Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️ 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

❗️ Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.

Ⓜ️ Bilim va malakalarni baholash agentligi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❤10🔥9👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zaring yo zo‘ring bo‘lmasa biliming bir tiyin. O‘zbekiston bu!

🎬 Videoni ko‘rish

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍23👏11🎉9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ZO’RDAN ZO’R CHIQDI. PREZIDENT ADOLATNI TIKLADI

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍19😁10❤6
Imtiyozlar tartibga solinishi emas, tugatilishi kerak

Diplomatiya universitetiga kirish imtihonlarida maksimal ball to‘plaganiga qaramay, imtiyozxo‘rlar byudjet o‘rinlarini egallab bo‘lgani tufayli kontraktda o‘qishi aytilgan talabalarning Prezident granti asosida byudjet hisobida o‘qishi jamoatchilik tarafidan xursandchilik bilan kutib olindi. Men ham iqtidorli qizlar uchun juda xursandman. Lekin shu bilan adolat tiklandi, deyish g‘irt yolg‘onchilik bo‘lardi.

Muammoning ildizi qanday bo‘lsa, shundayligicha turipti. Hatto kvotalarning alohidalashtirilishi yoki ularning ro‘yxatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish ham yechim emas. Imtiyozlar butunlay tugatilishi lozim va bu ishni aytaylik, ramziy ma’noda Prezident maktablaridan boshlash zarur. To‘rt muchasi sog‘, ayniqsa o‘zini iqtidorli deb bilganlar imtiyozdan foydalanishdan uyalishlari kerak. Ta’lim mafkurasi ham shuning ustiga qurilishi zarur.

O'tgan safarshu haqda yozgandim. Temurbeklar maktabimi, zulfiyachimi, melisaning yo o‘rmonchining bolasimi, farqi yo‘q. Barchaga teng imkoniyatlar yaratilishi zarur. Yana takrorlayman:

Marhamat qilib, raqobatga kirishing. Kurashing. Yuting. Haloli bo‘lsin. Yutqazing. Yana kurashga kiring.

© Iqtisodchi Otabek Bakirov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍39❤12👏11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘QIMAGAN BOLALAR”

Muallif:
Shodmonqul SALOM

Kompozitor:
MUINZODA

Ijrochi:
Erkin BOZOROV

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍31🔥9❤7
#lifehack

❗️Talaba izlanuvchan boʻladi.
Ayniqsa dekan galstuging qani deb qolsa
😁

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁77👍10🔥9
"Mushtum" baribir top 👌

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁72🔥16❤12
⚡️ Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

📆 2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26-29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

⏳ Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Ⓜ️ Bilim va malakalarni baholash agentligi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🎉14👍11🔥9
Bugundan kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari boshlandi

Sinovlar 26-29-sentyabr kunlari ikki smenada:

1-smena 08:00 dan 11:00 gacha,
2-smena 15:00 dan 18:00 gacha tashkil etiladi.

Bir smenada 21 ming 60 nafar, bir kunda esa 42 ming 120 nafar abituriyent test jarayonida ishtirok etadi.

Shuningdek, alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklarga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha 32 ta kollej va 19 ta texnikumda kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.

Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidan yuklab olish mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishi kerak.

📆 Test sinovi natijalarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, yakuniy tanlov natijalarini esa 3-oktyabr kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🔥17👏11❤10
1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktabri etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❤11👍9😁7
call_23-03-27_IN_+998942810174.amr
268.9 KB
Qora qarg‘a qanchalik cho‘milmasin, u baribir oqarmaydi.....

Xitoy xalq maqoli

"SamDU rektori Xolmurodov va uning qonunlar asosida emas, balki, "buyurtma" asosida ishlaydigan yuristi Tursunovning meni o‘qishdan noqonuniy chetlatish yo‘lidagi qing‘ir ishlari!

O‘z ustozing orqangdan pichoq uradigan zamonga ham keldik!

Men qattiq hurmat qiladigan va o‘zimga ustoz deb biladigan Nabijon Tursunov SamDU rektori bo‘lmish Xolmurodovning buyurtmasi asosida meni o‘qishdan noqonuniy chetlatgan.

Bu yurist bilan aslida juda o‘xshashmiz. Sababi, u ham SamDU dan haydaldi, men ham.

Menimcha, bu yuristga qilgan adolatsizligi uchun Allohdan javob keldi, amal buyurmadi....

Shoxrux Rofiyev."


SamDudagi o'yinlar shundan keyin ham hech qachon tugamasligini yaxshi bilamiz. Bir talaba beayb va noqonuniy o'qishdan chetlashtirilsa, adolat kiradigan joyiga kirib ketibdi. Mana shunaqa adolatsizlik qilib, kun ko'rayotganlarga insof bersin, farzandlaridan qaytmasidan...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🤬46👏11😁10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kollej va texnikumlarga test sinovlarining yakuniy natijalari 3-oktabr kuni eʼlon qilinadi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❤14🔥8👍7
Forwarded from Cool School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Razgovorniy rus tili 3 oyda 😱

Qachongacha rus tilini o’rganishim kerak deb yuraverasiz?
⠀
😩 “Tushunaman, ammo gapira olmayman” deydigan daraja ishxonada yetarli emas!
⠀
🔝 Rus tilini Cool school bilan o’rganish vaqti keladi. ‼️
⠀
👩‍🏫 O’qituvchi katta tajribaga ega Ms Lolitta. Ona tili Rus tili
⠀
🤩 Barcha vazifalarni o’z vaqtida bajarib, o’z ustingizda doimiy ravishda ishlasangiz, 3 oydan so’ng rus tilida muloqot qilishni boshlaysiz.
⠀
☝️Yangi guruhlar vaqtlari 10.00|15.00 |19.00|20.30
Kurslar faqat offline bo’ladi!
⠀
📞 +998 97 777 50 46.
👨💻Online admin: @coolschooluzb
📍Manzil:Shaxriston metro, Yunusobod
👏13👍11🔥10
O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Ikki fuqaro boshqa bir fuqarodan Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishlari evaziga 1 ming 300 dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

***

Fuqaro Z.O‘. Qirg‘iziston Respublikasidagi universitetlardan birining talabasining o‘qishini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialiga ko‘chirib berish evaziga 700 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Har ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berishda ishtirokchilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

© Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍14❤9🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Namangan muhandislik- texnologiyasi institutida kuzatilgan ushbu holat bo'yicha munosabat kutib qolamiz.

Qiziq nima sababdan aynan mana shu hijobli (ro'molli) qizlar to'xtatilib, so'roq qilinyapti?

Yoki ro'molga qarshi reyd yana boshlandimi?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🤬161👍17🔥10
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Namangan muhandislik- texnologiyasi institutida kuzatilgan ushbu holat bo'yicha munosabat kutib qolamiz. Qiziq nima sababdan aynan mana shu hijobli (ro'molli) qizlar to'xtatilib, so'roq qilinyapti? Yoki ro'molga qarshi reyd yana boshlandimi? 🎓 Talaba.uz…
RASMIY MUNOSABAT

Talaba.uz Telegram ijtimoiy tarmog’ida yoritilgan holat yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, joriy yilning 27-sentyabr kuni Namangan muhandislik-texnologiya instituti oʻquv binosi kirishida toʻxtatilgan qizlar darsdan kech qolgan talabalar boʻlib, ularga navbatchi masʼul tomonidan darslarga kech qolmasdan, institut ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari xususida tegishli tushunchalar berish jarayonidan olingan. Institutda talabalarning sababsiz dars qoldirishi va kechikishi uchun belgilangan choralar qo'llanilishi mumkin, biroq, Namangan muhandislik-texnologiya institutida ro'mol o’rashga qarshi hech qanday “reyd tadbirlari” o'tkazilmagan.

Institut rahbariyati talaba va o’qituvchilardan ta’limdan chalg’imasligini va turli video xabarlarni noto’g’ri talqin qilmaslikni hamda dars mashg’ulotlariga o’z vaqtida kelishlarini so’raydi.

NamMTI axborot xizmati

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍19🤬14🔥10
⚡️ Rasman: 2-oktyabr — dam olish kuni

◼️ Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga ko‘ra, bayram sanalari dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi ish kuni dam olish kuni deb e’lon qilinadi.

1-oktyabr o‘qituvchilar kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sabab 2-oktyabr kuni dam olinadi.

❌ Shu kuni OTMlarda ham, maktablarda ham dars bo'lmaydi.

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍29🔥11👏11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕌 JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN, AZIZ DINDOSHIM! 🌸

🕌 Qiblaga yuzlanib shodlansa yurak,
🕌 Shu onda rahmatin yog'dirsa falak,
🕌 Ulug' zot bormi Allohdan bo'lak,
🕌 Мusulmon ahliga juma muborak!
🕌 Kunlarning shohidur "Juma" ayyomi,
🕌 Shu sabab ulug'dur bu kunning nomi.
🕌 Bugun sizga tilayman oltindan bir taxt,
🕌 Allohim nasib etsin ilohiy bir baxt...

Assalomu alaykum!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍12❤9👏8