Talaba.uz | Ta'lim portali
5.47K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❓Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
#abituriyent

✅ JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

“Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes o‘rtasida muloqot maydonchasi bo‘ladi.

Jamg‘arma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million so‘mgacha ssuda beradi.

Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million so‘m imtiyozli kredit beriladi.

“Kreativ sanoat parklari”ni rivojlantirish uchun bu yilni o‘zida 10 million dollar yo‘naltiriladi.

Shuningdek, 2–4-oktabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha To‘rtinchi butunjahon anjumani o‘tkaziladi.

Tadbir kuniga qadar kreativ industriyani rivojlantirish bo‘yicha qonun qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi oʻquv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum oʻquvchilarini kasbga oʻrgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. Oʻquvchilarga daromad soligʻi va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.

Bundan keyin ham qizlarning taʼlim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi.

Jumladan, ogʻir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin boʻladi.

Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi.

Sogʻligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan taʼminlash choralari koʻriladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har biringiz hayotda munosib o‘rningizni topishingiz uchun, biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq ishga solamiz.

Shavkat Mirziyoyev

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.

Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.

Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.

Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.

- Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz, - dedi Prezident.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓ Abituriyent imtihonga formada borishi kerakmi? Roʻmol mumkinmi ?

Imtihon uchun aniq belgilangan forma mavjud emas. Abituriyent imtihon kuni o'ziga qulay istalgan kiyimda borishi mumkin.

🧕 Masalan, imtihonga qizlar ro'molda borishiga ham hech qanday to'sqinlik yoki cheklovlar mavjud emas! Oldingi yillardagi imtihonlarda ham qizlar ro'mol bilan imtihonda qatnashishgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️2024-YIL JAVOBLAR VARAQASIni saqlab qo'ying!

🖨 Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!

❌ Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang;

❌ Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato;

❌ Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;

❌ Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi

❌ Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

❌ Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

Boshqalarga ham tarqating!↗️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!

Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas.

Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.

Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi.

☝️ Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:

Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.

Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.

Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.

Talabalar safiga qo’shiling! ↗️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi

🔠 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024-yil 9-sinf bitiruvchilari 100 dan ortiq kasblardan birini egallashlari uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🗣 Platformaga:

➖ tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;

➖ 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

✅ Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda respublikamizda 332 ta kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatmoqda.

Talabalar safiga qo’shiling! ↗️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Testga nimalar olib kirish mumkin?

✅ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
✅ abituriyent ruxsatnomasi;
✅ kepka yoki panama;
✅ oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
✅ optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
✅ pul;
✅ dastroʻmol;
✅ kalit.

🚫 Quyidagilar mumkin emas:

❌ telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
❌ shpargalka, kalkulyator; va h.k.
❌ ruchka (ichkarida beriladi);
❌ suv (ichkarida beriladi);
❌ qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi);
❌ Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi);
❌ mashina pulti (kirish postida qoldiriladi).

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling ↗️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔺 IQ — 1.1*20 =22;
🔺 1-fan — 3.1*20=62;
🔺 2-fan — 3.1*20=62.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Magistraturaga qabul boshlandi

👉 2024-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

✅ 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

👉 Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

👉 Sertifikatlar ro‘yxati

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi

📌 Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:

➖ u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

🔺 Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

➖ u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

🔺 Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

➖ u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;

➖ u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

🔺 Agarda bitta yo‘nalish bo‘yicha oxirgi qabul o‘rni uchun ikki yoki undan ko‘p abituriyentning to‘plagan umumiy bali teng bo‘lib qolsa, ularning barchasi o‘qishga qabul qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 56,7 ball "отмен" bo'lgan, bilasiz-a?

📈 Joriy yilda barcha yo‘nalishlar uchun minimal o‘tish balli oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o‘qishga kirish imkoni bo‘lmaydi ❌. Keyin yilda esa, o‘tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o‘quv yili uchun o‘tish ballari:

👉 sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;
👉 boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi....Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o‘quv yili uchun o‘tish ballari:

👉 sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;
👉 boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi....

🔺 Bu nima degani?

Hullas, bu yil 66,5 balldan past ball toʻplasangiz, kvota ichida turgan boʻlsangiz ham ( Universitetda joy boʻlgan taqdirda ham) talabalikka qabul qilinmaysiz 🙅🏻‍♂

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Talabalikka yo‘l milliy sertifikat bilan!!!

✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayoni “avval test, keyin tanlov” tamoyiliga asosan tashkil etiladi. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 25-iyunda yakunlandi.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar orasida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani Sheyxon qishlog‘idan Cho‘liyeva Munavvara G‘ayrat qizi ham bor. Munavvara uchun “avval test” tamoyili amal qilmaydi. U faqat tanlovda ishtirok etadi. Buning boisi shundaki, Munavvara agentlik tomonidan o‘tkazib kelinayotgan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etib, oltita fan – biologiya, kimyo, o‘zbek tili va adabiyot, tarix, matematika hamda ingliz tilidan sertifikatni qo‘lga kiritgan.

🇺🇿Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 646-son qaroriga muvofiq umumta’lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentga esa tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

📌 Munavvara maktabni joriy yil tamomlagan. U mutaxassislik fani sifatida biologiya va kimyo fanlarini tanlagan hamda mazkur fanlardan maksimal ball beradigan darajali sertifikatga ega. Shuning bilan birga, Munavvarada majburiy fanlardan ham milliy sertifikat mavjud bo‘lib, bu Munavvaraning muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan (189 ball) maksimal ballga ega bo‘lganligini bildiradi.

‼️ Shuningdek, Munavvara ingliz tilini puxta o‘zlashtirgan. Test sinovlarida ingliz tilidan imtihon topshirmasa-da, zamon talabidan kelib chiqqan holda ingliz tilidan B2 darajali milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan!

⭐️ Agentlik jamoasi Munavvara Cho‘liyevani eng yuqori natija bilan qutlaydi! Uning ota-onasiga, ta’lim bergan ustozlariga minnatdorlik bildiradi!

🏆 Omad senga, Munavvara!!!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

✅ Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-19-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

🖥 Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.

📌 Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi

Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan:
➖yo‘nalish;
➖oliy ta’lim muassasasi nomi;
➖manzil;
➖sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, aziz bitiruvchilar!

Shu kunlarda yurtimizdagi 689 ta professional ta’lim muassasasida o‘quv yili yakunlanib, 177 ming nafardan ortiq yoshlarimiz o‘zlari tanlagan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olib, O‘zbekiston mehnat bozoriga kirib kelmoqda.

Qadrli yoshlar!

Sizlarni eng avvalo, mana shu muhim kun – professional ta’lim to‘g‘risidagi diplomni qo‘lga olib, mustaqil katta hayotga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Hech shubhasiz, bilim, ko‘nikma va malakangizni Vatanimizga munosib farzand bo‘lishdek maqsadlarga sarflashga bel bog‘lagan siz kabi yoshlar – yangi O‘zbekistonning bebaho oltin xazinasidir.

Aziz farzandlarim!

Sizlar zamonaviy ta’lim olib, kasb-hunar o‘rganib, jamiyatimizda munosib o‘rin egallashingiz uchun mamlakatimizda beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Ulardan foydalanib, kelgusida yurtimizdagi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, katta-katta nufuzli tashkilotlarda mehnat qilib, egallagan bilim va malakangiz bilan mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishingizga ishonaman.

Barchangizga kelgusi hayotda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Shuni unutmangki, kelajakda Sizni buyuk va mas’uliyatli marralar kutmoqda.

Oldingizga aniq orzu-maqsadlar qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga, albatta, erishasiz.
 
Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qabul – 2024, oʻqishni koʻchirish va test jarayonlariga tayyorgarlik

“Qoʻshtirnoq”ning bu galgi soni abituriyentlar va oʻqishni koʻchirish borasida savollari toʻplanib qolgan talabalarga bagʻishlandi.

Koʻrsatuv davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari quyidagi savollarga javob berishgan:

02:38 Joriy yilda hujjat topshirish nega vaqtli boshlandi?

04:20 2024-yilda qancha maktab bitiruvchilari OTMga hujjat topshirdi?

07:07 my.uzbmb.uz saytining abituriyentlar uchun qulayligi?

10:30 Roʻyxatan oʻtgan telefon raqam yoʻqolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olinadi?

12:10 Ruxsatnomalar qachon beriladi?

13:00 Nega talabalar oʻqishni koʻchirishni istab qolishadi?

14:25 Oʻqishni koʻchirishning qanday turlari bor?

16:45 Xorijdan Oʻzbekistonga oʻqishni koʻchirish osonmi?

20:05 Nodavlat OTMdan Davlat OTMsiga oʻqishni koʻchirish tartibi qanday?

20:34 Ijodiy imtihoni mavjud OTMga oʻqishni koʻchirish tartibi qanday?

21:00 Sirtqi taʼlimda oʻqiydigan talaba oʻqishni koʻchira olmaydimi?

23:00 Oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan yuqori bosqich talabasi oʻqishini koʻchirsa qayta birinchi bosqichdan oʻqiydimi?

24:50 Oʻqishni koʻchirish uchun kvota mavjudmi?

26:05 OTMni koʻchirish uchun topshiriladigan test sinovi darajasi qanday boʻladi?

27:00 Joriy yilda test jarayonlari qayerlarda boʻladi?

28:55 Test jarayonlari shaffofligini taʼminlash uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

36:33 Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi qanday?

37:44 Test sinoviga qancha vaqtgacha kechikish mumkin?

41:10 Boshqa viloyatda test sinovidan oʻtsa boʻladimi?

43:40 OTMlarni qachon tanlash mumkin?

46:30 5 tagacha OTMni tanlash saqlab qolinganmi?

55:50 Litsenziyasi bekor boʻlgan xususiy OTM talabalari taqdiri nima boʻladi?

🎥 YouTube’da ko‘rish: https://youtu.be/OhoGLoE81Dw

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM