Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Converted audio
СССРning 20 tiyinlik "буханка"si Qodiriyning qoniga botirilgandi...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️2024 yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):

22 mart – juma;
11 aprel – payshanba;
18 iyun – seshanba;
3 sentyabr – seshanba;
31 dekabr – seshanba.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

2 yanvar – seshanba;
23 mart – shanba;
12 aprel – juma;
31 avgust – shanba;
30 dekabr – dushanba.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ekspeditsiya
#Orol

Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o'qituvchilar hamda iqtidorli talabalardan tashkil topgan jamoa Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq tumani hamda Orol bo'yi hududiga tashkil etgan ekspeditsiyani muvoffaqiyatli yakunlab Toshkentga qaytib keldi.

Joriy yil 15-22 dekabr kunlari Toshkent kimyo texnologiya instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan Orol dengizi hududida o‘simliklarning suvsizlikka chidamliligini oshiruvchi kompozit yordamida hududga yangi innovatsion biotexnologiyalarni jalb qilish orqali ekologik tizimni shakllantirish, TKTI bog‘ini yaratish, Orol dengiziga yaqin va atmosferik yondosh hudud aholisi orasida keng tarqalgan ankologik, teri tanosil, gipertoniyaning turli ko‘rinishlari, nefrologik hamda gastroentorologik kasalliklar profilaktikasini(tabiiy dorivor o‘simliklar yordamida) ekotizim, hudud flora va faunasini tiklash orqali amalga oshirish texnologiyasini yaratish uchun kerakli namunalarni to‘plash, ekspeditsiyaning asosiy maqsadi etib belgilangan edi.

Shu maqsadda ekspeditsiya a‘zolari tomonidan yangi innovatsion texnologiya asosida 350 tup cherkez va qandim o‘simliklari ekildi.
Mo‘ynoq tumanidan 80-350km oraliqdagi hududlardan 37 ta  namunalar yosh olimlarning kelgusi tadqiqot ishlarini olib borish uchun obyekt sifatida tanlab olindi. Tuproq-gil va qotishma ko‘rinishidagi obyektlardan har 30 kmdan 20dan ortiq namunalar olindi. Ekspeditsiya jamoasi tarkibidagi yoshlarga keyingi ilmiy faoliyatlarini olib borishlari uchun 13 ta mavzuda ilmiy-dissertativ mavzular tanlab olindi. TKTI olimlari tomonidan ishlab chiqilgan jami 350kg kompozit cho‘l o‘simliklari ildiz tizimiga qo‘yib chiqildi.

Cho‘l hududidagi dorivor o‘simliklardan tub aholi orasida keng tarqalgan kasalliklarni oldini olish va tabiiy davolash bo‘yicha biodozalar ishlab chiqish maqsadida namunalar olindi.
O‘zbekiston Milliy universiteti bosh binosi qarshisidagi maydonda 23-dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab Qarshi, Shahrisabz, Qorako‘l, Mirbozor, Termiz, Uzun va Denovga talabalar uchun qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilibdi. Chiptalar universitet bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR

Bugun ham talabalar uchun Milliy universitet yonida avtobuslar uchun chiptalar sotilmoqda.

Viloyatga ketayotgan talabalar shoshilinglar! Faqat shu bugun amal qilarkan!

Keyin chiptalar qolmaydi

Manzil: CafeDra kafesi ichida.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
ГИМН
КАРАКАЛПАКСТАН
Kech bo'lsada, qoraqalpoqlik do'stlarimizni Madhiya kuni bilan tabriklaymiz.

24-dekabr Qoraqalpoqiston Respublikasining Davlat madhiyasi tashkil topgan kun.

Birodarligimiz, oqibatimiz hech qachon yo'qolmasin🤝✊

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Darslaringizga kafolat (гарантия) bormi?

Shu va shunga o'xshash savol o'zimgayam ora-orada kelib turadi. Shu savolga oxirgi marta nuqta qo'ymoqchiman.

O'zi kafolat kim tomonidan va qachon beriladi?

Kafolatni biror kishi nimadur yaratganda yoki ishlab chiqarganda o'sha mahsulotini xizmat qilishi qancha muddatga yetishini, qanchalik samarali ishlashini hisoblab iste'molchiga yuqoridagi hisob kitoblarga asoslangan holda kafolat beradi.

Endi bir o'ylab ko'ring siz ustozdan miyyangiz uchun kafolat so'rayapsiz. Ha shunday. Siz o'rgatgan darslar meni miyyamga nechi foiz o'rnashib qoladi. Darslaringizdan keyin miyyam menga ingliz tilini ishlatishga qanchalik yordam beradi. Shunga o'xshash savol berayapsiz bizga.


Sizni miyyangizni ishlab chiqargan zot kimligini bilasiz. U xohlaganicha sizda o'zgarish bo'ladi. Miyyangizni ishlab chiqargan zotga yuzlaning bu borada. Biz ustozlarga emas.

✍️ Doniyor Aslanov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#RASMAN

2024-YIL Yoshlar va biznesni qo'llab quvvatlash yili e'lon qilindi
Oʻzbeklarga nima boʻlyapti?

Borgan sari gunoh to‘lyapti,
Holimizga hamma kulyapti,
Butun dunyo turibdi hayron,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Bir paytlari muallim bo‘lgan,
Yetmish minglab hadislar bilgan,
Buxoriyni tarbiya qilgan,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

To‘g‘ri yo‘lni kulib ko‘rsatgan,
Haqiqatning o‘rnin o‘rnatgan
Navoiyga harf o‘rgatgan,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Tinmas ko‘cha-kuyda yallalar,
Qayda qoldi go‘zal pallalar?
Termiziyga aytgan allalar,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Elim sochgan davri hurlikda,
Bugun esa tamom xo‘rlikda,
Peshqadamdir poraxo‘rlikda,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Sulton bo‘lgan, yurak qo‘lida,
Hukm qilgan saroy to‘rida,
Xizmat qilar Qozoq yerida,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Zahar isi kelar bolidan,
Haromi ko‘p topgan molidan,
Turkman, hatto, kular holidan,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Yigitlari topib "dugona"
Xohlaganda qilar jonona,
Qizlariga hayo begona,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Shoirlari mansab talashar,
Peshvolarni maqtab talashar,
Mo‘minlari mazhab talashar,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Otilgandek misli palaxmon,
Vatangado holida hamon,
Rus yerida xor-u sargardon,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Farzlariga amal qilmaydi,
Sunnatlarni pisand ilmaydi,
Haqqin talab qilish bilmaydi,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Bugun hayron Ibn Sinolar,
Mavloni o‘tkazib dunyolar,
Topolmas qalbiga davolar,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Mo‘minligi davodan tashkil,
Hayoti kayf-safodan tashkil,
Ehsonlari riyodan tashkil,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Qodiriyni sotgani yetmay,
Behbudiyni otgani yetmay,
Bugun qo‘ymas yaxshini tutmay,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Yoqmas birov haq so‘z gapirsa,
Tag‘in haqni izlab lof ursa,
Din, - degan "din" so‘zin tupursa,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Chetdan kelgan har qanday odam,
Hayron bo‘lar tashlasa qadam,
Hamma uchun tunda yoqqan sham,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

Qayon borsam, xalqim qilar to‘y,
Mijozicha aytilgandek – qo‘y,
Xayrulloni o‘ylatar bir o‘y,
O‘zbeklarga nima bo‘lyapti?

© Xayrulla Hamidov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Talabalar huquqi: talabani sinov bilan ishga olish toʻgʻrimi?

Mehnat kodeksining 84-modasiga koʻra, homilador ayollar, uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining hamda oliy oʻquv yurtlarining tegishli taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.

Agar yuqoridagi talablarga tushmasangiz, sizga dastlabki sinov qoʻllanilishi mumkin.

Diqqat! Aksariyat ishga kirmoqchi boʻlgan talabalar (bakalavr, magistrlar) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining hamda oliy oʻquv yurtlarining tegishli taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar hisoblanishadi hamda ularga dastlabki sinov qoʻllanilmaydi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Dam olish kimlarga qachondan tugaydi?

O'zbekistonliklarga dam olish kuni bugun tugab, ertadan ish kuni boshlanadi.

OTM talabalariga va kollej, litsey, texnikum o'quvchilariga 7-yanvar dam olish tugab, 8-yanvardan o'qish kuni boshlanadi.

Maktab o'quvchilariga esa 10-yanvar kuni dam olish tugab, 11-yanvardan o'qish boshlanadi.

Yotoqxonalar qachondan ochiladi?

Yotoqxona qachondan ochilishini o'zingiz ta'lim olayotgan OTMdan yoki tyutorlaringizdan so'raganingiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Sababi hammada har xil vaziyat, qaysidir OTMlarda 5dan, qaysidir OTMlardan 3dan, yana qaysidir OTMlarda 6-7-yanvardan ochilishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Shunday(mi?).

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
OTA-ONAM

Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Qarasam, ikkisi ancha xoribdi.
Mahzun ko‘zlaridan sezib qoldim men,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Dardlarim ko‘p edi serob, to‘kinli,
Dardlarki, yurakka qadar boribdi.
O‘rtadan bo‘lishib olgan, shekilli,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Ko‘zda yosh yiltillar nogoh kularkan,
Anordek yuzlarni ajin yoribdi.
Yolg‘iz o‘g‘il dardi og‘ir bo‘larkan,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Qarilik dardini berkitolmas zeb,
Atrofdan serjilo yoshlik aribdi.
Tavba, bir-biridan qolishmayin deb,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Yillarni yamlaydi bittagina g‘am,
Bitta dard sochlarga qorlar qoribdi.
Besh kunlik ekan-da dunyo rostan ham -
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

... Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Boqsam, bus-butunlay soch oqaribdi.
Nogoh bir qo‘rqinchdan cho‘chib ketdim men -
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Xayrulla Hamidov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi