Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
A’lochi talabalar grant asosida o‘qiydi. Endi davlat granti bir talaba uchun 4 yilga berilmaydi

Oliy ma’lumot har bir insonga jamiyatda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lish imkonini bersa, davlatga bilimlilarni tanlab olish, qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy, iqtisodiy, muhandislik va texnologik sohalarni ilmiy-institutsional qamrab olishga, pirovardida, inson kapitalini samarali yo‘naltirishga xizmat qiladi.


“Yangi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “A’lochi talabalar grant asosida o‘qiydi. Endi davlat granti bir talaba uchun 4 yilga berilmaydi” sarlavhali maqolasi chop etildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyodagi eng uzun piyoda marshrut Rossiyaning Magadan shahridan Janubiy Afrika respublikasining Keyptaun shahrigacha cho'zilgan. Bu yo‘lda daryolar ustida ko‘priklar qurilgan, shuning uchun qayiq yoki samolyotda sayohat qilishning hojati yo‘q.

Bu marshrut 21 000 kilometrdan ortiq va kuniga 8 soat piyoda yurgan odamga bu yo'lni bosib o'tish uchun 587 kun kerak bo'ladi. Bu yoʻnalish 17 ta davlat va 6 vaqt zonasidan oʻtadi. Ushbu sayohat davomida sayyoh dunyoning barcha fasllari va ob-havo sharoitlarini boshdan kechiradi.

Muhammad Ali Hikmatulloh

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy ishlarning 20 foizi yoki 31 mingtasi qimor o‘yinlari bilan bog‘liq.

Bu vaqt ichida 3676 ta o'z joniga qasd qilish sodir bo'lgan, har beshinchi o’lim qimor o'yinlari va u bilan bog'liq qarzlar tufayli sodir bo'lgan.

Bizni bundan battari kutyapti. Qo’zog’istonda 20 mln aholi. O’zbekistonda - 37.

ОДЕРЖИМОСТЬ | Ставки на спорт и азартные игры. Документальный фильм о лудомании

Trolluz

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥

🎬 “Talabalar teatr studiyalari” festivali!

🔍Talaba-yoshlar maʻnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Bitiruvchi va talaba-yoshlar-2024” loyihasi doirasida joriy yilning 18-may kuni poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da “Talabalar teatr studiyalari” festivali o‘tkaziladi.

🔍Festival doirasida poytaxt oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar teatr studiyalari tomonidan sahnalashtirilgan spektakllarning namoyishi tashkil etiladi.

🔍Namoyishlar barcha uchun ochiq va bepul. Poytaxt yoshlarini talabalar teatr studiyalari tomonidan sahnalashtirilgan spektakllarning namoyishiga taklif etamiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Besh ming yildan beri olamning ahvoli shu: raqqosa yozuvchidan ko‘p topadi, do‘mbirachi yo mashshoq novvoy, duradgor va temirchidan ko‘p pul ishlaydi.

Agar bugun siz Enshteynni ilmiy anjumanga chaqirsangiz, so‘ng yarim yalang‘och ayolni matbuot bilan uchrashuvga taklif etsangiz, olomon Eynshteyn va ilmini tashlab, yalang‘och ayolni qurshab oladi. Bunga biz aybdor emasmiz.

Balki, ayb aksar odamlarning hayvonsifat, nafs va shahvat quli bo‘lishlaridadir. Chunki bundaylar mayda ishlarni qo‘llab-quvvatlab, jiddiylaridan yuz o‘giradi.

Mustafo Mahmud

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qisqartirish byudjetga – kengayish vazirliklarga

🤔 Xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha jadval diqqat markaziga chiqdi. Har doimgidek eng katta chopilish ta’lim bilan tibbiyotda. Yaqin o‘tmishda tarvaqaylab semirgan birorta vazirlik, birorta qo‘mita jadvalda ko‘rinmaydi.

🤔 Raqamlarga e’tibor qaratamiz: Birinchi qatorda turgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan 3364 ta shtat qisqartirilmoqda. Jadvalga ishonsak, undan tejaladigan mablag‘ 386 mlrd so‘m. Agar bu raqamni 3364 ga bo‘lsak yillik 114.744.351 so‘m kelib chiqmoqda. Bu ta’limda qisqartirishga tushgan, ya’ni bugungi kunda kerak bo‘lmay qolgan xodimlarning o‘rtacha oylik maoshi 9.562.029 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda, deganidir.

