Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
🔴Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti dekan muovini va tyutorlar bilan birgalikda talabalar yotoqxonasida tungi red o'tkazishibdi

Mas'ullarni farosatdan qisgan shekilli, oyoq kiyim bilan birovning xonasiga kirib kelyapti. Bular tag'inam tozalik, odob-axloq haqida ko'nikmalar berishibdi😂

Eng alam qiladigani yarim kechasi uchta barzangilar qizlar xonasiga beforasatlarcha kirib kelgani.

Agar mana shu dekan muovini va tyutorni ko'rib qolsanglar, bizdan salomimizni yetkazing. Sizlar noloyiqsizlar, bu lavozimda ishlashga! Kursini bo'shatib qo'yinglar...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤬208👍28😁21
Talaba.uz | Ta'lim portali
🔴Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti dekan muovini va tyutorlar bilan birgalikda talabalar yotoqxonasida tungi red o'tkazishibdi Mas'ullarni farosatdan qisgan shekilli, oyoq kiyim bilan birovning xonasiga kirib kelyapti. Bular tag'inam tozalik…
Munosabat

Joriy yilning 7-oktabr kuni “TalabaUz” telegram kanalida “Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti dekan muovini va tyutorlar bilan birgalikda talabalar yotoqxonasida tungi red o'tkazishibdi” mazmunida murojaat yoritildi. Mazkur holat yuzasidan Qarshi davlat universiteti quyidagi munosabatni bildiradi.

Qarshi davlat universiteti Kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Odob-axloq kodeksi”ga ko‘ra, talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan yoshlarning yotoqxona jihozlaridan to‘g‘ri foydalanishi, tartib-intizom, odob-axloq qoidalariga rioya etishiga fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar mas’ul ekanligi belgilangan.

Murojaatda keltirilgan holat 6-oktabr kuni Iqtisodiyot fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari va fakultet tyutorlari tomonidan soat 19.30 atrofida fakultetning talabalar turar joyidagi tartib-intozomni nazorat qilish jarayonida ro‘y bergan. Shuningdek, talaba qizlar yashaydigan xonada yo‘qlama ayol tarbiyachi-pedagog hamrohligida amalga oshirilgan.

Oyoq kiyimi bilan mas’ullarning xonaga kirishi esa bu albatta xato hisoblanadi. Ushbu holat yuzasidan Iqtisodiyot fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari va fakultet tyutorlari qat’iy ogohlantirildi.

Qarshi davlat universiteti bunday voqealarning qayta takrorlanmasligini o‘z nazoratiga olganligini ma’lum qiladi.

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁35👍29❤11
Mabodo "seviship" yurmanglar a!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁61🔥12❤9
❗️Andijon davlat universitetida qariyb 40 mlrd so‘m naqd pul talon-taroj qilingan

Hisob palatasining yagona “Masofaviy nazorat” markazi tahlillari asosida aniqlanishicha, Andijon davlat universitetida jami 39,3 mlrd so‘m naqd pul mablag‘lari talon-taroj qilingan. Jumladan:

➖ kontrakt mablag‘lari hisobidan stipendiyasiz shaklda tahsil olgan 8 761 nafar talabaga 25,1 mlrd so‘m ortiqcha stipendiya hisoblanib, to‘lov qaydnomalari soxtalashtirilgan;

➖ talabalar tomonidan to‘langan 9,3 mlrd so‘m to‘lov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;

➖ talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd so‘m rag‘batlantirish mablag‘lari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;

➖ byudjet mablag‘lari hisobidan 2 226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 mlrd so‘m ortiqcha hisoblangan stipendiya o‘zlashtirilgan;

➖ talabalar yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 mln so‘mlik naqd pullar universitet hisob raqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy o‘zlashtirilgan;

➖ universitetga xizmat uyi xarid qilish uchun jismoniy shaxs bilan 2,5 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzib, shundan 300 mln so‘mi noto‘g‘ri o‘tkazilgan.

Tekshirish yakuni bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘plami huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁13👍10❤8
Amir Temur nomidagi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga 2024-2025-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yil 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👏14👍12🔥6
Poliknikalarimizda yangi kasb paydo bo‘ldi

Endi poliknikalarda psixolog, suisidolog va sog‘lom xayot tarzini tashviqot qiluvchi yangi kasblar qo‘shildi.

Oylik 2 mln 600 ming so‘m.

Psixologik yoki o‘zini o‘ldirishga bog‘liq muammolar bo‘lsa poliknikada maslaxat olish mumkin bo‘ladi.

Nimayam derdik, omad tilaymiz.

