Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni

📱 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida ona tili va adabiyot fanidan talabgorlarning bilim darajasini aniqlashda yozma ish (esse)ni baholash mezoni Agentlikning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📊 Baholash mezoniga ko‘ra yozma ishlar 12 ta holat bo‘yicha 0 balldan 2 ballgacha baholanadi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 24 ballni tashkil etadi.

✅ Quyidagi hollarda esse tekshirilmaydi va 2 ball bilan baholanadi:

🔹 esse yozilgan, lekin mavzuga mos bo‘lmasa;
🔹 essening hajmi 100 ta so‘zdan kam bo‘lsa;
🔹 esse boshqa manbadan ko‘chirilgan bo‘lsa.

❗️ Esse yozilmagan bo‘lsa, 0 ball beriladi.

📚 Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ 1-noyabrdan Toshkentda jamoat transporti yo‘lkira narxi oshadi

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi 1-noyabrdan Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxi oshishini ma'lum qildi.

Bir turdagi jamoat transportida qatnov uchun qat’iy belgilangan yo‘l haqi naqd va bank kartalari bilan to‘lashda 2000 so‘m, ATTO transport kartasi bilan to‘lashda 1700 so‘m etib belgilandi.

Bir soat ichida bir avtobusdan ikkinchisiga o‘tish va ATTO kartasi bilan to‘lashda yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘lash kerak bo‘ladi. Bir soat ichidagi uchinchi va to‘rtinchi avtobuslarda harakat uchun bepul bo‘ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️❗️❗️Toshkent to'qimachilik va yengil sanoati institutida nima gaplar?

Ushbu institutda tahsil oladigan talabalar bo'lsa, vaziyat haqida xabar bering...

@NodirUz ga murojaat qilishingizni so'raymiz!

Shaxsingiz sir saqlanishiga kafolat beramiz!
🎯O‘zbekistonda eng kam o‘rtacha oylikni shifokor va o‘qituvchilar olmoqda

So‘nggi 9 oy davomida eng kam o‘rtacha oylik o‘qituvchi va shifokorlarga berilgan. Bu ko‘rsatgich 2019 yildan beri saqlanib qolmoqda.

Davlat statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylari bo‘yicha soha xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqlari reytingida ta’lim va sog‘liqni saqlash xodimlari eng so‘nggi pog‘onalarda qolmoqda.

Mazkur vaqt davomida moliya va sug‘urta faoliyatida xizmat ko‘rsatuvchilar eng ko‘p o‘rtacha oylik (12,8 mln so‘m) olishgan. Bundan keyin axborot va aloqa sohasi xodimlariga eng ko‘p oylik maosh (10,3 mln so‘m) to‘langan.

Ro‘yxatning eng oxirgi ikkita o‘rnida ta’lim (3 mln so‘m) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (2,9 mln so‘m) sohalari turibdi.

Ma’lumotga ko‘ra, shu davr mobaynida mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqi 4,4 mln so‘mni tashkil qilgan.

2019 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarga qaralsa, o‘qituvchi va shifokorlar o‘rtacha oylik maoshlari deyarli 1,4 mln so‘mga yuqorilagan va doimiy eng past o‘rtacha oylik ish haqi sifatida ro‘yxatda turgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni Qarshi shahridagi “Turon” nodavlat universitetiga 3 kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Chirchiq shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.N. fuqaro S.Sh.ni 3 900 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, muqaddam 3 500 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, yana 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Meni bugun hursand qilgan xabar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Gʻazo aholisiga 1,5 mln dollar yordam puli ajratildi.

“Men Gʻazo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim” deydi Shavkat Mirziyoyev.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga yana qayta rektor bo‘ldi

U mazkur universitetga 2017-2021- yillarda ham rahbarlik qilgan, keyin esa vazir lavozimiga ko‘tarilgandi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Buxoroda talaba qiz “musorovoz” g‘ildiraklari ostida vafot etdi

Bugun ertalab “Musorovoz” yuk qutisini bo‘shatib, ikkinchisi tomonga harakatlanayotgan vaqtida mashinaning old tomonidan o‘tib ketayotgan qizni bosib qolgan!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi

Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

▶️ Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
▶️ Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
▶️ Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
Yilning eng faol sportchi talabasi;
▶️ Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
▶️ Yilning eng faol ijodkor talabasi;
▶️ Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Yil talabasi” tanlovi nizomi

Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️2023/2024-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar diqqatiga!

Professional ta’limda o‘qish imkoniyati kengaytirilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida my.uzbmb.uz platformasi orqali kollej va texnikumlarda (yuridik texnikumlar bundan mustasno) kasb yoki mutaxassislik egallash istagida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni qabul parametri doirasida mavjud vakant (bo‘sh) o‘rinlarga qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Bunda birinchi navbatda, abituriyentlar test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda qabul qilinadi.

Shuningdek, qabul yakunlari bo‘yicha shakllanmagan (o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lgan) guruhlarga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar arizasiga ko‘ra, ta’lim shakli o‘zgarmagan holda davlat granti asosida boshqa kasb (mutaxassislik)ga o‘zgartirishi mumkin.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar faqat ushbu texnikumdagi mos mutaxassislik bo‘yicha vakant o‘rinlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Ushbu texnikumlarning vakant o‘rinlariga mos mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga da’vogar abituriyent bo‘lmagan taqdirda, mazkur muassasaning boshqa mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar qabul qilinishiga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisliklarga tavsiya etilmagan abituriyentlar boshqa kollej va texnikumlardagi vakant o‘rinlarga o‘qish uchun ham murojaat etishlari mumkin.

Vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar 2023-yilning 13-noyabr kuniga qadar professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishlari lozim.

Izoh: Prezidentning 200-son (03.07.2023-y.) hamda Vazirlar Mahkamasining 516-son (29.09.2023-y.) qarorlarida belgilangan kasb (mutaxassislik)lar davlat granti asosida o‘qitiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Toshkent shahridagi ayrim koʻchalar vaqtincha yopiladi

Davlat bayrog‘i va konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan ommaviy yugurish musobaqalari sabab quyidagi vaqtlarda ayrim ko‘chalar yopiladi.

⏳2023-yil 17-noyabr kuni soat 00:00 dan 19-noyabr kuni soat 12:00 gacha:

➖Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismi;

⏳2023-yil 19-noyabr kuni soat 06:30 dan 09:30 gacha:

➖Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy koʻchalari.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli talabalar!

Sizlarni Juma ayyomi hamda 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan muborakbod etamiz! O'qish va ishlarda omad va zafar yor bo'lishini tilab qolamiz!✊

Talabalarga ulashing😎👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Talabaligim (@TalabaUz)
MuXiJaN
Exx, bu qo'shiqni eshitib negadir ko'zimga yosh keldi😢

Talabalik - oltin davrim! Ushbu mazmunli va esda qolarli kunlarni qadriga yeting.

Kursdoshlarim sizlarni judayam sog'indim...

🎙#MuXiJan

Kursdoshlarga yuboring👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
18 NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN!

Bugun 18 noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun. 1991 yil 18 noyabrda “O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog'imiz tasdiqlandi.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirib, chuqur ma'no-mazmun va qadriyatlarning timsoli hisoblanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?

JAVOB:

➖harbiy xizmatni oʻtash uchun;
➖salomatligini tiklash uchun;
➖homiladorlik va tugʻish uchun;
➖bolalarni parvarish qilish uchun;
➖oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.
〰️〰️〰️

SAVOL:
Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati qay tartibda ko‘rib chiqiladi?

JAVOB:
Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

❌ Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

❌ Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

❌ Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#talabalardan

Assalomu alaykum hurmatli @Talabauz kanaling adminlari

- Biz UrDu ya'ni Urganch Davlat universitetida Budjet asosida o'qiymiz lekin 2 oydan beri stependiya tushmayapdi,

- Stependiya nega berilmayapdi deb so'raganimizda Prorektr qo'l qo'ymaganini bahona qilishyapdi.

"🤔 Gaplari rost bo'lsa demak, 2 oydan beri Prorektrimiz universitetga kelmagan, qo'l qo'yilmayotganini inobatga olib qarasak."


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi