Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Bundan ilgariroq Q.Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚠️ Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri oldiga professional va oliy ta'limda keskin o'zgarish qilish vazifasi qo'yildi.

Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Davlatimiz rahbari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham e’tiroz bildirdi.

Professional ta’lim uchun mas’ul idoralar ko‘payib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.

Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.

Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ustozim bir bemorni obdon tekshirib qattiq o‘ylanib qoldi. Sekin qulog‘iga:
--👶Ustoz bemorni kasali jiddiymi?
--👨‍🍳Umuman soppa sog‘ ekan.
--👶Nega bezovtasiz unda?
--👨‍🍳Bemor juda boy odam ekan.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Ushbu suratni muzey xodimi olgan. Demak dunyomiz bilan nimadir bo‘ldi...

Ixtiyor Esonov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
💬Yangi tashkil etilayotgan O'zbekiston iqtisodiyot universiteti rektori lavozimiga Teshabayev To'lqin Zakirovich tayinlandi.

Ushbu universitet tarkibida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti hamda Fiskal instituti bo'ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uzoqdan suv tashimagan inson, toʻkilgan tomchilarni qadrini bilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Shu rasmni xato ishlashibdi. Kelajakda, qanday qilib, Xitoy ta’siriga tushib qolganinglarni bilmagansizlar deyishsa, arablashma, forslashma deb, dushman qanday yutib yuborganini bilmay qolibmiz demasak bo‘ldi.

Erkin Vohidov "So‘z latofati" kitobida bizning tilimiz arab, fors bilan bilan boyigan degan. Bu kamchilik emas, ustunligimiz.
Ma’lumot uchun, xududimizdagi tarixiy So‘g‘diy tili (Forsiy guruxga kiradigan til) bo‘lgan. Oltoydan Turkiylar kelishgandan keyin assimilatsiya bo‘lgan.

Fors, Arab, Turkiy lar yonma yon yashab ijod qilib kelishgan. Shunday tilimiz rivojlangan. Xozir ingliz xalqaro til. O‘zim rus ma’lumotlaridan ko‘p foydalanaman. Rus tilini xam butunlay chopishga qarshiman. Til evolyusion rivojlanadi, mana bunday gaplashish kerak deyilmaydi. O‘zbekcha lug‘atlar ko‘paytirish kerak, lekin boshqa tillardan ajratib, sun’iy til yaratish kerak emas.

Oltoyda qolgan turkiylar, Tuva turklaridan ma’daniyatda xam, boshqa soxalarda xam, xar taraflama ustunligimiz bor.

Tarixdan tilni ajratib yangi yozuv joriy qilish usha xalqlarni boshqarish oson bo‘lish uchun qilingan.

Xojiakbar Rajab

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❌Lisenziyasi bekor qilingan universitetlar ro‘yhati bilan tanishing!

1. Valley innovative university;

2. Turkiston yangi innovatsiyalar
universiteti

3. Toshkent texnologiyalar universiteti

4. Namangan halqaro universiteti;

5. Urganch shaxridagi Binary xalqaro universiteti.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#o‘qishni_ko‘chirish #natija

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Bugun Andijon farzandi shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda tavallud topgan.

Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir,
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz,
Har kimki, yomon bo‘lsa, jazo topqusidir.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ IELTSga tayyorgarlik paytida ko’pchilikda kuzatiladigan xatolar

1. General English sustligi:
Aniq bitta narsani tushunib olishingiz kerak - fundamentsiz uyni qura ololmaysiz va IELTSdan ham xoxlagan(odatda 7+) natijangiz uchun ham sizga temirdek mustahkam fundament, ya’niy baza kerak. Bu baza esa General English shuning uchun General Englishni yaxshilaymiz.

2. Barcha fanlarni bir vaqtda o’qish:
Juda ham ko’p studentlar vaqt kamligidan yoki kech qaror qabul qilgani tufayli barcha fanlarni bir paytda o’qishga harakat qiladi. Lekin bunaqa yondashuv ko’p, keraksiz stress va overload(ortiqcha ish)ga olib keladi. Natijada, studentlarning focusi/e’tibori juda ham buzilib ketadi va na faqat Ingliz tilidagi progresingiz sekinlashadi, balkim, boshqa fanlarga ajratayotgan vaqt va energiyangiz ham kamayad. Shuning uchun bitta fanga etibor qaratishga harakat qiling.

3. To’g’ri ustozni tanlash:
Afsuski ustozlaning aksariyati bugungi kunda ko’proq IELTS baliga yoki oladigan oyligiga e’tibor qaratishadi va natijada juda kam e’tibor teaching skills yoki studentlar bilan ishlashga beriladi. Mening maslahatim: Agar, siz topgan ustozda ozgina bo’lsa ham sizning progressingizga va o’qishda bo’lgan muammolarizga e’tibor ajratmasa va doimo darslarim bor va ishim kop deb aytaydigan bo’lsa - u ustozdan uzoqlashganingiz yaxshiroq.

4.Ingliz tiliga berilmaslik:
Ammo siz yuqori natijani maqsad qilgan bo’lsangiz, shunga yarasha ko’p vazifa qilishingiz kerak va berilgan vazifalardan tashqari iloji boricha o’zingizni Inglizcha muhitga kiritishingiz yoki shunday muhit yaratishingiz kerak.

5. Keraklicha soat - to’g’ri, filmlardan, musiqadan va podcastlardan ko’p narsa o’rgansangiz bo’ladi. Lekin, hali faqat shu usullar orqali IELTSdan yuqori natija olgan studentni ko’rmadim. Filmlar va musiqa haqiqatdan foydali bo’lishi mumkin, ammo ulardan foyda juda ham kam. Shuning uchun, beradigan maslahatim IELTSga oid ko’proq mashq qilish kerak va kunida 4-5 soat shug’ullanish shart. IELTS bu standartlashtirilgan test va o’ziga most tizimi bor va u tizimga/strukturaga qancha ko’proq moslashsangiz shuncha qiladigan ishingiz osonlashadi.

Isomiddinov Jakhongir

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Zahiriddin Muhammad Bobur "Ginnes rekordlar" kitobining "Tarixiy shaxslar" bo‘limiga "Oz sonli askarlari bilan katta qo‘shinni yenggan, kuchli va markazlashgan davlat asoschisi" sifatida kiritilgan.

Qayd etish joizki, Panipat jangida (21-aprel 1526-yil) o‘zining 12.000 jangchisi bilan Ibrohim Lo‘diyning 100.000 lik qo‘shinini tor-mor etib Hindiston taxtini egallagan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
"Chirib borayotgan g‘arb" atamasi yaqinda paydo bo‘lmagan. Bu atama 180 yil oldin Rossiyada, 1841 yilda, tanqidchi, akademik va slovyanofil, Moskva Universitetining dekani Stepan Shevыryov tomonidan kiritilgan. O‘shandan beri Gʻarb chirishda davom etiyabdi, Rossiya imperiyasi esa yo‘q bo‘lib ketdi. Xa aytgancha Shevыryovning o‘ziyam Parijda, ya’ni chiriyotgan g‘arbda vafot etib, o‘sha yoqda dafn etilgan.

Ixtiyor Esonov tarixchi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Oy nomlarini o‘zbekchalashtirish bilan o‘lchanmaydi ona tiliga hurmat. Bu ham navbatdagi kulgili ishlardan boshqasi emas. Ertalab soat yettida madhiya aytishni yo‘lga qo‘yish bilan vatanparvar bo‘lib qolinmaganidek, oylarni sun’iy ravishda, asossiz va bo‘tqa ma’lumotlarga tayanib o‘zbekchalashtirish bilan davlat tilining obro‘si oshib qolmaydi. Davlat tili hurmat qilinishi uchun avval uni o‘zimiz hurmat qilishimiz, himoya qilishimiz kerak, ham fuqarolar, ham davlat miqyosida.

Alisher Sultonxo'jayev

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
TALABALAR XANDASI

Ilmu tolib piri komildin so‘rabdur:
— Aytingchi, ustoz, nechun sessiya yiliga ikki marotaba bo‘ladur?
Piri komil javob beribdur:
— Agar sessiya yilda uch marotaba bo‘lsa, talabaga og‘irlik qiladur. Agar sessiya yilda bir marotaba bo‘lsa, bu domullag‘a og‘irlik qiladur.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
TALABALAR XANDASI

Bir talaba kundalik xarajatlarga pul topish uchun mardikor bozorga chiqibdi. O‘zi kichkina, ozg‘in ekan, hech kim ishga yollamabdi. Bir payt qora "Mers" kelib to‘xtabdi. Ichidan uchta krutoy tushib, to‘g‘ri uning oldiga kelib:
— Sen to‘g‘ri kelasan, yur, ish bor, – deb uni ergashtirib ketishibdi.
Talabani hayvonot bog‘iga olib borishibdi. Hayvonot bog‘i direktori:
— Uka, senga 200 ming so‘m beraman, hayvonot bog‘iga komissiya kelayapti, maymunimiz o‘lib qolgandi. Tuppa-tuzuk maymunga o‘xshaydigan bola ekansan, komissiya ketgunicha maymunning niqobini kiyib, maymun bo‘lib tur, – debdi.
Talaba rozi bo‘libdi.
Komissiya kelibdi. Talaba: "Zo‘r maymun ekan", – deb o‘ylashsin, deya karatega tushib, tomosha ko‘rsatayotganmish. Komissiya a’zolaridan biri:
— Bu karatist maymun ekan, kelinglar, sher bilan urishtiramiz, – debdi.
Sherni maymunning qafasiga qo‘yvorishibdi. Sher talabaga o‘kirib, yaqinlasha boshlabdi. Sher yaqinlashgan sari talabaning ishtoni og‘irlasharmish. Nihoyat sher uning yoniga kelib:
— O‘o‘o‘, qo‘rqma bratishka, menam TOSHMIda o‘qiyman, – dermish.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Subtitr bilan ko'rgan yaxshimi yoki subtitrlarsiz???

📌Tarjima-subtitr sizga foyda beradi qachonki siz:

✅Ingliz tilini o'rganishni endi boshlagan bo'lsangiz;
✅Ko'rayotgan video yoki filmingiz darajasi sizmikidan sezilarli yuqori bo'lsa;

🔖Ammo yaxshi emas:

❎Fokusni yo'qotib qo'yasiz, ya'ni ko'rayotgan narsangizga emas yozuvni o'qish bilan band bo'lib chalg'ishingiz ehtimoli yuqori;

❎Siz deyarli o'qiysiz tinglamaysiz: listening jarayoni chala bajariladi.

📌Ingliz tilidagi subtitrlar:

✅ Ancha yuqori darajaga ko'tarila olasiz;

✅Kichik detallarigacha e'tibor qaratishingizni talab etadi va bunga tabbiy yo'l bilan yordam beradi;

✅Qiziqarli idiomalar, birikmalar va hattoki emotsiyani qayerda qanday qilib ishlatishni o'rganasiz.

Barno Askarova

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Erkaklikka yoʻl sochdan boshlanadi 😎

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi