyallohu anhuning o‘g‘li, umaviylar xalifaligining Xuroson voliysi Sa’id ibn Usmon 676 yilda daryoni kechib, Movarounnahrni egallashga kirishdi. Payg‘ambar alayhissalom amakisining o‘g‘li Qusam ibn Abbos roziyallohu anhu Samarqandni qamal qilgan musulmonlar qo‘shini safida ishtirok etgan. U 677 yilda Afrosiyob qal’asi hududida sug‘diylar bilan bo‘lgan jangda shahid bo‘lgan.

Hozirda Afrosiyob tepaligida joylashgan Qusam ibn Abbos roziyallohu anhu maqbarasi atrofida keyinchalik hukmdor sulolalar vakillarining maqbaralaridan iborat “Shohi zinda” yodgorlik majmuasi asrlar davomida shakllandi.

© Said Komil Muhammad Karim

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Imtihonlar tugadi? Mandat qachon chiqadi?

Test sinovlari 13-avgustda barcha hududlarda to‘la yakunlandi.

Abituriyentlar o‘z javoblarini testning ertasi kuniyoq bilib olyapti.

Talabalikka qabul qilingani-qilinmagani haqidagi umumiy mandat esa qonunchilik bo‘yicha test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta ichida Bilimlarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda OTMlarga yetkaziladi.

Demak, taxminan 20-avgustda mandat chiqishi kerak.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi