Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Ikkita OTMga yangi rektorlar tayinlandi
O‘zbekistonda ikkita oliy ta’lim muassasasiga yangi rektor tayinlandi.

Rivojiddin Karimov Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori lavozimida, Shavkat Hasanov Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori lavozimida ish boshladi.

Rivojiddin Karimov 1977 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. U 1999 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini bakalavr, 2006 yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Mutaxassisligi – lingvistika (ingliz tili). Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjimonlik fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan.

Shavkat Hasanov 1967 yil Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denov qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand davlat universiteti O‘zbek va tojik filologiyasi fakultetini tamomlagan.

2017 yildan Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍31🎉20😁15
❓SAVOL:
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga 2.6 ball yetmay qoldi. Shu ko‘rsatkich bilan o‘qishga qabul qilinishim uchun qancha miqdorda kontrakt to‘lashim kerak bo‘ladi?

✅ JAVOB:
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari qo‘shimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan ko‘rsatkichlarga muvofiq to‘plagan ballari minimal balldan kam bo‘lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Oshirilgan to‘lov-kontrakt amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilangan.

Тo‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,1
balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,1
balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,1
balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Demak, Siz o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 2,5 barobar to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❤24👍22🎉19
super kontrakt.pdf
91.6 KB
❗️Super-kontrakt narxlari e’lon qilindi

Mazkur faylda 2023/24- o‘quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to‘lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko‘rsatilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁12👍9👏5
Talaba.uz | Ta'lim portali
SamDUning rektorini kuyovi universitetning qurilish ishlarini tenderdan yutub olgani ham tasdiqlandi. O‘ylaymanki Erkinjon Turdimovning bu ishlardan xabari yo‘q.Ma’lumotni viloyat mulozimlari tasdiqladi. Vazir janoblariga ham bu gaplarni aytgan edim, xabari…
❗️SamDU ochiqdan ochiq pastkashlikka o‘tdimi?

Yuqorida SamDu haqida berilgan postga trollar hujumi boshlandi.

Aytishlaricha, barcha talabalarga "yolg'on xabar" ekanligini aytib majburan yozdiryapti ekan)

Ushbu postni kommentatiyasini o'qib bir mazza qiling😁

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁34👍25🤬7
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️SamDU ochiqdan ochiq pastkashlikka o‘tdimi? Yuqorida SamDu haqida berilgan postga trollar hujumi boshlandi. Aytishlaricha, barcha talabalarga "yolg'on xabar" ekanligini aytib majburan yozdiryapti ekan) Ushbu postni kommentatiyasini o'qib bir mazza qiling😁…
@talabauz kanalining ushbu postiga spam (shikoyat) berish ham majburlanyapti ekan.

Kallangizga barchamizning qoyilimiz😁

Shuncha ishlardan keyin ham talabalarni majburlab yolg'on xabar ekanligini yozdirmoqchimisiz?

Demak, bu xabarlar o'z tasdig'ini topdi. Shunchaki qora xalqni chalg'itish bilan ovvora.

Hurmatli talabalar, bunaqa ishlardan uzoq yuring. Trollingga aralashmang!

Haqiqatni yolg'on deb aytganingiz uchun ham javobgarligi bor...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍36😁9🔥2
⚡️Rasman: kontrakt qog'ozi berilishi boshlandi

kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2- va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

❗️ESLATMA: quyidagilar uchun hozircha shartnoma berish boshlanmadi:

• magistraturaga kirganlar;
• super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar;
• “perevod”da o‘tish balini olib, o‘qishini ko‘chirganlar;
• “perevod”da o‘tish balini to‘play olmasdan, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍7👏1😁1
Talaba.uz | Ta'lim portali
Photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#lirik_chekinish)

Bechora talabalar nima sababdan yozayotganini ham bilishmasa kerak:)

Tez orada bu xabarlar o'chirib tashlansa ajab emas

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁31👍5🔥2
Talaba.uz | Ta'lim portali
⚡️Rasman: kontrakt qog'ozi berilishi boshlandi kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2- va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi. Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz…
Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki 2 tomonlama, yoki 3 tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu bo‘yicha izoh so‘rab, abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushdi.

Bu juda oddiy.

2️⃣ Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi.

3️⃣ Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

❌ Bankdan ta'lim krediti olmoqchi bo'lganlar yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lganlar uch tomonlama shartnoma olmasin. Ular ikki tomonlama shartnoma olishi kerak.

Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍23🔥6👏6
Talaba.uz | Ta'lim portali
#lirik_chekinish) Bechora talabalar nima sababdan yozayotganini ham bilishmasa kerak:) Tez orada bu xabarlar o'chirib tashlansa ajab emas 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Bitta bizning kanalda lirik chekinish bo'ldimikan desam, Samarqand Davlat universitetida ham bayram avjidayu-a?

Qiziq, ishlar bo'lyapti) Bu chalg'itishning eski usulimi?

Ha aytgancha, yarim kechasi yotoqxona hududida tartibni buzgan holda konsert qo'yish "nech pul bo'lyapti?"😁

Eslatma: Videoni ko'rishdan oldin telefoningizni ovozini pasaytiring :)

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁42👍19🔥12
Super-kontraktlar uchun shartnoma berish boshlandi

Beshala yo‘nalishga ham kira olmagan abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali super-kontraktda o‘qish hamda shartnoma olish uchun ariza berishlari mumkin.

❗️ Hozirda, amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga super-kontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari bazada ko‘rinmaydi.

Chunki hali beshala yo‘nalishga ham kira olmaganlar istalgan birini tanlab super-kontrakt qilishga rasman ruxsat berilgani yo‘q. Ammo shunaqa imkoniyat chiqib qolishi mumkin, kutilmoqda.

Agar siz birinchi yo‘nalishga emas, ikkinchi yoki undan keyingi biror yo‘nalishga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsangiz, unda ariza bermasdan kutib turishni maslahat beraman.

✅ Shuningdek, birinchi yo‘nalishdan yiqilgan, lekin ikkinchi va undan keyingilardan birortasiga o‘qishga kirganlar ham birinchi yo‘nalishiga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, unda hozir bunga imkoniyat yo‘q. kontrakt.edu.uz sayti orqali faqat o‘qishga kirgan universitetining oddiy kontraktini olishi mumkin. Bunday toifadagi abituriyentlar ham biroz kutib turishlari kerak. Hozirda shu masala ko‘rib chiqilmoqda. Balki tez unda o'qishga kirganlar uchun ham birinchi yo'nalishga super-kontraktda o'qishga ruxsat berilishi mumkin.

Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍19😁17🎉15
Hududlar kesimida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍32🔥19👏15
FOJIAMIZ

Armani:
— Sizga kim kerak, azizim? «Qorovul Petrosyan» deysizmi? Vax-vax-vax! U qorovul emas, akademik! Donishmand odam! Yuring, uyini ko‘rsataman. Yaqinda ikki qavatli uy soldi, azamat!

Gurji:
— Kimni so‘rayapsiz, batano? «Etikdo‘z Panjikidze?» O-o-o! U etikdo‘z emas, akademik! Bunaqa donishmand odam yuz yilda bir tug‘iladi! Yuring, dachasiga oborib qo‘yaman. Uch qavatli dacha quryapti, azamat!

O‘zbek:
— Nima? Kim deysiz! «Akademik Alijonip?» Hech qanaqa akademik emas u! Qorovulchalik savodi yo‘q! Etikdo‘zchalik ilmi yo‘q! Gʻirt ahmoq odam. Poraxo‘r! O‘rikzorda dang‘illama imorat solayapti. Shuncha pulni qayoqdan oladi? Umuman... men hech qanaqa Alijonip-palijonipni tanimayman!

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"dan

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍46😁31❤18