Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Talaba.uz | Ta'lim portali
#Matbuot_anjumani Bugun, 23-avgust kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Bilimni baholash agentligi rahbariyati ishtirokida test sinovlari yakunlariga bag‘ishlangan…
Ishtirokchilar:

🎙 K.Karimov – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari;
🎙 M.Karimov – Bilimni baholash agentligi direktori;
🎙 vazirlik va agentlikning tegishli departament va boshqarma boshliqlari.

📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali efirga uzatiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❤41🤩27🔥23
1-kursga tavsiya etilganlar yotoqxona uchun ariza yuborishlari mumkin

Talabalikka tavsiya etilganlar bazasini integratsiya qilish ishlari yakunlanibdi.

1-bosqichga tavsiya etilgan talabalar yotoqxonaga joylashish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz/uz/service/870 orqali ariza yuborishlari uchun One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👏47👍35❤34
❗️ Magistraturaga qabul natijalari 30-avgustga qadar e'lon qilinadi. Natijalar tasdiqlanishi kutilmoqda.

OTFIV Qabul komissiyasi mas'ul kotibi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❤32🤩30🔥24
Siqilsang, oyga qara...

Chunki unda sehrli sir bor.
Baxtli oningda senga yo‘ldosh,
Qayg‘uli tunda senga sirdoshdek.
Yana unda umidbaxshlik ham bor,
Yarmi yorug‘, yarmi qorong‘udek.
Axir Robbing bekorga yaratmagan uni,
Qara, toki Uni esla.

✍ Omina Muhiddinova

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❤122🤩66🔥61
Shunchaki tabriklaymiz )

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁166🔥75❤60
#muhim

⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etildi.

OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

➖my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

➖mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❤79🔥47🤩44
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗"Faxrlanib yurishingizni aytib oldingizga kelgan talabani qanotlarini qayirib tashlamang..." O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga bag'ishlanadi. "Xo'p, universitetga qanday kirganimdan boshlamayman. Kirganimdan keyin qanday…
#raddiya

🔴TalabaUz telegram kanalida “Faxrlanib yurishingizni aytib oldingizga kelgan talabani qanotlarini qayirib tashlamang...” sarlavha bilan chop etilgan post yuzasidan rasmiy munosabat!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 1-kurs magistranti O‘rinova Madinabonu Slovakiya Respublikasi Milliy stipendiya dasturi bo‘yicha grant yutib olgan. Grantga asosan bir semestr davomida jurnalistika sohasi bo‘yicha Slovakiya Respublikasida o‘qib kelish imkoniyati berilgan.
Talaba O‘rinova Madinabonuning xorijda o‘qib kelishi bizni ham quvontirdi. Ammo talaba bir vaqtning o‘zida ham O‘zJOKUda ham Slovakiya Respublikasining “Cyril and Methodivs” universitetida o‘qish xohlashini bildirdi. Masalani ijobiy tomonga hal qilish maqsadida universitetning bir nechta bo‘limlari hujjatlarni o‘rganib chiqish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarorining 3-ilova 4-bob. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini qayta tiklash to‘g‘risidagi 30.1 bandida “Xorijiy oliy ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasasida tahsil olgan ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha, bir yoki bir necha semestr o‘qib, belgilangan muddatda qaytgan talabalarning xorijiy oliy ta’lim muassasasida ta’lim olgan muddatlarini (semestr) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasasida inobatga olgan holda (muayyan ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklida, jumladan, davlat granti asosida tahsil olgan talabalar — davlat granti asosida) o‘qishini davom ettirish” belgilangan. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi va Slovakiya Respublikasi o‘rtasida oliy ta’lim muassasalariaro kelishuv mavjud emasligi sababli, magistrantimiz O‘rinova Madinabonuga bir vaqtning o‘zida 2 ta oliy ta’lim muassasida o‘qish imkoniyati mavjud emasligi yuzasidan tushuntirish berilgan.

O‘zbekiston jurnalistika ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ma’muriyati barcha bakalavr, magistr talabalarini har tamonlama erishgan har bir yutug‘idan quvonib, qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

©️O‘zbekiston jurnalistika ommaviy kommunikatsiyalar universiteti axborot xizmati

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤99🔥55🤩43
Oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida o‘qishga tavsiya etilgan texnikum bitiruvchilarining maʼlumotlari tekshirilmoqda 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri topshirigʻiga koʻra oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilishga tavsiya qilingan texnikum bitiruvchilariga tegishli maʼlumotlarning haqqoniyligini oʻrganilmoqda. 

Ushbu maqsadida oliy taʼlim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimlari xodimlari rahbarligida 14 ta ishchi guruhi tuzildi va ayni paytda har bir hududda bittadan ishchi guruh faoliyat olib bormoqda. 

Oʻrganish tadbirlari 22-avgust kuni boshlandi. Oʻrganishning birinchi kuni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishga tavsiya qilingan 2000 nafardan ziyod texnikum bitiruvchilarga tegishli boʻlgan maʼlumotlar oʻrganildi.

Natijada, baholarni qalbakilashtirish (“3” va “4” baholarni “5” bahoga oʻzgartirganlik holatlari) hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 17-son qarori talablariga zid boʻlgan 68 ta holat aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Ⓜ️ Edu.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🤩74🔥70👏50
Yangi o‘quv yilidan metroda poyezdlar oraliq harakatlanishi 1,5 daqiqadan 5 daqiqagacha vaqt intervallari qisqaradi

Tig‘iz vaqtlarda:
— Chilonzor yo‘nalishida 1,5 daqiqalik
— O‘zbekiston yo‘nalishida esa 3-3.5 daqiqalik
— Yunusobod yo‘nalishida 5 daqiqalik intervalda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🤩93❤74🔥68
❗️Talabalar to‘lov shartnomasini onlayn olishi mumkin

Talabalikka tavsiya etilganlar to‘lov-shartnoma uchun oliy ta’lim muassasasiga borishi shart emas. Buni maxsus portal orqali onlayn amalga oshirish mumkin.

↪️Buning uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron portalida — kontrakt.edu.uz ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Shuningdek, ushbu portal orqali “super-kontrakt” uchun ham ariza qoldirish va shartnoma rasmiylashtirish mumkin.

Bundan tashqari, qonunchilikka ko‘ra, talabalarga kontrakt to‘lovini qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan:

🔴 kontraktning kamida 25 foizini I kurslar 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda II va undan keyingi kurslar 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

🔵 kontraktning kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

🟢 xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

Super-kontraktni to‘lash muddati va miqdorlari Davlat qabul komissiyasi tomonidan (o‘quv yilining birinchi yarmi uchun), qolgan qismi OTM rahbariyati tomonidan belgilanadi.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏85🤩68❤65
❗Pedagogik yo‘nalishlarning sirtqilariga xususiy universitetlarda qabul to‘xtaganmi?

◼️ Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqiga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Lekin ped sohasidagi hamma sirtqi yo‘nalishlar ham yopilgani yo‘q. Bu yo‘nalishdagi qabulni 3 ga bo‘lib eslab qolish mumkin.

1️⃣ Suratdagi ro‘yxatda mavjud 14 ta yo‘nalishga sirtqi qabul butunlay to‘xtagan. Davlatnikida ham, xususiy OTMlarda ham.

2️⃣ Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj bilan hujjat topshirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar tasdiqlangan. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

3️⃣ Boshqa barcha pedagogik ta’lim yo‘nalishlari uchun esa 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘ta oladi. Pedagogik yo'nalishlarni to'liqligicha sirtqi ta'lim kvotasidan ko'rish mumkin.

Masalan, Prezidentning tegishli farmoyishi bilan tarix, maktabgacha ta'lim, pedagogika va psixologiya kabi yo'nalishlar uchun davlat OTMlariga kvota ajratilgan. Demak, xususiy OTMlarda ham shu yo‘nalishning sirtqisida bemalol o‘qish mumkin.

✅Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

🔠 ㅤ 📩 🛒ㅤ ↪️
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩94👏66❤62
🤦‍♂ Uyat! Test topshirgan "perevod"chilarning qariyb 90 % i o'tish ballini ololmagan

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonlarda jami 41 122 nafar talabgor ishtirok etgan.

Shuncha odamdan atigi 4 433 nafari (10,8 %) talabni bajargan bo‘lsa, 36 689 nafari (89,2 %) talabni bajara olmagan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👏79🤩56❤31
#O‘qishni_ko‘chirish #Apellatsiya

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi


Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari 31-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

Ⓜ️ Edu.uz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👏19👍18🔥15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari abituriyentlarning 40% dan ortig’i 56,7 ball ham ololmaganini millatimiz musibati deb atadi.

“Agar bolalarimizning 40% dan ortig’i 2 bahoga ham loyiq javob bera olmagan bo’lsa, mana buning tashvishini qilishimiz kerak.

Turli mayda-chuyda masalalarda tortishishni to’xtatib, soqolning uzun-kaltaligiyu, kiyimni qanday kiyishni muhokama qilishni chekkaga qo’yib, ilm-ma’rifat bilan shug’ullanmasak, xalqimiz baxtli-saodatli bo’lishi qiyin masala”
, — dedi muftiy hazratlari.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🔥99❤71👍45
Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari

📆 2023-2024-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2023-yil 29-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi.

✅ Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani (huquqshunoslik, chet tili) va 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

⏳ Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, huquqshunoslik fanida har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball), chet tili fanida 2,1 balldan (jami 63 ball), majburiy fanlarda 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga pasport (ID-karta) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari so‘raladi.

Ⓜ️ Bilim va malakalarni baholash agentligi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❤118🔥87👏69
❗️Talabalarga kontraktni yiliga 4 marta bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi.

🔴 25% - 15-sentyabrgacha (1-kurslar);
🟠 25% - 1-oktyabrgacha (1-kursdan yuqori kursdagilar uchun);
🟢 50% - 1-yanvargacha;
🟠 75% - 1-aprelgacha;
🔴 100% - 1-iyulgacha.

TALABALARGA YUBORIB QO‘YING!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤117🔥71🤩55
Talaba bo'lganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?

1. Rektor
nomiga ariza;
2. Pasport
nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom
yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til
bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun
(imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❤83👏79🤩76
"Super-kontraktga kirishni niyat qilganlar yotoqxonadan ko’p ham umidvor bo’lmasin.

Chunki super-kontrakt narxlari tasdiqlanib, arizalar javobi chiqqungacha sentyabr oxiri - oktyabr boshi bo’ladi. U paytgacha yotoqxonaning 1-kurslar uchun ajratilgan qismi, katta ehtimol bilan, to’liq tarqatilgan bo’ladi.

To’g’ri, 1-2 ta zaxira joylari bo’lishi mumkin, lekin yuqorida aytganimdek, super-kontraktchilar ko’p ham umidvor bo’lmasin. Hozirdan ijara masalasini ham o’ylab qo’yavergani ma’qul, ertaga shoshib qolishmaydi."

©️ Xushnudbek

🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍27🎉18❤13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«O‘qishimni oldidan yotgani joy bo‘lsa bo‘ldi» 😂

Yana kimga shunaqa kvartira kerak?

🎓Talabalarga ulashib qo'yamiz👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁23👍20🔥12
Ona quvonchi

Aytingchi qaysingiz mana shu onaning ko‘zlaridagi quvonchini his qila olasiz? Yoki biron mashhur aktrisa shu kuvonchli nigohni takroran ijro eta oladi deb o‘ylaysizmi? Farzandini bir parchaligidan, qiyinchiliklarni yengib o‘tib mashaqatli mehnatini samarasini ko‘rib turgan ona nigohi.

Suratda: R. Pragnanandxa — 21 yilda Hindistondan birinchi bo‘lib shaxmat bo‘yicha jahon chempionati finaliga chiqdi, buni u 18 yoshida bajardi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍44👏18❤16