Abdulaziz Akramov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁38👍20🔥8
Talaba.uz | Ta'lim portali
Poliknikalarimizda yangi kasb paydo bo‘ldi Endi poliknikalarda psixolog, suisidolog va sog‘lom xayot tarzini tashviqot qiluvchi yangi kasblar qo‘shildi. Oylik 2 mln 600 ming so‘m. Psixologik yoki o‘zini o‘ldirishga bog‘liq muammolar bo‘lsa poliknikada…
🎯 Meditsina fakulteti yangi bitiruvchilarining deyarli yarmi bir yil ishlamasdan soxasini o‘zgartirib ketmoqda. Sabab maosh kamligi. Rossiya. Medvestnik.

Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, O‘rta Osiyoda sal oyligi tuzuk med ishlar Qozog‘istonda.

Rossiya ham biz kabi tibbiy krizisni boshdan kechirmoqda.

Abdulaziz Akramov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍25🔥10❤7
#milliy_reyting

📌 Oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi

Eng yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:

◀️TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
◀️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
◀️Namangan muhandislik-texnologiya instituti
◀️Buxoro davlat tibbiyot instituti
◀️ Farg‘ona politexnika instituti
◀️ Namangan muhandislik-qurilish instituti
◀️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
◀️Toshkent tibbiyot akademiyasi
◀️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
◀️ Toshkent moliya instituti

Eng quyi natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:

♦️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti*
♦️ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
♦️ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
♦️ Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti*
♦️Andijon davlat chet tillari instituti*

*Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasalari

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏4😢3
O‘LIK TIL

21-oktyabr til bayramiga

"Памперс" yengdi "shimmataglik"ni,
"Корзинка"ga aylandi savat.
Ko‘ring endi bu ko‘rgulikni,
"Очеред"ga joy berdi "navbat".

Kelganmi hech xayolingizga
"Tushlik" o‘lib tirilmish "обед".
Demang bergan savolingizga,
"Javob" yo‘g‘u lekin bor "ответ".

Charm" o‘lib tug‘ildi "кожа".
"Луна" bo‘ldi osmondagi "oy"
"Yuz" netadi ularda "рожа"
"Maddoh"lar xam "подхалим" voy-voy

"Volida"siz g‘arib bu lug‘at,
Boyigandir "мамашка" bilan.
"Moychechak"mas ko‘liga albat, Sovg‘a tutay "ромашка" bilan.

Buzilyotgan til minorasin,
Qandoq tiklar filolog-me’mor?
O‘z kasbining nomi xam axir,
O‘zbekchamas, tilshunos hech bor?

Tilimizning boshini yeya,
Soya emas rusga bo‘ldik "тень".
Ovqatingga qo‘shib ye deya,
Davlat qo‘ygach shu xalqqa "хрень"...

R.S. Xren-Taomga qo‘shilib yeyiladigan o‘simlik nomi

Abdurahmon Meshayan

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
🔥15👍12😢10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talaba universitet uchun mijoz.

"Otti kallasidek kontrakt to'laydi..."

Ajoyib gaplar bo'libdi👍 Videoni ochib ko'rishingizga arziydi. Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍17🔥4🤬2
❗️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Abdurahmonov Ibrohim Yo‘lchiyevich qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanadi deyishmoqda insayderlar.

Xabar rasman tasdiqlanmagan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😁15👍3👏1
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Abdurahmonov Ibrohim Yo‘lchiyevich qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanadi deyishmoqda insayderlar. Xabar rasman tasdiqlanmagan. 🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#RASMAN

Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi haqida e’lon qilindi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍14🤬7❤2
🔅Yangi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Odil Qalandarovich Abdurahmonov tayinlanishi kutilmoqda.

Bu haqda rasman tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Odil Abdurahmonov 45 yoshda. U o‘tgan yil 25 avgustda O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan edi.
Abdurahmonov bungacha Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, Toshkent davlat transport universiteti rektori lavozimlarida faoliyat yuritayotgandi.
U Prezident administratsiyasida avval ham ishlagan: bu tuzilma Prezident devoni deb atalgan vaqtda bosh konsultant lavozimida, keyinroq devonning o‘sha paytdagi ijro apparati rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Abdurahmonov faoliyati davomida Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish ilmiy markazi rahbari ham bo‘lgan. 2018 yil 31 iyuldan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
2019 yil aprel oyida Prezident administratsiyasiga qaytib, Abdujabbor Abduvohidovga o‘rinbosar bo‘lgan. 2020 yil iyulida Transport universiteti rektori lavozimiga o‘tkazilgan.
Abdurahmonov 2022 yil 8 iyundan boshlab Respublika oliy ta’lim kengashi raisi lavozimida ham faoliyat yuritayotgandi. Bu tayinlovdan ko‘p o‘tmay kengashga yangi vakolatlar berilgandi.
Odil Abdurahmonov 1978 yilda tug‘ilgan, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🤬4❤2
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆 2023-yil 29-oktabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:

1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍5🔥1🕊1