🤔 Ya’ni mantiqan qaralsa, qisqartirilishga loyiq ishchi ham shu kungacha 10 mln so‘mga yaqin maosh olib kelgan. Lekin yaqinda e’lon qilingan maoshlar statistikasi buning tamoman aksini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra ta’lim vakillari o‘rtacha 3,4 mln so‘m bilan eng pastdan bitta oldingi qatorni, tibbiyotchilar esa 3,2 mln so‘m bilan “faxrli” oxirgi o‘rinni egallab turishibdi.

🤔 Endi savol tug‘iladi – bu hisoblashda ketgan xatomi yoki vazirlik tizimidagi maoshlarni pasaytirib ko‘rsatib keldikmi?
Ikkinchi va asosiy savol – nega qisqartirish shundoq ham eng nochor qatlamlarga tushyapti, nega bu jadvalda so‘nggi yillarda ham bo‘yiga o‘sgan, ham eniga kengaygan birorta vazirlik yoki paydar-pay ochilayotgan, ammo amalda biror karomat ko‘rsata olmagan biror qo‘mita yoki agentlik yo‘q?!

🤔 Bu reja amalga oshsa (amalga oshadi ham) jami 475 mlrd so‘mning tejalishiga olib kelarkan. Ya’ni amalda yarim trln so‘m ham emas. Lekin O‘zbekistonning 2024 yil birinchi choragining o‘zida “erishgan” byudjet defisiti 20 trln so‘mligi rasman tan olindi. Bu shiddat bilan yil yakunini 50 trln.lik “marra” bilan zabt etishimiz hech gap emas. Endi savol tug‘iladi – ortiqcha xarajatlarning 1 foizini ham qoplamaydigan, yana kamiga 7 mingga yaqin kishini kambag‘allik domiga olib kiradigan bunday qisqartirish bilan kimni aldaymiz va nimaga erishamiz? Mazkur jadvalni tuzgan vazirligu mutasaddilar bunga qanday izoh berar ekan?

🤔 Masalaning boshqa tomoni – O‘zbekistonda bir yilda o‘tkazilayotgan rang-barang tadbirlaru mehmonnavozlikning, vazirligu davlat tashkilotlari o‘tkazayotgan marosimlarning hisob-kitobi hech qilinganmi? Yoki “Byudjetning oshirib bajarilgan qismidan” deya niqoblanadigan xarajatlar, qo‘sha-qo‘sha yarqiroq mashinalar, xorij safarlari, korporativ dasturlarning salmog‘ini so‘raydiganlar bormi? O‘zi “Byudjetning oshirib bajarilgan qismi” kimning puli, shu ter to‘kkan xalqning soliqlari emasmi?

🤔 Modomiki xarajatlarni qisqartirish zarur ekan, bular chetda qolib, yana eng himoyasizlarga bolta urilgani ajablanarli.

© Abror Zohidov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Umidvor ko'zlarni yig'latmang!

Talabalarga tegishli video bo'libdi

🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
—Mening o'g'lim — do'xtir!
—Mening o'g'lim — mol do’xtiri.
—Shuyam hunar bo'ldi-yu?! Bolangga boshqa kasb qurib qolganmidi?
—Unaqa dema, o'rtoq, hunarning yomoni bo'Imaydi. Men kasal bo'lsam, sening o'g'ling davolaydi. Sen kasal bo'lsang, mening o'g'lim davolaydi!

📚”Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar”

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bizdagi oliy taʼlim kerakmi?

Bizda taʼlimga munosabat sovet paytidan shakllangan. 20-30 yillarda kollektiv hoʻjalik tizimi hammani barobar qora ishchiga aylantirdi. Feodallikdan qutildik deb oʻylagan, qishloqlar aholisi kolxoz xizmatchisiga aylandi.

Chet elga surish imkonsiz. Qattiq nazorat, ogʻir mehnatdan chiqishning yoʻllaridan biri, markazga surish boʻlgan. Albatta maxsus bilimlarsiz buni imkoni boʻlmagan. Oliy taʼlim shunchaki bilim bermagan, qora hayotdan elitaga oʻziga xos portal vazifasini bajargan. U yerda

1️⃣ Buyruqlarni soʻzsiz bajarishni oʻrgatgan.
2️⃣ Yozilmagan tartib qoidalarni oʻrgatgan.
3️⃣ Maʼlum formada yurishni oʻrgatgan.
4️⃣ Sovet nomenklaturasi boʻyicha, koʻtarilish sirlarini oʻrgatgan.

Oʻqishda koʻzga koʻringanlar, keyinchalik kontoralarda, yillab vazifalarni hop deb bajarib maʼlum darajaga erishgan.

Elitaga kirgan odamga doim yengillik boʻlgan. Ogʻir mehnat qilmaslik, kvartira olish markazda yashash imkoniyati, mashinaga navbatga turish, sanatoriyada dam olish va hokazo.

Shu sababli, avvalo sovetga va raxbariyatga sodiqlik oʻrgatilgan.

Qishloqdan kelganlarni izgoy qilmasligi, ertaga bitirib yana orqaga qaytmasligi uchun, yaqinlari doim ustozlarini moylab kelishgan. Pioner, komsomol, komunizm pallaridan koʻtarilish uchun ikki barobar mehnat qilishgan.

Sovet parchalandi, lekin taʼlimga nisbatan tushunchamiz, usha xolida qoldi.

Hozir ham, mansabga koʻtarilish uchun taʼlim kerak. Oldin oʻylab koʻrish kerak, maqsadim chinovnik boʻlishmi yoki boshqa soxa vakilimi?

Maxsus taʼlim beradigan oʻqishlar bunga kirmaydi. Sababi u yerda kerakli bilimini olmasangiz befoyda. Maxsus mutaxassislikla oʻrgatadigan yoʻnalishlardan koʻra, umumiy hech nima oʻrgatmaydigan oʻqishlar koʻproq shunday vazifani bajaradi.

Agar chinovnik boʻlaman desa, ertalab voxlidan borib, forma galstukda oʻtirib, oʻqishdan tashqari topshiriqlarni ham qoʻli koʻksida xop deb bajarish kerak.

© Hojiakbar Rajab

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️ Bu yil “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25 may kuni soat 8:00 dan 9:00 gacha faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida tashkil etiladi.

2023-2024 o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

➖ turli restoran, kafelar va xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli pul mablag‘larini yig‘ish;

➖ bitiruv tadbirlarida o‘quvchilardan qimmatbaho sovg‘alar uchun pul yig‘ish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

➖ o‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borishi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Stajirovka" so'zi o'zbekchada nima bo'ladi? 🧐

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish to‘xtatiladi

✅ Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

📚 Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqdalar.

❕ Bilimni baholash agentligi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda diagnostik test xizmati to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

📅 Bunda diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish (https://my.uzbmb.uz/service/10 sayti orqali) 19-may kuni to‘xtatiladi.
❗️ Qabul qilingan buyurtmalar 24-maygacha yetkaziladi. Buyurtmalar bo‘yicha talabgorlarning javoblar varaqalari 31-maygacha qabul qilinadi va 4-iyungacha natijasi ma’lum qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Internetning siz bilmagan tomoni | Bu hayotizni o’zgartirib yuboradi

Abror Ahmedov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Zo‘ravon muhojirlar: qirg‘izlar «qasos uchun» to‘planishdi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Raqqosa Muhabbatxon oynaga qarab shosha-pisha pardozini tamomlagancha eriga — jonim bolani sutini berib uxlatib qo‘ydim, uyg‘onganda tagini qarab sutini berib qo‘yasiz, men sahar qaytaman — deb eshikdan otilib chiqib yarim soatdan beri unga mahtal bo‘lib turgan moshinaning oldiga o‘tirdi, guruhdosh erkaklar bilan to‘yga ketayotgan edi. Eri Nasimbek bilan ham birga to‘yga qatnab yurganda tanishgan, unda Nasimbek doira chalardi. Bolali bo‘lishgandan keyin Nasimbek uyda qoladigan bo‘ldi, shunisi qulayroq ekan.

Bular bir birini tushunadi, san’atning nonini yeyish hammaga emasmish, chidaganga chiqargan ekan.

Fayzuddin Mumin

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shu kunlarda baliq ovlaydigan havo bo'lyaptida...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Laganbardorlikni ham ilmi bor ekan 🫠

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Otabek Mahkamovning eng katta xatosi nima?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Sayfullayev Nodirbek Baxtiyorovich O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

N.Sayfullayev 1975-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yil Toshkent davlat madaniyat institutini, 2005-yil Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Tarix fanlari nomzodi, professor.

Mehnat faoliyati davomida “O‘zbekteatr” birlashmasi bosh direktori o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, sho‘ba mudiri, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar Prezident Administratsiyasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish sho‘basi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM