Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#savol_javoblar

❔ SAVOL: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga
(my.uzbmb.uz saytiga) kiritish talab etiladimi?

💡 JAVOB: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga
(my.uzbmb.uz saytiga) kiritishi lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javoblar

❔ O‘tgan yilgi savollar bu yil takrorlanishi mumkinmi?

📚 Test sinovlari bir kunda ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Birinchi smenada tushgan test variantlari ikkinchi smenada takrorlanmaydi.

🗂 Test sinovlari 15 kun davomida 2 smenada bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, har bir smena uchun tegishli fanlar bo‘yicha alohida test topshiriqlari bazasi shakllantiriladi.

📌 Bunda test variantlarining teng kuchliligi ta’minlanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imtihonga yaxshi tayyorlanish uchun 5 ta usul

📌 Qabul boshlanishiga ham kam qoldi, kirish imtihonlari ham yaqinlashyapti. Ko‘proq narsa o‘qib o‘zlashtirishga shoshilayotgan bo‘lsangiz kerak. Unda bu post sizga yordam beradi.

⌛ O‘qish uchun yetarli vaqt ajratish lozim. Qancha dars tayyorlash, qancha dam olish samarali bo‘lyapti? O‘zingiz uchun belgilab oling.

🪑 Dars qilish uchun qulay sharoit qiling. Siz dars qiladigan xona qorong‘u emasmi? O‘tiradigan stulingiz sizga qulaymi? Hamma narsa siz uchun qulay bo‘lsin.

📊 Diagramma va turli vizual shaklli usullar yordamida bilimingizni mustahkamlashga harakat qiling.

📝 Sinov imtihonlarida qatnashib ko‘ring. Sababi undagi savollar formati asosiy imtihondagiga o‘xshash bo‘lsa, qiyinchiliklaringizni kamaytiradi.

💬 Javobingizni boshqalarga tushuntirib bering. Masalan, nimaga testga bu javob tanlanganini og‘zaki aytib berish uni keyinchalik esdan chiqarmaslikka yordam beradi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Qurbon Hayitingiz bilan chin dildan tabriklaymiz!

Mustahkam sog'lik, pok niyatlar va ezguliklar yor bo'lsin. Qilgan xayrli amallaringiz yuz karra bo'lib ko'paysin!!!

https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball qanday tartibda beriladi?
💬 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:

❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

🔄 Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

🔄 Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. 

☑️Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq):

🔹 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

🔹 B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

✔️ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️ Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2024/2025-o‘quv yili qabul jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida “Call-center” xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Hududlar kesimida OTM “Call-center”lari 👉 BU YERDA

“Call-center” ish faoliyati:
dushanba-juma – 09:00-18:00
shanba – 09:00-17:00
yakshanba – dam olish kuni


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanalida Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ullari 2024-2025 o‘quv yili qabul jarayonlaridagi muhim o‘zgarish va yangiliklar haqida ma’lumot berdilar.

Yuqoridagi video orqali quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin.


02:55 ➡️Kasbiy ijodiy imtihonlar bu yil qanday o‘tadi?

05:22 ➡️Chet tili imtihonlarida qanday o‘zgarish bor?

06:18 ↪️Kvotalar taqsimlanishi joriy yilda qanday amalga oshiriladi?

09:25 ➡️Joriy yilda talabalarga qanday qo‘shimcha imtiyozlar beriladi?

10:35 ➡️Ijtimoiy grant nima degani?

12:55 ↪️OTMga kira olmaganlar professional ta’lim tashkilotlariga qanday qabul qilinadi?

14:00 ↪️Davlat grantini bir o‘quv yili uchun ajratish jarayoni qanday amalga oshiriladi?

15:38➡️ Kirish imtihonlari qanday tartibda o‘tkaziladi?

16:58 ➡️Bu yil qancha abituriyent oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirishi prognoz qilinmoqda?

17:35 ↪️Yoshlar qaysi sohalarda ko‘proq qiziqish bildiryapti?

18:30 ➡️Nima uchun abituriyentlar soni yildan yilgacha oshib bormoqda?

19:14 ➡️OTMlari va talabalar soni nechta?

22:10 ↪️O‘zbekiston OTMlarining QS reytingiga kirishining ahamiyati nimada?

25:40 ↪️Magistraturaga qabulda qanday o‘zgarishlar kiritildi?

27:03 ➡️Qabul jarayonida abituriyentlar nimalarga e’tibor qaratishi kerak?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi.

👉 Yuklab olish

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 10 iyundan akademik litseylarga qabul boshlangan


💬 10-iyundan 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlangan.

📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

✔️O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

☝️ Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

* Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.

❗️ Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar 20-iyundan https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Akademik litseylarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma


Ro‘yxatdan o‘tish my.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 123 570 ta qabul parametri tasdiqlandi.

✔️Shundan:

▶️ Kunduzgi ta’lim shakli – 109 246 ta;
▶️ Dual ta’lim shakli – 14 324 ta.

💾 KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈

💾 DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈

Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari haqida.

➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

✔️Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

✔️Matematika – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

✔️O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

➡️ Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

✔️1-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

✔️2-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

👉Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

📌 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.

➡️Faylni yuklab olish

☝️Eslatib o‘tamiz, kollej va texnikumlarga ham ro‘yxatga olish 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chet mamlakatlarda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishda qanday yangi tartiblar belgilandi?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UXLAMA ABITURIYENT!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.
Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

Abituriyentlarga yuboring! 🛒

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kirish imtihonida qatnashish uchun kimlardan to‘lov undirilmaydi?

Javob.
Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.

Bunda quyidagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

🔸 test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);
🔸 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔸 to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);
🔹 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
🔹 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatishning yangi tartibi joriy etildi

Ushbu nizom Vazirlar Mahkamasining “O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 320-sonli qarori bilan tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

➖akademik litseylarga hujjat topshiruvchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Xususan ro‘yxatdan o‘tish my.edu.uz orqali har yili 10-iyundan 10-iyulga qadar bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

➖abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;

➖abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan:

▪️har yili 1-iyunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, akademik litseylarga qabul parametrlari tasdiqlanadi;

▪️har yili 1-noyabrga qadar navbatdagi o‘quv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari, mantiqiy fikrlash darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test uchun tayyorlanishi lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imtihon oldidan stressni yengish uchun TOP maslahatlar!

Postni saqlab qoʻying! Kerak boʻladi!

Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi.

Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir.

😀 Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi.

😀 Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esiningizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi.

😀 Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir.

😀 Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali.

😀 Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan.

😀 Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya.

✅ Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring:

Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz;
Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi.

⚠️ Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning.

❗️Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni tiygan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi.

Abituriyentlarga tarqating! 🛒

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sertifikat magistratura 2024.pdf
6.4 MB
Qaysi mutaxassislikka C1 shart?
Qaysi mutaxassislikka B2 kerak?
Qaysilariga B1 ham bo‘ladi?


2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida taqdim etilmoqda (ilova)

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
❓Abituriyentlar maksimal ball olishi uchun milliy sertifikat darajasi qanday bo‘lishi kerak?

Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibini tushuntirdi.

Unga ko‘ra:

❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

➖ Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

➖ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. 

✅ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga:

➖ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

➖ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

✅ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sertifikat doktorantura 2024_.pdf
6.1 MB
Doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati ixtisosliklar kesimida taqdim etilmoqda

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxat (ilova)

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM